scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TABIIY FANLARNI O'QITISH TA'LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH (STEAM, CLIL VA INTERFAOL TEXNOLOGIYALAR MISOLIDA)

Ismailova, Nozima Anvar qizi

Abstract

Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish tizimida zamonaviy pedagogik metodlar - STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari talabalarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda ushbu metodlarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 34 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17482810 TABIIY FANLARNI O‘QITISH TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH (STEAM, CLIL VA INTERFAOL TEXNOLOGIYALAR MISOLIDA) Ismailova Nozima Anvar qizi Guliston davlat universiteti nozim[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish tizimida zamonaviy pedagogik metodlar - STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari talabalarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda ushbu metodlarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: tabiiy fanlar, STEAM, CLIL, interfaol metod, innovatsion yondashuv, kompetensiya, ijodkorlik, motivatsiya, ta’lim texnologiyalari. USING MODERN METHODS IN NATURAL SCIENCE EDUCATION: THE CASE OF STEAM, CLIL, AND INTERACTIVE TECHNOLOGIES ABSTRACT This article analyzes the theoretical foundations and practical effectiveness of modern pedagogical methods - STEAM, CLIL, and interactive technologies - in natural science education. The findings demonstrate the importance of these methods in enhancing students’ interest in natural sciences, as well as in developing critical thinking, creativity, and competency skills. Keywords: natural sciences, STEAM, CLIL, interactive methods, innovative approach, competency, creativity, motivation, educational technologies. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 35 KIRISH Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi - mustaqil fikrlaydigan, yangilikka intiluvchi, o‘z bilimini amaliyotda qo‘llay oladigan, kompetensiyaga yo‘naltirilgan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Shu nuqtai nazardan tabiiy fanlar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga ongli munosabatni tarbiyalash, ekologik madaniyatni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Yangi davrdagi axborot oqimi, raqamli texnologiyalar va fanlararo integratsiya sharoitida amaldagi o‘qitish metodikasini yangilash zarurati tug‘ilmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlarni o‘qitishda talabalarning bilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni izlanishga, tahlil va tajriba o‘tkazishga yo‘naltirish uchun innovatsion yondashuvlardan foydalanish muhimdir. So‘nggi yillarda dunyo ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalar samarador metodlar sifatida e’tirof etilmoqda. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi orqali tabiiy fanlarni boshqa fanlar bilan integratsiyalash, bilim oluvchilarda tizimli va tanqidiy fikrlashni shakllantirish imkoniyati yaratiladi. CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikasi esa biologik mazmunni chet tili bilan birgalikda o‘qitish orqali talabalarda fan va til ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantira oladi. Shuningdek, interfaol o‘qitish texnologiyalari - munozarali mashg‘ulotlar, jamoaviy topshiriqlar, o‘yinli metodlar, virtual laboratoriyalar va multimedia vositalaridan foydalanish o‘quvchilarni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Bu esa ularning mantiqiy fikrlash, hamkorlikda ishlash, ijodkorlik va o‘z fikrini asoslab berish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish nafaqat ta’lim sifati va samaradorligini oshiradi, balki talabalarning fanlarga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirish, ularni XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxslar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan ushbu tadqiqot tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalarning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 36 METODOLOGIYA Mazkur tadqiqot tabiiy fanlarning botanika qismini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlar - STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini aniqlashga qaratildi va bir qator ilmiy-pedagogik usullar qo‘llandi. Avvalo, nazariy tahlil usuli yordamida botanika fanini o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari o‘rganildi. Buning uchun O‘zbekiston va xorijiy olimlarning metodik ishlanmalari, ilmiy maqolalari hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Ushbu bosqichda zamonaviy ta’lim konsepsiyalari - STEAM, CLIL, kompetensiyaviy yondashuv va raqamli pedagogika mazmuni chuqur o‘rganildi. Keyingi bosqichda pedagogik kuzatuv usuli orqali oliy ta’lim I bosqich talabalarining botanika darslarida tajriba sinov ishlari olib borildi. Tajriba jarayonida STEAM loyihalari, CLIL asosida o‘qitish mashg‘ulotlari va interfaol o‘yin texnologiyalari qo‘llanildi. Kuzatuv darslarida talabalarning faolligi, bilimni o‘zlashtirish darajasi hamda o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalari tahlil qilindi. Talabalarning tabiiy fanlarga bo‘lgan munosabati, motivatsiyasi hamda zamonaviy o‘qitish usullariga nisbatan fikrlari so‘rovnoma va suhbat metodlari orqali o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar asosida talabalarning faolligi va qiziqish dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqotning yakuniy bosqichida eksperimental taqqoslash usulidan foydalanildi. Bunda an’anaviy va zamonaviy metodlar (STEAM, CLIL, interfaol texnologiyalar) asosida o‘qitilgan talabalar natijalari taqqoslandi. Baholash mezonlari sifatida talabalarning test natijalari, darsda ishtirokining faolligi, ijodiy topshiriqlarni bajarish sifati hamda fikrlash mustaqilligi ko‘rsatkichlari olindi. Tahlillar asosida zamonaviy usullardan foydalanishning bilimlarni oshirish va kompetensiyalarni shakllantirishidagi samaradorligi aniqlandi. NATIJALAR Tadqiqotlar botanika fanini o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanishning samaradorligini yaqqol ko‘rsatdi. Tajriba-sinov ishlari Guliston davlat universitetining GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 37 I bosqich talabalarida olib borildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 50 nafar talabaning 25 nafari tajriba guruhi, 25 nafari nazorat guruhiga ajratildi. Tajriba guruhida botanika fani darslari STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalar asosida tashkil etildi, nazorat guruhida esa an’anaviy dars o‘qitish usullari saqlab qolindi. Har ikkala guruhda darslar bir xil mavzular (“To‘qimalar”, “Barg va uning хillari”, “Gul va to‘pgullar”) bo‘yicha o‘tkazildi. Tajriba yakunida o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra: • Tajriba guruhidagi talabalarning o‘rtacha bilim darajasi 22% ga yuqori bo‘ldi; • Talabalarning 85%i tabiiy fanlarni “qiziqarli” deb baholadi (nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 57% ni tashkil etdi); • CLIL metodikasi asosida dars o‘tish talabalarning ingliz tilidagi biologik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini 40% ga oshirdi; • STEAM loyihalarida ishtirok etgan talabalar muammoli vaziyatlarni hal etishda yuqori ijodkorlik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 78 % talabalar interfaol usullar yordamida o‘tkazilgan darslarda o‘z fikrini erkin ifodalash imkoniga ega bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, o‘tkazilgan kuzatuvlar dars jarayonida talabalarning ishtirok faolligi, muloqotchanlik va hamkorlik darajasi sezilarli ravishda oshganini ko‘rsatdi. Talabalarning ijodiy ishlari (posterlar, mini-loyihalar, laboratoriya tajribalari) tahlili ham STEAM yondashuvi tabiiy fanlarni boshqa yo‘nalishlar - matematika, texnologiya va san’at bilan integratsiyalashda katta imkoniyatlar berishini isbotladi. CLIL metodikasi esa talabalarning fanga nisbatan qiziqishini oshirish bilan bir qatorda, ularni chet tilida ilmiy fikrlashga o‘rgatdi. Tadqiqot yakunlari asosida biologiya ta’limida zamonaviy metodlardan kompleks foydalanish talabalarning: • fanga qiziqishini oshiradi; • tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi; • fanlararo integratsiya ko‘nikmalarini shakllantiradi; • o‘z fikrini asoslab berish va jamoada ishlash kompetensiyalarini rivojlantiradi, degan xulosalarga olib keldi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 38 O‘tkazilgan tadqiqotlar tabiiy fanlarni STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalarni qo‘llab o‘qitish an’anaviy metodlarga qaraganda ancha samarali, talabalarning bilim sifati va motivatsiyasini oshirishda zarur ekanligini tasdiqlaydi. MUHOKAMA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tabiiy fanlarni o‘qitish ta’lim tizimida zamonaviy metodlar - STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalar - talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda kompetensiyalarini shakllantirishda samarali ekan. Bu natija ilgari o‘tkazilgan xorijiy tadqiqotlar bilan ham uyg‘unlik kasb etadi. Masalan, STEAM yondashuvi fanlararo integratsiya orqali talabalarda tizimli fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini oshirishi ko‘rsatilgan. CLIL metodikasi talabalarning chet tilidagi biologik terminologiyani to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatini oshiradi, bu esa ilmiy kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tadqiqotimizda talabalarning 40% ga yaqin darajada chet tilida biologik tushunchalarni to‘g‘ri qo‘llashi, avvalgi o‘quv tajribalarida kuzatilgan natijalar bilan mos keladi. Interfaol texnologiyalar orqali dars jarayonida talabalarning faolligi sezilarli darajada oshdi. Munozarali mashg‘ulotlar, laboratoriya tajribalari, jamoaviy loyihalar va multimedia vositalari talabalarda mustaqil izlanish va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirdi. Bu esa o‘quv jarayonining nafaqat qiziqarli, balki samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. Natijalarni amaliyotga tatbiq etish esa, talabalarlarning metodik tayyorgarligini oshirish, dars jarayonini interfaol va fanlararo integratsiyalashgan usulda tashkil etish, hamda talabalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, botanika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar innovatsion va samarali vosita sifatida qaralishi maqsadga muvofiq. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tabiiy fanlarни ўқитишда STEAM, CLIL va interfaol texnologiyalardan foydalanish talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 39 sezilarli darajada oshiradi, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda fanlararo integratsiya ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tajriba guruhi talabalarining bilim darajasi va faolligi an’anaviy metod asosida o‘qigan nazorat guruhi bilan solishtirganda yuqoriroq bo‘ldi. CLIL metodikasi talabalarning chet tilida biologik atamani to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatini oshirdi, STEAM yondashuvi esa muammoli vaziyatlarda ijodiy va tizimli fikrlashni rag‘batlantirdi. Interfaol texnologiyalar dars jarayonini qiziqarli va samarali qilib, talabalarning faolligini kuchaytirishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Shu asosda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 1. Tabiiy fanlarni o‘qitish ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshiradi. 2. STEAM, CLIL va interfaol metodlar talabalarda fanga bo‘lgan motivatsiya va qiziqishni kuchaytiradi. 3. Ushbu metodlarni tizimli va kompleks tarzda qo‘llash talabalarning metodik tayyorgarligini oshirishga ham xizmat qiladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdukarimova, M. A., Pardayev, U. X., & Tilyabov, M. U. (2024). Tabiiy fanlar o‘qitishda STEAM yondashuvi. Science and Education, 5(11), 237–244. 2. Yunusova, N. A. (2021). The Importance of Using STEAM Education in Teaching Biology. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 2021: PCCRE, 208–210. 3. Khamidova, Z. R. (2025). Didactic Possibilities of Using The Steam Educational Technology Tool In Teaching Natural Sciences on The Basis of an Integrative Approach. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning, 6(4). Emergent 4. Jumabayev, A. T. (2024). Method Of Using The Steam Approach In Teaching Biology. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments, 2(11), 219–224. Евразийские Журналы 5. Kadirova, M. I. (2025). Integration of the Steam Approach and Micro-Research in Teaching Biology. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 3(10).