scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KREATIV PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ORQALI O'QUVCHILARNI MUSTAQIL O'RGANISHIDA INNOVATSION METODLARNI QO'LLASH

Kozimova, Mehriniso Akbarali qizi

Abstract

Mazkur maqola kreativ pedagogik yondashuvlar orqali o‘quvchilarni mustaqil o‘rganish jarayoniga innovatsion metodlar yordamida tayyorlash masalasini o‘rganadi. Pedagogik metodlar va yondashuvlar o‘quvchilarni faqat bilim olish bilan cheklanmay, balki ularni ijodiy fikrlash, tanqidiy yondashuv va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada kreativ pedagogikaning asosiy tamoyillari, innovatsion metodlarning o‘quvchi faoliyatiga ta’siri va mustaqil o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarga yangi pedagogik metodlar yordamida qanday qilib o‘z bilimlarini samarali o‘zlashtirish, amaliyotga tatbiq etish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ko‘rsatiladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 78 DOI: https://10.5281/zenodo.17484275 KREATIV PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ORQALI O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL O‘RGANISHIDA INNOVATSION METODLARNI QO‘LLASH Kozimova Mehriniso Akbarali qizi Buxoro xalqaro univesiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqola kreativ pedagogik yondashuvlar orqali o‘quvchilarni mustaqil o‘rganish jarayoniga innovatsion metodlar yordamida tayyorlash masalasini o‘rganadi. Pedagogik metodlar va yondashuvlar o‘quvchilarni faqat bilim olish bilan cheklanmay, balki ularni ijodiy fikrlash, tanqidiy yondashuv va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada kreativ pedagogikaning asosiy tamoyillari, innovatsion metodlarning o‘quvchi faoliyatiga ta’siri va mustaqil o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan metodologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarga yangi pedagogik metodlar yordamida qanday qilib o‘z bilimlarini samarali o‘zlashtirish, amaliyotga tatbiq etish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: Kreativ pedagogika, innovatsion metodlar, mustaqil o‘rganish, kreativ fikrlash, ta’lim, kreativlik, o‘quv jarayoni, tafakkur, texnalogiya, ta’lim samaradorligi, STEAM ta’lim, raqamli va innovatsion texnologiyalar. АННОТАЦИЯ Данная статья изучает проблему подготовки учащихся к процессу самостоятельного обучения с использованием инновационных методов через креативные педагогические подходы. Педагогические методы и подходы направлены не только на получение знаний, но и на развитие у учащихся навыков творческого мышления, критического подхода и самостоятельного обучения. В статье анализируются основные принципы креативной педагогики, влияние инновационных методов на деятельность учащихся, а также методологические подходы, необходимые для поддержки процесса самостоятельного обучения. Кроме того, показано, как с помощью новых педагогических методов учащиеся могут эффективно усваивать знания, применять их на практике и развивать навыки самостоятельной работы. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 79 Ключевые слова: креативная педагогика, инновационные методы, самостоятельное обучение, креативное мышление, образование, креативность, учебный процесс, мышление, технология, эффективность обучения, STEAMобразование, цифровые и инновационные технологии. ABSTRACT This article examines the issue of preparing students for the process of independent learning through innovative methods and creative pedagogical approaches. Pedagogical methods and approaches are aimed not only at acquiring knowledge but also at developing students’ creative thinking, critical approach, and independent learning skills. The article analyzes the main principles of creative pedagogy, the impact of innovative methods on student activity, and the methodological approaches necessary to support the process of independent learning. In addition, it demonstrates how new pedagogical methods can help students effectively acquire knowledge, apply it in practice, and develop independent working skills. Keywords: creative pedagogy, innovative methods, independent learning, creative thinking, education, creativity, learning process, thinking, technology, learning efficiency, STEAM education, digital and innovative technologies. KIRISH Jahonning aksariyat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati, ya’ni sifatli kadrlar tayyorlash dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida tobora kuchaymoqda. Xususiy universitetlarning ko‘payishi, ta’limning iqtisodiy tizimda baholanishi, o‘z mijozlariga ega bo‘lishi OTMlar o‘rtasida raqobat paydo qilmoqda va ular tayyorlayotgan kadrlarning sifatini to‘xtovsiz oshirib borish ustida tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda. Hozir va kelajakda ham har bir OTM o‘z mijozlarini o‘zi topishi tamoyilida ishlaydi. Raqobatbardosh, sifatli kadr tayyorlaydigan OTMlar iqtisodiy va ilmiy jihatdan kuchayib boradi hamda reytingi oshib borada[1]. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimida va butun hayot davomida har bir shaxsning ijodiy hamda mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi[2]. XXI asrda ta’lim tizimining asosiy maqsad - mustaqil fikrlovchi, yangilikka intiluvchan va ijodiy shaxsni tarbiyalashdan iborat. Shu nuqtayi nazardan, kreativ INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 80 pedagogika - o‘quvchi shaxsini faollashtirish, uning o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim olish jarayonida mustaqil harakat qilishini qo‘llab-quvvatlovchi yondashuv sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘qituvchining roli endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchi faoliyatini tashkil qiluvchi, yo‘naltiruvchi va motivatsiya beruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ta’limda kreativlikni rag‘batlantirishning eng samarali yo‘llaridan biri - interfaol metodlardan foydalanishdir. Masalan, muammoli ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarga standart yondashuvlardan voz kechib, mustaqil izlanish va innovatsion fikrlash imkoniyatini beradi. O‘quvchi faqat bilim oluvchi emas, balki jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Shu bilan birga, loyiha asosida ta’lim berish ham kreativlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar guruh bo‘lib ishlash orqali birbirlarining fikrlarini tinglaydi, yangi g‘oyalar ishlab chiqadi va o‘z loyihalarini taqdim etish orqali ijodiy tafakkurlarini rivojlantiradilar. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Kreativ pedagogika zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va o‘zini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yondashuv sifatida e’tirof etiladi. J. Guilford (1950), E. Torrance (1966), Patti Drapeau kabi olimlarning tadqiqotlarida kreativlik insonning tabiiy salohiyati sifatida ko‘riladi va uni rivojlantirish uchun maxsus metodik yondashuvlar zarurligi ta’kidlanadi. Amerikalik psixolog E. Torrens ijodkorlikni o‘quvchining mustaqil g‘oya yaratish va muammoni yangicha hal qilish qobiliyati sifatida izohlaydi. E.Torrens o‘z tadqiqotlarida kreativlikni o‘lchash va rivojlantirish bo‘yicha testlar ishlab chiqib, ta’limda kreativ yondashuvni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, moslashuvchanligi va muammoga bir nechta yechim topa olishi orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatgan[3]. Amerikalik olim J.P. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:  fikrining ravonligi;  fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olishi;  o‘ziga xoslik (originallik);  qiziquvchanlik;  farazlar yaratish qobiliyati;  xayol qila olish, fantastlik (fantaziya). Ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiyatni va davlatni rivojlantirishga ta’siri ushbu masalani ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativligini rivojlantirishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi[4]. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 81 Amerikali olim Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir[5]. I. Saydullayeva, N. Muslimov, Sh. Pozilova kabi mahalliy olimlar ishlarida kreativ yondashuvning o‘quvchi faoliyatidagi motivatsiyani oshirish, mustaqil o‘rganish kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g‘oyalarni yaratishgina uchun emas, balki hayot tarzining, yoki alohida olingan aspektlarni yaxshilash uchun qo‘llash, va shaxsning ichki dunyosi rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kreativlik axborotni yodda saqlash va faktlarni yig‘ishga asoslanganligi tufayli an’anaviy ta’lim sistemasi har doim ham shaxsning, xususan, talabaning kreativlik qobilyatini rivojlantirishga qodir emas[6]. N.Muslimovning tadqiqot ishlarida pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etishi, qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobilyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘lishi haqidagi qarashlarni ko‘rishimiz mumkin[7]. Sh. Pozilovaning olib borgan tadqiqot ishlarida kreativlikni pedagog va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘zaro ta’lim oluvchi yoki ma’lum bir vosita orqali ta’lim oluvchi orasidagi jarayon bo‘lib, u shaxs kreativligini rivojlantirishga xizmat qiladi degan ta’rifni ko‘ramiz[8]. Talabalarning kreativligi, bu ularning qatiy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g‘oyalarni izlab topish layoqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratish imkoni beradi: INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 82 Talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda foydalaniladigan vositalar va metodlar tizimlari Kreativlik tarkibiy komponentlari: 1. intellektual (aqliy); 2. axloqiy (o‘z-o‘zini boshqarish); 3. motivatsion (maqsadiy); 4. emotsianal (his hayajonli). Ushbu komponentlar kreativlikni rivojlantirishda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonida ularni uyg‘un tarzda shakllantirish muhim ahamiyatga ega. O‘quvtarbiya jarayoni nafaqat bilim berish, balki talabaning shaxsiy, axloqiy, estetik va emotsional jihatdan kamol topishiga xizmat qilishi kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion ta’lim metodlari (jumladan, “Baamboozle”, “Khaoot”, “Blended Learning”, “Project-Based Learning”, “Flipped Classroom”) o‘quvchining o‘zlashtirish jarayonida faol subyektga aylanishini TALABALARNING KREATIV QOBILYATLARINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA USULLARI Ta’limning individual ta’lim trayektoryasini qurish Evristik ta’lim usullari va shakllari Ijodkorlik loyihalarini tashkil etish Masofaviy olimpiadalar O‘zini-o‘zi bilish va aks ettirish usullarini qo‘llash Elektron ta’lim resurslari mavjudligi Individual va guruhli mustaqil ishlarni ta’minlash Veb-konferentsiyalar o‘tkazish Iqtidorli talabalarning kreativ fikrlash qobilyatlari takomillashadi INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 83 ta’minlaydi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan kreativ metodlar o‘quvchilarning mustaqil o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi tobora dolzarb mavzuga aylanmoqda. Bir tomondan, kreativlik ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, u o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammolarga noodatiy yechim topish va yangi g‘oyalar yaratish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Boshqa tomondan esa, an’anaviy ta’lim tizimi hali ham ko‘proq tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga urg‘u berib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yetarlicha e’tibor qaratmayapti. Bu esa ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda kreativ tafakkurni rivojlantirish maqsadida turli pedagogik strategiyalar va zamonaviy texnologiyalar ta’lim amaliyotiga tatbiq etilmoqda. Jumladan, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, dizayn tafakkuri va STEAM metodikalari (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika integratsiyasi) o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ochishda ijobiy natijalar bermoqda. STEAM yondashuvi o‘quvchilarga turli fanlarni birlashtirib real muammolarni yechish imkonini beradi, bu esa ularning nafaqat kreativ fikrlash, balki mantiqiy va texnik ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish ularning mustaqil fikrlash darajasini oshiradi va ichki motivatsiyasini kuchaytiradi. o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ochishda ijobiy natijalar bermoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish ularning mustaqil fikrlash darajasini oshiradi va ichki motivatsiyasini kuchaytiradi. Kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchilarning roli ham beqiyosdir. Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga to‘g‘ri tatbiq etish uchun pedagoglar innovatsion metodlarni chuqur o‘zlashtirishlari va interaktiv yondashuvlardan foydalanishga tayyor bo‘lishlari lozim. Shu bois, o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, ularni yangi ta’lim texnologiyalari bilan tanishtirish hamda kreativ pedagogik yondashuvlarni qo‘llashga rag‘batlantirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Muhokamalar natijasida shuni aytish mumkinki, kreativlik faqat tug‘ma iste’dod emas, balki to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayoni orqali rivojlantiriladigan qobiliyatdir. Buning uchun ta’lim muhitida ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlaydigan sharoitlar yaratish zarur. Masalan, Yevropa va AQSh tajribasida keng qo‘llanilayotgan Design Thinking (dizayn tafakkuri) modeli o‘quvchilarni turlicha fikrlash, muammolarga noodatiy yondashish va tajriba o‘tkazish orqali ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 84 Shuningdek, texnologik taraqqiyot ham ta’limda kreativlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Virtual haqiqat (VR), sun’iy intellekt (AI) va raqamli ta’lim platformalari o‘quvchilarga yangi bilimlarni o‘zlari kashf etish va ijodiy loyihalar yaratish imkonini bermoqda. Ammo bu texnologiyalar samarali natija berishi uchun ularni pedagogik maqsadlarga mos tarzda qo‘llash muhimdir. XULOSA Maqolada kreativ pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarni faqat bilim olishga emas, balki ijodiy fikrlash, tanqidiy yondashuv va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirish zarur. Kreativ pedagogika o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil harakat qilish va o‘z bilimini amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. Maqolada interfaol va innovatsion metodlar, jumladan muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, dizayn tafakkuri va STEAM yondashuvlari o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda samarali ekani ko‘rsatilgan. Shuningdek, pedagogning roli faqat bilim beruvchi sifatida emas, balki o‘quvchilarni yo‘naltiruvchi, motivatsiya beruvchi va innovatsion metodlarni tatbiq etuvchi sifatida muhim ekanligi ta’kidlanadi. Natijada, kreativlik faqat tug‘ma qobiliyat emas, balki to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayoni orqali shakllanadigan ko‘nikma ekanligi, va bu jarayonda zamonaviy texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishi muhimligi xulosa qilinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Kozimova M.A., Samiyeva Sh X. Oliy ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarish mexanizimlari // Educational research in universal sciences. – 2023. –№ 2(15). – B.100–105. 2. Samiyeva Sh.X. Oliy ta’limda kreativ yondashuvlar asosida o‘qitish sifatini oshirishning innovatsion yo‘nalishlar. Women in sustainable development: science and Quality education 3rd international conference: –T;,2025. –B. 518–526. 3. Torrance E.P. Creativity and futurism in education: Retooling //Education. V. 100. P. 298-311. 4. Guilford J.P. Creativity // American Psychologist. – № 2(15). – B. 444-454. 5. Drapeau P. Sparking Student Creativity // Practical Ways to Promote Innovative Thinking and Problem Solving. – Alexandria, Virginia, USA: ASCD, 2015. – B. 4-5. 6. Saydullayeva N.I. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari.//Uslubiy qo‘llanma. –Toshkent: Fan va texnalogiyalar nashriyot-matbaa uyi, 2022. – B. 13-18. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 85 7. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari o‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: – 2015. –B. 58-60. 8. Pozilova SH.X., Zokirova F.M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik modulidan ma’ruza texnologiyalari va pedagogik kompetentlik modulidan ma’ruza matnlari. Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent TATU: 2018. – B. 72