TURKISTON ASSR SOLIQ TIZIMIDA JAVOBGARLIK MASALALARI
Abstract
Mazkur maqolada Turkistonda soliq tizimini amalga joriy etishda RSFSR tomonidan qabul qilingan hujjatlar va ularning amaliyotga tadbiq etilishi tahlil qilingan. Soliqqa tortish va undirish jarayonlarida javobgarlik masalalari va jazo choralarining joriy etilishi, inqilobiy tribunal tarkibida soliq bo‘limlarining tashkil etilishi hamda faoliyati yoritilgan. Shuningdek, soliq to'lash tartiblarini buzish va bo'yin tovlash kabi harakatlarga nisbatan belgilangan maxsus jazolarning joriy etilishi, siyosiy huquqlardan mahrum qilish negizida soliq yuki oshirilganligiga oid ma'lumotlar arxiv manbalariga asoslangan holda yoritilgan.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 65 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17483069 TURKISTON ASSR SOLIQ TIZIMIDA JAVOBGARLIK MASALALARI Umirzakova Malohat Roxataliyevna NamDU mustaqil tadqiqotchisi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Turkistonda soliq tizimini amalga joriy etishda RSFSR tomonidan qabul qilingan hujjatlar va ularning amaliyotga tadbiq etilishi tahlil qilingan. Soliqqa tortish va undirish jarayonlarida javobgarlik masalalari va jazo choralarining joriy etilishi, inqilobiy tribunal tarkibida soliq bo‘limlarining tashkil etilishi hamda faoliyati yoritilgan. Shuningdek, soliq toʼlash tartiblarini buzish va boʼyin tovlash kabi harakatlarga nisbatan belgilangan maxsus jazolarning joriy etilishi, siyosiy huquqlardan mahrum qilish negizida soliq yuki oshirilganligiga oid maʼlumotlar arxiv manbalariga asoslangan holda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Turkiston, sovet hokimiyati, soliqqa tortish va undirish amaliyoti, harbiy majburiyat, oziq-ovqat solig‘i, jazo turlari, dekret, ko‘chma sud. ВОПРОСЫ ОТВЕТСТВЕННОСТИ В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ ТУРКЕСТАНСКОЙ АССР АННОТАЦИЯ В статье анализируются документы, принятые РСФСР в целях внедрения налоговой системы в Туркестане, и их практическое применение. Рассматриваются вопросы ответственности и введения штрафных санкций в процессе налогообложения и сбора налогов, организация и деятельность налоговых органов при революционном трибунале. На основе архивных
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 66 источников освещаются сведения о введении специальных санкций за нарушение порядка уплаты налогов и уклонение от уплаты, а также об увеличении налогового бремени на основе лишения политических прав. Ключевые слова: Туркестан, Советская власть, налоговая и сборная практика, военная повинность, продовольственный налог, виды наказаний, указ, выездной суд. ISSUES OF LIABILITY IN THE TAX SYSTEM OF THE TURKESTAN ASSR ANNOTATION This article analyzes the documents adopted by the RSFSR in the implementation of the tax system in Turkestan and their implementation in practice. Issues of liability and the introduction of penalties in the processes of taxation and collection, the organization and activities of tax departments within the revolutionary tribunal are covered. Also, information on the introduction of special penalties for violations of tax payment procedures and evasion, as well as the increase in the tax burden on the basis of deprivation of political rights is covered based on archival sources. Index Terms: Turkestan, Soviet power, taxation and collection practices, military conscription, food tax, types of punishment, decree, mobile court. KIRISH Jahon miqyosida ro‘y berayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida davlatlarning soliq siyosati tobora takomillashib, kengayib bormoqda. Ayni vaqtda soliqlar iqtisodiyotni rivojlantirish vositalaridan biri bo‘lib ham xizmat qilmoqda. Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblangan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ayniqsa, soliq-buydjet siyosatini yanada chuqurlashtirish tobora zaruriyatga aylanib bormoqda. Davlatlar taraqqiyotida, hukumatlarning buydjet mexanizmida soliqlar va ularning tushumi, turlari, sohadagi
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 67 imtiyozlar, shuningdek muammolarni o‘rganish, tizimli hal etish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada soliqqa tortish va undirish, jazo turlari, javobgarlikka tortish masalalari inqilobiy tribunallar faoliyatida soliq tizimidagi javobgarlik masalasida sakkiz turdagi maxsus jazolarning joriy etilishi bayon etiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Turkiston ASSRda soliqqa tortish va undirish masalalariga doir adabiyotlarni ikki davr: sovet davri va mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqotlarga ajratib oʻrganish mumkin. Sovet davri (1917-1924-yillar) da yaratilgan tarixiy adabiyotlar orasida XX asr 20-30-yillarida davlat va partiya arboblari T.Risqulov, I.Xidiraliyev, N.Turaqulov, G.Safarov asarlari muhim ahamiyatga ega[1]. Mustaqillik yillarida Q.Rajabovning nomzodlik, R.Abdullayev, D.Ziyoyeva, Q.Rajabov, A.Rasulov, Sh.Hayitov, U.Jumayev, M.Haydarov, M.Rahmatov, N.Rejabboyevlarning D.Toshmatovning doktorlik dissertatsiyalarida Turkiston oʻlkasidagi soliq siyosati tarixining bazi tomonlari yoritilgan[2]. Turkistondagi soliqqa tortish va undirish, javobgarlik masalalarining ayrim jihatlariga Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston hamda Rossiya Federatsiyasi tarixiga oid e’lon qilingan bazi fundamental kitoblar va kollektiv monografiyalarda toʻxtab oʻtilgan. Xususan, MDH davlatlarida soʻngi yillarda chop etilgan A.A.Maslennikova, A.A.Kabanov, T.I.Kim, I.V.Sibotina, I.A.Selivanovskaya, J.J.Kenjebaykizi, S.V.Korponenko, D.A.Mirpochoyev, A.S.Sokolovning monografiyalarida sovet rejimi va bolsheviklar tomonidan olib borilgan soliq siyosati va uning ayanchli oqibatlari manbalar asosida yoritilgan[3]. Mavzuni yoritishda qiyosiy-tahlil, manbalar tahlili, fanlararo metodlardan foydalanildi. Shu bilan birga tarixiylik, davriylik va xolislik tamoyili asosida mavzuni yoritishga harakat qilindi. NATIJALAR VA MUHOKAMA Turkistonda 1917-1918-yillardagi og‘ir iqtisodiy vaziyatning yuzaga kelishi, g‘alla yetishmasligi, qurqoqchilik va uning oqibatida ocharchilikning hukm surishi o‘lkada barcha saʼy-harakatlarni taʼminot masalasiga qaratishga majbur qildi. Turkiston iqtisodiy boshqaruvi sovet hukumati manfaatlariga bo‘ysundirilgan
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 68 bo‘lsada, o‘lkada soliq tizimi, aholi taʼminoti uchun yechim sifatida yangi turdagi soliqlarni amalga joriy etish bilan yuritilayotganligiga qaramay uning katta qismi sovet armiyasi va ishchilar sinfi manfaatlari hamda sovet hukumatini moliyaviy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan edi. Mazkur manfaatlar doirasida sovet hokimiyati soliqlarni o‘z vaqtida va uzluksiz undirish maqsadida soliqlarni yig‘ish va jazo qo‘llash huquqini ayrim tashkilotlar vakolatiga kiritdi. Soliqlarni to‘lashdan bosh tortganlar uchun jazo qo‘llashning huquqiy-normativ asosi sifatida RSFSR JK tegishli moddalariga tayandi. Jumladan, soliq to‘lash tartibini buzish davlatga qarshi jinoyatlar darajasida: ommaviy tarzda soliqlarni to‘lashdan bosh tortganlik; yakka tartibda soliqlarni to‘lashdan bosh torgan yoki o‘z vaqtida to‘lamagan fuqarolarning hattiharakatlari; soliqqa tortish jarayonlarida mol-mulkni yashirgan va miqdorini to‘g‘ri ko‘rsatmagan hamda harbiy majburiyatlardan (harbiy majburiyatlar pul shaklida ham undirilgan-U.M. ) bosh torganlik belgilangan. Sovet hokimiyati soliq siyosatini bunday tarzda olib borilishini turli xil dekret va ko‘rsatmalarni qabul qilish hamda joriy qilish bilan mustaxkamladi. Masalan, 1921-yilning 15-avgustida BMIQ tomonidan dekret qabul qilinib, unda oziq-ovqat solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘lashdan ommaviy tartibda bosh tortgan aholi vakillarini hatti-harakatlari davlat boshqaruvi darajasidagi jinoyatlarga tenglashtirilishi hamda bunday harakatlarga nisbatan jazo qo‘llash uchun inqilobiy tribunallar tarkibida soliq bo‘limlarini tashkil etilishi ko‘rsatib oʼtildi[4:103]. 1922-yilning 4-yanvarida Turkiston АSSR Аdliya xalq komissarligi inqilob tribunaliga soliqni o‘z vaqtida to‘lamaganlarga dastlabki surishtiruvni o‘tkazmasdan jazo qo‘llash vakolatini berdi [4:103]. Mazkur normativ hujjatga ko‘ra, 1922-yilning yanvardan mart oyiga qadar Turkiston oblastlarida ko‘chma sud majlislari o‘tkazilib, soliqni o‘z vaqtida to‘lay olmaganlarni dastlabki surishtiruvlarsiz (soliqni o‘z vaqtida to‘lay olmaganlikning sabablarini o‘rganmasdan-U.M.) so‘roq qilingan hamda javobgarlikka tortilgan. Oblastlarda esa soliq turlari va ularni undirishda ham miqdorlari turlicha bo‘lib, ularni undirishda Аdliya xalq komissarligiga keng vakolatlar berilgan. Masalan, Samarqand oblast Аdliya xalq komissarligi 1918-yilning 21-avgustida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan aholi
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 69 vakillari uchun qamoq, tintuv va musodara qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilgan. Mazkur buyruqda soliqlarni toʼlashdan bosh tortganlar yokt o‘z vaqtida toʼlamaganlar jinoiy javobgarlik hamda maʼmuriy tartibda javobgarlikka tortish masalalari bo‘yicha Аdliya Komissari, Ichki ishlar komissari hamda Oziq-ovqat komissari tomonidan javobgarlikni qo‘llashi mumkinligi haqida ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, Аdliya xalq komissari I.Z. Shteynberg 1918-yilning 19-dekabrida Revolyutsion tribunalga ko‘rsatma yo‘llab, soliq toʼlashdan boʼyin tovlagan yoki soliqqa tortishda mol-mulkini yashirgan hamda ularning egaligiga doir hujjatlarni qasddan yo‘q qilganlar uchun Revolyutsion tribunalga quyidagi jazolarni qo‘llash haqida murojaat qilgan: omma oldida izza qilish; jarimaga tortish; ozodlikdan mahrum qilish; poytaxtdan quvgʼin qilish; xalq dushmani deb eʼlon qilish; siyosiy huquqlardan mahrum qilish; mol-mulkni musodara qilish; majburiy mehnatga jalb qilish[5:29,30] . Bundan tashqari normativ-huquqiy hujjatlarda siyosiy huquqlardan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilgan harakatlar uchun javobgarlikka tortilgan aholi vakillariga nisbatan soliq yuki oshirilgan tarzda turli xil to‘lovlarni to‘lashga majbur qilingan[6:271]. XULOSA Shunday tartibda yuritilgan soliq siyosati natijasida, Turkiston o‘lkasi Markaz manfaatlariga bo‘ysundirilib, aholi va o‘lka iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olinmadi hamda soliqqa tortish va undirish turli yo‘llar bilan olib borildi. Soliqlarni arzimas qismidan ta’lim, tibbiyot, sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilib, o‘lka aholisiga yetarli e’tibor qaratilmadi. Imperiyadan meros bo‘lib o‘tgan soliqlarni undirishda Markaz tomonidan ko‘r-ko‘rona soliq siyosati joriy etilib, o‘lka aholisi jazo qo‘llash tahdidi ostida soliqlarni ortig‘i bilan to‘lashga majbur etildi. Bunday holatga Turkiston nafaqat iqtisodiy taqchillik tufayli ortda qolayotganligi, balki o‘lkada iqtisodiy nuqtai-nazardan boshqaruvning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, oblastlar miqyosidagi soliq va boshqa
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 70 iqtisodiy holatlar yuzasidan muammolar faqatgina Moskva orqali hal etilganligi sabab bo‘ldi. Natijada, hududlardagi holat va aholining tang vaziyatdan chiqishi kechikkan, muammolar hal etilmay o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Soliqlarni undirish bo‘yicha buyruq asosida ko‘rsatmalar bo‘lsa-da, ularda aholining iqtisodiy holati inobatga olinmadi. Turkistonning soliq va moliya tizimiga oid qabul qilingan har qanday me’yoriy hujjatlari Markaz manfaatlari uchun foydalanishning muhim vositasi bo‘lgan. Mazkur hujjatlar o‘lkada soliq turlarining ko‘payishiga, ularni undirish va tinimsiz oshirish, yangi ko‘rinishda tatbiq etish, soliq majburiyatlarini bajarmaganlik yuzasidan javobgarlik masalalarini joriy etilishiga sabab bo‘ldi. Soliqlarni sinfiy yondashuvlar asosida olib borilganligi natijasida soliq to‘lovchi aholining huquqlari paymol etildi. Сноски/ Iqtiboslar/References: 1. Рыскулов Т. Революция и коренное население Туркестана. Сборник статей, докладов, речей и тезисов с предисловием автора. Часть I. 1917-1919 гг.- Ташкент: Узбекгосиздат, 1925.(Ryskulov T.Revolution and the indigenous population of Turkestan.1925y); Хидыралиев И.Басмачество и народное хозяйство Ферганы// Военная мысль и революция. 1923.-№4.-С.43-49.(Khidiraliev I.Basmachism and the nashional economu of Fergana.1923y); Дервиш.[Турақулов Н.] Ферганская проблема// Военная мысль.Кн.II.-Ташкент, 1921.-С.108118.(Dervish.[Turakulov N.]Fergana problem. 1921); Сафаров Г. Колониальная революция (Опыт Туркестана).-Москва: Госиздат, 1921.(Safarov G.Colonial revolution.-Moskow,1921y). 2.Radjapov Q.K. Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari (1918-1924-yillar), tarix fani nomz.diss.-Toshkent, 1995; Абдуллаев Р.Национальные политические организации Туркестана в 1917-1918 годы. Автореф. дис….канд.ист.наук.-Ташкент, 1998; Зияева Д.Х.Национально освободительное движение в Туркестане в историографии 20 века (проблемы изучения истории восстания 1916 года и движения «истиклолчилик» (1918-1924 гг.) -Ташкент, 1998; Xaydarov M.Turkistonda sovet hokimiyatini mrkazlashtirish siyosati oqibatlari (1917-1924 yillar). Tarix fanlari nomz.diss. - Tashkent, 1998; Набиев Ф. Проблемы и противоречия социальной политики в Туркестане (19171924 гг). Дисс.докт.ист.наук.-Ташкент, 1995; Агзамходжаев С. Туркистон
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 71 мухторияти: борьба за свободу и независимость (1917-1918 гг.): Автореф. дис.докт. ист. наук.-Ташкент, 1996; Rasulov A. Turkiston va Volgabo‘yi,Uraloldi xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi (1917-1924 y) tarix fan.dokt.diss.-Toshkent, 2005; Jumaev U. Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq siyosatining shakllanishi: asosiy bosqichlari va taraqqiyoti. Tarix fanlari nomz.diss. - Tashkent, 2012; Raxmatov M. Turkistondagi ocharchilik va uning oqibatlati (1917-1924y). Tarix fanlari bo‘yicha fal.dok (PhD)diss.-Toshkent, 2019; Rejabboev N.Sovet hokimiyatining Turkistondagi oziq-ovqat siyosati va uning oqibatlari (1917-1924 y). Tarix fanlari bo‘yicha fal.dok (PhD)diss.-Toshkent, 2019. 3.Масленникова А.А. Налоговая политика советской России в 1917-1929 гг. (историка правовой анализ). Атореф.дисс. на соис.учен.степ.канд.юрид.наук.- Нижний новгород, 2004.-29с; Кабанов А.А.Налоговая политика и налоговая идеология в эволюции государственно-правовой системы России с 1917 по 1992 гг. Атореф.дисс. на соис.учен.степ.канд.юрид.наук.-Санкт-Петербург, 2008.-21с; Ким Т.И. Советская государственная налоговая политика в период НЕПА 19211929 гг. Атореф.дисс. на соис.учен.степ.канд.юрид.наук.-Краснодар,2011; Сибботина И.В. Налоговае законадательство и налоговая политика в годы НЭПа (1921-1930 гг). Атореф.дисс. на соис.учен.степ.канд.юрид.наук.-Москва., 2008.- 28с; Корпоненко С.В. Податкова политика Ряданской влади в Украинскому селу у видбудовчий период 1921-1925 гг. Атореф.дисс. на соис.учен.степ.ист. наук.- Донецк, 2000.-20с.; Мирпочоев Д.А. Налоговая политика Республики Таджикистан в условиях перехода к рыночной экономике. Атореф.дисс. на соис.учен.степ.канд.эконом. наук.-Краснодар, 2007.-24с.; Соколов А.С. Финансовая политика советского государства в годы НЭПА 1921-1929 гг. Атореф.дисс. на соис.учен.степ.док.ист.наук.-Москва, 2006.-36с. 4. Комолов Д.П. Экономические репрессии проведённые революционными трибуналами в Туркестане//CENERAL HISTORY AND CULTURE-THE FOUNDATION OF UNITY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF TURKIC PEOPLES INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE.APRIL 7-8, 2005. 102-105-p. 5.Национальный архив Узбекистана, фонд Р-38, опись-2, дело-270, листы 29-30. 6. Бобоев Ф. Ўрта Осиёда сайлов тизимидаги адолатсизликлар ва унинг совет ҳокимиятига қарши курашнинг кучайишига таъсири // Доно Зиёева номидаги “Ўзбекистон тарихининг долзарб масалалари (XIX-асрнинг иккинчи ярми XX аср охири)”.-Тошкент, 2022. Ўз ФA “Фан”. 270-274-б.