SATIRE IN THE WORK OF NODIM NAMANGANI POETICAL PERFECTION
Abstract
This article analyzes the poetic development and artistry of satire in Uzbek literature using the example of Nodim Namangoniy's work. In the poet's work, such poems as “Travelogue”, “Bezgak”, “Ehtiyozh”, “Galati”, “Khit Khoddi” and the Persian-Tajik rubaiyats included in “Travelogue”, such vices as injustice, ignorance, bribery, and injustice in society are revealed. The article substantiates the socio-philosophical essence of the poet's satire, its manifestation as an artistic force that awakens a person through ironic imagery and laughter.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 964 NODIM NAMANGONIY IJODIDA SATIRANING POETIK TAKOMILI Nazarova Xilola Gulomjonovna Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi xilolanazar[email protected] UO‘K; 891.709:297 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida satiraning poetik takomili va badiiyati Nodim Namangoniy ijodi misolida tahlil qilingan. Shoir ijodidagi “Sayohatnoma”, “Bezgak”, “Ehtiyoj”, “G‘alati”, “Xit qildi” kabi she’rlar hamda “Sayohatnoma”si tarkibidagi fors-tojikcha ruboiylarida jamiyatdagi nohaqlik, johillik, poraxo‘rlik, adolatsizlik kabi illatlar ochib berilgan. Maqolada shoir satirasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, kinoyaviy tasvir va kulgi vositasida insonni uyg‘otuvchi badiiy kuch sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: satira, hajviyot, tanqid, ma’rifatparvarlik, ijtimoiy adolat, badiiylik, sayohatnoma. SATIRE IN THE WORK OF NODIM NAMANGANI POETICAL PERFECTION Nazarova Khilola Gulomjonovna Teacher of the Samarkand State Pedagogical Institute [email protected] UOK; 891.709:297 Abstract. This article analyzes the poetic development and artistry of satire in Uzbek literature using the example of Nodim Namangoniy's work. In the poet's work, such poems as “Travelogue”, “Bezgak”, “Ehtiyozh”, “Galati”, “Khit Khoddi” and the Persian-Tajik rubaiyats included in “Travelogue”, such vices as injustice, ignorance, bribery, and injustice in society are revealed. The article substantiates the socio-philosophical essence of the poet's satire, its manifestation as an artistic force that awakens a person through ironic imagery and laughter. Keywords: satire, humor, criticism, enlightenment, social justice, artistry, travelogue. KIRISH (INTRODUCTION). Satira – ijtimoiy hayotdagi illatlarni fosh etuvchi, tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi badiiy hodisa sifatida talqin qilinadi. Satiraning o‘zbek she’riyatida poetik takomili hamda badiiyati o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan adabiy-badiiy hodisa hisoblanmaydi. Sababi, tarixiy ma’lumotlarda o‘z aksini topgan dalillar uning haqiqiy shakl-u shamoyilini ko‘rsatish uchun imkon yaratadi. Buning natijasida satiraning poetik takomiliga uning badiiyatiga munosib baho bera olamiz. O‘zbek ma’rifatparvarlik davri adabiyoti ilg‘or vakillaridan Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar, Nodim Namangoniy kabi hurfikr shoirlar avom xalq boshiga yog‘ilayotgan azob-u uqubatlarni ko‘rib, o‘z ijodlarida satirik kayfiyat ufurib turgan asarlari bilan xalqning og‘ir turmushini aks ettirishga bel bog‘ladilar. Buning natijasida, ularning kuchli tanqidiy qarashlari davr muammolarini o‘tkir satirik ohangda, obrazli tasvirlar bilan yoritishga keng imkoniyatlar yaratdi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Satira-jamiyatga oynadir. Unda aks etgan illatlar o‘z vaqtida tan olinmasa, ularning ildizi chuqurlashadi. Nodim Namangoniy asarlaridagi satirik obraz va obrazliliklar har doim hayotiy, tanish, achchiq va kulgilidir. Ular nafaqat kuldiradi, balki og‘riq bilan fikr yuritishga majbur qiladi. Satira chinakam satira bo‘lmog‘i uchun birinchidan, uning ijodkori qanday g‘oyaga
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 965 tayanayotganligini aniq bilishi lozim; ikkinchidan, uning tig‘i qaratilgan narsa aniq bo‘lishi kerak. Bu xususiyatlar obrazli tasvirning mazkur ko‘rinishiga muayyan o‘ziga xoslik baxsh etadi. Abdulla Qodiriy kulgi tarixi tadrijinini quydagicha izohlagan: “Kulgilikning boshlanish tarixi juda eskidir. Kulgilik insonlar bilan birga tug‘ilgan, uning boshqa xususiyatlari, ya’ni kamolot va ruhiy holatlari ila yondoshdir. Shuningdek, biz o‘zbeklarning kulgiligimiz ham o‘z tarixini eskidan boshlaydi. Har bir narsaning tug‘ilish tarixiga nazar tashlab ko‘riladirkim, ul ibtidoiy davrda, albatta, bir ehtiyoj orqalik dunyoga keladi”.[8.181] Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology). Professor Sh.Axmedova qayd etganidek: “Qadimiy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek hajviyoti har bir davrda o‘z kulgisini yaratib keldi. Zero, kulgi xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyot bilan hamohang bo‘lib, unga xizmat qilib kelmoqda. O‘zbek xalqining tabiatidan kelib chiqqan, ildizi insoniyatning paydo bo‘lishiga borib taqaladigan hodisalardan biri kulgi, hajviyotdir”. [1.7] O‘zbek adabiyoti satirasi ildizlari ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Umuman, satira dastlab folklordan boshlanib, dastlabki adabiy yodgorliklardan o‘tib, Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy, Nodim va Zavqiylar ijodlarida yanada taraqqiy topgan. O‘zbek adabiyotida ilk satirani Navoiy ijodida uchratamiz, buni biz akademik Oybekning Navoiy satirasi haqidagi dastlabki mulohazalarida, A.Sadiyning Oybek tezisini qo‘lab-quvvatlab yozgan fikr-mulohazalaridan ham bilish mumkin. Oybek Navoiy ijodida o‘zbek satirasi birinchi bor shakllanib, adabiy turlar qatoridan grajdanlik huquqini olganligini, shoirning o‘zi esa bizning adabiyotda satiraning ilk ustozi ekanligini o‘zining tadqiqotlarida aytib o‘tganligi ham bejiz emasdir. Satira azaldan insoniyat tafakkurining yuksalishi ва ijtimoiy hayotda adolatga intilish g‘oyasining targ‘ib qiladigan adabiy tur va janrlarda kezib yuradigan unsurdir. “Satira lirikada ham, eposda ham, dramada ham yaratilishi mumkin”. [5.58] Professor G‘ulom Karimov “XIX asrning 2-yarmida adabiyotning satira va yumor ishlatilmagan biror janri ham qolmagan” [10.40] degan fikri ham bejiz emas. Shuning uchun ham satirani o‘ziga xos adabiy tur deb hisoblaymiz. Nodim Namangoniy ijodidagi g‘azal, muxammas hamda masnaviyda yozilgan “Sayohatnoma”si tarkibidagi ruboiylari ham satirik ohangda yozilgan. Satira orqali har qanday hajvnavis yozuvchi, shoir yoki publitsist jamiyatdagi jaholat, qoloqliq, adolatsizlik, poraxo‘rlik, boshboshdoqlik va shunga o‘xshash illatlarni qalb tug‘yonlari ila fosh eta olgan. Bizga adabiyot nazariyasidan ham ma’lumki, satira – bu oddiy kulgi emas, aksincha, kulgi vositasida muhitdagi achchiq va og‘riqli nuqtalarni yoritishdir. Insonlarni voqelikni mushohada qilishga, erkin fikrlashga chorlovchi, eng asosiysi, tanqidiy qarashni shakllantiruvchi qurol vazifasini bajaradi. Tahlil va natijalar (Analysis and results). Shu yuqoridagi fikrimiz isboti sifatida rus tanqidchisiz V.G. Belinskiyning satira haqidagi fikrlari e’tiborimizni tortadi: “Satira kamchiliklarni, kishilarning zaif tomonlarini, qabohatlarni masxaralash emas, balki darg‘azab hisning hamlasi, energiyasi, oliyjanob ideal talabi asosida tug‘ilgan gʻazabning momaqaldirogʻi va chaqmog‘i bo‘lishi kerak”. [9] Yozuvchi satirani shunchalik kuchli vosita deb hisoblaydiki, uni “gʻazabning momaqaldirog‘i hamda chaqmog‘i” deya ta’riflaydi. Ya’ni satira jamiyatdagi muammolarga faqat kuldirib emas, balki chinqirib, silkitib, odamlarni uyg‘otib ta’sir qilishi kerakligini ta’kidlagan. Xuddi shunday jabhalar Nodim Namangoniyning ijodidagi “Maqsadi alarni siymu zardur” (“Muftiki qalamkashi zamona, Tun-u kun ani joyi qozixona),[7.12] “G‘alati” (“Xamr ichib, mast bo‘lub, zohir etib kibru g‘urur, Fisq joyig‘a borib bo‘lg‘usi mehmon g‘alati...”), [7.15] “Xit qildi” (“Xaloyiqni bu yil ahvoli tang o‘ldi maishatdin, Bo‘lib qimmatchilik, bu narx behamvor xit qildi”), [7.25] (“Maskovchi birla devkor – bu ham tamom bo‘ldi, Singanni yo‘q hisobi Xo‘qand-u Andijonda”), [7.22] “Ehtiyoj” (“Muhtojlikdin endi borib kimga dod etay,
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 966 Etti yorug‘ jahonni menga tor ehtiyoj”) [7.27]kabi she’rlarida o‘z isbotini topgan. Yana shoirning Maxmurning “Tanobchilar” hajviy she’riga bog‘lagan muxammasida “Dumog‘iga bu tug‘yon ul eshakni, /Urush qilmoqni solsa qilma shakni, yoki Xaloyiq osh-u nonidan gapurgay, /Shilonini, karomat, deb yugurgay kabi o‘rinlarda. Maxmur va Muqumiy ijodida uchraydigan Nodimning “Bezgak” mavzusidagi she’ri (“Qilurman shukrkim, bir ne’matidur jumla mo‘ming‘a,/ Demas ahli salaf kufforni jurmu xato bezgak”) [7.36] ham satirik xarakterni ochib bergan. Adabiyotshunos Hafiz Abdusamatov bunday mazmundagi she’rlarga quyidagicha munosabat bildirgan: “Yumorning satiradan farqi, u ma’lum sotsial hodisani butunlay barham berishga targ‘ib qilmasdan, balki undagi nuqson va kamchiliklarni yo‘qotishga undaydi”.[2.90] Nodim satiralarida sotsial hodisalar butunlar yo‘q qilib tashlash kerakligi g‘oyasi ilgari surilgan. Bilamizki, ruboiy Sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turidir. Unda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki o‘y-kechinmalari, ibratli xulosa va mushohadalari yoritiladi. Nodim Namangoniy ijodidagi “Sayohatnoma” asarida keltirilgan fors-tojikcha ruboiylarida ham zamon zulmini, ijtimoiy voqelik muammolari, mantiqiy munosabatlar timsollar orqali ochib bergan. Bu ijod mahsuli bilan shoirni zullisonayn ijodkor ekanligini ham bilamiz. “Shoir nima demoqchi bo‘lgani-yu nega shunday demoqchiligini” bilmoqqa qasd qilgan kishi ularga tarixiylik tamoyili asosida yondashsa, savollariga javob topishi ham shubhasiz, [4.128] Nodim ham o‘zining ushbu ruboiylari orqali azaldan jamiyatda davom etib kelayotgan davr ziddiyatlarini ochib berishda xuddi shunday tamoyillarga asoslangan holda ijod qilgan. Raftom ba bari qozi rustoi, shab, /Kardam qadare zi adlu insof talab, Gufto: Chuz in da’vi bikun dar pesham, /Inkor namuda, karda bonche ba g‘azab. [6.105a] Ma’nosi: Kecha men shahar qozisining oldiga borib, undan ozgina aql-u insof bilan ish qilishini talab qildim. Qozi so‘zimni inkor qilib, qattiq, g‘azab bilan, menga do‘g‘lab dedi: “Meni oldimga boshqa bir da’vo bilan kel, insof-u adolatdan gapirma!”. Yoki… Raftam ba dari savmiai shayxi zuhul, /Meguft ba zumrai zuhalo qavli fuzul, Guftam ki Bigo‘ qavm payambar zi kitob, /Gufto, ki “nadonam manu yak azhali chuya” [6.105a] Ma’nosi: Men bir johil shayxni ibodat qiladigan maskani eshigini oldiga bordim. U bir to‘da yig‘ilgan nodonlar jamoasi oldida bo‘lmag‘ur gaplarni aytar edi. Men dedim: “Bu bo‘lmag‘ur gaplarni gapirib nima qilasan”, Qur’on kitobidan Payg‘ambar sollollohu alayhi vasallamni hadislaridan rivoyat qil. U “Men bul shaytonga o‘xshash bir maxluq bo‘lsam, Qur’oni hadisdan hech narsa bilmayman” – dedi. Didam qalamkoshe zi mufti zamon, /Makard ba rishva axzi amvoli kasin, Guftam, ki: “Bitars az g‘azabi Haz”. Gufta: /“Az ro‘zi azal qismati man kard hamon”. [6.105a] Ma’nosi: Men zamon mufti – fatvo beruvchilarning kotibini uchratdim. U pora yo‘li bilan kishilar molini olar edi. Men dedim: “Xudoni qaxr-u g‘azabidan qo‘rq, bunday qilma!”. U (mufti) dedi: “azalda meni qismatimda shunday bitilgan. (xalq molini nohaq yo‘llar bilan olib, yeyishlik)”. Davrning ustuvor kayfiyati tug‘dirgan munosabatning o‘zagi esa, hech shubhasiz, kinoyadir. Kinoya ruhiga yo‘g‘rilgan kulgi – beqiyos yemiruvchi kuch, u ne-ne zulm qo‘rg‘onlarini yiqmagan, [4.128] albatta, shoir ijodidagi satirik xarakterdagi she’rlarida ham xuddi shunday kemiruvchi illatni tasvir va tahlilini o‘z ijodida mahorat bilan keltirgan. Ushbu 3ta ruboiysi orqali butun azaliyatdan beri davom etib kelayotgan tuzm zaylini, insonlar o‘rtasidagi nohaqlik, boshboshdoqlik, sotqinli va hiyonat kabi jirkanch holatlarni ochib bera olgan. Bundan tashqari Nodim o‘zining sayohatlari davomida o‘sha davr insonlar hayot tarzini, ilm darajasini, diniy ta’lim masalasini ochib berishda “Bayoni voqeati safari Buxoro va Samarqand Nodim”, “Safari xazrat Shohimardon dar mashqi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 967 Nodim”, “Bayoni voqeati safari Buxoro va Samarqand Nodim” sayohatnomalari oqali yoritib o‘tgan bergan. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda, satira oddiy kulgi emas, balki jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi, insonni o‘ylashga, fikrlashga undovchi kuchli badiiy vosita bo‘lib, bu – Nodim Namangoniy ijodida yuksak poetik tarzda namoyon bo‘lgan. Xususan, shoir asarlaridagi satirik ohang, kinoyaviy obrazlar va hajviy ruh o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy muhitini ochib berish bilan birga, xalqni adolat, halollik, ma’rifat yo‘liga chorlagan. Shoir satirasi o‘zbek adabiyotida tanqidiy tafakkurning shakllanishiga, badiiy ifoda vositalarining boyishiga katta hissa qo‘shgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Ахмедова Ш. Юмор жилолари. – Тошкент: Фан, 1998. – Б.7. 2. Abdusamatov H. O‘zbek satirasi masalalari. — Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1968. — 90 b. 3. A.Ulug‘ov. “Adabiyotshunoslik nazariyasi”.T., 2002. 4. Дилмурод Қуронов. Назарий қайдлар. «Akademnashr». Тошкент -2018. Б-128 5. Л.И.Тимофеэв. О систематизатсии основных понятий теории литературы, Журнал “Литература в школе”, № 2. 1955. стр 58. 6. Nodim Namangoniy. O‘zFASHI qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi qo‘lyozmalar fondi. Inv. № 4178. 168 sahifa. 7. Нодим Намангоний, Танланган шеьрлар, ЎзССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти . -T.: 1964, 88б 8. Қодирий А. Кичик асарлар. — Т.: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. 1969. 213б.181 9. В.Г.Белинский. Русские писатели о литературном труде. «Советский писатель». – Ленинград, 1954. – Cтр. 649. 10. Ғ.Каримов. Ўзбек адабиёти тарихи. Учинчи китоб, Тошкент, Ўқитувчи” нашриёти, 1966.44-бет.