scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INSON RUHIYATI IFODASI: "TUSHDA KECHGAN UMRLAR" ASARIDAGI OBRAZLAR TAHLILI

Ropiyeva, Muborak Abdug'aniyevna

Abstract

Ushbu maqolada kitobsevar xalqimizning qalbiga o‘zining betakror asarlari orqali chuqur kirib borgan sevimli ijodkorimiz O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asaridagi obrazlarning turli xil timsollari, hayotdagi baxtni anglolmagan insonlar hayoti haqida so‘z yuritiladi va shu bilan birgalikda ijodkorning badiiy mahorati qanchalik yuksakligini ko‘rib chiqamiz.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 53 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17483006 INSON RUHIYATI IFODASI: “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ASARIDAGI OBRAZLAR TAHLILI Ropiyeva Muborak Abdug‘aniyevna JDPU O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Email: [email protected] ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada kitobsevar xalqimizning qalbiga o‘zining betakror asarlari orqali chuqur kirib borgan sevimli ijodkorimiz O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asaridagi obrazlarning turli xil timsollari, hayotdagi baxtni anglolmagan insonlar hayoti haqida so‘z yuritiladi va shu bilan birgalikda ijodkorning badiiy mahorati qanchalik yuksakligini ko‘rib chiqamiz. Kalit so‘zlar: roman, obraz, timsol, O‘tkir Hoshimov, Tushda kechgan umrlar, Shahnoza, Rustam, muhabbat, ishonch, kundalik. ABSTRACT: This article discusses various symbolic images in the beloved writer O‘tkir Hoshimov’s work “Tushda kechgan umrlar” (“Lives Spent in a Dream”), who has deeply touched the hearts of our book-loving people through his unique creations. It explores the lives of people who failed to understand true happiness and examines the high level of the author’s artistic mastery. Key words: novel, image, symbol, O‘tkir Hashimov, Lives spent in a dream, Shahnoza, Rustam, love, trust, diary. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 54 KIRISH Inson dunyoga ko‘z ochib kelibdiki, uning butun hayoti obraz va obrazlilikdan iborat bo‘lib qoladi. Chunki inson o‘zini, boshqalarni, jamiyatni hamisha timsollar orqali anglaydi. Adabiyot esa ana shu obrazlar dunyosining eng go‘zal va teran ifodasidir. Har bir asarda yaratilgan obraz muallifning hayot haqidagi qarashlarini, ruhiy kechinmalarini hamda insoniy mohiyatni aks ettiradi. Shu bois, obrazlilik san’ati yozuvchi mahoratining eng muhim mezoni hisoblanadi. Adabiyotshunos olimlarimizdan Hotam Umirov obraz haqida quyidagi fikrlarini bildiradi: “Obrazlilik badiiylik ichida yashaganidek, obraz obrazlilikning mohiyatini o‘zida tashiydi. Shu sabab obraz tushunchasi (demakki keng ma’noda badiiylik) adabiyot ilmimining bosh masalalaridan sanaladi, chunki unda obrazlilikning mohiyati borlig‘icha namayon bo‘ladi. Demak, yozuvchi, san’atkorning butun salohiyati (mahorati, ruhshunosligi, kashfiyoti, donishmandligi…) u yaratgan obrazlarda muhrlanadi” [1-28]. ASOSIY QISM Bundan ko‘rinib turubdiki biz ham hech ekkilanmasdan salmoqli adibimiz O‘tkir Hoshimovni ham donishmand desak menimcha mubolag‘a bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Chunki bizgacha yaratib berib ketgan barcha asarlarida, insonning ichki kechinmalari, qalbidagi shirin va achchiq tuyg‘ularini hayotdan badiiy mahorat ila asarlariga ko‘chirganiga barchamiz guvoh bo‘lib turubmiz. Shu jumladan ushbu asarda ham Komissar, Rustam, Shahnoza, Qurbonay obrazlari orqali xalqimiz boshiga tushgan achchiq qismat ya’ni urush vaqtida, hayotdagi ko‘plab insonlarning qismati qanday bo‘lganligini shu asar bilan anglashimiz mumkin. Bundan tashqari oddiy xalq hayoti bilan mansabdor shaxslar o‘rtasidagi farq qay darajada yuqori bo‘lganligiga ham guvoh bo‘lamiz. Nasr rivojida O‘tkir Hoshimovning munosib o‘rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o‘zining haq so‘zi bilan el orasida e’tibor qozondi, Chunki asarlarning barchasida haq so‘zni aytishga intildi, balki qaysidir jihatlarda yuzaki holatlarga ko‘zimiz tushishi mumkin lekin aslo u yolg‘on gap aytmagan. Masalan komissar obrazi orqali, bizning oddiy xalqimiz qancha qiynoqlarga chidaganini, qanchadan qancha saxta ayblovlar bilan turma ortiga olingaligiga guvoh bo‘lamiz, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 55 ayniqsa “paxta ish” bu o‘zbeklar ish degani qalblarni bir lahzada larzaga keltirishi, barchamizga yangilik emas. Bundan tashqari adib obrazlardagi ismlarga ham katta e’tibor beradi. Bunday jarayonlar boshqa adiblar Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor ijodiga ko‘proq monand bo‘lsa-da O‘tkir Hoshimov ham bundan mustosno emas. Adabiyotshunos tanqidchi ustoz Usmonjon Qosimov bu xususida shunday fikr yuritadilar: “To‘laqonli, yutuk badiiy obrazning yuzaga kelishida qahramonning ichki va tashqi portreti (siyrat va surti), nutqi, manolog va diologlari bilan bir qatorda uning ismi ham adabiy-estetik vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan jahon adabiyotining ko‘plab mashhur so‘z ustalari asr qahramonlarining ismlarga ham jiddiy e’tibor berishgan va ularga har jihatdan munosib nom topib o‘ziga xos bir san’atkorlik sifatida baholashgan” [2-125]. Misol uchun Qurbonay xola obrazini olaylik: bu obraz hayotda ko‘p qiyinchilik ko‘rgan, hayotdan baxt topolmagan, kamsitilgan, juda rahmdil, jonkuyar, barchani o‘zidik ko‘radigan, farzandi uuchun kuyib yonadigan, sofdil va mehribon obraz sifatdida asarda gavdalanadi. “Qorong‘u oshxonada bir burda non kavshab, choy ichgan bo‘ldi. Yolakdagi osig‘lik turgan paxtali choponini kiyib, boshiga paxmoq ro‘mol o‘radi. Biqini tag‘in achishib og‘ridi. Birpas ikkilanin turdida, choponini yechdi. Tag‘in uyga kirdi. Timirskilanib sandiq ochdi” [3-9]. Quyidagi jumlalar orqali ham ko‘rishimiz mumkinki tanasida shuncha og‘riq bo‘lishiga qaramasdan, yotmay nevarasi va qizi uchun jon kuydirayotganiga qarab ichimiz eziladi. Bu bilan adib haqiqiy o‘zbek ayolini chinakam timsolini Qurbonay xola obrazi orqali ko‘rsatishga harakat qilganini ko‘ramiz. Yozuvchi asardagi har bir obrazni shunchalik ishonchli va jonli tasvirlab berganki o‘qigan kitobxon ba’zi joyda kulsa, ba’zi joyida esa kitobxonni yig‘lashga uni ruhan his qilishga undaydi. Shunday yana obrazlardan yana biri bu Rustam obrazidir. Asarda Rustam sofdil, qaysar, jasur rashkchi, sadoqatli, mehribon, g‘amxo‘r, haqiqatparvar, rostgo‘y inson sifatda tasvirlangan. Ismidan ham bu obraz shunday hislatlarga ekanligi ko‘rinib turubdi. Rustamning qalbida ham shuncha dardi bo‘la turib uni hammadan yashirib qalbining hechkim anglamas joyiga yashirib qo‘yganidan ham, uni o‘ta qaysar va jasurligiga, urushda yurgan paytlarida do‘stlariga nisbatan sadoqatli ekanini ko‘rishimiz mumkin. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 56 Uning bunday holatlarini kundaliklaridagi jumlalaridan ham ko‘zga tashlanadi. Aynan shu obrazdagi xarakterni o‘qigan har bir kitobxon, asar boshida bu obrazga nisbatan boshqacha fikr uyg‘onadi, asar so‘ngida bu obrazda tugun paydo bo‘lib har bir o‘qigan kitobxon asarni turlicha yondashuv bilan turlicha fikrlarni xayoliga keltiradi. Qalbida yuzlab, minglab his tuyg‘ular o‘tadi, balki shuning uchun ham ushbu asar oqiguvchi qalbidan chuqur o‘rin olgandir. Komissar obrazi: ushbu obraz asarda salbiy qahramon bo‘lib kiritilgan. Adib bu obrazdagi xarakter orqali mustabid sovet tizimida qiynalgan o‘zbek xalqini yana qiynalishiga sabab bo‘lgan inson tasvirlanadi. Agar bu insonga qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak, hattoki ish borasida o‘zining farzandlariga ham rahm qilmagan, ayolining qadriga yetmagan insondir. Shahnaza obrazi ham bosh obrazlardan biri hisoblanadi. U o‘ziga to‘q oiladan bo‘lib, chiroyli, xushbichim o‘ziga doim qarab yuradigan qiz. Ushbu asarda u sadoqat, ishonch, muhabbat, mehr, timsoli bo‘lib asarga olib kirilganligini ko‘ramiz chunki u Rustamni intizorlik bilan kutadi, xoyolidagi boshqa o‘ylarga qaramasdan. Yana bir narsani aytib o‘tishimiz joizki, moddiy taraflama u Rustamdan ustun bo‘lsa-da u sevgini tanlaydi. Bu bilan yozuvchi o‘sha vaqtlari shunday mard va go‘zal o‘zbek ayollari ham borligini tasvirlab beradi. Bu ham asarni qaysidir taraflama ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Ijod mahsuli ijodkor shaxsidan o‘zgacha bo‘lmaydi. Ijodkor va asar munosabatini og‘och va uning mevasiga o‘xshatish mumkin. Biror meva uni yetiltirgan og‘ochdan ortiq bo‘lolmagan kabi badiiy asar ham uning muallifi darajasidan baland bo‘lolmaydi” [4-336]. Asar yozayotgan har qanday yozuvchi o‘zining badiiy mahoratidan kelib chiqqan holda asar yozadi. O‘zining dunyo qarashi qanchalik keng va insonlar qalbini tushuna oladigan bo‘lsa, o‘shandagina qalbning eng tubiga yetib boradigan asar yozadi. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘tkir Hoshimovning barcha asarlari jonli va ta’sirchan yaratilgan bo‘lib, inson qalbini zabt etishga muvoffaq bo‘lgan. Bu asar orqali ham biz yaqin o‘tmishdagi insonlar hayoti haqida tanishdik, boshidan kechirgan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 57 qiyinchiliklarga guvoh boldik. O‘qigan kitobxonlarning barchasi o‘z qarashi bo‘yicha bu asarni tahlil qiladi. Ularning ruhiyatida ham o‘zgarishlar bo‘la boshlaydi. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarida ham obrazlar orqali inson hayotining mazmuni, orzular va haqiqat o‘rtasidagi ziddiyatlar, insonning baxtni topish yo‘lidagi iztiroblari chuqur yoritilgan. Muallif har bir qahramon timsolida butun bir avlod, butun bir ruhiy olamni gavdalantira olgan. Shu tariqa, yozuvchi o‘zining yuksak badiiy mahorati orqali o‘quvchini o‘ylashga, hayotning mohiyatini his etishga chorlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Hotam Umirov. Adabiyot nazariyasi. Toshkent. Sharq nashryoti, 2002. 2. Usmon Qosimov. Adabiy estetik tafakkur. Toshkent. 2023. 3. O‘tkir Hoshimov. “Tushda kechgan umrlar. Toshkent. Nurli dunyo nashryoti, 2024. 4. Qozoqboy Yo‘ldoshev “So‘z yolqini”. Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi – 2018. 5. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBtkir_Hoshimov 6. https://tafakkur.net/otkir-hoshimov.haqida