Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1531 “DEVONU LUG‘OTIT TURK”DA MAQOLLARNING UMUMIY TAVSIFI Hojiyeva Muxlisa [email protected] Annotatsiya: O’tmishda yaratilgam har bir asar tariximizning bir boyligidir. “Devonu lug‘otit turk” kitobida keltirilgan ma’lumotlar ajdodlarimizning turmush madaniyati, ayniqsa, X-XII asrlarda diyorimizda yashab oʻtgan ulug‘ allomalar yashagan davrni oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Shu sababdan mazkur asar bizni nafaqat Qoraxoniylar davri, balki undan keyingi paytlardagi Movarounnahr aholisining turmush tarzi bilan bog‘liq ijtimoiy - iqtisodiy, axloqiy, diniy e’tiqod hamda urf-odatlar haqida ham muhim tushunchaga ega boʻlishimizda katta yordam beradi. Shuningdek, “Devonu lug‘otit turk” asari turkiy tillarning fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid noyob tadqiqotlari va xulosalari bilan ham qimmatlidir. Bu asar shu kunga qadar o’z o’rnini yo’qotmagan bebaho asar desak xato bo’lmaydi. Kalit so‘zlar: parema, paremiologiya, maqol, matal, frazema, frazeologizmlar, grammatikqurilish, tilshunoslik birliklari. Аннотaция. Информация, содержащаяся в книге «Девону Луготит Тюрк», является важным источником для изучения культуры наших предков, особенно периода великих учёных, живших в нашей стране в X-XII веках. По этой причине эта работа помогает нам получить важное понимание не только периода Караханидов, но также социальных, экономических, моральных, религиозных верований и обычаев, связанных с образом жизни жителей Моваруннахра в более поздние времена. Также произведение «Девону Луготит Тюрк» посвящено турецким языкам, он также ценен своими уникальными исследованиями и выводами по фонетике, грамматике и лексике. Не будет ошибкой сказать, что эта работа – бесценный труд, не потерявший своего места и по сей день. Ключевые слова: паремиология, пословица, матал, идиома, фразеологизмы, грамматическая конструкция, единицы языкознания. Annotation. The information contained in the book "Devonu Lugaotit Turk" is an important source for studying the culture of our ancestors, especially the period of the great scholars who lived in our country in the 10th-12th centuries. For this reason, this work helps us to gain an important understanding not only of the Karakhanid period, but also of the social, economic, moral, religious beliefs and customs related to the lifestyle of the people of Movarounnahr in the later times. Also, the work "Devonu Lugotit Turk" is about Turkish languages. it is also valuable for its unique studies and conclusions about phonetics, grammar and lexis. It would not be wrong to say that this work is an invaluable work that has not lost its place to this day. Key words: paremiology, proverb, matal, phrase, phraseologisms, grammatical construction, units of linguistics. Kirish. Paremilogiya so’zi grekcha paranomia – hikmat, va logos – ta’limot so’zlaridan olingan bo’lib, ma’lum bir tildagi maqol, matal, aforizm hamda iboralarni o’rganuvchi tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Ya’ni ma’lum bir xalqning turmush tarzi, hayoti, kishilarning jamiyatga bo’lgan munosabatini, kuzatishlar va tajribalarga suyanish asosida chiqarilgan xulosalarni
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1532 ifodalovchi ruhiy xolati, etik va estetik tuyg’ularini, ijobiy fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan, avloddan avloda og’zaki formada ko’chib yuruvchi, ixcham va soda, qisqa va mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo’lgan maqol, matal aforizm hamda iboralarni – paremalarni o’rganuvchi tilshunoslik sohasi Paremiologiya deyiladi. Bu kabi birikmalarni to’plash bilan esa Paremiografiya sohasi shug’ullanadi. Adabiyotlar tahlili. Xalq maqollarini ilm obyekti sifatida oʻrganish va toʻplash XX asr boshlariga toʻg‘ri keladi. Oʻzbek xalq maqollarini toʻplash va nashr qilishda missioner N.G.Ostroumovning xizmati katta. Bir necha oʻzbek olimlari tomonidan maqollarni tahlil qilishga e’tibor qaratilgan. Sh.Shorahmedov, X.Sharafiddinov va X.Abdurahmonovning maqollarning til xususiyatini yorituvchi tadqiqoti yuzaga keldi. Maqollarning yangi nashrlari bilan shug‘ullangan tadqiqotchilar sifatida B.Sarimsoqov, K.Imomov, va X.Abdurahmonovlarning ishlari ham diqqatga loyiq. B.A.Soatov[5-53] oʻzbek xalq maqollarining janr xususiyatlari va she’riy xususiyatlarini aniqlagan. X. Sharafiddinova oʻzbek xalq maqollarining tuzilishidagi qofiya va uning funksional-uslubiy xususiyatlariga e’tibor qaratgan. I.Begmuratov, R.A.Latipova, E.V.Ivanovalarning ilmiy tadqiqotlarida folklor aloqalari, jumladan maqol va matallar qiyosiy planda koʻrib chiqilgan. Rus maqollari V.D.Chernelevaning tadqiqotida qiyosiy aspektda oʻrganilgan. Tadqiqot metodologiyasi. Maqola mazmunini yoritishda qiyosiy, analiz, sintez, tavsiflash, tasniflash, qiyosiy-tarixiy kabi usullar qoʻllangan. Tahlil va natijalar. Maqollar – bu xalqning donoligini, millatning ruhini, uning madaniyatini koʻrsatadigan xalq og‘zaki ijodining gavharidir. Maqollarni, xususan, xalq ijodiyotini oʻrganish, tadqiq qilish bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu “gavhar” nafaqat tilshunoslar, balki boshqa turli soha vakillarini ham qiziqtirib qoʻygan: etnograflar, madaniyatshunoslar, folklorshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, psixologlar, faylasuflar va boshqalar. Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig‘isi, shodligi va sevinchi, qayg‘usi va ovunchi, bu xalq haqiqati, uni toʻg‘ri yoʻlga eltuvchi mayoqdir. “Xalq asrlar mobaynida toʻplagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqollar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi. Ular zamonlar osha xalq donishmandligining muhim manbai sifatida, og‘izdan - og‘izga oʻtib, sayqallanib kelgan. Maqollar xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari singari har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi. Ular xalqning milliy - madaniy xususiyatlari va uning qirralarini, dunyoqarashi, axloqiy me’yor va prinsiplarini, millatning ruhiy holatini toʻliq ifodalaydi”. Oʻzbek maqollarining oʻrganilish tarixi: oʻzbek xalq durdonalarini, oʻzbek xalq ijodining ommaviy janrlaridan biri boʻlgan maqollarni toʻplash va oʻrganish tarixi ham, ulardan yozuvchi va olimlarning oʻz asarlarida foydalanishi ham uzoq davrlarga borib taqaladi. Xususan, XI asrning buyuk olimi M.Koshg‘ariy oʻzining “Devonu lug‘otit turk” asarida turk tili oilasiga kiruvchi xalqlarning maqollaridan keng foydalangan. Bu asar yolg‘iz oʻsha davr tilidagi soʻzlarni izohlovchi kitobgina emas, balki shu vaqtda butun Oʻrta Osiyo doirasida, ya’ni Yuqori Chindan tortib Movorounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxoroga qadar choʻzilgan keng va katta hududda yashagan urug‘, qabila, xalqlar, ularning tillari, oʻsha davr xalq og‘zaki ijodiy maqollari toʻg‘risida ham ma’lumot beruvchi noyob filologik asardir. Demak, bu qimmatli ilmiy va nodir asar xalq og‘zaki ijodining butun yutuqlarini oʻzida mujassamlashtirgan, ayniqsa, xalq maqollarini oʻrganuvchi ilmiy fikrlarni sharhlashda xalq maqollariga katta e’tibor bergan,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1533 birinchi marta xalq maqollarini yig‘uvchi asar hamdir. Demak, oʻzbek xalq maqollarini toʻplash va oʻrganish XI asrda Mahmud Koshg‘ariy tomonidan boshlab berilgan. Uning “Devonu lug‘otit turk” asarida 300 dan ortiq maqol keltirib oʻtilgan. Olimlar qadimgi shohlardan Abbos Safaviyning amri bilan maqol va matallarimiz bir joyga jamlangani haqida ma’lumot beradilar. Afsuski, bu majmua bugungi kungacha yetib kelmagan. Bu oʻrinda adabiyotimiz tarixida maqollar asosida yaratilgan asarlar ham mavjudligini ta'kidlab oʻtamiz. Masalan, Muhammad Sharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tarkibida 300 dan ortiq oʻzbek xalq maqollari bor. Yoki, Sulaymonqul Rojiy oʻzining “Zarbulmasal” asarida 400 dan ortiq maqolni she’riy vaznga solganligi ham e’tiborga loyiq hodisadir. Xalq tajribasi ma’naviy qadriyatlarning yaratilishida favqulodda muhim rol oʻynaydi. “Insonlarda xotiralar tufayli tajriba paydo boʻladi: ayni bir narsa, predmet haqidagi bir qator xotira, nihoyat, bir tajriba ahamiyatiga ega. Tajriba esa fan va san’at bilan deyarli bir xildir. Fan va san’at, gapga esa insonlar tajriba tufayli erishadilar. Chunki, V.Pol aytganidek, tajriba san’atni yaratgan va toʻg‘ri aytgan, tajribasizlik – hodisa”[9-6]. N. Barlining tasdig‘iga koʻra, “maqolni unga oʻxshagan boshqa turdosh shakllar bilan munosabat kompleksidan alohida koʻrib chiqish mumkin emas” [11-13]. Har bir xalqning maqollar zaxirasi oʻziga xosdir. Oʻzbek xalq maqollari turkiy xalqlar donishmandligining hosilasi hisoblanadi. Oʻzbek maqollari tasnifi masalasi bugungi kunda oʻz yechimini kutayotgan mavzu hisoblanadi. Ikki jildlik “Oʻzbek xalq maqollari”[6-30] akademik toʻplamida maqollar alifbo tartibida berilgan. “Alfavitli tasnif” toʻplamda “Balandparvoz soʻzlar”[4-35] deb qabul qilingan. Tuzuvchilar Sh.Shomaqsudov va Sh.Shoraxmedovlar oʻzlarining “Ma’nolar maxzani”[7-46] toʻplamida ham maqollarni alifbo tartibida joylashtirganlar. Toʻplam 20 ming maqolni oʻz ichiga oladi. Unda maqollarning etimologiyasi va muqobillari keltirilgan. Boshqa toʻplamlarda, asosan, maqollarning predmetli-mavzuli tasnifidan foydalanilgan. Masalan, “Devonu lugʻotit turk”da turli mavzudagi maqol, matal masallar jamlangan boʻlsa, “Oʻzbek xalq maqollari” toʻplamida 30 predmetli mavzu guruhi taqdim etilgan: 1) Vatan va vatanparvarlik haqida; 2) mehnat va mehnatsevarlik haqida; 3) kollektivizm; 4) doʻstlik va kelishmovchilik haqida; 5) fan va san’at haqida; 6) donolik va johillik haqida; 7) mardlik va insoniylik haqida; 8) jasorat va qoʻrqoqlik haqida; 9) hushyorlik va ehtiyotkorlik haqida;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1534 10) oila va yaqinlar haqida; 11) sevgi va sadoqat haqida; 12) kattalarni e’zoz qilish haqida; 13) kamtarinlik va tarbiya haqida; 14) qadr-qimmat haqida; 15) mehmon va mehmondorchilik haqida; 16) yaxshi soʻz va ezgulik haqida; 17) rostgoʻylik va samimiylik haqida; 18) ehtiyotkorlik va uquvsizlik haqida; 19) tejamkorlik haqida; 20) sabr qanoat, matonat haqida; 21) soflik, poklik haqida; 22) ishonch va umidsizlik haqida; 23) maqtanchoqlik va kibr haqida; 24) ochkoʻzlik haqida; 25) hayvonot haqida; 26) nasihat haqida; 27) majoziy maqollar; 28) pand-nasihat moqollari; 29) kambag‘allik va muhtojlik: tarixiy oʻtmish haqidagi maqollar; 30) haqsizlikka qarshi yoʻnaltirilgan maqollar; Koʻrib oʻtganimizdek, maqollar bir necha mavzuga bag‘ishlangan boʻlib, asarda sabr qanoat, matonatni ifodalovchi maqollar ham keltirib oʻtilgan. Xususan, “Devonu lugʻotit turk” da “Ishda siqilmaydigan odam oq lochinni ham tutadi shoshilmagan odam eng yaxshi bozini - lochinni ovlaydi” – bu maqol ishda kutilgan maqsadga yetish uchun shoshilmaslikka, chidamli boʻlishga undab aytiladi. “Shoshqoq pashsha sutga tushadi(va gʻarq boʻlib oʻladi)” – bu maqol ishda shoshilmaslikka undab aytiladi. “Mushukning bolasi onasiga oʻxshab miyovlaydi” – bu maqol
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1535 xulqi ota onasinikiga oʻxshagan bolaga nisbatan aytiladi. Yoki oʻzbek xalq maqollaridan “Olmaning tagiga olma tushadi” maqolini qoʻllasak boʻladi. “Zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan kiradi”, “Bir qargʻa bilan qish kelmas” – bu maqol ishga yordam berishi moʻljallangan doʻstning kelishini kutishda hovliqmaslik sabr qilib ishlashga aytiladi. Bu kabi fikrlari mustahkam tarbiya sifatida avlodlarga meros boʻlib qolgan. Devondagi maqollar tilshunoslik nuqtayi nazaridan hali toʻligʻicha tadqiq etilmagan. Asardagi paremik janrlar munosabati kompleks holda tadqiq etilmagan. Faqat oʻzbek xalq maqollari mazmuniy bir butunlik nomi ostida tilshunoslik yutuqlari asosida oʻrganilgan. Xususan, M.Z.Sadriddinovaning ilmiy tadqiqoti[3-17] oʻzbek maqol va matallari leksikasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Maqollarga til birligi sifatida yondashish, ya’ni maqollarga turg‘un birikmalar sifatida ta’rif berish oz boʻlsa-da dissertatsiyalarda oʻz aksni topdi. Bunday qilingan ishlar orasida Bibish Joʻrayevaning “Maqollarning lisoniy mavqeyi va ma’noviy uslubiy qoʻllanilishi”[1-128] mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini alohida ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda olima maqol va ibora, maqol va matal oʻrtasidagi oʻxshash va farqli belgilarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan yoritishga harakat qilgan. Shu oʻrinda ta’kidlab oʻtish lozimki, maqollarni lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilingan ishlari juda kam. Til madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning oʻzaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy oʻziga xos koʻrinishi kabi qator va madaniyatshunoslik oʻrtasidagi alohida oʻziga xos yoʻnalishi va predmetiga ega boʻlgan yangi soha – lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Natijada, XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosini oʻrganishni maqsad qilgan tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi. Lingvokulturologiya – “til va madaniyat”ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini oʻzida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni birgalikda oʻrganadigan alohida ilmiy sohadir. Yana shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, ikki tildagi bir xil ma’noni ifodalaydigan maqollar aynan bir-biriga toʻg‘ri kelmaydi. “Maqol va iboralar olami turli soha mutaxassislari hisoblangan olimlar– tilshunoslar, adabiyotshunoslar, paremiologlar, folklorshunoslar, etnograflarning tadqiqotlar olib borishlari uchun “hosildor maydon” hisoblanadi. Bu tabiiy hol, chunki maqol shaklan ixcham, sodda boʻlishiga qaramay, turli tadqiqot nuqtayi nazarlaridan koʻrib chiqilishi mumkin. Maqollar semantik va struktur jihatdan toʻla tugallangan matn sifatida tilshunoslikning til haqidagi ancha navqiron sohasi boʻlgan matn lingvistikasining ham diqqatini oʻziga jalb etmoqda. Bir til, hatto oʻzaro yaqin boʻlgan va umuman bir-biriga qardosh boʻlmagan tillardagi turli maqollar yagona mantiqiy turga tegishli boʻlishi va bir xil alomatni koʻrsatishi mumkin. Shu bois ular mantiqiy semantika va semiotikaga bevosita tegishli boʻladi”[13-37]. Frazeologiya sohasida rus tilshunosligi katta tajriba toʻpladi. Ilk bor A.Shaxmatov, A.Peshkovskiylar tarafidan oʻrganilgan frazeologizmlar keyinchalik V.Vinogradov, B.Larin, N.Shanskiy, A.Smirnitskiy, A.Kunin, V.Jukovlar tomonidan rivojlantirildi. Mazkur olimlar frazeologizmlarni Grammatik, semantik, funksional uslubiy jihatlardan oʻrganishdi. Turkiyshunoslikda ham frazeologizmlar grammatik-qurilish, leksik-semantik tarafdan oʻrganilib, qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, S.K.Kenesbayev, F.R.Axmetjanova, R.E.Jaykasova, R.M.Tayeva (qozoq tilida), G.A.Bayramov (ozarbayjon tilida), Ch.G.Sayfullin (uyg ‘ur tilida),
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1536 S.Navroʻzboyeva (qoraqalpoq tilida) va S.I.Muratovning “Turkiy tillarda turg‘un soʻz birikmalari” ishida frazeologizmlar tadqiq qilindi. Xususan, oʻzbek tilining frazeologik birliklari ham har taraflama tadqiq etildi. Sh.Raxmatullayev, Y.D.Pinxasov, A.Shomaqsudov, M.Xusainovlarning nomzodlik dissertatsiyalarini oʻzbek frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar qatoriga kiritish mumkin. Agar Sh.Raxmatullayevning nomzodlik dissertatsiyasida oʻzbek tilidagi fe’l iboralarning grammatik xususiyatlarini oʻrganish ishi boshlab berilgan boʻlsa, olim 1966 - yilda himoya qilingan doktorlik dissertatsiyasi va shu asosda e’lon qilingan “Oʻzbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasi bilan tilimizdagi frazeologik birliklarilarni lug‘aviy birlik sifatida oʻrganishni asosladi. Bu ishda frazeologik birliklarilardagi polisemiya, sinonimiya, variatsiya, antonimiya, omonimiya hodisalari boy faktik material tahlili asosida chuqur tadqiq etilib, iboralarning lug‘aviy birlik sifatidagi boshqa belgi-xususiyatlarini tekshirishga yoʻl ochilgan[9-8]. Mazkur ishlarda frazeologiya doirasi keng va tor tushunilgan. Frazeologiyani keng tushunuvchi olimlar uning tarkibiga maqollar, matallar, aforizmlarni kiritsalar, uni tor ma’noda tushunuvchi olimlar faqat iboralarning oʻzi bilan cheklanadilar. Maqollar grammatik nuqtayi nazardan muayyan sintaktik birlik hisoblangan gaplardir. Shu bois maqolning sintaktik birlik sifatida shakliy tuzilishi grammatikada oʻrganilishi lozim. Bizningcha, bunday mulohazalar trivial xulosa emas, aksiomatik xulosaga oʻxshaydi. Bunda tadqiqotchining vazifasi – bularning qanchalar adolatli ekanligi va bir-biriga qardosh va hamda, aksincha, ancha uzoq boʻlgan turli tillar asosida teranligini koʻrsatishdir. Maqollarning oʻrganilish tarixi va toʻplash jarayonlari haqida gap ketganda ularni tasnifi haqida ham fikr yuritishimiz kerak. Oʻzbek folklorshunos olimlari tomonidan maqollarni tasnif qilishning asosan quyidagi koʻrinishlari mavjud: Alifbe tartibida: unga koʻra mavjud material maqol toʻplamida alfavit tartibiga solinadi.Uning afzalligi shundaki, foydalanuvchi toʻplamdan maqolni tezroq topa olishi mumkin. Ammo kamchiligi unda maqollarning mavzu jihatdan berilmaganligi tufayli foydalanuvchiga koʻproq qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Mavzular tartibida: tasnifning bu turi oldingisidan ancha murakkab va mukammalligi bilan ajralib turadi. Chunki bu turda material muayyan mavzu guruhlariga ajratiladi, har bir mavzudagi material esa oʻz ichida alfavit tartibi boʻyicha beriladi. Ushbu tartib boʻyicha tuzilgan maqol toʻplamlari foydalanish jihatidan qulayligi, eng muhimi, muayyan xalq maqollari fondining mavzu doirasini koʻrsatib berishi bilan ham amaliy, ham nazariy ahamiyat kasb etadi. Toʻg‘ri yoki koʻchma ma’no tashishiga koʻra: Maqollarning semantik tabiati davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib turadi: oldin oʻz ma‘nosida qoʻllanilgan maqollar keyinchalik faqat koʻchma ma’no kasb etishi mumkin. Masalan “Devonu lugʻotit turk” da shunga koʻra maqollar 2 xil: a) oʻz ma’nosida qoʻllanuvchi: “Kishini oʻzingga kulib qaragan holda koʻrsang, ya’ni birov senga kulib boqsa ,sen uning yuziga kuydiradigan issiq kul sochma, sen ham kulib boq, ya’ni yaxshilikka yaxshilik qil”- deyiladi[2-34].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1537 b) oʻz va koʻchma ma’noda qoʻllaniluvchi: “Urushmaguncha, qarshilamaguncha yarash boʻlmaydi, shamol qoʻzgʻolmaguncha, havo ochilmaydi”[2-75] -ya’ni bu maqol qarshilashgan ikki kishining orasini kelishtirish, ulfatlashtirish istagan kishiga nisbatan qoʻllaniladi. e) faqat koʻchma ma’noda qoʻllaniluvchi: “Tuya hamma yukni koʻtarganda, kapkirni koʻtarishga ham kuchi yetadi” – bu maqolning hozirgi kundagi sinonimi sifatida: “Qirqiga chidagan , qirq biriga ham chidaydi”[2-78] maqolini olishimiz mumkin. Umuman, bu turdagi tasnifga koʻra davrlar oʻtishi bilan xalq maqollari tabiatida yuz bergan semantik oʻzgarishlarni aniqlashga, binobarin har bir maqolning qay darajada davr talablariga javob bera olishini belgilashga imkon beradi. Qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga - koʻra. Maqollar juda qadimiy, ayni vaqtda hamisha zamonaviy janr. Uning qadimiyligi xalq tarixi qadar uzoq. Xalq maqollarida muayyan xalq boshidan kechirgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻz aksini topadi. Shunga koʻra maqollarni qay davrda yaratilganini bilib olish mumkin. Tuzilishiga koʻra: bunday tasnifda maqollar tarkibidagi mantiqiy markazlar miqdoriga qarab bir nechta guruhlarga ajratiladi. Masalan “Devonu lugʻotit turk”da: 1. 1 komponentli: “Odam oyogʻini koʻrpasidan ortiq uzatsa, oyogʻi uvishadi, sovuq qotadi”[2158] - ya’ni bu maqolda odam oʻz haddidan oshmaslikka undalib aytiladi yoki hozirgi varianti “Koʻrpaga qarab oyoq uzatish kerak”. 2. 2 komponentli: “Odam bolasi doim iztirobda qolmaydi, biror tadbir bilan undan qutuladi, it bolasi otdek doim chalqancha yota olmagani kabi”[2-89]. 3. 4 komponentli va undan ortiq holatda ham uchrashi mumkin: “ Yashirin tutilgan sevgi, ayrilish kuni , bilinib qoladi, ma’lum boʻladi. Yaralik koʻzni berkitma yoshini toʻxtatib yashirib boʻlmaydi, yosh oshkora qiladi”[2-199] – bu maqolning hozirgi oʻzbek tilidagi muqobili “Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi” maqoliga toʻgʻri keladi. Maqollar tilshunoslik nuqtayi nazardan oʻrganilar ekan, lingvokulturologiyada antroposentrik tadqiq muhim ekanligini ta’kidlash lozim. Tilshunoslikda bir butunlik doirasida milliy madaniyatning oʻziga xos jihatlarini yoritib berishda antroposentrik tadqiqning oʻrni beqiyos, ya’ni ushbu tadqiq orqali madaniyat-til hamda til-madaniyat munosabati mushtarakligi oʻrganiladi. Til dunyo manzarasi bilan bevosita bog‘liq boʻlgan ikki jarayonda ishtirok etadi. Birinchidan, uning negizida insondagi dunyo manzarasining eng chuqur qatlamlari shakllanuvchi dunyo manzarasining tilga oid koʻrinishi shakllanadi. Ikkinchidan, tilning oʻzi insonning maxsus leksika yordamida tilga insonning, u mansub boʻlgan madaniyatning unsurlarini olib kirgan holda dunyo manzaralarini ifodalaydi. Tilshunoslikda bir butunlik doirasida milliy madaniyatning oʻziga xos jihatlarini yoritib berishda antoposentrik tadqiqning oʻrni beqiyos, ya’ni ushbu tadqiq orqali madaniyat-til hamda til-madaniyat munosabati mushtarakligi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1538 oʻrganiladi. Til dunyo manzarasi bilan bevosita bog‘liq boʻlgan ikki jarayonda ishtirok etadi. Birinchidan, uning negizida insondagi dunyo manzarasining eng chuqur qatlamlari shakllanuvchi dunyo manzarasining tilga oid koʻrinishi shakllanadi. Ikkinchidan, tilning oʻzi insonning maxsus leksika yordamida tilga insonning, u mansub boʻlgan madaniyatning unsurlarini olib kirgan holda dunyo manzaralarini ifodalaydi. Maqollarning, ayniqsa, mazmun nuqtayi nazaridan kompleks tadqiq etilishi madaniyatshunoslik, etnolingvistika va etnografiya singari fan sohalari bilan bevosita bog‘liqdir. Madaniyat, odatda, til vositasida bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida bu og‘zaki shaklda, jumladan, xalq og‘zaki ijodi, xususan, bunday ijodning eng koʻzga koʻringan janrlaridan biri boʻlgan maqollar vositasida amalga oshirilgan. “Maqollar – xalq og‘zaki ijodi mеrosining eng kеng tarqalgan emas, eng xarakterli janri hisoblanadi. Xalq tarixi, xarakteri, mehnat faoliyati va turmushining oʻziga xosliklari maqollarda muhrlangan yoki qadimiy turmushning toshlarga qoldirgan izlari singari ishonchli, metaforik tarzda yashiringan. Maqollar, ularni yaratgan xalq qancha umr koʻrsa, ming yillar boʻyi tirik jon kabi saqlanadi. Maqollarni yuzaga chiqargan xalq tili ham oʻzining obrazli qudrati bilan ming yillar boʻyi saqlanib kelaveradi”. Shuni unutmaslik kerakki, maqollar, ularni yaratgan xalqning donoligini oʻzida mujassam etadi. Xalq donishmandligi haqidagi – yirik bir fan. Buyuk tajribaga ega boʻlgan kishilar unga ega boʻladilar. Davrining va undan keyingi asrlarning buyuk donishmandi, eramizdan oldingi IV asrning yirik faylasufi Aristotel shunday degan edi: “Donishmandlik ba’zi sabablar va ibtidolar haqidagi fandir... Donishmandlikni, adolat nuqtayi nazaridan ilohiy demoq mumkin va shu bois donishmandlik, birinchi navbatda, tangriga oʻxshaydi...”[12-38] Hozirgi paytda maqol deganda: “Kundalik nutqda qisqa, turg‘un, ohang jihatdan uyushgan, xalqning koʻp asrlik hayotiy tajribasi aks etgan, tugallangan jumla (sodda yoki qoʻshma gap)” tushuniladi. Maqol – jamiyat “parchasi”ning modelidir. Shu bois uni oʻrganmasdan birorta dunyo jamiyatini tushunishning ma’nosi yoʻq. “Nutqda muqobillik tamoyiliga koʻra koʻp ma’noda qoʻllanila oladigan qisqa, nutqda mustahkam oʻrnashgan, ritmik tashkillashgan obrazli nutqqa maqol deyiladi. Mazkur ta’rifda koʻrsatib oʻtilgan belgi va alomatlar – qisqalik, turg‘unlik, ritm, koʻp ma’nolilik va b. Shuningdek, maqollar toʻg‘risida ularning xalqning ijtimoiy-tarixiy va turmush tajribalarini umumlashtirishi ham ta’kidlanadi”[9-116]. Ularning fikricha, maqolning janr sifatidagi yagonaligi, agar uning tarixiy kelib chiqishi xalq turmushi, tili va san’atining oʻziga xos hodisasi sifatida tahlil etiladigan boʻlsa, yanada oydinlashadi. Ilk maqollar qadim zamonlarda paydo boʻlgan va “Devonu lugʻotit turk” da ham ko`plab keltirilganligini ko`rishimiz mumkin. “Maqollarning paydo boʻlish sinoatlari ularning mazmunida yashiringan. Maqollarning koʻpchiligi insonlar orasidagi ishlab chiqarish munosabatlari, urf-odatlar maydoniga kirib boradi va shu maydonning ajralmas qismiga aylanadi. Maqollardagi fikrning she’riy ifodasi voqelikning ongsiz-badiiy shaklidir”. Maqoldan farqli oʻlaroq, “matal – nutqda emotsional baho uchun mavjud boʻlgan va bir qator oʻxshash hayotiy hodisalarga nisbatan muqobillik tamoyiliga koʻra qoʻllaniluvchi umumqabul qilingan obrazli ifodadir. Agar maqol nutqni alohida mazmun, yangi bir butun xulosa bilan
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1539 mustahkamlanayotgan boʻlsa, matal bir tugal fikr (jumla), xulosa ich iga toʻlaqonli bir boʻlak sifatida kiritiladi”[9-129]. XX asrning oxirgi 30-yilida maqollarni tahlil qilishning yangi struktursemantik yondashuvi yuzaga keldi. Bu matn lingvistikasi va paremiologiya fansohalari taraqqiyoti bilan bog‘liq. Ilmiy paremiologiyaning asoschilaridan biri G. L. Permyakovdir. Uning fikricha, “tugallanmagan fikr”ni ifodalovchi majoziy soʻz oborotlariga matallar, “tugallangan fikr”ni shakllantiruvchi majoziy ma’noli gaplarga maqollar deyiladi[15-7]. Maqollarni ham, matallarni ham G. L. Permyakov (bosma qolip soʻzlar) nazariyasi doirasida koʻrib chiqadi. Har bir tilning lug‘at zahirasida murakkab oʻziga xos qoliplar (klishe) boʻladi, ya’ni turg‘un, nutqda tayyor holda qoʻllaniladigan, boʻlinmas oborotlar mavjud. Bular (ustasi farang) shaklidagi frazeologizmidiomalar shaklidagi tarkibiy atamalar, har turli maqollar, matallar, “balandparvoz soʻzlar”, muallifning xalq hikmatli soʻzlari, semiotika (belgilar haqidagi fan) da oson tafakkur qilinadigan odatiy gazeta va adabiy shtamplar va boshqalar. Paremiologiya boʻyicha koʻzga koʻringan oʻzbek olimasi B. Joʻrayeva matallar faqat oʻz ma’nosida qoʻllanishini ta’kidlab quyidagi fikrlarini bildiradi: “Matallar esa grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, faqat oʻz ma’nosida – toʻg‘ri ma’noda qoʻllaniluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari hisoblanadi. Maqollarning matallardan asosiy farqi maqollarning idiomalashgan koʻchma ma’noga ega ekanligi va matallarning bu xususiyatga ega boʻlmay, faqatgina toʻg‘ri ma’noda qoʻllanishida koʻrinadi”[8-11]. Shu bilan birga olima qiziq bir holat haqida fikr yuritadi: “...tilda maqol matal tipidagi paremalar deb yuritiluvchi birliklarning oʻzi ham alohida holda mavjud boʻlib, oʻzida maqollik va matallik xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday ifodalarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda bir qism soʻzlar oʻz ma’nosida ishlatilsa, ikkinchi qismi koʻchma ma’no ifodalaydi” . Ammo xalq og‘zaki ijodi boʻlgan maqollar toʻplanib, tasniflangan va kitob holida nashr qilingan. Maqollarning oʻrganilishi oʻzbek millatining boy tarixini koʻrsatish bilan birga milliy madaniyatini ham oʻzida namoyon qiladi. Xulosa va takliflar . Maqollar lingvokulturologiyaning obyekti sanaladi. Lingvokulturologiya til va madaniyatning oʻzaro tutashgan nuqtasini oʻrganadi, buning markazida esa maqollar turadi. Maqollarda xalqning tarixiy tajribasi, oʻtmishi aks etadi. Maqollar xususida folklorshunoslikda va tilshunoslikda semantik jihatdan oʻrganilgan. Shuni aytib oʻtish kerakki, “Devonu lugʻotit turk”dagi maqol va matallar ham oʻrganilish doirasi keng boʻlgan tilshunoslik birliklari hisoblanadi, asarda tahlilga tortilgan maqollar ayni damda hozirgi tilshunosligimizda katta ko’lamda o’rganilishi lozim bo’lgan manbadir. ADABIYOTLAR: 1. Joʻrayeva B. Maqollarning lisoniy mavqeyi va ma’noviy uslubiy qoʻllanishi, avtoreferat. – Samarqand.2002. 2. Mahmud Koshgʻariy. Devonu lugʻotit turk.Uch tomlik II tom / Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov. –T., 1963. 3. Sadriddinova М. Z,Oʻzbek maqol va matallari leksikasi.-T.: 1984. 4. Sarimsoqov B. Balandparvoz soʻzlar. – Toshkent: 1986. 5. Soatov B.A. Oʻzbek xalq maqollarining janr va she’riy xususiyatlari.-T.: 1990. 6. Oʻzbek xalq maqollari.-Toshkent: 1987. 7. Sh.Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov “Ma’nolar maxzani” -T.,2001. 8. Жўраева Б. Ўзбек халқ мақолларининг қисқача синонимик луғати. – Т.: ФАН, 2006.