MA'RIFAT SARI YO'L: CHO'LPON "KECHA VA KUNDUZ" ROMANIDA KONFLIKT VA UNING TURLARI
Abstract
Mazkur maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani badiiy, falsafiy va ma’naviy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda millatning ma’rifat sari intilishi, ozodlik va insoniy erkinlik g‘oyalari yoritilgan. “Kecha va kunduz” romanidan oʻrin olgan konflikt va uning turlari tushuntirib beriladi. Asarning til uslubi, ramziy obrazlari va dolzarbligi haqida ilmiy xulosalar keltiriladi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 35 DOI: https://10.5281/zenodo.17483495 MA’RIFAT SARI YO‘L: CHO‘LPON “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDA KONFLIKT VA UNING TURLARI Shoimova Mushtariy Zoir qizi JDPU Filologiya fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani badiiy, falsafiy va ma’naviy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda millatning ma’rifat sari intilishi, ozodlik va insoniy erkinlik g‘oyalari yoritilgan. “Kecha va kunduz” romanidan oʻrin olgan konflikt va uning turlari tushuntirib beriladi. Asarning til uslubi, ramziy obrazlari va dolzarbligi haqida ilmiy xulosalar keltiriladi. Kalit soʻzlar: Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”, ozodlik, ma’rifat, jaholat, ayol taqdiri, konflikt, xarakterlararo konflikt, ichki (psixologik) konflikt. ABSTRACT This article analyzes Cholpon’s novel “Night and Day” from artistic, philosophical, and spiritual perspectives. The novel highlights the nation’s aspiration toward enlightenment, as well as the ideas of freedom and human independence. The article explains the conflict and its types presented in “Night and Day.” It also provides scientific conclusions regarding the language style, symbolic imagery, and relevance of the work. Keywords: Cholpon, “Night and Day”, freedom, enlightenment, ignorance, women’s destiny, conflict, inter-character conflict, internal (psychological) conflict. KIRISH Badiiy asarlarni oʻqish va ularni tahlil qilish jarayonida shunga guvoh boʻlamizki, badiiy asar syujetidan qahramonlar oʻrtasida, qahramon va asar yozilgan davr, shuningdek, qahramonning oʻz ruhiyati bilan ziddiyati oʻrin olgan boʻladi. Chunki har qanday badiiy asar hayot ziddiyatlaridan, oʻzaro kurashlaridan tarkib topadi. Shu oʻrinda adabiyotshunos olim Dilmurod Quronovning badiiy asar haqidagi quyidagi
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 36 taʼrifi buning yaqqol dalilidir: “Badiiy asar hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar sistemasidir”. Bundan koʻrinadiki, badiiy asar syujeti har doim voqealardan, voqealar esa personajlarning xatti-harakatlari, oʻzaro munosabatlari, ziddiyatlaridan tarkib topadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asar syujetini harakatga keltiruvchi ziddiyatlar konflikt deb ataladi. Taniqli adabiyotshunos olim Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” kitobida konfliktga quyidagicha taʼrif beradi: “Konflikt badiiy asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan gʻoyalar, kayfiyatlarning kurashidir”[1]. Shuningdek, konfliktning quyidagi uch turini ham keltirib oʻtadi: a) xarakterlararo konflikt; b) qahramon va muhit oʻrtasidagi konflikt; c) ichki (psixologik) konflikt. “Kecha va kunduz – Oʻzbek yozuvchisi Abdulhamid Choʻlpon tomonidan yozilgan roman. Bu asarga “Oʻtkan kunlar asari darajasida” deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman – dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi “Kecha” 1933-1934-yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936-yilda to‘liq holda nashr etilgan. ASOSIY QISM Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho‘lpon romaniga “Hamal keldi – amal keldi” maqolini epigraf qilib olgan”[2]. “Kecha va kunduz” romani o‘zbek xalqining mustamlaka davridagi og‘ir hayoti, ijtimoiy adolatsizlik, millatning jaholat botqog‘iga botib borayotgani va shu bilan birga undagi uyg‘onish, ozodlik istagini chuqur badiiy tahlil qiladi. Badiiy asardagi konflikt va uning turlarini Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani misolida koʻrib chiqishimiz mumkin. Ushbu asarda xalq va jamiyat hayotidagi muhim ziddiyatlar ifodalangan. Muallif Zebi, Razzoqsoʻfi, Qurbonbibi kabi obrazlar taqdiri misolida butun bir xalqning fojiali hayotini koʻrsatib beradi. Butun bir asar syujeti konflikt asosiga qurilgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki asarning bosh qahramoni boʻlgan Zebi va oʻsha davr oʻrtasidagi kurash asar syujetini harakatga keltiradi. Shuningdek, asarda Enaxon, O‘lmasjon kabi obrazlar va ularning oilalari hamda Akbarali mingboshi, noyib toʻra kabi obrazlar hayoti oʻzaro birbiriga zid qoʻyiladi. Yozuvchi Oʻlmasjon, Enaxon kabi obrazlar misolida oʻsha davrdagi oddiy ahvoling zabun ahvoli, roʻzgʻor tashvishlari-yu qiyinchiliklarini aks ettirgan boʻlsa, Akbarali mingboshi, Noyib toʻra kabi obrazlar misolida esa amaldorlarning asl qiyofasini ochib beradi. Bu ham asar syujetini harakatga keltiruvchi konfliktning bir koʻrinishidir. Shuningdek, asarda ichki (psixologik) konflikt turi ham keng oʻrin olgan. Buni biz Oʻlmasjon va Zebi obrazlari misolida koʻrib chiqadigan boʻlsak, bu ikkala obrazning ichki (psixologik) konflikti bir oʻrinda, yaʼni Zebi va uning oʻrtoqlari qishloqdan shaharga qaytayotganlarida Oʻlmasjon va Zebining safar oxirida yolgʻiz qolgan voqealarida aks etadi. Bir vaqtning oʻzida har ikkala obraz ham oʻz ruhiyati
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 37 bilan ziddiyatga kirishishi asarda quyidagicha ifodalanadi: “Koʻngillardagi ajib hislarni bir-biriga bildirmoq uchun hali fursat topolmasdan entikkan bu ikki yosh endi 10-15 minut holi fursat topganlarida ortiqcha talvasaga tushgan yuraklari dastidan nima deyishni bila olmay entikardilar” [3]. Chunki Oʻlmasjonning ruhiyati uni dildagi gaplarini qanchalik aytishga undamasin, u buning uchun oʻzida yetarlicha kuch topa olmaydi. Shuningdek, asarda Miryoqub obrazi ham kitobxonning diqqat-eʼtiborini oʻziga tortadi. Chunki bu obraz asarda shu qadar murakkab tasvirlanganki, bir qarashda muallifning bu obrazga yuklagan vazifasini koʻra olmaymiz. Uni salbiy qahramonlar guruhiga ham, Zebi, Qurbonbibi yangligʻ qahramonlar sirasiga ham kiritish qiyin. Chunki u ezgulik bilan tubanlik oʻrtasida harakat qiladi. Dastlab Akbarali mingboshi bilan birga bir qancha adolatsizliklarga, qabih ishlarga qoʻl urgan boʻlsa, keyinchalik esa jadidlardan boʻlgan Sharafiddin Xoʻjayev bilan uchrashishi va suhbati natijasida ezgu maqsadlar sari harakat qiladi. “Millat”, “jadid” kabi tushunchalarning asl maʼnosini anglaydi va ruhiyatida “Nima uchun men shu vaqtgacha jadidlarni so‘kib kelganman? Agar jadid shu boʻlsa, nimaga men jadid emasman nimaga mingboshi jadid emas, hamma jadid emas” [4] kabi savollar paydo boʻladi. Bular esa dastlab asarda biz tanigan tuban Miryoqubning emas, balki, oʻz ruhiyati bilan ziddiyatga kirishib, qarashlari tamomila oʻzgargan Miryoqubning savollari edi. Shuningdek, asarda Akbarali mingboshi va Ahmadboy Husainov obrazlari ham birbiriga zid qoʻyiladi. Bu ikkala obraz ham oʻz davrining oʻziga toʻq, boybadavlat amaldorlaridir. Ammo ularning qilayotgan ishlari konfliktni yuzaga keltiradi. Akbarali mingboshi boshqalarning mehnati evaziga qoʻlga kiritgan moldavlatini samarasiz, behuda ishlarga sarf qilgan boʻlsa, Ahmadboy Husainov esa yangi usul maktablarini ochishga sarf qiladi. Asardagi bu ikkala obrazning birbiriga zid qoʻyilishi orqali Akbarali mingboshi kabi amaldorlar qiyofasi ochib berilgan. “Kecha va Kunduz” romanida xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor orzulari ifodalangan. Unda mehnatkash xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‘ir kulfatu, mashaqqatlarga to‘liq hayoti jonli voqealar, yorqin obrazlar vositasida taʼsirli va ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri bo‘lgan go‘zal va xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli fikrimizni dalillaydi. Muallif Zebi taqdirida, Razzoq so‘fi va Qurbonbibi taqdirida butun bir xalqning davrga xos fojeali hayotini yaqqol ko‘rsatib beradi[5]. “Asarning eng asosiy g‘oyasi – millat faqat ilm va ma’rifat orqali har qanday qiyinchiliklardan qutulishi mumkin. Bu asar bugungi kunda ham dolzarb, agar jamiyat rivojlanishini istasa, ayollarni ilmli qilish, ularga erkinlik berish va erkaklarni faqat mansab uchun emas, xalq uchun ishlaydigan qilib tarbiyalash kerak. “Kecha va Kunduz” romani o‘zbek jamiyatining ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarini yoritishda, yosh avlodning o‘zligini anglashdagi kurashini tasvirlashda katta ahamiyatga ega”.[6] Bu asar nafaqat
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 38 badiiy, balki tarixiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo‘lib, o‘z davrining ruhiyatini, o‘zgarishlarni va kelajakni tasvirlashda muhim rol o‘ynaydi. XULOSA Shuni aytish mumkinki, yozuvchi Zebi tushib qolgan davrni, xarakterlarni va ularning ruhiyatini ochib berishda konfliktdan foydalangan. Yozuvchi Miryoqub obrazida aks etgan ichki (psixologik) konfliktni yuzaga keltirishda ruhiy romanlarga xos tasvir usullaridan foydalangan. Oʻsha davr koloritini esa Zebi, Qurbonbibi, Razzoqsoʻfi kabi obrazlari misolida ochib bergan. Bu esa asarning badiiy qiymatini yana-da oshirgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. D. Quronov. Adabiyot nazariyasi. T: Navoiy universiteti, 2018. 110-sahifa 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kecha_va_kunduz 3. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi.T: Oʻqituvchi, 2005. 4. Choʻlpon. Kecha va kunduz. T: Sharq, 2000. 5. „ABDULHAMID CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI IJTIMOIY-INSONIY MUNOSABATLAR LISONIY TAHLIL OBEKTI SIFATIDA“ (o‘zbek). samxorfil. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil. 6. file:///C:/Users/user/Downloads/35-39.pdf