STERILIZATSIYA VA DIZENFEKSIYA TURLARI
Abstract
Ushbu maqolada sterilizatsiya va dezinfeksiya jarayonlarining mikrobiologik asoslari, ularning tibbiyotdagi ahamiyati hamda qo‘llaniladigan usullari yoritilgan. Sterilizatsiya — barcha mikroorganizmlar, jumladan sporalarni ham butunlay yo‘qotish jarayoni bo‘lsa, dezinfeksiya — patogen mikroblarni yo‘qotish yoki ularning sonini kamaytirish usulidir. Maqolada fizik (issiqlik, ultrabinafsha nurlari), kimyoviy (spirtlar, xlorli birikmalar) va mexanik usullar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida aseptika va antiseptika tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlanadi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1660 STERILIZATSIYA VA DIZENFEKSIYA TURLARI Ergasheva Sevinch Tibbiyot va bioinjineriya instituti Davolash ishi yo’nalishi E-mail:[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada sterilizatsiya va dezinfeksiya jarayonlarining mikrobiologik asoslari, ularning tibbiyotdagi ahamiyati hamda qo‘llaniladigan usullari yoritilgan. Sterilizatsiya — barcha mikroorganizmlar, jumladan sporalarni ham butunlay yo‘qotish jarayoni bo‘lsa, dezinfeksiya — patogen mikroblarni yo‘qotish yoki ularning sonini kamaytirish usulidir. Maqolada fizik (issiqlik, ultrabinafsha nurlari), kimyoviy (spirtlar, xlorli birikmalar) va mexanik usullar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida aseptika va antiseptika tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: sterilizatsiya, dezinfeksiya, mikroorganizmlar, antiseptika, aseptika, spora, kimyoviy vositalar. Asosiy qism: Dezinfeksiya (dez... va infeksiya), yuqumsizlantirish — yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar)ni yoʻq qilish. Keng maʼnodagi D.ga odam bilan hayvonlar uchun zararli hasharotlarni yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham kiradi. Profilaktik, kundalik, yakunlovchi D. boʻladi. Profilaktik D. yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida uy anjomlari, idish-tovoklarni, jamoat toʻplanadigan joylar (bozor, doʻkon, bolalar muassasasi, hammom, oshxona, transport va boshqalar)ni, tashlandilarni muntazam ravishda yuqumsizlantirishdir. Suvni yuqumsizlantirish, sutni pasterizatsiya qilish ham profilaktik D.ga kiradi. Bemor yotgan uyda uzluksiz kundalik D. oʻtkaziladi. Yakunlovchi (oxirgi) D. bemor kasalxonaga yotqizilganidan, sogʻayib ketganidan yoki vafot etganidan keyin amalga oshiriladi. D.da mexanik, fizik va kimyoviy vositalar qoʻllanadi. Bino va undagi buyumlarni hoʻl latta bilan tozalash, kiyim-kechak va koʻrpa-yostiqni qoqish, chang soʻrgich bilan tozalash, binoni oklash, boʻyash va boshqa mexanik vositalarga kiradi. Kiyim-kechak va binolar shu yoʻl bilan 50— 75% mikroblardan xalos boʻladi. Quritish, quyosh nuri, ultrabinafsha nurlar (simob-kvars lampalari), tashlandilarni yoqib yuborish, idish va boshqa buyumlarni qatronlash, suvga sovun va ishkrr solib qaynatish, qay-noq suv, dezinfeksiya kameralarida va maxsus apparat (avtoklav)da suv bugʻi va issiq havodan foydalanish fizik vositalar hisoblanadi. Kimyoviy vositalarga kislotalar, ishqorlar, xlorli ohak, xloramin, fenol, krezollar (lizol, naftalizol), formalin, sulema va boshqa moddalar kiradi. Bir qator yuqumli kasalliklarda D. uy sharoitida oʻtkaziladi. Yuqumli ichak kasalliklari (ich terlama, dizenteriya)da bemor yotgan uy har kuni hoʻl latta bilan tozalanadi, u foydalangan idish-tovoq 1% li soda erit-masida, ich kiyimlari 2% li sovun-sodali yoki biror yuvuvchi vosita eritmasida 15 min. qaynatiladi. Parazitar yuqumli kasalliklar (tepkili terlama, qaytalovchi terlama)da bemor va unga yaqin yurgan kishilarni D. qilishda yuqumsizlantiruvchi vositalar qoʻllanib, bemorning kiyim-kechagi va koʻrpa-yostigʻi D. kamerasiga yuboriladi. Gripp kasalligida bemorning idishtovogʻi qaynoq suv bilan 2—3-marta yuviladi (yaxshisi, birorta yuvuvchi vosita eritmasida qaynatiladi), roʻmolchasi, sochigʻi yuvuvchi vosita eritmasiga boʻktirilgach, qaynatiladi. Bemor yotgan xonani teztez shamollatib, polixloraminning 0,2% li eritmasiga hoʻllangan latta bilan kuniga 2—3-marta artib turiladi. Kasallik turiga qarab D.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1661 choratadbirlari oʻziga xos tartib asosida oʻtkaziladi. D. ishini epidemiyaga qarshi tadbirlar rejasi asosida dezinfeksiya sanitariyaepidemiologiya st-yalari, kasalxonalar, poliklinikalar, vrachlik uchastkalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. Sterilizatsiya — turli moddalar, xirurgiya asboblari, bogʻlov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni mikroorganizmlardan va viruslardan butunlay tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usullaridan. Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan sterilizatsiya qilish kiradi. Kimyoviy sterilizatsiya sovuq sterilizatsiya deb ham yuritiladi, bunda sunʼiy materiallar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni oʻldirish taʼsiriga ega boʻlgan kimyoviy moddalar yordamida sterilizatsiya qilinadi. Issiq sterilizatsiya:Issiq sterilizatsiya suv bugʻi va quruq issiq yordamida amalga oshiriladi. Suv bugi bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlarda 110 dan 140 °C gacha haroratda 2—4 atm bosim ostida oʻtkaziladi. Bogʻlov materiallari, matolar, jarroxlik asboblari, suyuqliklar, suyuq dorilar, rezina buyumlar suv bugi yordamida sterilizatsiya qilinadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1662 Quruq issiq sterilizatsiya:Quruq issiq sterilizatsiya maxsus quritkich shkaflarda 160—200 °C quruq issiq havo yordamida bajariladi. Bu usul shisha, chinni va metall asboblarni sterilizatsiya qilishda qoʻllanadi. Nur bilan sterilizatsiya qilish ionlovchi nurlar yordamida bajariladi. Amaliyotda r va u nurlaridan foydalaniladi, bunda nurlanish dozasi 25000 greydan kam boʻlmasligi lozim. Kimyoviy sterilizatsiya:Kimyoviy sterilizatsiyada etilen oksid gazi, spirt, formalin buglaridan foydalaniladi. Optik asboblar, fibrin tolali asboblar, sunʼiy materiallar, jarroxlik iplari, maxsus jarroxlik asboblari (skalpellar) kimyoviy usulda sterilizatsiya qilinadi Xulosa:Sterilizatsiya va dezinfeksiya — tibbiyot amaliyotida mikroorganizmlarni yo‘qotish orqali yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega jarayonlardir. Dezinfeksiya patogen mikroblarni kamaytirish yoki yo‘qotish uchun ishlatilsa, sterilizatsiya barcha mikroorganizmlar, jumladan, sporalarni ham to‘liq yo‘qotishni ta’minlaydi. Bu jarayonlarda mexanik, fizik (issiqlik, ultrabinafsha nuri, bug‘), hamda kimyoviy (spirt, xlorli birikmalar, formalin va boshqalar) usullar qo‘llaniladi. Har bir usulning o‘ziga xos afzalliklari mavjud bo‘lib, ularni to‘g‘ri tanlash asbob-uskunalar, tibbiy materiallar va bemor xavfsizligi uchun muhimdir. Aseptika va antiseptika tamoyillariga qat’iy rioya qilish orqali yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfi kamayadi va tibbiy muassasalarda gigiyena darajasi yuqori bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mavlonov A. X., Hamidova D. Sh. “Tibbiyot mikrobiologiyasi” – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021. 2. Jabborova M., Yusupova N. “Umumiy mikrobiologiya” – Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2020. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Tibbiy muassasalarda sterilizatsiya va dezinfeksiya qoidalari” – Toshkent, 2019. 4. To‘rayev S. “Mikrobiologiya asoslari” – Toshkent: Tibbiyot akademiyasi nashriyoti, 2022. 5. Karimova D. “Aseptika va antiseptika tamoyillari” – Toshkent, 2020.