scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMIGA QO'YILADIGAN PEDAGOGIK TALABALAR

Abduraxmonova Noila Nasim qizi

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimiga qo‘yiladigan pedagogik talablar mazmuni yoritilgan bo‘lib, pedagogik duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli tavsiyaviy xulosalar berilgan.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 269 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING INTELLEKTUAL KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMIGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABALAR Abduraxmonova Noila Nasim qizi Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) +998990027253 https://doi.org/10.5281/zenodo.17484076 Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimiga qo‘yiladigan pedagogik talablar mazmuni yoritilgan bo‘lib, pedagogik duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari mazmuni keng yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalasini rivojlantirish jarayonida qo‘llanuvchi samarali metodika va texnologiya namunalari ham keltirilgan. Xulosa va tavsiya qismida esa kerakli tavsiyaviy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, mezon, intellekt, ko‘nikma, dastur, model, xorijiy tajriba, ta’lim samaradorligi, talaba, dars jarayoni, reproduktiv, algoritmik. Аннотация. В статье раскрывается содержание педагогических требований к системе развития интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы, дается широкий обзор педагогических проблем и путей их решения. Приводятся примеры эффективных методик и технологий, используемых в процессе развития интеллектуальных способностей будущих учителей начальной школы. В выводах и рекомендациях представлены необходимые рекомендации. Ключевые слова: учитель, критерий, интеллект, способности, программа, модель, зарубежный опыт, образовательная эффективность, ученик, учебный процесс, репродуктивный, алгоритмический. Abstract. This article covers the content of pedagogical requirements for the system of developing intellectual skills of future primary school teachers, and provides a broad overview of pedagogical problems and their solutions. It also presents examples of effective methodologies and technologies used in the process of developing intellectual skills of future primary school teachers. The conclusions and recommendations provide the necessary recommendations. Keywords: teacher, criterion, intellect, skills, program, model, foreign experience, educational effectiveness, student, teaching process, reproductive, algorithmic. Zamonaviy o‘qituvchi o‘z rivojlanishiga katta e'tibor qaratadi va bilimlarini yangilashga bo‘lgan munosabati doimiy ravishda o‘zgarib turadi. O‘qituvchi pedagogik tajribaga ega bo‘lib, bu tajribani hisobga olib, malakasini oshirish va kasbiy fazilatlarini yanada takomillashtirish yo‘llarini izlaydi. “O‘qituvchilarning qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi, ularning kasbiy bilimlarini maqsadli ravishda doimiy ravishda yangilash va pedagogik mahoratini oshirish jarayoni sifatida qaralishi lozim”. Insondagi juda ko‘p psixologik jihatlar, shu jumladan, uning tafakkuri, madaniyati, xususan, nutq odobiga taalluqli ijobiy yoki salbiy xususiyatlar unga aynan shu yoshida singishi barcha tomonidan e’tirof qilinganligi ma’lum. Shu bois boshlang‘ich ta’lim mazmuni, shakli va 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 270 vositalariga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratish, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘ladi. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga maktab davrida singdirilgan unsurlar ularning kelajakda yuqori salohiyatli kasb egasi bo‘lib etishishlari uchun mustahkam zamin yaratadi. Yangi ta’lim manbalaridan foydalanishda katta qiyinchiliklar mavjud emas. O‘qituvchilar va talabalar elektron axborot vositalari orqali dunyo ma’lumotlarini olish imkoniyatiga ega. O‘qituvchi mustaqil ravishda rivojlanish imkoniyatiga ega, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini o‘rganishga ehtiyoj bor. Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lib qolish uchun o‘qituvchi doimo bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi kerak. Bu hayot davomida ta’lim berish g‘oyasini ko‘taradi. Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga alohida e’tibor berib borilayotgan bir davrda pedagog kadrlarning, “ya’ni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning intellektual ko‘nikmalarini takomillashtirish, zamonaviy ta’limni shakllantirish talab etilmoqda.Shuningdek, bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimi oldiga yangicha metodik tayyorgarlikka ega”[6] degan xulosalar bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash vazifasilari ichida birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Negaki, “boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning psixologik, fiziologik o‘ziga hosliklarini hisobga olishi, shakllantirish va rivojlantirish tajribasini egallashi lozim. Ma’lumki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ta’lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor o‘rin egallaydi”. Oliy ta’limda o‘qitish amaliyoti ilmiy metodik adabiyotlarda yoritilgan mavjud an’naviy pedagogik ta’lim tizimida qator muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsada, undagi kamchiliklarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bizning fikrimizcha, unda turli darajalilik, mobillik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, uzviylik, ko‘pqirralilik etishmaydi. “Buning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyat, chuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va puxta metodik tayyorgarlikka ega shaxs bo‘lish talab etiladi”[4]. Olib borilgan tadqiqotlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi kasbga metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan ba’zi talablar bor. Xususan, P.V.Amosova yuritgan fikrmulohazalarga ko‘ra o‘z kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini his qilish; ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega bo‘la olish; ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolutsiyasini bilish, tevarak olamni bilish va uni o‘zlashtirishning turli metodlariga ega “bo‘lish;jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ahamiyatini tushunish; axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovatsion metodlaridan xabardor bo‘lish, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharhlash qobiliyatiga ega bo‘lish; ilm-fan taraqqiyoti va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o‘z nuqtai nazarini qayta ko‘rib chiqish, ishlashning innovatsion shakl va metodlarini tanlashga qodir bo‘lish; turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan bo‘lish zarurligini ta’kidlangan”.”Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual ko‘nikmalarini rivojlanishning mavjud holatini, boshlang‘ich ta’limda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarni mos ravishda isloh etish, kasbiy-metodik tayyorgarlikni takomillashtirish bo‘yicha metodikalarni” ta’lim jarayoniga joriy etish bugungi kundagi eng zarur vazifalaridan biri sanaladi. Oliy ta’limning pedagogika sohasi bo‘yicha “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi talabalariga o‘tiladigan ona tili o‘qitish metodikasi fani orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ona 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 271 tili o‘qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo‘llay olishni o‘rganadilar. Ona tili o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr bosqich talabasi[7]: • Boshlang‘ich sinflarda Ona tili kursining tuzilishi, xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadi. • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy ona tili fani bo‘yicha tayyorgarligi, sinflar bo‘yicha asosiy talablar ularning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baho mezoni, texnologiyasi. • Asosiy o‘quv vositalari darslik, o‘quv qo‘llanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo‘llash metodikasi • O‘quv - bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari. • Dars ishlanmasida o‘quv jarayonini (o‘quv materiali unga mos metod, vosita va o‘qitish shaklini tanlab) rivojlantirish. • ona tili fani bo‘yicha to‘garak, olimpiada va boshqa darsdan tashqari mashg‘ulotlarni olib borish. • Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘yin mashg‘ulotlari tarzida o‘tkazish. • O‘zlari qiziqqan yo‘nalish, mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur. Bakalavr bosqichida ona tili o‘qitish metodikasi fanidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari maktab darsliklarining mazmuni va o‘qitish metodikasi, texnologiyalari, vositalari bilan tanishadi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan mavzular biroz farq qiladi, ya’ni darslikdagi mavzular ketma-ketligi asosida berilgan topshiriqlarni yechish usullari va o‘quvchiga o‘rgatish metodikasini o‘rganadilar. Lekin bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun joriy dastur hisoblangan. Milliy o‘quv dasturi hamda joriy darsliklarimiz uchun asosiy dastur hisoblangan “4K modeli bo‘yicha yuzasidan zaruriy metodikalar, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish tizimi va talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yetarli yoritilmagan”. Oliy ta’lim muassasalarida Boshlang‘ich talim yo‘nalishining uchinchi bosqich talabalari uchun o‘tiladigan Ona tili o‘qitish metodikasi fani ma’ruza mashg‘uloti uchun 40 soat, amaliy mashg‘uloti uchun 50 soat va seminar mashg‘uloti uchun 30 soat ajratilgan bo‘lib, nostandart topshiriqlarni bajarish, intellektual qobiliyatli o‘quvchilarni Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlash bo‘yicha kerakli metodikalar bo‘yicha mavzular mohiyati to‘liq yoritilmagan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishning qamrov doirasi katta bo‘lganligi uchun, umumiy ma’lumotlar kamlik qiladi va bir ikki darsni o‘zida talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishga ulgurish imkonsiz. Ona tili o‘qitish metodikasi faning fan dasturidagi mavzularga nostandart topshiriqlarni yechish, 4K modelining imkoniyatlarini keng ochuvchi mavzularni kiritish, darsliklar tahlili asosida va har bir sinf kesimida kerakli metodikalar mazmuni oliy o‘quv yurti dasturlariga singdirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki hozirgi kunda yangi darsliklar, modellar ishlab chiqilmoqda, lekin Oliy ta’lim tizimidagi asosiy dasturga kiritilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar mazmunini yangilanmagan holatda qolib ketmoqda. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 272 Oliy ta’lim uchun mo‘ljallangan darsliklarning metodikaga qismiga talabalar intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirtiruvchi topshiriqlarni yechishga o‘rgatuvchi metodik o‘yinlarni hamda xalqaro ta’lim tajribalaridan ham namuna topshiriqlar qo‘shib yanada takomillashtirilsa ta’lim sifati yanada ko‘tarilgan bo‘lar edi. Ona tili fani o‘quvchining erkin fikrlash, boshqalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma tarzda ifodalay olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish vazifasini bajaradi. Ona tili fani dastur mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ona tilining fonetik tizimi; so‘z tarkibi; so‘z ma’nosi; nutq va gap: gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi, gapning gap bo‘laklariga ko‘ra tuzilishi, gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; gap va matn, matnning tuzilishi (mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish), reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya. Oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ona tili o‘qitish metodikasi fani o‘quv dasturida asosiy adabiyot sifatida tavsiya etilgan Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh muallifligidagi “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi”(2009) deb nomlangan darsligi ham metodik, ham nazariy jihatdan tadqiqot doirasi tahlil qilindi. Darslik: 9 ta bobdan iborat: har bir boblarida metodika qismi yaxshi yoritilib berilgan. Ammo darslikka bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasini hamda yangi pedagogik texnologiyalar qo‘shilsa darslik yanada mukammal bo‘lar edi. Shuningdek, darslik mazmuniga ta’lim oluvchilarni mulohazaga, ijodiy fikrlashga, jadvallar shuningdek, diagrammalar bilan ishlashga o‘rgatuvchi metodika elementlari bilan mamunan va metodik jihatdan boyitilsa ayni muddao bo‘lar edi. Mazkur darsliklardagi berilgan metodik o‘yin namunalarining ba’zilarini bugungi kunda maktablarda amalda o‘qitilayotgan boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari materiallariga, Milliy o‘quv dasturi va amaldagi 4K modeli parametrlariga moslagan holda qayta o‘zgartirishlar kiritgan holda nashr etilishi yoki ushbu darslikka qo‘shimcha sifatida metodik qo‘llanmalarni har o‘quv yili uchun yangidan tuzilib, o‘quv jarayoniga kiritilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Biz tanlagan ilmiy ish mavzusi bo‘yicha amaldagi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarini metodik jihatdan tahlil qildik. “Tahlil jarayonida darslik sahifalarida joylashgan topshiriqlarni ko‘rib chiqib, talabalarning intellektual ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish uchun ushbu topshiriqlarni berish maqsadga muvofiq” ekanligini aniqladik. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonuni (yangi tahrir). – 2020-yil 23sentabr. https://lex.uz/docs/5013007 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son. 3. Adizov B “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari” Ped.fan.dok.disser. T.,2003 yil (276 bet) 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 273 4. Сельмурзаева, Марижа Рамзановна Формирование профессионально-этич еской культуры будущего учителя начальных классов :автореферат дис. ... кандидата педагогических наук : 5.8.7. Грозный 2022. http://dlib.rsl.ru/rsl01011000000/rsl01011131000/rsl01011131860/rsl01011131860.pdf 5. Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.21142121 betlar. http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf 6. Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // The field of scientific research International scientificonline conference Part 4 November 30th Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-121 betlar. https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595 7. Abduraxmonova N.N. Ona tili o’qitish metodikasi., Elektron ta’lim platformasi (Oliy o’quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun). DGU 202401508 https://onatili.yoshavlod.uz/ - 20.02.2024 8. Гиль Л. Б. Развитие интеллектуальных умений и способности к саморазвитию студентов технического вуза в процессе математической подготовки, дис. ... кaнд. пeд. нaук: 13.00.08/ Гиль Людмила Болеславна. – Томск, 2010. – 196 c. http://www.dslib.net/i/b/2579/378317.png