Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 476 XXI ASR JAHON SIYOSATIDA BAG’RIKENGLIK TAMOYILI Akbarov Sherzodbek Asqarali o’g’li O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” yo’nalishi talabasi. Annotatsiya: 21-asrda jahon siyosati globallashuv, madaniy xilma-xillik va davlatlararo integratsiya jarayonlarida bagʻrikenglik tamoyilining ahamiyatini oshirib yubordi. Ushbu maqolada bagʻrikenglikning xalqaro siyosatdagi oʻrni, turli davlatlar va tashkilotlar misolida uning amalga oshirilishi va bu tamoyilni rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolar tahlil qilingan. Bagʻrikenglikning tinchlik, barqarorlik va xalqaro hamkorlikni taʼminlashdagi roli yoritilib, Yevropa Ittifoqi, ASEAN va BMT kabi tuzilmalar faoliyati misolida tahliliy yondashuv berilgan. Shuningdek, nafrat so’zi, ksenofobiya va diniy radikalizm kabi xavf-xatarlarning bagʻrikenglikka salbiy taʼsiri koʻrsatilgan. Maqola global miqyosda bagʻrikenglik tamoyilining dolzarbligi va uni mustahkamlashning ahamiyatini yoritadi. Kalit soʻzlar: Bagʻrikenglik, jahon siyosati, globallashuv, madaniy xilma-xillik, ksenofobiya, Yevropa Ittifoqi, ASEAN, BMT, dinlararo muloqot, barqarorlik, xalqaro hamkorlik, siyosiy tamoyillar. Аннотация: В 21 веке мировая политика преувеличила значение принципа толерантности в процессах глобализации, культурного разнообразия и межгосударственной интеграции. В данной статье анализируется роль толерантности в международной политике, ее реализация на примере различных государств и организаций и проблемы, препятствующие развитию этого принципа. Освещается роль толерантности в обеспечении мира, стабильности и международного сотрудничества, дается аналитический подход на примере деятельности таких структур, как Европейский Союз, АСЕАН и ООН. Также показано негативное влияние на толерантность таких опасностей, как слово ненависти, ксенофобия и религиозный радикализм. В статье освещается актуальность принципа толерантности в глобальном масштабе и важность его укрепления. Ключевые слова: Толерантность, мировая политика, глобализация, культурное разнообразие, ксенофобия, Европейский союз, АСЕАН, ООН, межконфессиональный диалог, стабильность, международное сотрудничество, политические принципы. Annotation: In the 21st century, world politics exaggerated the importance of the
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 477 principle of tolerance in the processes of globalization, cultural diversity and Interstate integration. This article analyzes the role of tolerance in international politics, its implementation on the example of various states and organizations, and the problems that are becoming an obstacle to the development of this principle. The role of tolerance in ensuring peace, stability and international cooperation is highlighted and an analytical approach is given on the example of the activities of structures such as the European Union, the Asean and the UN. It has also been shown that risks such as hate speech, xenophobia, and religious radicalism have negative effects on tolerance. The article highlights the relevance of the principle of tolerance on a global scale and the importance of its strengthening. Keywords: Tolerance, world politics, globalization, cultural diversity, xenophobia, European Union, Asean, UN, interfaith dialogue, sustainability, international cooperation, political principles. 21-asr jahon siyosatida bagʻrikenglik tamoyili insoniyatning tinchlik va taraqqiyot sari intilishlarida asosiy tamoyillardan biriga aylandi. Dunyo oʻzining ko‘p madaniyatli va ko‘p millatli tabiatini namoyon qilar ekan, madaniy xilma-xillikni qabul qilish va hurmat qilish bugungi siyosiy muhitning ajralmas qismi boʻlib qolmoqda. Bagʻrikenglik tushunchasi, insoniyat taraqqiyotida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun asosiy vositalardan biri sifatida qaralmoqda. Bu tamoyil nafaqat inson huquqlarini taʼminlashning kafolati, balki davlatlar va jamiyatlarning barqarorligini taʼminlashda ham muhim vositadir. Bagʻrikenglik tamoyilining rivojlanishiga, 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi muhim hissa qo‘shdi. Ushbu hujjatda bagʻrikenglik insonlarning tabiatdan kelib chiqadigan huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, xilma-xillikni qabul qilish va ijtimoiy adolatni taʼminlash vositasi sifatida eʼtirof etildi[1]. Ushbu tamoyillar bugungi kunda ham xalqaro hamkorlik va milliy siyosatlarda oʻz aksini topmoqda. Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasida qayd etilganidek, bagʻrikenglik alohida odamlar oʻrtasida, oila va jamoadagi oʻzaro munosabatlarda zarurdir. Maktablarda va universitetlarda, norasmiy taʼlim yoʻli bilan uyda va ish joylarida bagʻrikenglik ruhini mustahkamlash va kishilar oʻrtasida bir-biriga ochiqlik, eʼtibor va birdamlik munosabatlarini shakllantirish lozim. Bunda, kommunikatsiya vositalari erkin, ochiq muloqot va muhokamaga koʻmaklashishda, bagʻrikenglik qadriyatlarini tarqatishda, ayniqsa, bosh koʻtarayotgan murosasizlikni targʻib qiluvchi guruhlar va mafkuralarga nisbatan befarq munosabatda boʻlish xavfli ekanini tushuntirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 478 “Bagʻrikenglik” tushunchasi nimani anglatadi? Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasida ushbu tushunchaga uchta muhim va qamrovdor taʼrif berilgan. Birinchi taʼrif: Bagʻrikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, oʻzini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va toʻgʻri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va eʼtiqod vujudga keltiradi. Bagʻrikenglik –turlitumanlikdagi birlikdir. Bu faqat maʼnaviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bagʻrikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir. Ikkinchi taʼrif: Bagʻrikenglik – yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bagʻrikenglik – eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Hech qanday vaziyatda ham bagʻrikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi boʻlib xizmat qilmaydi. Bagʻrikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Uchinchi taʼrif: Bagʻrikenglik – inson huquqlarini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya va huquqning tantanasi uchun koʻmaklashish majburiyatidir. Bagʻrikenglik – aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqarohuquqiy hujjatlarda oʻrnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir. Shuningdek, globalizatsiya sharoitida madaniy xilma-xillikni saqlash va uni hurmat qilish muhim ahamiyatga ega. Bagʻrikenglik tamoyili bu turli madaniyatlarning oʻziga xosligini tan olish va ularni qadrlashni talab qiladi. YUNESKO tomonidan qabul qilingan “Madaniy xilma-xillikni himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiya” ushbu tamoyilni global miqyosda mustahkamlashga qaratilgan. Globallashuv jarayonlari davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga sezilarli darajada taʼsir oʻtkazmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi bagʻrikenglikni millatlararo birdamlikni mustahkamlash vositasi sifatida faol targʻib qilmoqda. 2015-yilda yuzaga kelgan qochoqlar inqirozi davrida bagʻrikenglik siyosati o‘zining muhimligini isbotladi. Yevropa davlatlari turli millatlarga mansub bo‘lgan qochqinlarni qabul qilishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelsa-da, bagʻrikenglikka asoslangan yondashuv xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda asosiy vosita boʻldi. Bagʻrikenglik tamoyilining yana bir yorqin ifodasi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) misolida koʻrinadi. ASEAN davlatlari mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda bagʻrikenglikka asoslangan siyosat yuritmoqda. Ushbu tashkilotning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan madaniy xilma-xillikni hurmat qilish mintaqa davlatlarining tinchlik va barqarorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda[3].
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 479 Bagʻrikenglik nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning ham asosi hisoblanadi. Kanadaning ko‘pchilik madaniyatli siyosati millatlararo totuvlikni taʼminlashda muhim rol oʻynadi. Ushbu siyosat nafaqat jamiyatdagi madaniy xilmaxillikni saqlashga, balki iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirishga ham xizmat qildi[5]. Dinlararo bagʻrikenglik xalqaro munosabatlarda alohida oʻrin tutadi. “Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodlarga mansub kishilarning bir zamon, bir makonda, ya’ni umumiy vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi”[6]. Din qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ularni bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga yo’nalganligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. 2019-yilda Vatikan tomonidan oʻtkazilgan Dinlararo Muloqot Xalqaro Konferensiyasi ushbu yoʻnalishdagi muhim qadam boʻldi. Tadbirda dinlararo ziddiyatlarni bartaraf etish va tinchlikni taʼminlash bo‘yicha muhim takliflar bildirildi[4]. Biroq, bagʻrikenglik tamoyilini rivojlantirish yo‘lida bir qator muammolar mavjud. Xususan, millatchilik, ksenofobiya va diniy radikalizm kabi holatlar jamiyatda nizolarni kuchaytirib, tinchlikka tahdid solmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan nafrat soʻzi ham bagʻrikenglikni rivojlantirishga toʻsiq boʻluvchi omillardan biridir. UNESCO maʼlumotlariga koʻra, nafrat soʻzining ko‘payishi jamiyatlar o‘rtasidagi ishonchni kamaytirib, ziddiyatlarni kuchaytirmoqda[2]. Bugungi kunda xalqaro tashkilotlar va davlatlar bagʻrikenglik tamoyilini ilgari surish uchun turli choratadbirlarni amalga oshirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan turli rezolyutsiyalar va dasturlar bagʻrikenglik tamoyilini targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqi va ASEAN kabi tashkilotlarning bagʻrikenglikka asoslangan yondashuvlari boshqa davlatlar uchun namuna boʻlib xizmat qilmoqda. Shuningdek, bagʻrikenglik tamoyilini rivojlantirishda taʼlim va targʻibot muhim rol oʻynaydi. Maktab va oliy taʼlim muassasalarida bagʻrikenglik, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusida darslar oʻtkazish zarur va ommaviy axborot vositalari orqali bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib qilish kabi jarayonlar uni rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shadi. Binobarin, Bagʻrikenglik tamoyilini global miqyosda rivojlantirish uchun davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va BMT, YUNESKO, boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar bagʻrikenglikni targʻib qilishda muhim rol oʻynaydi. Xulosa qilib aytganda, 21-asr jahon siyosatida bagʻrikenglik tamoyili global tinchlik, ijtimoiy adolat va madaniy hamjihatlikni taʼminlashning asosiy vositasiga aylangan. U
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 480 turli millatlar, dinlar va madaniyatlar oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, ziddiyatlarni bartaraf etish va inson huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Bagʻrikenglik tamoyilini amalga oshirishda taʼlim, xalqaro hamkorlik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi yoʻnalishlar muhim ahamiyatga ega. Kelajakda ushbu tamoyilni yanada keng targʻib qilish orqali dunyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash mumkin. Ushbu tamoyil nafaqat davlatlararo, balki jamiyat ichidagi munosabatlarda ham muhim ahamiyatga ega. Bagʻrikenglikni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi saʼy-harakatlari orqali amalga oshirilishi lozim. REFERENCES 1. BMT - Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi, 1995. 2. YUNESCO - Nafrat tushunchasining ijtimoiy birdamlikka ta’siri, 2021. 3. ASEAN Nizomi, ASEAN kotibiyati, 2008. 4. Dinlararo Muloqot uchun Pontifik Kengash – Tinchlik va totuvlik uchun dinlararo muloqot konferensiyasi, 2019. 5. W.Kymlicka. Multikultutalizm va ijtimoiy davlat: Zamonaviy demokratik davlatlarda tan olinishi va qayta taqsimlanishi, 2010. 6. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: O’zbekiston, 2000.