scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING TIZIMINING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Abduraxmonova Noila Nasim qizi

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimining pedagogik shart-sharoitlari mazmuni yoritilgan bo‘lib, pedagogik duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli tavsiyaviy xulosalar berilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 366 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING TIZIMINING PEDAGOGIK SHARTSHAROITLARI Abduraxmonova Noila Nasim qizi Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) +99899-002-72-53 https://doi.org/10.5281/zenodo.17483049 Annontatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimining pedagogik shart-sharoitlari mazmuni yoritilgan bo‘lib, pedagogik duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli tavsiyaviy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, mezon, intellekt, ko‘nikma, dastur, model, xorijiy tajriba, ta’lim samaradorligi, talaba, dars jarayoni, reproduktiv, algoritmik. Аннотация. В статье рассматривается содержание педагогических условий системы развития интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы, а также широко раскрывается содержание педагогических проблем и пути их решения. Приводятся примеры эффективных методик и технологий, используемых в процессе развития интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы. В заключении и рекомендациях даны необходимые рекомендации. Ключевые слова: учитель, критерий, интеллект, способности, программа, модель, зарубежный опыт, образовательная эффективность, ученик, учебный процесс, репродуктивный, алгоритмический. Abstract. This article covers the content of the pedagogical conditions of the system for developing the intellectual skills of future primary school teachers, and broadly covers the content of pedagogical problems and their solutions. Also, examples of effective methodologies and technologies used in the process of developing the intellectual skills of future primary school teachers are presented. The conclusion and recommendations provide the necessary recommendations. Keywords: teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, educational effectiveness, student, teaching process, reproductive, algorithmic. Har qanday ta’lim texnologiyasi uzluksiz ta’limning qaysi bo‘g‘inida qo‘llanmasin, uning markazida ta’lim oluvchi shaxsi va uning qiziqishlari, ehtiyojlari ko‘zda tutilishi kerak. Shu qatori, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellekt ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini ham ma’lum bir tizimlashtirilgan tarzda tashkil etish zarur. Mazkur texnologiyadan maqsad, bo‘lajak pedagoglarda kasbiy salohiyatni o‘stirish, kasbiy faoliyat haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish orqali kasbiy sifatlarni yuzaga chiqarishdan iborat. Oktabr, 2025-Yil 367 Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishni takomillashtirish xususida Xalq ta’lim tizimini “2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan o‘quvchilarning subyektiv fikrlash, axborotlarni erkin izlash, ma’lumotlarni tahlil qilish malakalari hamda kompetentsiyalarini rivojlantirishga urg‘u bergan tarzda, zamonaviy innovatsion”, iqtisodiyot talablariga mos keluvchi dasturlar va yangi ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash uchun xalqaro doiradagi dasturlarda muntazam ishtirok etishga alohida urg‘u berilgan. O’zbek tilining izohli lug’atida mezon so’ziga quyidagicha izoh keltirilgan: "Mezon" so‘zi bir nechta ma’noda ishlatilishi mumkin, ammo umumiy ma’noda "tarozi, oʻlchov" va ,,taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza” degan ma’nolarni bildiradi. Ya’ni mezon - bu bir narsani baholash, taqqoslash yoki o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asosiy standart yoki ko‘rsatkich. Masalan, “biz "ta’lim sifatini baholash mezonlari" deganda, ta’lim sifatini baholash uchun qo‘llaniladigan asosiy standartlarni nazarda tutamiz. Bu standartlar ta’lim jarayonining turli jihatlarini, masalan, o‘quvchilarning bilim darajasi, o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv materiallarining sifati va h.k.ni”[7] o‘lchashga imkon beradi. Rossiyalik tadqiqotchi, pedagog L.Gil o’zining “Professional ta’lim o’qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini multimedia texnologiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasida baholash mezonlarining 4 ta turini keltirilgan: 1. Motivatsion-adaptiv. 2. Kognitiv-yo’naltiruvchi. 3. Innovatsion-izlanuvchi. 4. Integrativ-kreativ. Shuningdek, "intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mezonlari" deganda, metodikani takomillashtirish uchun qo‘llaniladigan asosiy standartlarni nazarda tutamiz”[5] –degan fikrlarni o‘zi izlanishlarida keltirib o‘tgan. Bu standartlar metodikaning samaradorligi, ilmiy asosligi, o‘quvchilarning rivojlanishiga ta’siri va boshqa omillarni baholashga imkon beradi. Bugungi kunda Respublikamizning “ta’lim tizimida har tomonlama yetuk va ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligini ta’minlash”[8] ehtiyoji yuzasidan keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, jumladan oliy ta’limga jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish, modernizatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi, yuqori talablarni qo‘ymoqda... »[2] Shuni o‘rinda quyidagi fikrlarni keltirmoqchimiz, “talabalarning intellektual salohiyati ularning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasi bo‘lib, ijodiy qobiliyatlarni, ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni, yangilik, o‘ziga xoslik va o‘ziga xoslik bo‘lgan intellektual mahsulotlarni yaratish zarurligini o‘z ichiga oladi. Ta’lim texnologiyalar bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalarni keltirishdan avval uning o‘quv jarayonidagi in’ikosiga oid nazariy ma’lumotlarni keltirib o‘tish joiz deb bildik. Zamonaviy texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini rivojlantirish, balki talabalarni intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘l keladi. Oktabr, 2025-Yil 368 So‘nggi yillarda oliy ta’lim jarayonida rivojlantiruvchi, muammoli, hamkorlikdagi, dasturli, blok modulli, shaxsga yo‘naltirilgan, o‘yinli va axborot texnologiyalar keng qo‘llab kelinmoqda”[5]. “Intellektuallik koeffitsiyenti (inglizcha: IQ — intelligence quotient, qisqartma nomi IQ) — odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish koʻrsatkichi, bilim saviyasi”[15]. Test tizimlari yordamida bolalarning aqliy saviyasini miqdoriy koʻrsatkichlar orqali aniqlash gʻoyasini birinchi marta fransuz psixologi Alfred Bine ishlab chiqqan(1903) D.Veksler, G.Ayzenk va boshqalar intellekt hamda kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlar birligi deb bilishadi. Ularning fikricha intellekt kretivlikning eng yuqori bosqichi, bu degani nafaqat ular birlikda, shuningdek, ijodkorlik intellektning natijasidir. Veksler yuqori darajadagi inttellektni - yuqori darajadagi qobiliyatning poydevori deb hisoblasa, quyi intellektquyi pog‘onadagi intellektni yuzaga chiqaradi degan g‘oyani ilgari suradi. Psixolog olim Gans Ayzenk esa kreativlik qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida talqin etadi. Yana uning fikricha intellekt kreativlikning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan. V.Shtern, J.Piaje, D.Vekslerlar o‘z nuqtai nazarlarida insonlarni o‘zga sharoitlarga moslashtiruvchi qobiliyat sifatida tadqiq etishgan. Ushbu olimlar o‘z izlanishlarida amerikalik ko‘plab maktab o‘quvchilarini turli metodlar vositasida tadqiq etishgan. Izlanishlar davomida ular tekshiriluvchilarning intellektual koefitsentini aniqlab olishgan, ularning IQ darajalariga qarab guruhlarga ajratishgan va 30,40, 50,60 yil mobaynida kuzatuv olib borishgan. Kuzatishlar natijasida IQ darajasi baland bo’lgan tekshiriluvchilar jamiyatda yuqori natijalarga erishishgan, aksincha IQ darajasi pastroq bo‘lganlar esa 30 marta kam natijalarga erishishganligini kuzatishgan va o‘z tadqiqotlari natijalaridan ushbu ma’lumotlarni keltirib o‘tishgan. Demak, intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi 2 xil qobiliyat bo‘lib, ularni axborotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Intellekt egallangan ma’lumotlarni real hayotda qo‘llay olish va hayot tarziga moslashtirishga yordam beradi. Psixolog olim Spirmenning izlanishlarida insonlarda umumiy intellekt mavjudligini, kishilarni bir-biridan ajratuvchi o‘ziga xos qobiliyatlar borligini ta’kidlagan. Shu paytgacha, olimning intellektni bir taraflama baholash nazariyasi juda ko‘plab noroziliklarni keltirib chiqargan. Psixolog olim Terstoun esa aqliy qobiliyatning 56 xil test, 7 ta klaster orqali baholash tizimini joriy qildi. J.W.Getzels va P.W.Jackson intellektual qobiliyatlar bo‘yicha ish olib borishgan. Shu paytgacha ko‘plab psixolog olimlar orasida intellekt yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liq yoki bog‘liq emasligi masalasi ko‘plab muzokaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ushbu muammoni tadqiq etishganda ma’lum bo‘ldiki, Bayron va Betxovenlarning miyasining vazni oddiy odamning miya vaznidan anchagina og‘ir ekanligi aniqlangan. Miya vazni og‘ir bo‘lgan insonlar yuqori intellektga ega degan qarashlar mavjud bo‘lgan. Biroq ba’zi daxo insonlarning miyasi normal insonlarnikidan ancha yengilligi aniqlangan. Shuningdek, ba’zi jinoyatchilarning miya vazni huddi Bayrnnikidayligi aniqlangan. Baribir texnika rivojlanish natijasida MRT asboblari orqali aniqlanganda intellekt va miya bog‘liq ekanligi aniqlandi. Intellektning og‘ir bo‘lishi nafaqat miya vazniga balki miyaning frontal va parietal bo‘lagidagi faollik darajasiga bog‘liq ekanligini aniqlashgan. Oktabr, 2025-Yil 369 Bundan tashqari bir tadqiqot begona oilada yashayotgan bolalarda o‘tkazilgan. Bir xil sharoitda ulg‘aygan bolalarning intellektual qobiliyati yoshligida bir xil natijani bergan. Biroq ular voyaga yetgan sari ushbu o‘xshashlik kamayib borgan. Bundan tashqari farzandlar o‘zlarining biologik ota-onalariga intellektual jihatdan bir xil ekanligi aniqlangan. Irsiyat hamda ijtimoiy muhitni bir-birga o‘zaro bog‘liq. Matematikaga qobiliyati bor bolani maxsus matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qitib yillar o‘tganda so‘ng ularning intellekti tekshirilganda, ular yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning asosiy sababi esa irsiyat hamda ijtimoiy omil ekanligini bu yerda yaqqol ifodasini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotlarda keltirilishicha. “talabalarda intellektual ko‘nikmalarni rivojlantirishda ta’limning amaliy va nazariy shakllarini innovatsion didaktik metodlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi natijada zamonaviy malakali shaxsni shakllantirishga erishish mumkin”. Ilmiy ishimiz doirasida oliy o‘quv yurtlari bo‘lajak pedagoglarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishni tadqiq qilinayotganligi uchun biz pedagagning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishning mohiyatini ko‘rib chiqamiz. Pedagogikada mutaxassisning shaxsiyatini shakllantirish ostida olib borilishi davomida shaxsning “ruhan boyishi, ish uslubining takomillashuvi, shaxsiyatining, umumiy va kasbiy madaniyatining rivojlanishi yuz beradigan jarayon tushuniladi. Mutaxassisning shaxsiyatini muvaffaqiyatli shakllantirish shartlari uning qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga ijobiy munosabati, faoliyatining ilmiy jihatdan oqlangan tarzda tashkillashtirilishi, kasbiy muhim bilimlar, mahorat va ko‘nikmalari, shaxsiy sifatlarini eng jadal tarzda namoyon qilish va takomillashtirish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonuni (yangi tahrir). – 2020-yil 23sentabr. https://lex.uz/docs/5013007 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF5847-son. 3. Adizov B “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari” Ped.fan.dok.disser. T.,2003 yil (276 bet) 4. Сельмурзаева, Марижа Рамзановна Формирование профессионально-этич еской культуры будущего учителя начальных классов :автореферат дис. ... кандидата педагогических наук: 5.8.7. Грозный 2022. http://dlib.rsl.ru/rsl01011000000/rsl01011131000/rsl01011131860/rsl01011131860.pdf 5. Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.2114-2121 betlar. 6. http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf 7. Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // The field of scientific research International scientific-online conference Part 4 Oktabr, 2025-Yil 370 November 30th Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-121 betlar. https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595 8. Abduraxmonova N.N. Ona tili o’qitish metodikasi., Elektron ta’lim platformasi (Oliy o’quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun). DGU 202401508 https://onatili.yoshavlod.uz/ - 20.02.2024 9. Гиль Л. Б. Развитие интеллектуальных умений и способности к саморазвитию студентов технического вуза в процессе математической подготовки, дис. ... кaнд. пeд. нaук: 13.00.08/ Гиль Людмила Болеславна. – Томск, 2010. – 196 c. http://www.dslib.net/i/b/2579/378317.png