scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GRAMMATIKA HAQIDA MULOHAZALAR

Hamrayev, M.A

Abstract

Mazkur maqolada grammatika bo‘limining ta’rifi, grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya, uning turlari, grammatik ma’noni ifodalash vositalari, grammatik ma’noni ifodalanish shakllari haqida fikr yuritilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 10 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17482366 GRAMMATIKA HAQIDA MULOHAZALAR M.A.Hamrayev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri [email protected] АННОТАЦИЯ Mazkur maqolada grammatika bo‘limining ta’rifi, grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya, uning turlari, grammatik ma’noni ifodalash vositalari, grammatik ma’noni ifodalanish shakllari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: grammatika, grammatik ma’no, grammatik shakl, Grammatik kategoriya, morfologik kategoriyalar, sintaktik kategoriyalar. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются определение грамматического раздела, грамматического значения, грамматической формы и грамматической категории, их виды, средства выражения грамматического значения и формы выражения грамматического значения. Ключевые слова: грамматика, грамматическое значение, грамматическая форма, грамматическая категория, морфологические категории, синтаксические категории. ABSTRACT This article examines the definition of a grammatical section, grammatical meaning, grammatical form and grammatical category, their types, means of expressing grammatical meaning and forms of expressing grammatical meaning. Keywords: Key words: grammar, grammatical meaning, grammatical form, grammatical category, morphological categories, syntactic categories. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 11 REJA: 1.Grammatika haqida ma’lumot. 2. So‘zning grammatik ma’nosi. 3. Grammatik ma’noni ifodalash vositalari. 4. Grammatik shakl. 5. Grammatik katеgoriya. 1. Grammatika haqida ma’lumot. Grammatika – tilning grammatik qurilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi. Grammatika so‘zlarning gapda o‘zgarishi va ularning o‘zaro birikib, so‘z birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to‘plamidir: Men uning ishlariga ko‘maklashadigan bo‘ldim.(X.T.) 2. So‘zning grammatik ma’nosi. So‘zning ma’lum turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, so‘zning ma’lum bir grammatik shaklini ifodalaydigan, gapda qanday vazifa bajarishini bildiradigan ma’no grammatik ma’no hisoblanadi. Quyidagi so‘zlarning grammatik ma’nolarini aniqlang: Tilni bilish — dilni bilishga yo‘l ochar. 3. Grammatik ma’noni ifodalash vositalari. 1. Affiksatsiya. Bunda grammatik ma’no shakl yasovchi affikslarni qo‘shish bilan ifodalanadi: maktablar, maktabga, oddiyroq, ishlandi 2. Yordamchi so‘zlar. Mustaqil ma’noli so‘zlar yordamchi so‘zlar orqali grammatik ma’noga ega bo‘lishi mumkin: Daraxt mevasi bilan ko‘rkam, odam - mehnati bilan. (maqol) 3. Takrorlash. dasta-dasta gul, xirmon-xirmon paxta kabi. Bunda dasta, xirmon so‘zlarini takrorlash bilan ko‘plik, mo‘llik ma’nosi ifodalangan. 4. Suppletivizm. Bu - o‘zaro bog‘langan, ma’lum bir tizimni tashkil qilgan grammatik ma’nolarni ifodalash uchun alohida-alohida so‘zdan foydalanish usuli. Masalan, o‘zbek tilida bir grammatik tizimni hosil qiladigan I va II shaxs kishilik GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 12 olmoshlarining birligi men va sen so‘zlari orqali, ko‘pligi biz va siz so‘zlari orqali ifodalanadi. 5. Urg‘u so‘zining grammatik ma’nosini ifoda qilish uchun xizmat qilishi mumkin: terma (sifat) – terma fe’l ning bo‘lishsiz shakli. 6. So‘z tartibi. So‘zlarning gapda oldinma-keyin kelish ham ba’zan grammatik ma’no ifodalashga yordam beradi. Masalan: 1. Ajoyib odamlar. 2. Odamlar ajoyib. Birinchi gapda ajoyib so‘zi otdan oldin kelib sifatlovchi vazifasini, ikkinchi gapda ushbu so‘z otdan keyin kelib kesim vazifasini bajargan. 7. Ohang. Bunda grammatik ma’no so‘zlarning gap sifatida shakllanishi bilan bog‘liq. Masalan: Hamma keldi. (Darak gap) - Hamma keldi? (so‘roq gap) - Hamma keldi! (undov gap). 4. Grammatik shakl. So‘zning biror grammatik ma’no ifodalaydigan ko‘rinishi uning grammatik shakli deyiladi. Hozirgi o‘zbek tilida so‘zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi so‘zlar vositasida, so‘zlarni juftlash yoki takrorlash orqali hosil qilinadi. Shunga ko‘ra so‘zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi: 1. Sintetik shakl. Bu shakl shakl yasovchi affikslar vositasida hosil bo‘ladi: kitobning, kitobni, kitobga, kitobda; o‘qimoqdaman, o‘qimoqdasan, o‘qimoqdamiz, o‘qimoqdasiz kabi. 2. Analitik shakl. Mazkur shakl yordamchi so‘zlar orqali yuzaga keladi: bolalar uchun, zavq bilan, o‘qib tur, o‘qib ko‘r kabi. 3. Juft va takroriy shakl. Ikki so‘zni juftlash yoki bir so‘zni takrorlash bilan ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft va takroriy shakl deb yuritiladi: tog‘-tosh, katta-kichik juft shakli umumlashtirish ma’nosini, savat-savat (non), tog‘- tog‘ (paxta) takrorlash shakli ko‘plik, mo‘llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez-tez takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. 5. Grammatik katеgoriya. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 13 Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi. Grammatik kategoriyalarni morfologik kategoriyalarga va sintaktik kategoriyalarga ajratish mumkin. Morfologik grammatik kategoriyalarga, birinchidan, so‘z turkumlarining o‘zi, ya’ni ot, sifat, son, fe’l kabilar kirsa, ikkinchidan, ma’lum bir turkumga xos bo‘lgan kategoriyalar, ya’ni otlarga xos bo‘lgan son, egalik, kelishik kategoriyalari, fe’llarga xos bo‘lgan bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, mayli, zamon, shaxs-son kategoriyalari kiradi. Sintaktik grammatik kategoriyalar deyilganda, gap, gap bo‘laklari: ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabilar nazarda tutiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. M.Hamrayev, D.Shodmonqulova, N.Do‘sanov. Ona tili va bolalar adabiyoti (1qism: Ona tili) darslik) “Grandkondoprint”, Toshkent, 2023-yil. 2. M.Hamrayev Ona tilidan jadvalli mashqlar to‘plami (o‘quv qo‘llanma). DIMAL nashriyoti, 2024-yil