OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIK – MAKTABGACHA TA'LIM SIFATINING KAFOLATI
Abstract
Ushbu maqolada ota-onalar bilan samarali hamkorlikning maktabgacha ta'lim sifatiga ta'siri yoritiladi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning ishtiroki, tarbiyachilar va ota-onalar oʻrtasida doimiy aloqaning ahamiyati, hamkorlik shakllari va ularni yoʻlga qoʻyish mexanizmlari tahlil qilinadi. Samarali hamkorlik orqali ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 112 OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIK – MAKTABGACHA TA'LIM SIFATINING KAFOLATI M.X. Karimova1, Islomova Gulhayo Madolim qizi2 1Qoʻqon DU Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta oʻqituvchisi 2Maktabgacha ta’lim 05/23 (sirtqi) talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17483293 Annotatsiya. Ushbu maqolada ota-onalar bilan samarali hamkorlikning maktabgacha ta'lim sifatiga ta'siri yoritiladi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning ishtiroki, tarbiyachilar va ota-onalar oʻrtasida doimiy aloqaning ahamiyati, hamkorlik shakllari va ularni yoʻlga qoʻyish mexanizmlari tahlil qilinadi. Samarali hamkorlik orqali ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Kalit soʻzlar: maktabgacha ta'lim, ota-onalar, hamkorlik, ta'lim sifati, tarbiya, oilaviy ishtirok. Bugungi kunda jamiyatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim bosqichi bolalar ongini shakllantirishda, ularning psixologik, axloqiy va jismoniy rivojida muhim bosqich hisoblanadi. Shu jarayonda faqatgina pedagoglarning sa’y-harakatlari yetarli boʻlmaydi. Bola shaxsini toʻgʻri shakllantirishda, uning qiziqishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlarini rivojlantirishda ota-onalar bilan samarali hamkorlik muhim oʻrin tutadi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: "Ta'lim-tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor bermasdan turib, jamiyatda taraqqiyot boʻlmaydi. Avvalo, bolalarning tarbiyasi, ularning ongli va intiluvchan boʻlib voyaga yetishi uchun oila va ta’lim tashkilotsi oʻrtasida uzviy aloqadorlik boʻlishi shart." Mazkur fikrlar maktabgacha ta'lim tizimida hamkorlikning nechogʻlik muhim ekani, ota-onalar va pedagoglar bir yoqadan bosh chiqarib ishlashlari zarurligini koʻrsatadi. "Biz farzandlarimizga maktabgacha yoshdanoq zamonaviy bilim berishga, ularni sogʻlom muhitda tarbiyalashga intilmoqdamiz. Bu — nafaqat davlat, balki har bir otaonaning muqaddas burchidir." Zamonaviy ta'lim talablari shundan iboratki, bola tarbiyasi oilada boshlanib, ta’lim tashkilotlarida davom ettiriladi. Agar bu ikki muhit — oila va MTT oʻrtasida uzviy aloqadorlik boʻlmasa, bola ruhiyatida ikkilik yuzaga keladi. Bu esa uning intellektual, axloqiy va hissiy rivojiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bugungi globallashuv davrida bolalarning tezkor axborot oqimi bilan yuzma-yuz boʻlayotgani, oilalarda ota-onalarning ish bilan bandligi ularni farzandlari bilan doimiy shugʻullanish imkoniyatidan mahrum qilmoqda. Shunday sharoitda MTT pedagoglari ota-onalar bilan faol hamkorlikka kirishib, bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlovchi muhitni yaratishga xizmat qilishlari zarur. Hamkorlik shakllari va metodlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar turlicha shakllarda tashkil etilishi mumkin: Ota-onalar yigʻinlari – pedagogik va tarbiyaviy masalalarni muhokama qilish, umumiy strategiyani belgilash. Ochiq darslar va tadbirlar – ota-onalarni tarbiya jarayoniga jalb etish, bolaning faoliyatini kuzatish imkonini yaratadi. Individual suhbatlar – har bir bolaning shaxsiy rivoji, xulq-atvori va oʻziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot almashish.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 113 Pedagogik treninglar va seminarlar – ota-onalarni zamonaviy tarbiya metodlari bilan tanishtirish, pedagogik savodxonlikni oshirish. Uyga vazifalar yoki oilaviy loyihalar – bola va ota-onaning birgalikda ishlashi orqali oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash. Maktabgacha ta’limda ota-onalar bilan hamkorlik — bu faqat yigʻilishlar oʻtkazish yoki hujjatlarni imzolatish emas, balki bolaning har tomonlama kamol topishi uchun muhim poydevor boʻlib xizmat qiladigan doimiy, izchil va mazmunli muloqotdir. Bola hayotining dastlabki bosqichi — uning shaxsiyati, dunyoqarashi va ijtimoiy koʻnikmalari shakllanadigan davrdir. Bu davrda u ikki asosiy muhitda yashaydi: biri — oila, ikkinchisi — maktabgacha ta’lim tashkilotsi. Agar ushbu ikki muhit oʻzaro uygʻunlashmasa, bolaning tarbiyasi yakkama-yakka, muvozanatsiz yoʻlga qoʻyiladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiyachilari va ota-onalar oʻrtasida doimiy aloqani yoʻlga qoʻyish, ularni bir maqsad sari yoʻnaltirish zaruriy hisoblanadi. Ota-onalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, eng avvalo, oʻzaro ishonch va hurmat asosida qurilishi kerak. Har bir ota-ona oʻz farzandining qanday rivojlanayotganini bilishga haqli. Pedagog esa bu jarayonni kuzatib, baholab, tavsiyalar berishga, kerak boʻlsa, ota-onaning farzandi bilan qanday ishlashi kerakligini tushuntirishga mas’uldir. Buning uchun esa faqat formal yigʻilishlar emas, balki ochiq muloqot, mustahkam pedagogik aloqalar, bahamjihatlik zarur. Koʻplab bolalarda bogʻchada bir xil muammolar kuzatiladi: tortinchoqlik, oʻz fikrini ifoda eta olmaslik, jamoada erkin harakat qila olmaslik, xatti-harakatdagi oʻzgarishlar. Bularning sababini koʻp hollarda faqat bolaning shaxsiyati yoki tarbiyachining uslubidan qidirmaslik kerak. Aksincha, bu muammolar koʻpincha oilada bola bilan yetarli muloqot yoʻqligi, uning hissiyotlari inobatga olinmasligi yoki ortiqcha erkalatilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tarbiyachi aynan mana shu jihatlarni oʻz vaqtida ota-onaga tushuntirsa, oʻzaro kelishilgan holda yondashuvni ishlab chiqsa, natijada bolaning muammolari bartaraf boʻladi va rivojlanish sur’ati oshadi. Bundan tashqari, ota-onalar bilan hamkorlik bolaning oʻquv va ijodiy faoliyatiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Masalan, bolaga uyda ertak oʻqib berish, birgalikda rasm chizish, oʻyinchoqlarini saralash yoki bogʻcha topshiriqlarini bajarishga yordam berish kabi oddiy koʻrinadigan ishlar, aslida, bolaning nutqini, fikrlash doirasini va estetik dunyoqarashini shakllantiradi. Bu ishlar esa faqatgina ota-onaning faol ishtirokida amalga oshadi. Tarbiyachi bu borada ota-onaga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, sodda, tushunarli va individual yondashuv asosida tavsiyalar berishi muhimdir. Hamkorlik jarayoni ikki tomonlama boʻlishi lozim: pedagog faqat talab qoʻyuvchi emas, balki tushuntiruvchi, eshituvchi, sabrli va hurmat bilan munosabatda boʻluvchi boʻlishi kerak. Ota-ona esa faqat nazorat qiluvchi emas, balki faol ishtirokchi, bola tarbiyasining birinchi mas’uli sifatida pedagog bilan bir safda boʻlishi lozim. Bu munosabatlar kuchli boʻlsa, bola oʻzini ikki taraflama qoʻllab-quvvatlangan his qiladi. Bu esa uning psixologik barqarorligi, ijtimoiy faolligi va oʻzini namoyon qilish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayrim hollarda ota-onalar maktabgacha ta’lim tashkilotsini faqat vaqtincha bolani topshirib turiladigan joy sifatida koʻrishi mumkin. Bu notoʻgʻri yondashuv. Bogʻcha bu – bolaning hayotidagi birinchi ijtimoiy muhit, bu yerda u ilk marta jamoaviy hayotni, oʻz burchini, oʻyin orqali oʻrganishni, mehnat qilishni va tartibni his qiladi. Bu bosqichda ota-onaning faol ishtiroki boʻlmasa, bola bu jarayonda oʻzini yolgʻiz his qilishi mumkin. Shuning uchun otaonalarning bogʻchadagi faoliyatga bevosita qoʻshilishi — bayramlar, koʻrgazmalar, ochiq mashgʻulotlar, umumiy tadbirlar, shuningdek, uy sharoitida davom etadigan topshiriqlar orqali ta’minlanishi lozim. Yaxshi tashkil etilgan hamkorlik bolalarning ijtimoiy-emotsional holatida
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 114 sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Masalan, oʻzini qadrlash hissining kuchayishi, muloqotga kirisha olish, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, faollik, tashabbus koʻrsatish va ijodiy fikrlash – bular barchasi tarbiyachi va ota-onaning birgalikdagi mehnatiga bogʻliq. Bola hayotidagi ikki asosiy ustun – oila va ta’lim tashkilotsi bir-birini toʻldirganda, bola yuksaladi, oʻzining toʻliq imkoniyatlarini namoyon qila oladi. Shu boisdan, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan ishlash boʻyicha aniq strategiyaga ega boʻlishi, bu ishni rejalashtirib, muntazam monitoring olib borishi, muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qilishi kerak. Ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, ularni farzand tarbiyasida faol ishtirok etishga undash – bu zamonaviy ta’limning ajralmas qismidir. Quyidagi jihatlar samarali hamkorlik natijasida yuzaga chiqadi: Bola oʻzini har ikkala muhitda – oilada ham, bogʻchada ham xavfsiz va qoʻllab-quvvatlangan his qiladi. Bola shaxsining barkamol rivoji – hissiy muvozanat, muloqot koʻnikmalari, oʻz fikrini erkin ifoda eta olish. Ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga hurmat hissining rivojlanishi. Ta’lim jarayonidagi yutuqlar – nutq, mantiqiy tafakkur, ijodkorlik va mustaqil fikrlashning shakllanishi. Muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari. Biroq, ota-onalar bilan hamkorlik qilishda ayrim muammolar ham mavjud: Ota-onalarning vaqt va e’tibor yetishmovchiligi; Tarbiya masalasida bilim va malaka yetishmasligi; Pedagoglar bilan oʻzaro ishonchning pastligi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: Pedagogik-ma’rifiy tadbirlarni koʻproq interaktiv shaklda tashkil qilish; Onlayn platformalardan (Telegram guruhlari, Zoom yigʻinlari) foydalanish; Otaonalarga doimiy ragʻbat, minnatdorchilik bildirish orqali ularni ruhlantirish; Har bir oila bilan individual yondashuv siyosatini yuritish. Maktabgacha ta’lim sifati nafaqat metodika, pedagogik yondashuv yoki moddiy texnik bazaga, balki eng avvalo ta'lim-tarbiya ishtirokchilarining – pedagog va ota-onalarning hamkorligiga bogʻliq. Ota-onalar bolaga eng yaqin inson sifatida uning asosiy tarbiyachisidir, pedagog esa bu jarayonning yoʻlboshchisi. Ular birgalikda harakat qilgan taqdirda, bola oʻzining shaxsiy salohiyatini toʻliq ochib bera oladi. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “oila – ta’lim tashkilotsi – bola” uchligini uygʻunlashtirish, ular oʻrtasida barqaror hamkorlikni ta’minlash — kelajak avlodni sogʻlom, bilimli va barkamol qilib tarbiyalashning eng muhim omilidir. Ota-onalar bilan samarali hamkorlik maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlashda eng muhim omillardan biridir. Bola tarbiyasida oila va ta’lim tashkilotsining uzviy aloqasi mavjud boʻlmasa, bolaning har tomonlama rivojlanishida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ota-onalar bilan doimiy, mazmunli va ijobiy ruhdagi aloqalarni yoʻlga qoʻyishi zarur. Bu hamkorlik bola uchun xavfsiz, mehrli va barqaror tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi. Har bir tarbiyachi ota-onaning bolaning hayotidagi oʻrnini toʻgʻri baholashi, ular bilan oʻzaro ishonch asosida ishlashi kerak. Ota-onalar esa bolani faqat pedagog zimmasiga topshirib qoʻymasdan, ta’lim-tarbiya jarayonining toʻlaqonli ishtirokchisi boʻlishi lozim. Bolaning rivoji, uning odobi, fe’l-atvori va bilimga boʻlgan munosabati aynan oila va maktabgacha ta’lim tashkilotsi oʻrtasidagi uygʻunlikda shakllanadi. Shu sababli, har bir maktabgacha ta’lim tashkilotsi faoliyatida ota-onalar bilan ishlash doimiy e’tiborda boʻlishi, bu boradagi ishlar tizimli, rejalashtirilgan va bolaga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim. Zero, farzand tarbiyasi mas’uliyati birdan-bir tomon zimmasiga emas, balki pedagog va ota-onaning birgalikdagi yondashuvi orqali samarali hal etiladi. Ana shundagina bolalarimiz bilimli, iymonli, odobli, oʻz ustida ishlaydigan va kelajakka ishonch bilan qaraydigan insonlar boʻlib voyaga yetadi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 115 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. ‘Yangi Oʻzbekiston – maktabgacha ta’limdan boshlanadi’. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2020. – 56 bet. 2. Moydinovna, M. B. M. (2023). PROCESS OF QUALITY EDUCATION AS A MECHANICAL SUM OF TEACHING AND LEARNING PROCESSES. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(9), 182-185. 3. Chagovets, A., Мyskova, N., Kovrei, D., Bobyrieva, O., & Yokob, A. (2024). Effectiveness of Trainang in Building the Professional Image of Future Preschool Teachers. 4. Karimova Mukarramxon Halimovana, OK Axmadjonova, ME Rasulova, NA Kamoldinova, ZX Moʻminova, DA Eshmatova 2024/5/5, Innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda pedagogik fanlar tizimining oʻzaro aloqasi. 132-138