TO'QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan bo‘lib, shuningdek to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 462 TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Orinbayeva Shahnoza Jumanbek qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 70310102 «Iqtisodioyt (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi 2 bosqich magistranti Annotastiya: Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan bo‘lib, shuningdek to‘qimachilik korxonalarida korporativ boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: korporativ boshqaruv, korporativ mexanizmlar, korporativ mexanizmlar, korporativ qonunchilik. Korporativ boshqaruv mexanizmi samarali bozor iqtisodiyotning asosiy elementidir. Bozorning asosiy qatnashchilari, mutaxassislar va ekspertlarning fikriga ko‘ra, korporativ boshqaruv investision qarorlar qabul qilishning asosiy omillaridan biridir. Korporativ boshqaruvning samarali mexanizmi investorlarga ularning investisiyalarni boshqarish samarali va xavfsiz bo‘lishi, boshqaruv jarayonlari mexanizmi esa aniq va belgilangan hisob-kitoblarga mos bo‘lishi bilan kafolatli hisoblanadi. Shunga muvofiq, aksiyadorlar boshqa moliyaviy manfaatdor shaxslar o‘z foydalari doirasida kompaniya aktivlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida kerakli axborotga ega bo‘la olishlari, boshqaruv mexanizmiga ta’sir etishlari va uni nazorat qilishlari ta’minlanadi. Korporativ boshqaruvni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi murakkab boshqaruv tizimi bo‘lib, asosan tashkiliy va iqtisodiy elementlar yig‘indisidan tarkib topadi. Avvalambor, tashkiliy mexanizm mulkchilik shakllari, personal va korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilma turlari bilan ajralib turadi. Barcha davlatlardagi kabi korporativlash asosini xususiy mulk tashkil etadi. Uning xususiyati shundan iboratki, u nafaqat xususiy mulkni balki teng egalikni, xususiy va ijtimoiy mulk egaligini o‘zida mujassamlashtiradi. Korporativ mulkchilikda bo‘lgan tenglik alomati xususiy va ijtimoiy egalik munosabatlarini ifodalaydi. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mexanizmi murakkab tizimdir. Bu makro va mikro darajadagi ko‘rsatkichlar majmui bo‘lib, tashqi holat bilan uzviy aloqa o‘rnatib, o‘zaro faol munosabatda bo‘lishi kerak. Kompaniyalarda iqtisodiy vositalar asosida korporativ usul va uslubiyatlar qo‘llanilib, boshqaruv tartibga solinadi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 463 Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mexanizmi vositalarni to‘g‘ri tanlash, ularni bir tizimga keltirish, kompaniyalar resurslaridan to‘g‘ri foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi[3]. Korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi kompleks elementlardan tarkib topib, boshqaruv munosabatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Ya’ni korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda qonunlar, tamoyillar, normativ-me’yoriy hujjatlar, ma’muriy nizomlar asosida korporativ munosabatlar ishtirokchilarining (bevosita ishtirokchilar va davlat, aksiyadorlar va menejerlarning, ishtirokchilar va kreditorlarning) o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat tizimidir. Korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi keng ma’noli tizimdir. Bunga qisqaroq baho bersak, unda umuman boshqaruv munosabatlari o‘z aksini topadi. Korporativ boshqaruvning tashkiliy munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritsak, avvalambor,korporativ boshqaruv shaklidagi tuzilmalar faoliyatida o‘zaro munosabatlar (aksiyadorlar, menejerlar, hamkorlar va davlat organlari) tushuniladi. Korporativ boshqaruvning samaradorligini oshirishda uning faoliyati bilan bevosita bog‘liq mexanizmlar turini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy tomondan foydali deb hisoblaymiz. Korporativ boshqarish mexanizmi, bir tomondan, mehnat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini bersa, boshqa tomondan, ishlab chiqarishdagi vaziyatni baholashda innovasiyalardan keng foydalanish, boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatga kirishishni talab qiladi. Korporativ boshqaruvda davlat nazorat aksiya paketlariga ega bo‘lgan taqdirda kompaniya rahbarlari tayinlanadi, zarurat tug‘ilganda esa ular almashtiriladi. Korporativ boshqaruv apparati mavjud qonunchilik asosida belgilanadi, unda o‘z vazifasini bajara olmayotgan rahbarlarni almashtirish mexanizmi ham nazarda tutilgan[4]. Albatta, boshqa davlatlarga xos korporativ boshqaruv mexanizmlarini respublikamizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri joriy etish kutilgan samarani bermasligi mumkin. Korporativ boshqaruv mexanizmi – samarali bozor iqtisodiyotning asosiy elementi. Bozorning asosiy qatnashchilari, tahlilchi va ekspertlar fikriga ko‘ra, korporativ boshqaruv investision qarorlar qabul qilishning asosiy omillaridan biridir. Korporativ boshqaruvning samarali mexanizmi investorlarga ularning investisiyalarni boshqarish samarali va xavfsiz bo‘lishi, boshqaruv jarayonlari mexanizmi esa aniq va belgilangan hisob-kitob mos bo‘lishi bilan kafolatli hisoblanadi. Shunga muvofiq, aksiyadorlar boshqa moliyaviy manfaatdor shaxslar o‘z foydalari doirasida kompaniya aktivlaridan
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 464 foydalanishni ta’minlash maqsadida ma’lum axborotga ega bo‘lishlari, boshqaruv mexanizmiga ta’sir etish va uni nazorat qilishlari kerak. Korporativ boshqaruv mexanizmi mohiyati birinchi navbatda, qoida, usul va rag‘batlar majmuasini qamrab oladi, ular yordamida aksiyadorlar kompaniya boshqaruvini nazorat qilinadi va kompaniya foydasini ko‘paytirish maqsadida boshqarishga ta’sir qiladi[2]. Kompaniyadan moliyaviy manfaatdor shaxslarning rahbarlar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari, shuningdek, ularning qaror qabul qilishdagi qatnashuvi aksiyadorlar kabi kreditorlarga ham tushunarli va hammabop bo‘lishi kerak. Kompaniya nizomida aksionerlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi singari boshqaruv organlarning asosiy vazifalari va javobgarlik sohalari aks ettirilgan bo‘lishi kerak 1 . Korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirish uning samaradorligi o‘sib borishni ta’minlashda ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi xo‘jalik mexanizmlari asosida korporativ munosabatlarni shakllantirish, uni optimallashtirish davlatning asosiy tashkiliy-iqtisodiy vazifasi hisoblanadi. Ammo davlat tomonidan korporativ mexanizmlarni takomillashtirish siyosiy omillarga emas, balki iqtisodiy omillarga asoslangan holda olib borilishi zarur. O‘zbekistonda korporativ sub’yektlarning ko‘p tarmoqli bo‘lishi mavjud iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish va uning boshqaruv mexanizmini takomillashtirishni talab qiladi. Korporativ boshqaruv samaradorligining oshib borishi kompaniyalarda korporativ boshqaruv usulini samarali qo‘llash natijasidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, korporativ kompaniyalarda ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarga asoslanishi bilan bir qatorda ularni boshqarishda asosan ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ boshqaruv samaradorligining oshib borishi, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida yangi integrasiyalashgan ishlab chiqarish korporativining shakllanishi, ularni faoliyatining iste’molchilar talablarini qondirish borasida samarali faoliyat yuritish uchun u davlat tomonidan doimiy ravishda tartibga solib turilishi kerak[2]. To‘qimachilik sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ menejment hamda korporativ boshqaruvning amal qilishi ular samaradorligini oshirish mexanizmlarini aniqlashda bir qadar qiyinchiliklar tug‘diradi. Umuman olganda, to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimining ikki tomonlama jihatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish muhim masalalardan sanaladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv tizimini takomillashtirishda ko‘zlangan maqsad ishtirokchi tomonlar qiziqishlarini inobatga olgan holda jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy sherikchilik 1 Замонавий менежмент: назария ва амалиёт. - Т.: Ғофур Ғулом нашриёти, 2009. 502-503 бетлар.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 465 asosida mavjud barcha resurslardan oqilona foydalanish orqali yuqori samaradorlik darajasiga erishishdan iborat. Buning uchun esa quyidagilar bo‘lishi zarur: • to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarida oqilona iqtisodiy konsepsiya (biznes-reja) tuzilishi va uni amalga oshirishga layoqatli yuqori malakali menejerlar bo‘lishi lozim; • to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyati o‘z lavozim vazifalarini muvaffaqiyatli bajargan boshqaruvchilarga munosib ravishda haq to‘lash orqali ularni samarali rag‘batlantirish zarur; • to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatida mulkdorlar huquqlarini, ayniqsa, minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmi ishlab chiqilishi lozim; • to‘qimachilik aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy faoliyatining shart-sharoitlari shaffof bo‘lishi va shu orqali boshqaruvchilarning hamda boshqa ijro etuvchi xodimlarning aksiyadorlar oldida tegishli ravishda hisob berib turishlari ta’minlanishi shart; • mulkdorlar (aksiyadorlar) ularning aktivlaridan samarali foydalanishi hamda foyda adolatli taqsim etilishi bo‘yicha kafolatga ega bo‘lishlari lozim; • mulkdorlar (aksiyadorlar) bilan menejerlar qiziqishlari uyg‘unligini ta’minlovchi mexanizm ishlab chiqilishi lozim[6]. To‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv va korporativ menejmentni istiqbolda rivojlantirishning zarurati shu bilan izohlanadiki, ushbu tadbirni amalga oshirish orqali quyidagi ijobiy samaralarga erishish mumkin: • aksiyadorlik jamiyati investisiya jozibadorligini oshirish; • keng miqyosda investorlarni jalb etish; • faoliyat samaradorligini yanada oshirish; • bank kreditlari olish xarajatlarini kamaytirish; • korxona bozor qiymatini oshirish; • kapital bozoriga kirishni yengillashtirish; • korxona imiji va obro‘sini oshirish[1]. Korporativ shaklda xo‘jalik yuritishning samarali faoliyat yuritishi hamda rivojlanishi jarayoni avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Samarali korporativ boshqaruv, asosan, tanlangan strategiyaga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish, shuningdek, nafaqat Korporatsiya strategiyasi tizimini tanlash, balki uni amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqishni ta’minlaydigan tashkiliy-iqtisodiy
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 466 shakllantirish orqali erishiladi. Ushbu masala ilmiy adabiyotlarda 2 keng yoritilgan bo‘lsa-da, to‘qimachilik aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish hamda ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, o‘z takliflarimizni ishlab chiqdik[7]. Shuningdek, iqtisodiy samaradorlikka yangi innovasiyalar va yangi ixtirolarni amaliyotga joriy etish asosida erishish mumkinligi sababli tarmoq korxonalari bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning bu sohadagi tajribalarini kengroq doirada o‘rganishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, xodimlar motivasiyasini oshirish, jumladan, moliyaviy rag‘batlantirish uslubida miqdoriy ko‘rsatkichlarga emas, sifat ko‘rsatkichlariga asoslanish kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratish talabini qo‘yadi. Korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish uchun, avvalo, unga tizimli yondashish boshqa aksiyadorlar bilan o‘zaro munosabatlar strategiyasini ishlab chiqish, davlat ulushi mavjud kompaniyalar faoliyatiga insayderlik axborotlaridan foydalanishni tartibga soluvchi ichki hujjatlar, korporativ boshqaruv kodeksini faol joriy etish, davlat ishtirokidagi kompaniyalarning korporativ ijtimoiy javobgarligi darajasini oshirish, direktorlar kengashida maxsus komitetlarni shakllantirish, direktorlar kengashi faoliyatini baholash, davlat kompaniyalarining axborot ochiqlik darajasini listing targ‘ibotidan o‘tuvchi kompaniyalar darajasigacha oshirish kabi masalalarga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Hozirgi sharoitda to‘qimachilik tarmog‘i aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirishning asosiy vazifa va yo‘nalishlari quyidagilar sanaladi: • xalqaro amaliyotni keng qo‘llash, ya’ni Insayderlik axborotlaridan foydalanishni tartibga soluvchi ichki hujjat yuritish tizimini takomillashtirish; • mulkdorlar huquqlari va qiziqishlarini huquqiy jihatdan tartiblashtirishda faol ishtirok etish; • kompaniyalarning korporativ ijtimoiy javobgarligi darajasini oshirish • investisiyalarni samarali jalb qilishni ta’minlash; • samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish; • raqobatbardoshlik va kompaniyaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash. Aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini 2 Постникова О.Г. Системы внутреннего контроля в корпоративном управлении: http:// www auditfin.cjm /fin /2006 /4 /Postnikova; Суюнов Д.Х. Корпоратив бошқарув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. –Т.: Академия, 2007. – 319 б.; Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент: Дарслик. –Т.: Шарқ, 2002. – 704 б; Юсупов С.Ш. Кучли рақобат шароитида тўқимачилик корхоналари ривожлантириш стратегиясининг асосий йўналишлари: Монография. – Т.: Фан ва технология, 2014. – 274 б
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 467 takomillashtirish yo‘nalishlari ushbu mexanizmning asosiy funksiyalari ta’siri ostida belgilanishi lozim. To‘qimachilik korxonalari tomonidan boshqaruv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylanib ulgurdi. Boshqaruv jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali korporativ ma’lumotlar va jarayonlarni tartibga solish, korxonaning aloxida qismlarini birlashtirish va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradigan biznes oqimni yaxshilash mumkin bo‘lib, ular qo‘yidagilardan iborat; yangilangan va kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar orqali biznes qarashlarni takomillashtirish; o‘rnatilgan ish jarayoni tufayli operasion xarajatlarning kamayishi; axborot almashinuvi tufayli o‘zaro ta’sirni yaxshilash; yagona infratuzilma. Barcha turdagi biznes faoliyatning yagona ko‘rinish va tuzilishga egaligi; ma’lumotlarning yagona oqimi va moliyaviy boshqaruv orqali biznes xatarlarni kamaytirish; To‘qimachilik korxonalarida zamonaviy texnologiya, kadrlar malakasi, yangi mehnat predmetlari va ulardan optimal foydalanish mazkur tarmoqda resurslardan qo‘shimcha samara olishga imkoniyat yaratadi. To‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi mazkur tuzilmalarda kadrlar menejmentining kadrlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida ularni kelgusida imtiyozli ravishda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlarini ta’minlash lozim[5]. To‘qimachilik sanoati korxonalarini boshqaruv tizimini takomillashtirish va iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda yuqori natijalarga erishish mumkin. Bunday natijalarga erishish sabablaridan biri boshqaruv jarayoniga raqamli texnologiyalarni qo‘llashdir. Raqamli korporativ boshqaruv mexanizmini joriy etishning bir qator avzalliklari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: - ish jarayonlarini to‘liq nazorat va sinxronizasiya qilish: ular kompaniyaning iyerarxiyasiga muvofiq tuzilishi mumkin, ketma-ketlikni ta’minlash, topshiriqlarni bir saytdan boshqasiga o‘tkazish o‘rtasidagi munosabatlar; barcha bo‘limlarning kundalik muntazam operasyalarini soddalashtirish (buxgalteriya, ombor, kadrlar va boshqalar) — «kichik» jarayonlarni avtomatlashtirish orqali ko‘plab resurslarni ozod qilish va boshqaruv funksiyalarini kengaytirish mumkin; markazlashtirish va axborotni sifatli himoya qilish — ERP tizimlarida chegaralangan kirishni sozlash, o‘zgaruvchan xavfsizlik siyosati yaratiladi, barcha ma’lumotlar bitta ma’lumotlar bazasida saqlanadi va ular nazorat qilinishi mumkin; ish davrlarini tezlashtirish, bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash, mehnatning
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 468 shaffofligini oshirish, korporativ kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish va boshqalar. Korporativ boshqaruvning raqamli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini o‘rganish, uni barcha elementlarni chuqur tahlil qilish korporativ ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Yangi tashkiliy tuzilmalarni belgilaydi, funksional vazifalarni takomillashtiradi, tashqi va ichki mexanizmlarni rivojlantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Barykin, S., Razumova, S., Bozhuk, S., Nurimbetov, R., Khodjaeva, S., Kalmuratov, B., ... & Kirillova, T. (2025). The Double-Layer Digital Needs Model in Marketing for Sustainable Digital Development. Journal of Lifestyle and SDGs Review, 5(2), e03874-e03874. 2. Kalmuratov B. S. Statistical analysis of the development of industrial production management in the region of the Republic of Karakalpazistan //Journal of Advanced Zoology ISSN. – С. 0253-7214. 3. Kalmuratov B. S. The current state of innovative development of the construction industry of the republic of Uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, 02 (82), 455-463. 4. Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Юсупова Жамила Караматдиновна ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ МЕХАНИЗМ ИННОВАЦИОННОГО УПРАВЛЕНИЯ ПРОМЫШЛЕННОГО КОМПЛЕКСА // Бюллетень науки и практики. 2022. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/organizatsionno-ekonomicheskiy-mehanizminnovatsionnogo-upravleniya-promyshlennogo-kompleksa 5. Постникова О.Г. Системы внутреннего контроля в корпоративном управлении: http:// www auditfin.cjm /fin /2006 /4 /Postnikova; Суюнов Д.Х. Корпоратив бошқарув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. –Т.: Академия, 2007. – 319 б.; 6. Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент: Дарслик. –Т.: Шарқ, 2002. – 704 б; 7. Юсупов С.Ш. Кучли рақобат шароитида тўқимачилик корхоналари ривожлантириш стратегиясининг асосий йўналишлари: Монография. – Т.: Фан ва технология, 2014. – 274 б