XALQARO HUQUQDA BETARAFLIK
Abstract
Xalqaro huquqda betaraflik deganda, ikki davlat bir-biri bilan urushayotganda uchinchi davlatning aralashmasligi deb qarasak bo‘ladi. Davlatlar bu orqali nafaqat o‘z hududiy yaxlitligini va tinchlikni ta’minlaydi, balki bir tomonni mutlaq qo‘llab quvvatlamaydi ham. Bu maqolada bu mavzu haqida chuqur o‘rganamiz va Shveysariya, Avstriya kabi betaraf davlatlarni ham ko‘rib o‘tamiz. Aslida, betaraflik ikkiga bo‘linadi: doimiy betaraflik va vaqtincha betaraflik, bu maqolada bularga ham to‘xtalib o‘tamiz.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 72 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17483191 XALQARO HUQUQDA BETARAFLIK Ashrapov Sohibjon Sanjarovich Toshkent davlat yuridik unversiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Xalqaro huquqda betaraflik deganda, ikki davlat bir-biri bilan urushayotganda uchinchi davlatning aralashmasligi deb qarasak bo‘ladi. Davlatlar bu orqali nafaqat o‘z hududiy yaxlitligini va tinchlikni ta’minlaydi, balki bir tomonni mutlaq qo‘llab quvvatlamaydi ham. Bu maqolada bu mavzu haqida chuqur o‘rganamiz va Shveysariya, Avstriya kabi betaraf davlatlarni ham ko‘rib o‘tamiz. Aslida, betaraflik ikkiga bo‘linadi: doimiy betaraflik va vaqtincha betaraflik, bu maqolada bularga ham to‘xtalib o‘tamiz. Kalit so‘zlar: betaraflik, doimiy betaraflik vaqtincha betaraflik, Shveysariya va Avstriya, hududiy yaxlitlik va tinchlik. NEUTRALITY IN INTERNATIONAL LAW Ashrapov Sohibjon Sanjarovich 1st-year student of the Faculty of International Law and Comparative Jurisprudence, Tashkent State University of Law Abstract: In international law, neutrality refers to the non-involvement of a third state when two states are at war with each other. Through neutrality, states ensure not only their territorial integrity and peace but also avoid providing absolute support to
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 73 any side. This article explores the concept of neutrality in depth and examines neutral states such as Switzerland and Austria. In fact, neutrality is divided into two types: permanent neutrality and temporary neutrality, both of which will be discussed in this article. Keywords: neutrality, permanent neutrality, temporary neutrality, Switzerland and Austria, territorial integrity, peace. НЕЙТРАЛИТЕТ В МЕЖДУНАРОДНОМ ПРАВЕ Ашрапов Сохибжон Санжарович Студент 1 курса факультета международного права и сравнительного правоведения Ташкентского государственного юридического университета Аннотация: В международном праве под нейтралитетом понимается неучастие третьего государства в войне между двумя другими государствами. Посредством нейтралитета государства обеспечивают не только свою территориальную целостность и мир, но и воздерживаются от абсолютной поддержки какой-либо стороны. В данной статье подробно рассматривается понятие нейтралитета, а также анализируются нейтральные государства, такие как Швейцария и Австрия. На самом деле нейтралитет делится на два вида: постоянный и временный, которые также будут рассмотрены в статье. Ключевые слова: нейтралитет, постоянный нейтралитет, временный нейтралитет, Швейцария и Австрия, территориальная целостность, мир. Xalqaro huquqda betaraflik deganda turli xil ma’nolar tushuniladi. Masalan, ikki davlat urushida aralashmaslik, o‘zini tinchligini va hududiy yaxlitligini ta’minlash, aslida hammasini xalqaro hququda betaraflikka misol qilib olsak bo‘ladi. Betaraflik tarixdagi voqealardan kelib chiqqan, xalqaro huquqning urush qonunnlari va odatlaridan, xususan 1907-yildagi Gaaga konvensiyasidan paydo bo‘lgan. Bu
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 74 konvensiyaga muvofiq betaraf davlatlar quyidagilarni o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘ladi: 1. Urushayotgan davlatlar bilan bir xil masofani saqlash (ya’ni tarafkashlik qilmaslik); 2. O‘z hududini harbiy maqsadlarda ishlatishga ruxsat bermaslik; 3. Urushayotgan tomonlarning harbiy harakatlarini quvvatlamaslik; 4. Shu bilan birga, o‘z betarfligini himoya qilish huquqiga ega bo‘lish. Betaraflikning turlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida aytilganidek ular ikkiga bo‘linadi: doimiy betarafkik va vaqtinchalik betaraflik. Doimiy betaraflik deganda, davlatlar har qanday holatda ham betaraf bo‘lib qoladi, ya’ni har qanday urushda ham o‘zini betaraf deb e’lon qilsihi kerak bo‘ladi, misol uchun Shveysariya va Avstriya. Aslida, Shveysariya 1515-yildagi Fransiyaga mag‘lubiyatidan so‘ng ularning armiyasi urushlardan yiroqlashishni eng yaxshi yo‘l deb bilgan. Bu voqea Vienna Kongressida 1815-yilda xalqaro ravishda tan olingan. Bu davlatning faol betarafligi uchun, bu yerda BMT, Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi, Geneva diplomatik markazlari joylashgan. Avstriya ham xuddi shunday, lekin bu davlatning betaraf bo‘lish tarixi boshqacha. Avstriyaning betarafligi ikkinchi jahon urushidan keyin, ya’ni 1955-yilda paydo bo‘lgan. Urushdan so‘ng, g‘olib davlatlar Avstriyani to‘rtta zonaga bo‘lib, taxminan o‘n yil davomida boshqargan, nihoyat 1955-yilda “Avstriya davlat shartnomasi” tuzildi va qolgan davlatlar hududdan chiqib ketdi, shundan so‘ng 1955-yil 26-oktabrda Avstriya o‘zining doimiy betaraflik to‘g‘risidagi qonuni qabul qildi. Bu qonunda quyidagicha yozilgan: “Avstriya hech qachon harbiy ittifoqlarga qo‘shilmaydi va o‘z hududida xorijiy harbiy bazalarning joylashishiga yo‘l qo‘ymaydi.” Bu ikkala davlatni ham doimiy betaraf deb atasak bo‘ladi. Keling vaqtinchalik betaraflikka misol sifatida bir davlatni ko‘ramiz. Shvetsiya – bu davlat ham 1814-yildan boshlab barcha urushlarda qatnashmagan, biroq bu xalqaro emas bu davlatning o‘zining ichki siyosati bilan tartibga solingan edi. 2022-yildan keyin NATOga kirish qarori bilan betarafligi chek qo‘ydi va biz buni vaqtincha betaraf bo‘lgan davlat deb aytsak bo‘ladi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 75 Xulosa qilib aytganda, vaqtincha betaraf davlat — bu xalqaro huquqda abadiy betaraf emas, balki faqat ma’lum mojaro yoki davr mobaynida betaraflik siyosatini yuritadigan davlatdir.U istasa, betaraflikdan chiqadi yoki yangi siyosat tanlaydi. Xalqaro jihatdan betaraflikka ta;rif beradigan bir nechta hujjatlarni ko‘rishimiz mumkin, misol uchun Alabama bitimi bu bitim 19-asrga oid. Mening o‘ylashimcha, betaraf bo‘lish orqali davlatlar o‘zining hududiy yaxlitligini va tinchligini ta’minlay oladi. Bundan tashqari xalqaro huquqda betaraf bo‘lgan davlatlar urush bo‘layotganida na qatnashadilar na yordam beradilar, hattoki davlarning qo‘shni davlatlari urushga qatnashsa ham yordamchi kuchlarni ham jo‘nata olmaydilar. Lekin boshqa davlatlar bilan aloqalarni saqlab qolishlari kerak bo‘ladi. Xalqaro betaraflik davrlar mobaynida rivojlanib kelmoqda, rivoshlanish 18-asr va 19-asrlarning boshlaridan boshlangan bo‘lsa, hozirda bitimlar yordamida rivojlanishni davom ettiryapti, eng mashhur bitimlardan bittasi yuqorida ta’kidlab o‘tganimday bu Gaaga bitimi, bu bitimning betaraflikda hissasi katta desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Betaraf davlatning huquqlari ham bor, masalan: o‘z hududini himoya qilish uchun qurol ishlatishi mumkin, urushayotgan davlatlardan o‘z manfaatlarini himoya qilishni talab qiladi, xalqaro tashkilotlarda tinchlik tashabbuslari bilan chiqish huquqiga ega va hokazo. Bugungi kunda betarflik faqat urush paytida emas, balki geosiyosiy muvozanat saqlash vositasi sifatida ham ishlatiladi.Masalan: Finlyandiya uzoq yillar NATOga a’zo bo‘lmay betaraf siyosat yuritgan (keyinroq a’zo bo‘ldi). Turkmaniston esa BMT tomonidan tan olingan doimiy betaraf davlat sifatida faoliyat yuritadi. Agar yer yuzida ko‘p davlatlar betaraf bo‘ladigan bo‘lsa bu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolarning kamayishiga ham olib keladi deb o‘ylayman, chunki ko‘p davlat betaraf bo‘lsa davlatlarning urushishiga hojat qolmaydi, ya’ni ular boshqa davlatlardan yordam ham ololmasliklari mumkin bunig natijasida. Kim o‘z davlatini tinch va totuv bo‘lishini xohlamaydi? Xalqaro huquqda betaraflik ayrim kichkina davlatlar uchun juda foydali bo‘lishi mumkin, chunki ular birorta katta urushlarga aralashishdan xoli bo‘ladi. Betaraf
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 76 davlatlar odatda tinchlikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan va boshqa davlatlarni hurmat qiladigan bo‘ladi, bu orqali ular boshqa betaraf davlatlar bilan ham aloqalarini yaxshilab olishlari mumkin bo‘ladi. Lekin betaraflik ba’zi zamonaviy jabhalarda qiyinlashib bormoqda, misol uchun kiber hujum, bunda aniq bir chegara va to‘siqlar yo‘q, va bu juda ko‘p davlatlarda sodir bo‘lmoqda, ayniqsa texnologiya uncha rivojlanmaganlarida. Boshqa biri kollektiv mudofaa tashkilotlari, misol uchun NATO, bir nechta davlatlar o‘zaro bir-birini himoya qilish maqsadida shunga o‘xshash harbiy yoki xavfsizlik ittifoqlariga birlashadilar, Agarda ulardan biriga hujum qilinsa, qolganlar ham uni himoya qilish majburiyatini oladi. Bu nimani anglatishi mumkin, davlatlar betaraf bo‘lmasdan turib ham bunaqangi tashkilotlarga qo‘shilib bir-birini himoya qilishi mumkin, va bu katta bir to‘sqinliklardan biri davlatlarning betaraf bo‘lishga xohishi uchun. Bundan tashqari BMT ning o‘zini ham, tinchlikni saqlash uchun majburiyatlari bor davlatlarning oldida, bu ham betaraf bo‘lish xohishidagi davlatlarni yo‘ldan qaytarishi mumkin. Bular eng asosiy to‘siqlar bo‘lishi mumkin hozirgi paytda. Keling O‘zbekistonni xalqaro huquqda betarafmi yoki yo‘qligi haqida gaplashib o‘tamiz. Umuman olganda, O‘zbekiston xalqaro huquqda betaraf emas, uni betarafligi boshqa konvensiyalarda ham rasman tasdiqlanmagan. O‘zbekiston xalqaro huquqda rasman betaraf davlat bo‘lmasa ham, O‘zbekistonda betaraflikning kuchli elementlari bor, ayniqsa uning 1991-yildagi mustaqilligidan beri. O‘zbekiston o‘zining 17-18 moddalarida tak’idlaganidek u tashqi siyosatda erkin va uning to‘la huquqli subyektidir. 17-modda: Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir. Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi. 18-modda: Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 77 xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin. Bulardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston xalqaro huquqda rasman betaraf bo‘lmasa ham, uning bazi belgilari mavjud, bu uning qisman betarafligidan darak beradi. Chunki u o‘zini suverenitetini va mustaqilligini himoya qiladi va barcha katta tashkilotlar bilan yaxshi munosabatlarga ega ekani, Bundan tashqari, u barqarorlikni ta’minlaydi O‘rta osiyoda va boshqa katta urushlarga aralashmaydi ham. Xulosa. Xulosa qiladigan bo‘lsak, xalqaro huquqda betaraf bo‘lish – bu kuchsizlik emas. mustaqil tashqi siyosat yuritish belgisi. Chunki betaraf davlat tinchlikni saqlaydi, ammo o‘z manfaatlarini himoya qilishni ham unutmaydi. Uning maqsadi — urushlardan uzoqda turib, xalqaro barqarorlikka hissa qo‘shish. Xalqaro huquqda betaraf bo‘lish uchun bir nechta to‘sqinliklar bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi bir davlatlar bularga e’tibor bermasdan, betaraflikni o‘zining asosiy maqsadi qilib olishlari ham mumkin. To‘g‘ri bu hozirgi zamonaviy davrda biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, lekin hamma narsaning ilojini topsa bo‘ladi. Mening davlatim O‘zbekiston ham xalqaro ravishda rasman betaraf bo‘lmasa ham uni qisman betaraf deb atashimiz mumkin ayrim bir asosiy elementlarni hisobga olganda. Mening o‘ylashimcha, betaraf bo‘lish orqali biz tinchlikni yanada ta’minlagan bo‘lardik hozirgidan ham ko‘ra. To‘g‘ri ba’zi bir katta tashkilotlar NATO va BMT ning himoyaviy usullari orqali ham bo‘ladiku deyishingiz mumkin, lekin ularni hamma davlatlarda ham qo‘llab bo‘lmaydida. Bu bilan nima demoqchiman, agar ikkita BMT va NATO ga a’zo bo‘lmagan davlatlar urushadigan bo‘lib qolsa, bu ishga bu tashkilotlar aralasha olmaydi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Rollins, Karina. 2022. “Switzerland’s Neutrality and Security Policy.” American Swiss Foundation Briefings [online]. July. Retrieved October 27, 2025 https://www.americanswiss.org/switzerlands-neutrality-and-securitypolicy/?utm_source. 2. Cassis, Ignazio (Federal Department of Foreign Affairs). 2022. Switzerland’s Neutrality. Brochure, Federal Department of Foreign Affairs/Swiss Defence Department [online]. Retrieved October 27, 2025 https://www.eda.admin.ch/dam/eda/en/documents/publications/SchweizerischeAusse npolitik/neutralitaet-schweiz_EN.pdf?utm_source. 3. U.S. Department of State, Bureau of Public Affairs. 2008. “Austrian State Treaty, 1955.” Office of Electronic Information — Timeline of U.S. Diplomatic History [online]. 18 July. Retrieved October 27, 2025 https://20012009.state.gov/r/pa/ho/time/lw/107185.htm?safe=1. 4. Romchuk, Maksym. 2024. “Neutrality in International Law: Formation and Development of the Concept.” Philosophy, Economics and Law Review [online] 4(2): 73–83. Retrieved October 27, 2025 https://phelr.com.ua/en/journals/tom-4-22024/neytralitet-v-mizhnarodnomu-pravi-stanovlennya-ta-rozvitok-kontseptsiyi.