scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MASOFAVIY MEHNATNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YO'NALISHLARI

Dadajonova Begim Shavkatjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida masofaviy mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Muallif masofaviy ish shaklining mehnat shartnomasidagi o‘ziga xos jihatlari, xodim va ish beruvchining huquq hamda majburiyatlari, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va masofadan turib nazorat qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqqan. Shuningdek, O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri, Prezident farmonlari hamda xalqaro tajribalar asosida masofaviy mehnatning huquqiy mohiyati yoritilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1753 MASOFAVIY MEHNATNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI Dadajonova Begim Shavkatjon qizi Toshkent davlat yuridik universiteti,magistr. e-mail: begimdadajonova1.gmail.com.+998900223878 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida masofaviy mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Muallif masofaviy ish shaklining mehnat shartnomasidagi o‘ziga xos jihatlari, xodim va ish beruvchining huquq hamda majburiyatlari, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va masofadan turib nazorat qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqqan. Shuningdek, O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri, Prezident farmonlari hamda xalqaro tajribalar asosida masofaviy mehnatning huquqiy mohiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: masofaviy mehnat, mehnat shartnomasi, mehnat huquqi, raqamli iqtisodiyot, masofaviy nazorat. Abstract : This article analyzes the modern directions of legal regulation of remote work in the Republic of Uzbekistan. The author examines the specific features of remote work contracts, the rights and obligations of employees and employers, as well as mechanisms for labor protection and remote supervision. The legal nature of remote work is explored based on the new edition of the Labor Code of Uzbekistan, presidential decrees, and international experience. Keywords: remote work, labor contract, labor law, digital economy, remote supervision. Аннотация : В данной статье анализируются современные направления правового регулирования дистанционного труда в Республике Узбекистан. Автор рассматривает особенности трудового договора при дистанционной работе, права и обязанности работников и работодателей, а также механизмы охраны труда и дистанционного контроля. Правовая сущность дистанционного труда раскрывается на основе новой редакции Трудового кодекса Узбекистана, указов Президента и международного опыта. Ключевые слова: дистанционный труд, трудовой договор, трудовое право, цифровая экономика, дистанционный контроль. KIRISH So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi mehnat munosabatlariga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, COVID–19 pandemiyasi davrida ishlab chiqilgan vaqtinchalik mehnat shakllari, jumladan, masofaviy mehnat (remote work) amaliyotini keng joriy etish zaruratini keltirib chiqardi. Masofadan turib ishlash bugungi kunda nafaqat pandemiya sharoitida, balki raqamli iqtisodiyotning ajralmas elementi sifatida shakllanmoqda. Bu esa xodimlar uchun moslashuvchan ish jadvali, ish beruvchilar uchun esa resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1754 Tadqiqotchilar — S. Tolliboyev (2023), D. Ruziyev (2024), E. Eshonboboyev (2022) va M. Po‘latov (2024) o‘z ishlarida O‘zbekistonda masofaviy mehnatning huquqiy asoslarini turli jihatdan tahlil qilganlar. Ularning ilmiy yondashuvlari shuni ko‘rsatadiki, masofaviy ish shakllari mehnat shartnomasining yangi modellarini talab etadi. Xususan, elektron hujjatlar aylanishi, masofaviy nazorat mexanizmlari, mehnatni muhofaza qilish va xodim huquqlarining kafolatlanishi kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Bundan tashqari, 2023-yil 30apreldan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida masofaviy mehnatning huquqiy tartibga solinishi alohida modda (452–463-moddalar) orqali mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, PF–5969-son Prezident farmoni (2020-yil 19-mart) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 3227-son buyrug‘i (2020-yil 28-mart) pandemiya davrida masofaviy mehnatni vaqtinchalik huquqiy asosda yo‘lga qo‘ygan muhim hujjatlar sifatida tarixiy ahamiyatga ega.Xalqaro tajriba ham mazkur jarayonni qo‘llab-quvvatlamoqda. R. G. Kline, L. M. Harris, J. A. Wilson, E. T. Lewis, shuningdek, N. L. Lyutov va N. V. Yazikov singari olimlarning ilmiy ishlari masofaviy mehnatning xalqaro-huquqiy mexanizmlari, mehnat shartnomalaridagi o‘zgarishlar hamda ish va dam olish vaqtining huquqiy chegaralarini keng tahlil etadi. Shunday qilib, masofaviy mehnatning zamonaviy tartibga solish yo‘nalishlarini o‘rganish nafaqat milliy qonunchilikni takomillashtirish, balki xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. Ushbu maqolaning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida masofaviy mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning zamonaviy yo‘nalishlarini tahlil qilish, mavjud qonuniy asoslar, muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlarini yoritishdan iborat. Asosiy qism: So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi mehnat munosabatlarida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, COVID–19 pandemiyasi davrida ishlab chiqilgan vaqtinchalik mehnat shakllari, jumladan masofaviy mehnat (remote work) amaliyotini keng joriy etish zarurati yuzaga keldi. Bugungi kunda masofadan turib ishlash pandemiya davrining mahsuli emas, balki raqamli iqtisodiyotning ajralmas elementi sifatida shakllanmoqda. Bu jarayon xodimlar uchun moslashuvchan ish jadvali, ish beruvchilar uchun esa resurslardan samarali foydalanish imkonini yaratmoqda. Masofaviy mehnat — bu xodimning o‘z mehnat funksiyasini ish beruvchining joylashgan joyidan tashqarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida bajarish shaklidir. Ushbu tushuncha xalqaro huquqiy amaliyotda “remote work” yoki “telework” nomi bilan yuritiladi va zamonaviy mehnat bozorining ajralmas qismiga aylangan. O‘zbekiston Respublikasida bu tushuncha 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan yangi Mehnat kodeksida ilk marotaba rasmiy huquqiy maqomga ega bo‘ldi. Kodeksning 452moddasida masofaviy ish “mehnat shartnomasida belgilangan mehnat funksiyasini ish beruvchining joylashgan joyidan tashqarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari orqali bajarish” deb ta’riflanadi. Shu bilan birga, xodim ish vaqtining kamida 50 foizini masofadan turib bajarsa, u masofaviy ishchi deb e’tirof etiladi. Masofaviy mehnatning huquqiy tabiati shundan iboratki, u an’anaviy mehnat shaklidan farqli ravishda, xodimning mehnat majburiyatlarini masofadan bajarishi, ish joyiga doimiy tashrif buyurmasligi va mehnat jarayonida raqamli kommunikatsiya vositalariga tayanishiga asoslanadi. Shu bilan birga, mehnat munosabatlari masofadan yuritilayotgan bo‘lsa ham, ular to‘liq mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Tolliboyev Samad ta’kidlaganidek, masofadan ishlovchi xodimlar mehnati nafaqat mehnat shartnomasining o‘ziga xos shaklini, balki elektron hujjatlar aylanishi, mehnatni muhofaza qilish va ma’lumot xavfsizligiga oid yangi yondashuvlarni ham talab etadi. Masalan, xodim ish joyida bo‘lmagan taqdirda ham, ish beruvchi unga texnik vositalarni taqdim etishi yoki shaxsiy jihozlardan foydalanish uchun kompensatsiya to‘lashi lozim. Po‘latov Mirzohid masofaviy mehnatni “mehnat shartnomasining yangi formasi” sifatida baholab, unda xodim va ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1755 ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar raqamli aloqa vositalari orqali kechsa-da, mehnat qonunchiligida belgilangan barcha kafolatlar saqlanib qolishini ta’kidlaydi. Dostonbek Ruziyev esa masofaviy mehnatni ish va dam olish rejimiga o‘zgartirish kirituvchi yangi mehnat modeli sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, bunday ish shaklida xodim o‘z ish vaqtini mustaqil belgilashi mumkin, biroq bu holatda mehnat intizomini nazorat qilish mexanizmlari qonun bilan aniqlashtirilishi lozim. Xalqaro tajribada ham masofaviy mehnatning nazariy asoslari ilgari shakllangan. Masalan, N.L. Lyutov masofaviy ishni “an’anaviy ish joyidan tashqarida, ammo mehnat huquqi kafolatlari doirasida bajariladigan faoliyat” deb ta’riflaydi. Bu ta’rif masofaviy mehnatning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-huquqiy mohiyatini ham ochib beradi. Masofaviy mehnatning shakllanishi va kengayishi zamonaviy iqtisodiyotda bir nechta obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan. Eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bu jarayonning asosiy omilidir. Internet tarmoqlarining kengayishi, elektron hujjatlar aylanishi va bulutli tizimlarning paydo bo‘lishi ish jarayonini joydan qat’i nazar amalga oshirish imkonini yaratdi. Shu sababli, xodimlar ofis infratuzilmasidan mustaqil ravishda o‘z ishini masofadan boshqarish imkoniga ega bo‘ldi. COVID–19 pandemiyasi esa masofaviy mehnatni global zarurat sifatida shakllantirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19martdagi PF–5969-son Farmonida “koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini yumshatish” choralari belgilanib, karantin davrida xodimlarni masofaviy ishga o‘tkazishning huquqiy asoslari yaratilgan. Shu asosda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 28-martdagi 3228-sonli buyrug‘i bilan “Masofaviy ish, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlanib, bu sohada ilk huquqiy mexanizm yaratildi.Masofaviy mehnatning rivojlanishida raqamli iqtisodiyot siyosati ham muhim o‘rin tutadi. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bandlikni oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu asosda IT-autsorsing markazlari tashkil etilib, masofadan ishlash imkoniyatlari kengaytirildi. Shu bilan birga, ijtimoiy va psixologik omillar ham masofaviy ishga talabni kuchaytirmoqda. D. Ruziyev ta’kidlaganidek, masofaviy ish xodimlarga ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlash imkonini beradi. Bu holat ayniqsa ayollar, yosh bolali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiya yoshidagi xodimlar uchun dolzarb bo‘lib, Mehnat kodeksida bu toifadagi fuqarolarning masofaviy ishga o‘tkazilishida ustuvorlik belgilangan. Bundan tashqari, masofaviy ish mehnat unumdorligini oshirishi, transport va ofis xarajatlarini kamaytirishi orqali iqtisodiy jihatdan ham foydali hisoblanadi. GRATA International tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, korxonalar masofaviy rejimni joriy etish orqali o‘rtacha 25–30 foizgacha xarajatni tejashga erishgan. Shu bilan birga, raqamli boshqaruv tizimlari orqali ish faoliyatini monitoring qilish va elektron hisobot topshirish kabi mexanizmlar samaradorlikni oshirgan. O‘zbekiston Respublikasida masofaviy mehnatni huquqiy tartibga solish tizimi dastlab pandemiya davrida shakllangan bo‘lsa-da, bugungi kunda u Mehnat kodeksi, Prezident farmonlari, vazirlik buyrug‘lari hamda xalqaro mehnat standartlari bilan mustahkamlangan. Mehnat kodeksining yangi tahriri 2023-yil 30-aprel kuni kuchga kirib, unda ilk marotaba “masofaviy ish” tushunchasi huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Xususan, 452-moddaga binoan, masofaviy ish xodim tomonidan mehnat funksiyasini ish beruvchi joyidan tashqarida, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali bajarish shakli sifatida tariflanadi. Kodeksning 461-moddasida esa masofaviy xodimning ish vaqti, dam olish vaqti hamda mehnat sharoitlari belgilangan bo‘lib, bu xodimga o‘z ish jadvalini mustaqil belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga, masofaviy ish shakli doimiy yoki vaqtinchalik asosda belgilanishi mumkin. Prezidentning PF–5969-son Farmoni (2020-yil 19-mart) va Bandlik vazirligining 3228-son buyrug‘i (2020-yil 28-mart) pandemiya sharoitida masofaviy ishni tashkil etishning dastlabki huquqiy asosini yaratgan bo‘lsa, keyinchalik bu normalar Mehnat kodeksiga kiritilib, doimiy tizimga aylantirildi.Masofaviy ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1756 mehnatning huquqiy asoslari xalqaro mehnat standartlariga ham uyg‘unlashtirilgan. Xalqaro Mehnat Tashkilotining 177-sonli “Uy mehnati to‘g‘risidagi konvensiyasi” va 198-sonli tavsiyalari masofadan ishlovchi xodimlar mehnatini tartibga solishda asosiy huquqiy manba sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Yevropa Ittifoqi tajribalari o‘rganilib, ularning ilg‘or yondashuvlari O‘zbekiston qonunchiligiga moslashtirilgan. N.L. Lyutov ta’kidlaganidek, masofaviy mehnatning asosiy tamoyili — bu xodimning erkinligi va mehnat xavfsizligini uyg‘unlashtirishdir. Mazkur yondashuv O‘zbekiston mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan. qilib Masofaviy mehnat zamonaviy mehnat bozorida yangi mehnat shakli sifatida nafaqat iqtisodiy, balki huquqiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy baza bosqichma-bosqich shakllanib, bugungi kunda Mehnat kodeksi, Prezident farmonlari hamda xalqaro standartlarga asoslangan mukammal tizimni vujudga keltirdi. Bu tizim masofadan ishlovchi xodimlar huquqlarini himoya qilish, mehnat munosabatlarini raqamli shaklda yuritish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida xizmat qilmoqda. Xulosa Masofaviy mehnat zamonaviy mehnat bozorining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, u raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari va internet tarmoqlarining rivojlanishi natijasida shakllangan yangi mehnat shaklidir. O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalish mehnat qonunchiligida 2023-yilda kuchga kirgan yangi Mehnat kodeksi orqali huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Xususan, masofaviy mehnatni amalga oshirish tartibi, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, mas’uliyat hamda kafolatlar aniq belgilab berildi Pandemiya davri masofaviy mehnatni amaliyotda keng qo‘llash zaruratini yuzaga keltirib, bu jarayon natijasida mehnat munosabatlarini raqamlashtirish bo‘yicha huquqiy asoslar yaratildi. Prezident farmonlari va Bandlik hamda mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlari ushbu sohada dastlabki normativ-huquqiy poydevorni shakllantirdi. Bugungi kunda bu tizim xalqaro mehnat standartlariga uyg‘unlashtirilib, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.Masofaviy mehnatning rivojlanishi iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. U ish samaradorligini oshiradi, transport va ofis xarajatlarini kamaytiradi, shuningdek, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiya yoshidagi fuqarolar uchun bandlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, mehnat intizomini ta’minlash, ma’lumot xavfsizligini saqlash va mehnatni muhofaza qilish kabi masalalarda ham huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarur. Umuman olganda, masofaviy mehnat O‘zbekistonda mehnat bozorini modernizatsiya qilish, raqamli iqtisodiyot talablariga moslashish va inson kapitalini samarali boshqarish yo‘lida muhim huquqiy institut sifatida shakllanmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: I. Huquqiy hujjatlar 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (yangi tahrir). — 2023-yil 30-aprel. 1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5969-son Farmoni “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari to‘g‘risida.” — 2020-yil 19-mart. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1757 1.3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 3227-son buyrug‘i “Karantinga oid choralar davrida xodimlarni masofaviy ish usuliga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida.” — 2020-yil 28-mart. 1.4. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, Adolat, 2022. 1.5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nashri. Masofadan ishlash bo‘yicha normativhuquqiy hujjatlar to‘plami. — Toshkent, 2020. 1.6. “Legal Regulation of Remote Working in the Republic of Uzbekistan.” Yuridik sharh, 2021yil 24-noyabr. 1.7. “Remote Work.” O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida tahliliy sharh. — 2023yil 30-aprel. 1.8. PF–358-son Qaror. “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida.” — 2024-yil 14-oktabr. II. Ilmiy va tahliliy manbalar 2.1. Tolliboyev Samad. Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari. — “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali, 8son, 2023. 2.2. Ruziyev Dostonbek. Working Time and Rest Time of Remote Employees. — European Journal of Economics, Finance and Business Development, Vol. 2, Issue 12, 2024. 2.3. Eshonboboyev E.U. Masofaviy tarzda mehnat qilish yoxud “online” ishlash. — Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi maqolasi, 2022-yil 29-noyabr. 2.4. Po‘latov Mirzohid Qo‘zimurodovich. Muntazam va vaqtinchalik masofaviy ish sharoitlarida mehnat shartnomasining huquqiy tahlili: amaliy muammolar va takliflar. — ResearchBib, Vol. 2, Issue 4, 2024. 2.5. Abduraxmanov K.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. 2.6. Sharipov U. Elektron hujjatlar va masofadan ishlash: huquqiy tartibga solish. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. 2.7. Ismoilov Sh.A. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari: Avtoref… y.f.d. — Toshkent: TDYU, 2020. 2.8. Raximov M.A. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil): Avtoref… y.f.f.d. — Toshkent: TDYU, 2018. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1758 2.9. Lyutov N.L. Дистанционный труд: опыт Европейского Союза и проблемы правового регулирования в России. — Lex Russica, 2018, №10. 2.10. Yazikov N.V. Особенности режима и учета рабочего времени дистанционных работников. — Belarus State Economic University, 2020. 2.11. Zakalyuzhnaya N.V. Трудовое время дистанционных работников. — Moskva, 2019. 2.12. Skachkova G.S. Расширение сферы действия трудового права и дифференциации его норм. — Moskva, 2003. 2.13. Rogaleva I.Yu. Дифференциация норм трудового права. — Moskva, 2010.