KOSTYUM DIZAYNIDA "IJTIMOIY DIZAYN"NING KONSEPSIYALARINI TAXLIL QILISH
Abstract
Ushbu maqolada dizaynerlarni yangidan yangi ishlari ularni yoritish jarayonida inson ekologiyasi, uning jismoniy sog‘ligini saqlashdan tashqari, uning ma’naviy talablarini qondirish, ijodiy imkoniyatlarini va qobiliyatlarini namoyon etish muammolarini batafsil ko‘rsatib ma’lumotlar keltirilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1549 KOSTYUM DIZAYNIDA “IJTIMOIY DIZAYN”NING KONSEPSIYALARINI TAXLIL QILISH Yetmisheva Dilorom Gulomovna Fargona viloyati pedagogik maxorat markazi O‘qituvchisi kafedrasi assisenti Annotassiya:Ushbu maqolada dizaynerlarni yangidan yangi ishlari ularni yoritish jarayonida inson ekologiyasi, uning jismoniy sog‘ligini saqlashdan tashqari, uning ma’naviy talablarini qondirish, ijodiy imkoniyatlarini va qobiliyatlarini namoyon etish muammolarini batafsil ko‘rsatib ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Inson ekologiyasi ,dizayin konsepsiya,uslublar,xalqaro moda, postindustrial jamiyat, o‘yinli effetlar, erkin kombinatsiyalash, “Iste’mol madaniyat”ining inqirozi “yangi odam” syimosini yaratish muammosini tug‘dirdi. XX asrda “nufuzli iste’mol” insonni ijodkorlikdan tayyor moddiy boyliklarni iste’molchisiga aylantiradi. Inson ekologiyasi, uning jismoniy sog‘ligini saqlashdan tashqari, uning ma’naviy talablarini qondirish, ijodiy imkoniyatlarini va qobiliyatlarini namoyon etish muammolarini ko‘taradi. Ushbu yo‘nalish vaqtincha jamiyatning real o‘zgarishiga olib kelmadi, ammo iqtisodda paydo bo‘lgan jarayon – mahsulotni ommaviy ishlab chiqarmasdan, energiya va materialni tejaydigan texnologiyalarga asoslangan kam seriya ishlab chiqarishga o‘tishdi.[1] “Insoniy omil”ni to‘liq e’tiborga olish – dizayn-faoliyatining asosiy shartidir. Zamonaviy dizaynda shaxsda, ya’ni dizayner va iste’molchi shaxslariga qiziqish kuchaydi. Dizaynerlik faoliyatning mohiyati nafaqat buyumni yaratishda, balki turmush tarzini “ssenariyini” yaratishda, buyumlar yordamida iste’molchi bilan aloqa o‘rnatishda ham namoyon bo‘ladi. O‘zgaruvchan inson syimolari – kostyum dizaynerining asosiy ob’ekti. Sivilizatsiyaning ma’naviy inqirozi vaziyatida dizayning yangi rolini tushunish kostyum dizaynida dizaynning nazariyasi va konsepsiyalaridan ana’naviy bir muncha chetta turgan sohada ham tarqala boshladi. Dizaynning faoliyati faqat insonning ehtiyojini tashkil etishdan iborat emas, u insonning faoliyatini yaratishda ham namoyon etadi. Dizaynerlarning ijtimoiy ko‘rgazmasi ular yaratgan buyum muhiti yordamida insonning real turmush tarziga ta’sir etadi. Zamonaviy inson o‘z qo‘li bilan birorta narsani qila olmaydigan bo‘lib qoldi, u ijodkorlikdan tayyor mahsulotni iste’mol qiluvchiga aylandi. Dizaynni gumanizatsiyalash bugungi kun kishisini funksionalizmga oid fazoviy va ijtimoiy muhitni rejalashtiradigan va loyihalashtiradigan insonga aylantirishdir. ”Iste’molchini loyihalash” tushunchasi bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, chunki inson to‘g‘risida dizaynerlarning professional tasavvuri va insonning haqiqiy ehtiyojlari, talablari, xulqi orasida nomutanosiblik mavjudligi ayon bo‘ldi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1550 Iste’molchining hamkorlik konsepsiyasi kostyum dizaynerlari orasida o‘z tarafdorlarini topdi. Aynan kiyim dizaynida bu konsepsiya amalda to‘liq ro‘yobga chiqqan, nazariy ma’lumot bo‘lib qolmasdan, inson o‘z siymosini yaratish jaryonida ham qatnaShadi, chunki unga tayyor siymolar o‘tqazilmaydi.[4] Zamonaviy modaning demokratikligi, uslublar, shakllar siluetlarining xilmaxilligi, inson o‘ziga yoqqanini va yarashganini tanlab olishi mumkin - bularning barchasi modaga rioya qilishda erkinlik beradi. Yevropa va halqaro modasida inson va kiyimning o‘zaro aloqasiga yangi tuShuncha kiritgan yaponiya dizaynerlari bunga ko‘p e’tibor berishadi. Dizayner va iste’molchining hamkorlik konsepsiyasida yana bir yo‘nalish mavjud: bu iste’mol jarayonini ermakka aylantirishga intilishdir. Dizaynning bunday yo‘nalishi “postindustrial jamiyat”da bo‘sh vaqtning yangi konsepsiyasi – “bo‘sh vaqt sivilizatsiyasi” bilan bog‘liq. Faoliyatning bir turi bo‘lgan bo‘sh vaqt bir necha muhim xususiyatlarga ega: begonalikdan ozod bo‘lish, baxt, xursandchilik, yashash ma’nosi va hayot quvonchini topmoq shular jumlasidandir. Aynan bo‘sh vaqt sohasida madaniyatda insonning individualligini va uning ijodiy qobiliyatlarini ilgari suradigan yangi model munosabatlarining yangi etikasi, qiymatining yangi tizimi yuzaga keladi. Aynan shu sohada inson quvonch, o‘yin, kulgi, orzuga erishish huquqini amalga oshiradi. G‘arbda 1980 yildayoq iste’molning yangi turiga sayr-tomosha bo‘sh vaqt maxsus turga aylandi. Dizayn mahsulotning iste’mol etish jarayoni sayir-tomosha, o‘yin va ijodiy faoliyatga aylandi. shuning uchun dizaynerlar erkin kombinatsiyalanadigan buyumlarini loyihalashga e’tibor beradigan bo‘ldi. Kostyumga munosabat o‘zgargani to‘g‘risida tanqidchilar va dizaynerlar so‘z yurtilar. Modellarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida yapon kiyim dizayneri I.Miyake sunday deydi: “Men faqat kiyimni yaratishga intilmasdan, balki yaxshi kayfiyatni ham tadbiq etaman” (Time – 1986 January 27). Unday effektga “quvonchli” rang birikmalari, g‘alati shakllar, kostyumni kiyish jarayonida uni o‘zgartirishga imkon beradigan erkin tarkiblar orqali erishdi. Dizaynda o‘yinli effetlar turli aspektlarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, modaga munosabat o‘zgardi: moda-ijtimoiy maqomning aksi degan fikrning o‘rniga modada o‘yinga oid jiddiy munosabat g‘oyalari paydo bo‘ldi. [2] Ikkinchidan, o‘yin elementlarini dizaynerlar kiyim kiyish jarayonida nazarda tutiShadi. Shunday imkoniyatlarini transformatsiya etiladigan shakllarda tugma yordamida biriktiladigan elementlarda ko‘rish mumkin. Masalan, J.-SH. de Kastelbajakning damlama yostiqlardan ishlangan paltoni yoki o‘rama turidagi kurtka yoqalari; F. Moskinonining “kulgili” qo‘shimchalari va aksessuarlari. O‘yindagi cheksiz imkoniyat kiyimning ayrim elementlari, aksessuarlari, ranglar va rasmlarning kombinatsiyalanishi beradi. Uchinchidan, dizaynda o‘yinga oid payt rolli o‘yin tushunchasi bilan bog‘liq. Dizaynerlar fikriga binoan modali kiyim odam hayotida o‘z “rolini” o‘ynaydigan kostyumga o‘xshaydi. Ko‘p vaqt davomida kostyum insonning real ijtimoiy holini yoki maqom illyuziyasini namoyon etardi. Ammo, individuallik tamoyili kuchaygan sari kiyimdan ko‘p hollarda ijtimoiy rolni bartaraf qilish vositasi sifatida foydalanidigan bo‘ldi. Har mavsumuda dizaynerlar tavsiya etgan turli siymolar iste’molchiga tanlash uchun juda ko‘p imkoniyat beradi – kundalik hayotni
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1551 chegaralarni haddan ortiq ochib, barcha shu “rollarni” o‘ziga o‘lchab ko‘rishi lozim, chunki amerikalik dizayner Dj.Karrano so‘zi bo‘yicha “inson kiyimni almashtirib o‘z hoxishiga binoan o‘z imidjini o‘zgartiradi”. Hozirgi kunda dizaynerlar “megapolisda yashovchilar”ning oddiy kunlarini quvnoq qilishga, uning erkin va tabiiy bo‘lishiga yordam berishga intilmoqda, ular kiyimning ranglarini o‘zgartirib, ko‘pincha avval qo‘llanmagan “quvnoq” yorqin ranglarni tavsiya etishdi. Masalan, rangli doiraning “o‘lik” sektori hisoblangan va kiyimda kamdan-kam qo‘llanilgan to‘q qizil-sariq rangdan sariqqacha, sariq-yashildan yashil-sariqqacha bo‘lgan ranglardir. Bu ranglarni kiyish insonlarning erkinligini va hayotdan manmunligini quvonchga berilishini namoyon etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: [1]Mirboboyeva G.A. Ranglar gammasidan foydalanib yangi zamonaviy modellarni yaratish Фарғона политехника институти Илмий – техника журнали 2022. Том 26. спец. вып. №15 [2]. Mirboboyeva Gulhayo Abdusattorovna. (2023). THE ART OF MODEL CRAFTING: UTILIZING A SPECTRUM OF PAINT MEDIUMS. American Journal of Technology and Applied Sciences, 19, 48–54. Retrieved from [3.]Mirboboyeva G.A.,Turdiyev M. Moda funksiyalaridan,rivojlanish qonunlaridan foydalanib eskiz modellarini yaratishda retro modellarni qo‘llab yangi kiyim dizaynlarini tahlil qilish .... Scientific-technical journal FerPI. [4] Retro style in modeling women's clothing MG Abdusattorovna, UN Qosimjonovna Asian Journal of Multidimensional Research 10 (9), 372-376 [5] MG Abdusattorovna An International Multidisciplinary Research Journal OF JAFFNA An International Multidisciplinary Research Journal, 31