scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DONLI EKINLARNI URUG'INI UNIB CHIQISHI UCHUN O'G'ITLARNI SAMARADORLIGI

Qurbonnazarova Sarvinoz Fayzulla qizi Sultanov Jengis Nurgʻali ogʻli Po'latova Husnora Byrgutali qizi; Turabova Gulhayo Lutfulla qizi

Abstract

O‘g‘it hosil sifatini ko‘tarish imkonini beradigan samarali va tez ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Kuzgi bug‘doy urug‘ini unib chiqishi va uni to‘liq maysalashi ob-havo sharoitiga, tuproq namligi va haroratga, shuningdek qo‘llanilayotgan agrotexnik (o‘g‘it va suvga) tadbirlarga qo‘proq bog‘liqdir. Urug‘ning to‘liq va yaxshi unib chiqishi va maysalashi uchun tuproqda oziqa moddalar normada bo‘lishi kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarda ko‘rilishicha, kuzgi bug‘doyni “chillaki” navi ekilgan har ikkala tuproqlar sharoitida ham 8 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar + N-140 P-100 K-45 o‘g‘it normasi qo‘llanilganda samarali unib chiqishi va maysalashi aniqlandi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1768 UDK: 633.11+631. DONLI EKINLARNI URUG‘INI UNIB CHIQISHI UCHUN O‘G‘ITLARNI SAMARADORLIGI Turabova Gulhayo Lutfulla qizi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti labaranti Qurbonnazarova Sarvinoz Fayzulla qizi Toshkent davlat agrar universiteti magistranti [email protected] Sultanov Jengis Nurgʻali ogʻli Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Po‘latova Husnora Byrgutali qizi Toshkent davlat agrar universiteti talabasi [email protected] Annotatsiya: O‘g‘it hosil sifatini ko‘tarish imkonini beradigan samarali va tez ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Kuzgi bug‘doy urug‘ini unib chiqishi va uni to‘liq maysalashi ob-havo sharoitiga, tuproq namligi va haroratga, shuningdek qo‘llanilayotgan agrotexnik (o‘g‘it va suvga) tadbirlarga qo‘proq bog‘liqdir. Urug‘ning to‘liq va yaxshi unib chiqishi va maysalashi uchun tuproqda oziqa moddalar normada bo‘lishi kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarda ko‘rilishicha, kuzgi bug‘doyni “chillaki” navi ekilgan har ikkala tuproqlar sharoitida ham 8 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar + N-140 P-100 K-45 o‘g‘it normasi qo‘llanilganda samarali unib chiqishi va maysalashi aniqlandi. Kalit so‘zlar: sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda, kuzgi bug‘doyning “Chillaki” navi, o‘simliklarni mineral va oziqa elementlarni o‘zlashtirishi, o‘g‘it normasi, unib chiqishi va maysalashi. ЭФФЕКТИВНОСТЬ УДОБРЕНИЙ ДЛЯ ВЗРОЖДЕНИЯ СЕМЯН ЗЕРНОВЫХ КУЛЬТУР Аннотация. Удобрение является эффективным и быстродействующим фактором, позволяющим повысить качество урожая. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1769 Всхожесть семян озимой пшеницы и ее полная прополка в большей степени зависят от погодных условий, влажности и температуры почвы, а также применяемых агротехнических мероприятий (удобрение и полив). Питательные вещества в почве должны быть в норме, чтобы семя хорошо проросло и выросло. По результатам исследований установлено, что сорт озимой пшеницы «чиллаки» эффективно прорастал при внесении 8 т/га отбросов и пожнивных остатков + норма удобрения Н-140 Р-100 К-45 в обоих почвенных условиях. Ключевые слова: на орошаемых пастбищных почвах, озимая пшеница сорта «Чиллаки», усвоение растениями минеральных и питательных веществ, норма удобрения, всхожесть и выпас. EFFICIENCY OF FERTILIZERS FOR SEED PROGNATION OF GRAIN CROPS Abstract: Fertilizer is an effective and fast-acting factor that allows to increase the quality of the crop. Germination of winter wheat seed and its complete weeding depend more on weather conditions, soil moisture and temperature, as well as applied agrotechnical measures (fertilizer and water). Nutrients in the soil must be in the norm for the seed to germinate and grow well. According to the researches, it was found that winter wheat "chillaki" variety germinated effectively when 8 tons/ha of waste and residues + N-140 P-100 K-45 fertilizer rate was applied in both soil conditions. Key words: in irrigated grassland soils, winter wheat "Chillaki" variety, mineral and nutrient uptake by plants, fertilizer rate, germination and grazing. Kirish kuzgi bug‘doy urug‘ligidan unib chiqib, maysalashi uchun eng asosiy jarayonlardan biri, bu mineral oziqadir. Chunki tuproq eritmasi ta’sirida urug‘ unib chiqishida uzing energiyasini sarflash paytida mukammal unib chiqishi uchun keyinigi oziqa elementlarga muhtojligi seziladi. Aynan kelajakda olinadigan hosil miqdori bug‘doylarni o‘suv davrida oziq elementlari va namlik bilan qay darajada ta’minlanishiga bog‘liq. Urug‘ murtagi endospermaga qaraganda suvni tez shimadi, va unib chiqayotganda qobig‘i yoriladi, va birlamchi ildiz hamda boshlang‘ich poyalar chiqadi. Kraxmal qandga aylanadi, oqsillar aminokislotalargacha, yog‘lar glitserin va yog‘ kislotalargacha parchalanadi. Don ekinlari turli haroratda unib chiqadi. Bug‘doy unib chiqishi 1,5-2 0S bo‘lishi kerak. 1m2da 380-390 dona nihol bo‘lishi qoniqarli hisoblanadi. Unib chiqish birinchi bargning hosil bo‘lishi bilan tugaydi [2. -248-255 b.]. Urug‘ni unib chiqishi, uning sifatiga bog‘liq. Tayyorlangan urug‘lar davlat andozasi talabiga binoan 90 foizgacha unib chiqadigan bo‘lishi kerak [5. -147-151 b.]. Ammo bu jarayon iqlimtuproq sharoitiga, urug‘, tuproqning mexanik, suv-fizik, kimyoviy, agrokimyoviy xossalariga, hasharotlar, mavjudlik darajasiga, berilgan o‘g‘itlar miqdori va nisbatiga hamda qanday nav urug‘i ekilganligiga va ekish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Ekish paytida qo‘llaniladigan o‘g‘it, maysalarining tetik o‘sishi, ildiz qismining yaxshi jadal etishiga, tup o‘zagini hosil bo‘lishigacha ta’sir ko‘rsatadi. Bug‘doy azot o‘g‘it bilan oziqlantirilsa, maysa va ildiz qismining o‘sishini ta’minlasa, fosforli o‘g‘it modda almashinish jarayonini ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1770 yaxshilaydi, ildiz tizimi rivojlanishiga ijobiy ta’sir etib, boshqa oziq elementlari o‘zlashtirishini kuchaytiradi, tanspiratsiya jarayonida suv sarflanishini kamayishi hisobiga o‘simlikni qurg‘oqchilikka chidamligini oshiradi. Kaliy bilan oziqlantirish, poyani yotib qolmasligida muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotlar Toshkent Davlat agrar universiteti DUK kichik inovatsion maslaxat markazida olib borilgan bo‘lib, bu yerda keng tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarga to‘liq ta’rif berish maqsadida tadqiqotlar uchun olingan tuproq namunalari labaratoriya sharoitida tahlil qilingan. Dala tajribasida tuproq kesmasi va undan tuproq namunalari olish «Metodika polevыx opыtov» (B.A.Dospexov, 1985) [3, 248-255 b] asosida o‘tkazildi. tadqiqotlari Navoiyi viloyatining Qiziltepa tumanida ayniqsa keng tarqalgan sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir o‘tloq tuproqlarda sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyning “Chillaki” navi bilan 56variant 4 qaytariqda qo‘yilgan [4, 244 b.]. Bitta tuproqda 6 variantli har-xil fonda bitta kuzgi bug‘doy navi bilan 4 qaytariqda dala tajribasi qo‘yilgan. Tajriba qo‘yish sxemasi asosida o‘g‘itlar qo‘llanilgan (1-jadval). 1-jadval Tajriba qo‘yish sxemasi Kuzgi bug‘doy navi I-qaytariq II-qaytariq III-qaytariq IV-qaytariq Variant lar 1 3 5 5 2 4 1 1 3 5 2 2 4 1 3 3 5 2 4 4 6 4 3 3 Dala tajriba maydon, uning 6 varianti va qaytariqlaridan tuproq va suv namunalari olindi. Bundan tashqari tuproq namligi va tuproq mikroorganizmlarini o‘rganish maqsadida, tanlangan 1 ta fermer xo‘jaligi yeridan 6 ta variantdan 0-15, 0-30 va 30-50 sm qatlamlardan tuproq va suv namunalari olindi, tuproqlar xaltachalarga solinib, salqin joyda quritilib, laboratoriya sharoitida tahlil qilindi. Tuproqlarning agrokimyoviy, suv-fizik xossalari, mexanik tarkibi to‘liq tahlilidan o‘tkazilib, xulosalar qilindi. Oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida kuzgi bug‘doyning “Chillaki” navi ekildi. Ekish davrida qo‘llaniladigan azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar qo‘llanildi. Keyin kuzi bug‘doyning to‘liq unibchiqishi kuzatildi. Kuzgi bug‘doy o‘sishi va rivojlanishi har xil fazalarida fenologik kuzatuvlar olib borildi, oziqlantirildi va sug‘orish ishlari olib borildi hamda tuproq va o‘simlik namunalari olinib, kimyoviy tahlillar qilindi. Tajribada quyidagi variantlarda: ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1771 1. N-220 P-140 K-50 kg/ga mineral o‘g‘it me’yorlari; 2. Fermerlarning mineral o‘g‘it me’yorlari: 2 t/ga go‘nglar + N-220 P-140 K-50 kg/ga; 3. 7 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar (o‘simlik qoldiqlari-1 t/ga, loyqalar-2 t/ga, go‘nglar-4 t/ga) + N-120 P-112 K-35 kg/ga mineral o‘g‘it me’yorlari; 4. 10 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar (o‘simlik qoldiqlari-1 t/ga, loyqalar-5 t/ga, go‘nglar-4 t/ga) + N-120 P-112 K-35 kg/ga kg/ga mineral o‘g‘it me’yorlari; 5. 15 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar (o‘simlik qoldiqlari-1 t/ga, loyqalar-10 t/ga, go‘nglar-4 t/ga) fonida dala tajriba qo‘yiladi. 6. 20 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar (o‘simlik qoldiqlari-1 t/ga, loyqalar-10 t/ga, go‘nglar-4 t/ga) fonida dala tajriba qo‘yiladi. Dala tadqiqotlari sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida o‘tkazildi. Urug‘lik “Dalat reestri” kitobida keltirilganligi bo‘yicha kuzgi bug‘doyning “Chillaki” navi tanlangan. Tajribada 2021 yili 6 oktabrda 1m2ga 510 dona hisobida taqsimlangan, 1 dona vazni 0,041 gr, shunga mos ravishda Chillaki” navi uchun 217,3 kg/ga urug‘ sarflandi. Urug‘lik (MTZ-80, SZ-3,6+KZU-0,3) agregatlarida qator orasi 60 x 60 sm. li qilib ekildi. Maydon sharoitidan kelib chiqib, ekish davridagi o‘g‘it me’yorlari va shunga muvofiq dastlabki suv berildi. Kuzgi bug‘doy navlarining unib-chiqish davrida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Bug‘doy urug‘i unib-chiqqandan so‘ng maysalar rivojlana boshlaydi. Mana shu davrdan boshlab o‘simlikni organlari shakllanib boradi va shu bilan bir qatorda oziqa elementlarga talabi kuchayadi. Tuproqda oziqa elementlar yetarli bo‘lsa, o‘simlik yaxshi rivojlanadi. Markazlashgan holatda urug‘ni unib chiqishi eng avvalo uni sifatiga bog‘liq tayyorlangan urug‘lar davlat andozasi talabiga binoan 90 % unib chiqadigan bo‘lishi kerak. Kuzgi bug‘doy urug‘i unib chiqqandan so‘ng maysalar rivojlana boshlaydi. Mana shu davrdan boshlab o‘simlikning organlari shakllanib boradi va shu bilan bir qatorda oziqa elementlarga talabi kuchayadi. Tuproqda oziqa elementlar yetarli bo‘lsa, o‘simlik yaxshi rivojlanadi [3,4]. Uchinchi variant, 7 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar +N-120 P-112 K-35 kg/ga me’yorlarida “Chillaki” navining urug‘i unib chiqishi va maysalashi:sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda urug‘ning unib chiqish muddati 10,8 kunni, o‘simliklar, m2480,3 donani, bitta o‘simlikda ildizning uzunligi 5,3 sm.ni, maysaning bo‘yi 5,3 sm.ni, unib chiqqan o‘simliklar miqdori, 90,6 % ni, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda uchinchi variantida unib chiqish muddati 10,7 kunni, o‘simliklar, m2493,5 donani, bitta o‘simlikda ildizning uzunligi 5,5 sm.ni, maysaning bo‘yi 5,4 sm.ni, unib chiqqan o‘simliklar miqdori, 93,1 % ni ifodalagan. To‘rtinchi variant, 10 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar +N-120 P-112 K-35 kg/ga me’yorlarida “Chillaki” navining urug‘i unib chiqishi va maysalashi: sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda urug‘ning unib chiqish muddati 11,3 kunni, o‘simliklar, m2497,0 donani, bitta o‘simlikda ildizning uzunligi 5,4 sm.ni, maysaning bo‘yi 4,4 sm.ni, unib chiqqan o‘simliklar miqdori, 92,7 % ni, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda to‘rtinchi variant unib chiqish muddati 10,2 kunni, ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1772 o‘simliklar, m2501,5 donani, bitta o‘simlikda ildizning uzunligi 5,5 sm.ni, maysaning bo‘yi 5,5 sm.ni, unib chiqqan o‘simliklar miqdori, 94,6 % ni tashkil etgan. Beshinchi variant, 15 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar qo‘llanilgan me’yorlarida “Chillaki” navining urug‘i unib chiqishi va maysalashi: sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda urug‘ning unib chiqish muddati 12,1 kunni, o‘simliklar, m2485,2 donani, bitta o‘simlikda ildizning uzunligi 5,3 sm.ni, maysaning bo‘yi 5,2 sm.ni, unib chiqqan o‘simliklar miqdori, 94,6 % ni, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda unib chiqish muddati 11,8 kunni, o‘simliklar, m2495,8 donani, bitta o‘simlikda ildizning uzunligi 5,4 sm.ni, maysaning bo‘yi 4,4 sm.ni, unib chiqqan o‘simliklar miqdori, 94,6 % ni tashkil kilgan. Demak, tadqiqot natijalari shuni kursatdiki, hari bir tuproq-iqlim sharoiti uchun bitta nav bir hil o‘g‘it me’yorlarida turli muddatlarda unib-chiqadi va maysalarning rivojlanishi ham farq qilar ekan. Bunga sabab tuproq xossa-xususiyatlari, iqlim, oziqa miqdori va boshqalarining ta’siri bo‘ladi. Kuzgi bug‘doyning Chillaki navi urug‘ining eng yaxshi unib chiqishi sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarida ham 4 variantlar, 10 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar +N-120 P-112 K-35 kg/ga o‘g‘it me’yorlarida aniqlandi. Lekin unibchiqish muddatlari sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarga nisbatan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda 1-2 kunga ertaroq, unib-chiqish miqdori ham 2-4 % ga ko‘pligi aniqlandi. Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda ham sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarida ham 4 variantlar, 10 tonna/ga chiqindi va qoldiqlar +N-120 P-112 K-35 kg/ga o‘g‘it me’yorlari qo‘llanilganda tuproqlarda mikroorganizmlar faollashgan. Ayniqsa, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarga nisbatan sug‘oriladigan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar sharoitida mikroorganizmlar ko‘paygan ular kompost hosil bo‘lishiga sharoit yaratgan. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari shuni kursatdiki har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun bitta nav bir hil o‘g‘it me’yorlarida turli muddatlarda unib-chiqadi va maysalarning rivojlanishi ham farq qilar ekan. Bunga sabab tuproq xossa-xususiyatlari, iqlim, oziqa miqdori va boshqalarining ta’siri bo‘ladi. АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ: 1. Лавранов Г.А. Пшеница в Узбекистане. Т.: Узбекистан. 1969. -6 б. 2. J.S.Sattorov, B.Q.Atoev. Kuzgi bug‘doy navlari, tuproq va o‘g‘it (Monografiya)//O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.104-106 b. 3. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.: 1985. Агоропромиздат. -С. 248-255. 4. Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии. Издание 5-е. – Тошкент. 1977. 12-18 б. 5.B.Atoev, S.Maxammadiev. Kuzgi bug‘doy maysalarining rivojlanishini oziqlantirish me’yorlariga bog‘liqligi//Tuproq resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy asoslari. – Toshkent: TAITDI, 2012. 147-151 b. 6. Kuzgi boshoqli don ekinlarining parvarishi” Jurnal O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi Toshkent 2012 y № 3. 4-5 b.