scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQILLIK DAVRI O'ZBEK HIKOYALARIDA ONA OBRAZINING FAOLLASHUVI

Xudoymurodova Xuriyat TerDU dotsenti

Abstract

Ushbu maqolada asrlar davomida hikoya janrining taraqqiyoti, mavzular rang-barangligi, istqiqlol yillarida bu mavzularga hamohang sifatida ona obrazining faol kirib kelishi haqidagi fikrlar tahlilga tortilgan.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 7–to’plam 2025 y. Sahifa: 249 MUSTAQILLIK DAVRI O’ZBEK HIKOYALARIDA ONA OBRAZINING FAOLLASHUVI Xudoymurodova Xuriyat TerDU dotsenti Annontatsiya: Ushbu maqolada asrlar davomida hikoya janrining taraqqiyoti, mavzular rang-barangligi, istqiqlol yillarida bu mavzularga hamohang sifatida ona obrazining faol kirib kelishi haqidagi fikrlar tahlilga tortilgan. Kalit so’zlar: Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, istiqlol, ona obrazi, hikoya janri. Аннотация: В этой статье к анализу были привлечены мысли о развитии жанра рассказа на протяжении веков, о многообразии тем, об активном вхождении образа матери в эти темы как о гармонии в годы независимости. Ключевые слова: Абдулла Кадыри, Абдулхамид Чулпан, Гафур Гулам, Абдулла Каххор, истиклаль, образ матери, жанр рассказа. Annonation: In this article, ideas about the development of the story genre over the centuries, the variety of topics, the active penetration of the image of the mother as a synchronous person into these topics during the years of independence were drawn into the analysis. Keywords: Abdulla Qadiriy, Abdulhamid Chulpan, G’afur G’ulam, Abdullah Qahhor, istiqlol, mother image, story genre. 1990-yillardan boshlab o‘zbek xalqi o‘z milliy taraqqiyotida tub burilish bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu tarixiy jarayon adabiyotda ham yangi bosqich — istiqlol adabiyotining shakllanishiga zamin yaratdi. Istiqlol davri adabiyoti — ko‘p asrlik adabiy an’analarning mantiqiy davomi sifatida, erkin tafakkur, yangicha dunyoqarash va milliy ongning yuksalishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda ijodiy ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 7–to’plam 2025 y. Sahifa: 250 jarayon mafkuraviy tazyiqlardan xoli bo‘lib, shaxsning ruhiy dunyosi, ongli tanlovi va ijtimoiy mas’uliyati bilan bog‘liq yangi estetik qarashlar yuzaga keldi. Adabiyot endi davlat mafkurasining yoki muayyan ideologiyaning xizmatida emas, balki inson qalbi va ongida kechayotgan murakkab jarayonlarni anglashga xizmat qiluvchi badiiy platformaga aylandi. Shuning uchun ham bu davr adabiyotida hayot haqiqatini keng qamrovli va realistik ifodalash, falsafiy-estetik tadqiqotga intilish tendensiyasi kuchaydi. Ayniqsa, hikoya janridagi yutuqlar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbek hikoyasi o‘zining shakllanish va rivojlanish jarayonida bir qancha murakkab bosqichlarni boshdan kechirgan bo‘lib, jadid adabiyoti va keyingi davr adiblari tomonidan mazkur janr mukammal darajaga yetkazildi.. Hikoya tarixiga nazar tashlansa, ko‘plab o‘ydim-chuqurlar, uzilish va jarliklar mavjudligini ko‘rish mumkin. Masalan, XII asrda yashagan arab adibi Muhammad Avfiyning “Javomi ul-hikoyot va lavomi ul-rivoyot” (‘‘Hikoyatlar majmuasi va rivoyatlar nuri») 1 nomli kitobidan to Poshshoxo‘janing ‘‘Miftoh ul-adl» hamda ‘‘Gulzor» 2 nomli hikoyalar to‘plami dunyoga kelgunga qadar oradan to‘rt asr o‘tganligining o‘zi uning qiyinchilik bilan shakllanganligini ko‘rsatadi. Yana shunisi ham borki, bu adiblarning asarlari garchi hikoyalar deb atalgan bo‘lsada, ularda hali janr uchun zarur unsurlarning ko‘pi yetishmas, keng epik tasvirdan, o‘ziga xos obrazlar tizimi va eng muhimi, xarakterdan mahrum edi. Bu davr hikoyalarida, asosan, ma’lum va mashhur rivoyatlar, afsonalar, tarixiy voqealar qayta bayon qilinib, qissadan hissa chiqarilar, badiiylikdan ko‘ra sharhlash ustuvorlik qilardi. Umuman, hikoyaning dastlabki namunalari ibtidoiy ko‘rinishda bo‘lib, bunday manzara yana qariyb uch asr davom etdi. 1 Муҳаммад Авфий. Нодир ҳикоялар. – Т.: АСН, 1977. 2 Пошшохўжа. Мифтоҳ ул-адл. Гулзор. – Т.: БАН, 1962. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 7–to’plam 2025 y. Sahifa: 251 Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Oybek va boshqa taniqli ijodkorlar o‘z hikoyalarida xarakter yaratish, voqelikni ichki va tashqi qarama-qarshiliklar orqali ifodalash, janrning poetik imkoniyatlarini kengaytirishda katta hissa qo‘shdilar. Xususan, istiqlol davrida hikoya janrida insonning ichki dunyosi, ongi, qalb jarayonlari, ijtimoiy masalalar va eng muhimi, onalik timsoli badiiy tahlilning markaziga aylandi. Ona obrazi — istiqlol adabiyotida ma’naviy tirgak, milliy tarbiya, sabr-bardosh, jasorat va komillik ramzi sifatida talqin etila boshlandi. Bu obraz tarixi davomidagi badiiy an’analar asosida yangicha mazmun-mohiyat bilan boyidi. Istiqlol davri hikoyalarida ona timsoli ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida ruhiy qudrat va hayot falsafasi manbai sifatida ifoda etildi. U ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashchi, farzandini ma’naviy poklikda tarbiyalovchi, millatning ma’naviy kechagu ertasiga mas’ul shaxs sifatida aks etdi. Bu ona obrazi odatiy lirik siymodan tashqariga chiqib, faol fuqaro, ma’rifatparvar va jamiyat taraqqiyotidagi asosiy ta’sir manbai sifatida badiiy jihatdan shakllandi. Hikoya janrining mukammallashuvida asosiy mezon sifatida quyidagi jihatlar ajralib turadi: 1. Syujetning xarakterga asoslanishi; 2. Voqelikning bevosita xarakter orqali ifoda etilishi; 3. Asarda syujet, xarakter va voqea uzviy birlikda bo‘lishi. Ana shu mezonlar asosida yaratilgan hikoyalarda xarakter birinchi o‘ringa chiqib, voqealar ketma-ketligi emas, balki shaxs taqdiri markaziy nuqtaga aylanadi. Bu esa badiiy ijodda chuqur psixologizm, individual ruhiyat va metaforalar vositasidagi ifoda usullarini keng qo‘llashga olib keldi. Ayni paytda, hikoya janri nafaqat mavzular xilma-xilligi, balki obrazlar ifodasi, xususan, ona obrazining teranlashuvi, zamonaviy falsafa, feminologiya va ma’naviy izlanishlar bilan chambarchas bog‘liq tarzda kengayib borishi bilan ahamiyatlidir. Istiqlol adabiyotidagi ona — tarixiy xotira va zamonaviylik, sabr va jasorat, hayot va qurbonlik o‘rtasidagi dialektik birlikni mujassamlashtiruvchi markaziy siymo sifatida o‘rtaga chiqdi. Istiqlol davri ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 7–to’plam 2025 y. Sahifa: 252 o‘zbek adabiyoti, xususan, hikoya janridagi rivoj — milliy ongning uyg‘onishi, badiiy tafakkurning yangilanishi va inson ruhiyatiga chuqur yondashishning amaliy samarasidir. Bu jarayonda ona obrazining falsafiy-ma’naviy yuksalishi adabiyotning hayotga, shaxsga va millat kelajagiga bo‘lgan yondashuvidagi ilmiy-estetik uzviylikni namoyon etmoqda. Demak, hikoya janri orqali inson, ayniqsa, ona timsolidagi milliy ideal — istiqlol adabiyotining ma’naviy tayanchi sifatida shakllanmoqda. Istiqlol davri hikoyachiligida onalar yetarli darajada madh etilgan asarlar paydo bo‘ldi va yana yozilmoqda. Xususan, Ahmad A’zamning “Onamning Garashalari”, Orziqul Ergashning ‘‘Onamning ertaklari», Ma’suma Ahmedovaning ‘‘Toji opaning tuguni», Isajon Sultonning ‘‘Men, Onam va O‘rta Yer dengizi», Abduqayum Yo‘ldoshning ‘‘Mubtalo», Zulfiya Qurolboy qizining ‘‘Yozsiz yil», Qo‘chqor Norqobilning ‘‘Bu yerlarda hayot boshqacha», Baxtiyor Nuriddinovning ‘‘Onaizor», Inobat Ibrohimovaning ‘‘Qizdan bo‘ldi chirog‘im», Zulfiya Yunusovaning ‘‘Ko‘klam bilan kelgan baxt» hikoyalarida onalar obrazi yuqorida darajada madh etilib, uning fazilatlari, xislatlari bo‘y ko‘rsatdi. Hikoya janri qisqa muddatda tubdan o‘zgardi va to shu kungacha peshqadamlik mavqeini saqlab kelmoqda. Ayniqsa, hozir bu janr ham shaklan, ham mazmunan, ham struktural tomondan tubdan yangilanganiga guvoh bo‘lamiz.