scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIK – MAKTABGACHA TA'LIM SIFATINING KAFOLATI

M.X. Karimova, Islomova Gulhayo Madolim qizi

Abstract

Ushbu maqolada ota-onalar bilan samarali hamkorlikning maktabgacha ta'lim sifatiga ta'siri yoritiladi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning ishtiroki, tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasida doimiy aloqaning ahamiyati, hamkorlik shakllari va ularni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari tahlil qilinadi. Samarali hamkorlik orqali ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 108 OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIK – MAKTABGACHA TA'LIM SIFATINING KAFOLATI M.X. Karimova1, Islomova Gulhayo Madolim qizi2 1QDU Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2Maktabgacha ta’lim 05/23 (sirtqi) Talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17483274 Annotatsiya. Ushbu maqolada ota-onalar bilan samarali hamkorlikning maktabgacha ta'lim sifatiga ta'siri yoritiladi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning ishtiroki, tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasida doimiy aloqaning ahamiyati, hamkorlik shakllari va ularni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari tahlil qilinadi. Samarali hamkorlik orqali ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta'lim, ota-onalar, hamkorlik, ta'lim sifati, tarbiya, oilaviy ishtirok. Bugungi kunda jamiyatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim bosqichi bolalar ongini shakllantirishda, ularning psixologik, axloqiy va jismoniy rivojida muhim bosqich hisoblanadi. Shu jarayonda faqatgina pedagoglarning sa’y-harakatlari yetarli bo‘lmaydi. Bola shaxsini to‘g‘ri shakllantirishda, uning qiziqishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlarini rivojlantirishda ota-onalar bilan samarali hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: "Ta'lim-tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor bermasdan turib, jamiyatda taraqqiyot bo‘lmaydi. Avvalo, bolalarning tarbiyasi, ularning ongli va intiluvchan bo‘lib voyaga yetishi uchun oila va ta’lim muassasasi o‘rtasida uzviy aloqadorlik bo‘lishi shart." Mazkur fikrlar maktabgacha ta'lim tizimida hamkorlikning nechog‘lik muhim ekani, ota-onalar va pedagoglar bir yoqadan bosh chiqarib ishlashlari zarurligini ko‘rsatadi. "Biz farzandlarimizga maktabgacha yoshdanoq zamonaviy bilim berishga, ularni sog‘lom muhitda tarbiyalashga intilmoqdamiz. Bu — nafaqat davlat, balki har bir otaonaning muqaddas burchidir." Zamonaviy ta'lim talablari shundan iboratki, bola tarbiyasi oilada boshlanib, ta’lim muassasalarida davom ettiriladi. Agar bu ikki muhit — oila va MTM o‘rtasida uzviy aloqadorlik bo‘lmasa, bola ruhiyatida ikkilik yuzaga keladi. Bu esa uning intellektual, axloqiy va hissiy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bugungi globallashuv davrida bolalarning tezkor axborot oqimi bilan yuzma-yuz bo‘layotgani, oilalarda ota-onalarning ish bilan bandligi ularni farzandlari bilan doimiy shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum qilmoqda. Shunday sharoitda MTM pedagoglari ota-onalar bilan faol hamkorlikka kirishib, bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlovchi muhitni yaratishga xizmat qilishlari zarur. Hamkorlik shakllari va metodlari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar turlicha shakllarda tashkil etilishi mumkin: Ota-onalar yig‘inlari – pedagogik va tarbiyaviy masalalarni muhokama qilish, umumiy strategiyani belgilash. Ochiq darslar va tadbirlar – ota-onalarni tarbiya jarayoniga jalb etish, bolaning faoliyatini kuzatish imkonini yaratadi. Individual suhbatlar – har bir bolaning shaxsiy rivoji, xulq-atvori va o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot almashish. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 109 Pedagogik treninglar va seminarlar – ota-onalarni zamonaviy tarbiya metodlari bilan tanishtirish, pedagogik savodxonlikni oshirish. Uyga vazifalar yoki oilaviy loyihalar – bola va ota-onaning birgalikda ishlashi orqali o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash. Maktabgacha ta’limda ota-onalar bilan hamkorlik — bu faqat yig‘ilishlar o‘tkazish yoki hujjatlarni imzolatish emas, balki bolaning har tomonlama kamol topishi uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladigan doimiy, izchil va mazmunli muloqotdir. Bola hayotining dastlabki bosqichi — uning shaxsiyati, dunyoqarashi va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanadigan davrdir. Bu davrda u ikki asosiy muhitda yashaydi: biri — oila, ikkinchisi — maktabgacha ta’lim muassasasi. Agar ushbu ikki muhit o‘zaro uyg‘unlashmasa, bolaning tarbiyasi yakkama-yakka, muvozanatsiz yo‘lga qo‘yiladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va ota-onalar o‘rtasida doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularni bir maqsad sari yo‘naltirish zaruriy hisoblanadi. Ota-onalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, eng avvalo, o‘zaro ishonch va hurmat asosida qurilishi kerak. Har bir ota-ona o‘z farzandining qanday rivojlanayotganini bilishga haqli. Pedagog esa bu jarayonni kuzatib, baholab, tavsiyalar berishga, kerak bo‘lsa, ota-onaning farzandi bilan qanday ishlashi kerakligini tushuntirishga mas’uldir. Buning uchun esa faqat formal yig‘ilishlar emas, balki ochiq muloqot, mustahkam pedagogik aloqalar, bahamjihatlik zarur. Ko‘plab bolalarda bog‘chada bir xil muammolar kuzatiladi: tortinchoqlik, o‘z fikrini ifoda eta olmaslik, jamoada erkin harakat qila olmaslik, xatti-harakatdagi o‘zgarishlar. Bularning sababini ko‘p hollarda faqat bolaning shaxsiyati yoki tarbiyachining uslubidan qidirmaslik kerak. Aksincha, bu muammolar ko‘pincha oilada bola bilan yetarli muloqot yo‘qligi, uning hissiyotlari inobatga olinmasligi yoki ortiqcha erkalatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tarbiyachi aynan mana shu jihatlarni o‘z vaqtida ota-onaga tushuntirsa, o‘zaro kelishilgan holda yondashuvni ishlab chiqsa, natijada bolaning muammolari bartaraf bo‘ladi va rivojlanish sur’ati oshadi. Bundan tashqari, ota-onalar bilan hamkorlik bolaning o‘quv va ijodiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, bolaga uyda ertak o‘qib berish, birgalikda rasm chizish, o‘yinchoqlarini saralash yoki bog‘cha topshiriqlarini bajarishga yordam berish kabi oddiy ko‘rinadigan ishlar, aslida, bolaning nutqini, fikrlash doirasini va estetik dunyoqarashini shakllantiradi. Bu ishlar esa faqatgina ota-onaning faol ishtirokida amalga oshadi. Tarbiyachi bu borada ota-onaga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, sodda, tushunarli va individual yondashuv asosida tavsiyalar berishi muhimdir. Hamkorlik jarayoni ikki tomonlama bo‘lishi lozim: pedagog faqat talab qo‘yuvchi emas, balki tushuntiruvchi, eshituvchi, sabrli va hurmat bilan munosabatda bo‘luvchi bo‘lishi kerak. Ota-ona esa faqat nazorat qiluvchi emas, balki faol ishtirokchi, bola tarbiyasining birinchi mas’uli sifatida pedagog bilan bir safda bo‘lishi lozim. Bu munosabatlar kuchli bo‘lsa, bola o‘zini ikki taraflama qo‘llab-quvvatlangan his qiladi. Bu esa uning psixologik barqarorligi, ijtimoiy faolligi va o‘zini namoyon qilish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayrim hollarda ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasini faqat vaqtincha bolani topshirib turiladigan joy sifatida ko‘rishi mumkin. Bu noto‘g‘ri yondashuv. Bog‘cha bu – bolaning hayotidagi birinchi ijtimoiy muhit, bu yerda u ilk marta jamoaviy hayotni, o‘z burchini, o‘yin orqali o‘rganishni, mehnat qilishni va tartibni his qiladi. Bu bosqichda ota-onaning faol ishtiroki bo‘lmasa, bola bu jarayonda o‘zini yolg‘iz his qilishi mumkin. Shuning uchun otaonalarning bog‘chadagi faoliyatga bevosita qo‘shilishi — bayramlar, ko‘rgazmalar, ochiq mashg‘ulotlar, umumiy tadbirlar, shuningdek, uy sharoitida davom etadigan topshiriqlar orqali REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 110 ta’minlanishi lozim. Yaxshi tashkil etilgan hamkorlik bolalarning ijtimoiy-emotsional holatida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘zini qadrlash hissining kuchayishi, muloqotga kirisha olish, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, faollik, tashabbus ko‘rsatish va ijodiy fikrlash – bular barchasi tarbiyachi va ota-onaning birgalikdagi mehnatiga bog‘liq. Bola hayotidagi ikki asosiy ustun – oila va ta’lim muassasasi bir-birini to‘ldirganda, bola yuksaladi, o‘zining to‘liq imkoniyatlarini namoyon qila oladi. Shu boisdan, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha aniq strategiyaga ega bo‘lishi, bu ishni rejalashtirib, muntazam monitoring olib borishi, muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qilishi kerak. Ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, ularni farzand tarbiyasida faol ishtirok etishga undash – bu zamonaviy ta’limning ajralmas qismidir. Quyidagi jihatlar samarali hamkorlik natijasida yuzaga chiqadi: Bola o‘zini har ikkala muhitda – oilada ham, bog‘chada ham xavfsiz va qo‘llab-quvvatlangan his qiladi. Bola shaxsining barkamol rivoji – hissiy muvozanat, muloqot ko‘nikmalari, o‘z fikrini erkin ifoda eta olish. Ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga hurmat hissining rivojlanishi. Ta’lim jarayonidagi yutuqlar – nutq, mantiqiy tafakkur, ijodkorlik va mustaqil fikrlashning shakllanishi. Muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Biroq, ota-onalar bilan hamkorlik qilishda ayrim muammolar ham mavjud: Ota-onalarning vaqt va e’tibor yetishmovchiligi; Tarbiya masalasida bilim va malaka yetishmasligi; Pedagoglar bilan o‘zaro ishonchning pastligi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: Pedagogik-ma’rifiy tadbirlarni ko‘proq interaktiv shaklda tashkil qilish; Onlayn platformalardan (Telegram guruhlari, Zoom yig‘inlari) foydalanish; Otaonalarga doimiy rag‘bat, minnatdorchilik bildirish orqali ularni ruhlantirish; Har bir oila bilan individual yondashuv siyosatini yuritish. Maktabgacha ta’lim sifati nafaqat metodika, pedagogik yondashuv yoki moddiy texnik bazaga, balki eng avvalo ta'lim-tarbiya ishtirokchilarining – pedagog va ota-onalarning hamkorligiga bog‘liq. Ota-onalar bolaga eng yaqin inson sifatida uning asosiy tarbiyachisidir, pedagog esa bu jarayonning yo‘lboshchisi. Ular birgalikda harakat qilgan taqdirda, bola o‘zining shaxsiy salohiyatini to‘liq ochib bera oladi. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim muassasalarida “oila – ta’lim muassasasi – bola” uchligini uyg‘unlashtirish, ular o‘rtasida barqaror hamkorlikni ta’minlash — kelajak avlodni sog‘lom, bilimli va barkamol qilib tarbiyalashning eng muhim omilidir. Ota-onalar bilan samarali hamkorlik maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlashda eng muhim omillardan biridir. Bola tarbiyasida oila va ta’lim muassasasining uzviy aloqasi mavjud bo‘lmasa, bolaning har tomonlama rivojlanishida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ota-onalar bilan doimiy, mazmunli va ijobiy ruhdagi aloqalarni yo‘lga qo‘yishi zarur. Bu hamkorlik bola uchun xavfsiz, mehrli va barqaror tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi. Har bir tarbiyachi ota-onaning bolaning hayotidagi o‘rnini to‘g‘ri baholashi, ular bilan o‘zaro ishonch asosida ishlashi kerak. Ota-onalar esa bolani faqat pedagog zimmasiga topshirib qo‘ymasdan, ta’lim-tarbiya jarayonining to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lishi lozim. Bolaning rivoji, uning odobi, fe’l-atvori va bilimga bo‘lgan munosabati aynan oila va maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uyg‘unlikda shakllanadi. Shu sababli, har bir maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida ota-onalar bilan ishlash doimiy e’tiborda bo‘lishi, bu boradagi ishlar tizimli, rejalashtirilgan va bolaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Zero, farzand tarbiyasi mas’uliyati birdan-bir tomon zimmasiga emas, balki pedagog va ota-onaning birgalikdagi yondashuvi orqali samarali hal etiladi. Ana shundagina bolalarimiz bilimli, iymonli, odobli, o‘z ustida ishlaydigan va kelajakka ishonch bilan qaraydigan insonlar bo‘lib voyaga yetadi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 111 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. ‘Yangi O‘zbekiston – maktabgacha ta’limdan boshlanadi’. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2020. – 56 bet. 2. Moydinovna, M. B. M. (2023). PROCESS OF QUALITY EDUCATION AS A MECHANICAL SUM OF TEACHING AND LEARNING PROCESSES. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(9), 182-185. 3. Chagovets, A., Мyskova, N., Kovrei, D., Bobyrieva, O., & Yokob, A. (2024). Effectiveness of Trainang in Building the Professional Image of Future Preschool Teachers. 4. Karimova Mukarramxon Halimovana, OK Axmadjonova, ME Rasulova, NA Kamoldinova, ZX Mo‘minova, DA Eshmatova 2024/5/5, Innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda pedagogik fanlar tizimining o‘zaro aloqasi. 132-138