OILADAGI SOG'LOM MUHIT — BU JAMIYAT KELAJAGINING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR
Abstract
Ushbu maqolada Oiladagi sog‘lom muhit, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, oilada tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, bola tarbiyasida jismoniy xavfsizlik, ruhiy tinchlik, o‘zaro ishonch, emotsional barqarorlik va qo‘llab-quvvatlash. Psixologik sog‘lom oila tushunchasining mohiyati. Emotsional barqarorlik — sog‘lom oilaning poydevori ekanligi , o‘zaro ishonch — sog‘lom oilaning asosiy qadriyati. Bolani qo‘llab-quvvatlashning psixologik ahamiyati kabi masalalari yoritilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 99 OILADAGI SOG‘LOM MUHIT — BU JAMIYAT KELAJAGINING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR Achilova Soxiba Xamidovna1, Ibrohimova Zahro Adxambek qizi2 1Qo‘qon Davlat universiteti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchi, 2talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.17483222 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oiladagi sog‘lom muhit, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, oilada tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, bola tarbiyasida jismoniy xavfsizlik, ruhiy tinchlik, o‘zaro ishonch, emotsional barqarorlik va qo‘llabquvvatlash. Psixologik sog‘lom oila tushunchasining mohiyati. Emotsional barqarorlik — sog‘lom oilaning poydevori ekanligi , o‘zaro ishonch — sog‘lom oilaning asosiy qadriyati. Bolani qo‘llab-quvvatlashning psixologik ahamiyati kabi masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Oila, jamiyat, ota-onalar, farzand tarbiyasi, hurmat, ishonch, mehr-oqibat, sabr-toqat, hamjihatlik va muloqot madaniyati oilaviy tarbiya, muammoli vaziyat, ijtimoiy faollik, individual rivojlanish, mustaqil fikrlash, ijtimoiy, farzand tarbiyasi, o‘zaro munosabat. Kirish. Oila — bu jamiyatning eng muhim ijtimoiy birligi, inson shaxsining shakllanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayonida hal qiluvchi o‘rin tutadigan ijtimoiy institutdir. Farzand tarbiyasi esa oilaning eng asosiy maqsadi va ijtimoiy vazifasidir. Bugungi globallashuv, axborot oqimi, raqamli texnologiyalar davrida an’anaviy tarbiya shakllari bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarni qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oila — insoniyat tarixida eng qadimiy va eng muhim ijtimoiy institutlardan biridir. U shaxsning shakllanishi, ijtimoiylashuvi, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarning avloddan-avlodga o‘tishida beqiyos rol o‘ynaydi. Oila nafaqat biologik, balki ma’naviy va psixologik birlashma sifatida jamiyatning tayanch ustuni hisoblanadi. Shu bois, oiladagi sog‘lom muhit jamiyat barqarorligining, millat ma’naviy salomatligining va kelajak avlod kamolotining asosiy garovidir. Zamonaviy sharoitda sog‘lom oilani shakllantirish bugungi davrda oilaning mustahkamligini ta’minlovchi asosiy omillardir: Axloqiy qadriyatlarga sodiqlik — mehr, vijdon, hurmat va halollik tamoyillariga asoslanish. Muloqot madaniyati — o‘zaro tinglash, muammolarni muloqot orqali hal etish. Psixologik savodxonlik — har bir a’zoning histuyg‘ularini tushunish va ularni to‘g‘ri boshqarish. Birgalikdagi faoliyat — oila a’zolarining umumiy ish, dam olish, madaniy tadbirlarda birga ishtirok etishi. Iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — moddiy muvozanat va ruhiy tinchlikni ta’minlaydi. Ota-onalarning pedagogik va psixologik roli — farzand uchun eng birinchi o‘qituvchi va tarbiyachidir. Ularning o‘zaro munosabati, qaror qabul qilish uslubi, stressga munosabati bola uchun namunadir. Zamonaviy ota-onalar quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim: farzandni tinglash va tushunishga o‘rganish; jazolash emas, balki tushuntirish yo‘li bilan tarbiyalash; muvaffaqiyat uchun qo‘llab-quvvatlash; oilada o‘zaro mehr va ishonch muhitini yaratish. Shuningdek, ota-onalar o‘z pedagogik savodxonligini oshirib borishlari zarur — bu oila madaniyatini yuksaltiradi. Jamiyat taraqqiyotida sog‘lom oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila — jamiyatning hujayrasi, sog‘lom oila esa sog‘lom jamiyatning kafolatidir. Jamiyatdagi ma’naviy
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 100 qadriyatlar, milliy o‘zlik, fuqarolik ongining yuksalishi avvalo oiladan boshlanadi. Agar oilada mehr, hurmat va axloqiy tozalik bo‘lsa, butun jamiyatda barqarorlik va ishonch muhitini yaratish mumkin bo‘ladi. Shu sababli, davlat siyosatida oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish, psixologik xizmatlarni kengaytirish kabi yo‘nalishlar alohida o‘rin tutadi. Psixologik jihatdan sog‘lom oila — bu emotsional barqarorlik, o‘zaro ishonch va qo‘llabquvvatlashga asoslangan tizimdir. Oiladagi sog‘lom muhit — bu inson hayotining eng muhim tayanchi, jamiyat kelajagining poydevoridir. U shaxsning ma’naviy kamolotini, ruhiy salomatligini va ijtimoiy faolligini belgilaydi. Sog‘lom oilaviy muhitni yaratish uchun har bir a’zo o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, sabr va bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilishi lozim. Shundagina biz sog‘lom, ma’naviy yetuk, barkamol avlodni voyaga yetkazishimiz mumkin. Oila — bu shunchaki birgalikda yashaydigan insonlar jamoasi emas, balki murakkab ijtimoiy-psixologik tizimdir. Har bir a’zo o‘z his-tuyg‘usi, qadriyati, ehtiyoji va xulq-atvori bilan bu tizimda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Shu bois, psixologik jihatdan sog‘lom oila tushunchasi insonning ruhiy farovonligi, munosabatlar sifati va oila barqarorligini ifodalovchi eng muhim kategoriyalardan biridir. Psixologik sog‘lom oila — bu nafaqat jismoniy xavfsizlik, balki ruhiy tinchlik, o‘zaro ishonch, emotsional barqarorlik va qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lgan muhitdir. Bunday oilada har bir a’zo o‘zini qadrlangan, eshitilgan va tushunilgan deb his qiladi. Psixologik jihatdan sog‘lom oila — bu pozitiv psixologik muhitga ega, ya’ni oilaviy a’zolar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch, mehr-oqibat, sabr-toqat, hamjihatlik va muloqot madaniyati mavjud bo‘lgan ijtimoiy tizimdir. Bunday oilaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: o‘zarо emosional yaqinlik va samimiyat; ishonchli muloqot va ochiqlik; muammolarni birgalikda hal etish odati; qo‘llab-quvvatlash va empatiya (boshqalarning his-tuyg‘ularini tushuna olish); farzandlarning erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratish; zo‘ravonlik va tahqir holatlarining yo‘qligi. Psixologik sog‘lom oilada har bir a’zo o‘zini oilaning muhim qismi sifatida his qiladi, bu esa ijobiy o‘zini baholash va o‘zaro mehrni mustahkamlaydi. Emotsional barqarorlik — sog‘lom oilaning poydevori. Emotsional barqarorlik — bu oilaviy hayotda stress, tushkunlik, jahl yoki kelishmovchilik paytida o‘z hissiyotlarini boshqara olish qobiliyatidir. Bunday barqarorlik quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: Har bir a’zo muammoni xotirjamlik bilan hal qilishga intiladi; Tanqid emas, tinglash va tushunish ustuvor bo‘ladi; Bolalar ota-onaning emotsional muvozanatidan ruhiy xavfsizlik hissini oladi. Psixologik tadqiqotlarga ko‘ra (D. Goleman, 1995; Vygotskiy, 1984), emotsional muhit bolaning ijtimoiy-emosional intellekti shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Agar oila tinch va mehrga asoslangan bo‘lsa, bola o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishni, empatiya va sabrni o‘rganadi. O‘zaro ishonch — sog‘lom oilaning asosiy qadriyati hisoblanadi. O‘zaro ishonch oilaning psixologik barqarorligini ta’minlaydigan eng muhim omildir. Ishonch mavjud bo‘lgan oilada, har bir a’zo o‘z fikrini ochiq bildiradi, sir tutish yoki qo‘rquv holatlari kamayadi, farzand ota-onasiga o‘z his-tuyg‘ularini aytishdan cho‘chimaydi. O‘zaro ishonch o‘z-o‘zidan shakllanmaydi — u yillar davomida sadoqat, halollik va samimiy muloqot orqali mustahkamlanadi. Agar ota-ona o‘z so‘ziga sodiq bo‘lsa, bolalarda ham ishonch hissi kuchayadi. Oila — bu hayotdagi eng yaqin “psixologik tayanch tizimi”dir. Har bir insonga hissiy qo‘llab-quvvatlash zarur. Emotsional qo‘llab-quvvatlash – mehr, dalda, tushunish, tinglash, amaliy qo‘llab-quvvatlash – yordam, maslahat, ishtirok, axloqiy qo‘llab-quvvatlash – oila qadriyatlarini himoya qilish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oilada qo‘llab-quvvatlovchi muhit mavjud bo‘lgan shaxslarda stress darajasi past, o‘ziga ishonch yuqori, ijtimoiy moslashuv muvaffaqiyatli
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 101 kechadi. Psixologik barqaror oilani yaratish uchun quyidagi shartlarga amal qilish zarur: muloqot madaniyatini rivojlantirish – ochiq, samimiy, tinglovchi muloqot. Hissiyotlarni boshqarishni o‘rganish – jahl, tushkunlik, norozilikni to‘g‘ri ifoda etish. Bahslashish madaniyati – muammolarni zo‘ravonliksiz hal etish. Qo‘shma qarorlar qabul qilish – oila masalalarida hamma ishtirok etishi.Psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi – muammolar paytida bir-biringizni ruhlantirish.Bu tamoyillar amalda qo‘llansa, oila a’zolari o‘rtasida mehr, ishonch va o‘zaro hurmat yanada mustahkamlanadi. Xulosa qilib aytganda Oilada farzand tarbiyasida zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlardan foydalanish davr talabi. Ular shaxsga yo‘naltirilganlik, hamkorlik, pozitiv ta’sir, emotsional intellekt va milliy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslanadi. Shu orqali farzand ma’naviy va ruhiy jihatdan barkamol inson sifatida shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. – Toshkent, 2008. 3. Yusupov M. Oila psixologiyasi. – Toshkent, 2021. 4. To‘xtaxo‘jaeva M. Pedagogik mahorat va kommunikatsiya asoslari. – Toshkent, 2020. 5. G‘afforov O. “Oila pedagogikasi asoslari”, 2019. 6. Vygotskiy L.S. “Psixologiya razvitiya rebenka”, 1984. 7. Yusupov M. “Oila psixologiyasi”, 2021.