Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 172 MAKTABGACHA TA’LIMDA TARBIYACHILAR VA OTAONALAR O‘RTASIDAGI HAMKORLIK – FARZAND KELAJAGI UCHUN MUHIM ZAMIN YARATADI. Achilova Soxiba Xamidovna1, Isajonova Dilrabo Bohodirjonovna2 1Qo’qon Davlat universiteti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi, 2talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17485582 Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorlik masalalari, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, pedagogik yondashuvlarning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Oilada tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, MTT va otaonaning farzand rivojlanishidagi ijtimoiy-pedagogik funksiyalari, shuningdek bola tarbiyasida ikki muhitning hamkorlik masalalari, shaxsiy namunaviy xatti-harakatlarning tarbiyaviy samaradorlikka ta’siri ochib beriladi. ota-onalarning farzand shaxsini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlari, ularning individual qiziqishlari va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil fikrlashni shakllantirish , ota-onaning ta’limdagi roli va mas’uliyati, Madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, ularni jalb etuvchi innovatsion metodlar qo‘llash, hamkorlik samarali tashkil etilganda tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy, psixologik va intellektual jihatdan maktabga tayyorlash masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti,oila, ota-onalar , farzand tarbiyasi, pedagogik yondashuv, oilaviy tarbiya, hamkorlik,muammoli vaziyat, ijtimoiy-pedagogik muhit, individual rivojlanish, mustaqil fikrlash, ijtimoiy moslashuv. Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Yangi avlodni har tomonlama barkamol inson sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim davri muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda bolani tarbiyalashda nafaqat pedagoglar, balki ota-onalar ham faol ishtirok etishi lozim. Shu bois, maktabgacha ta’lim tashkiloti va otaona o‘rtasidagi hamkorlik – samarali ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas bo‘lagidir. Maktabgacha ta’lim tizimining ahamiyati shundaki maktabgacha yoshdagi bolalar organizmi jadal rivojlanadigan, psixologik va aqliy o‘sishning asosiy tamoyillari shakllanadigan davrdir. Maktabgacha ta’lim quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuvini ta’minlash; nutq, tafakkur, xotira va tasavvurini rivojlantirish; mustaqil fikrlashga o‘rgatish; mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish lozim. Mazkur jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun tarbiyachining pedagogik mahorati va otaonaning tarbiyaga bo‘lgan munosabati muhim omil sanaladi. Farzand tarbiyasida ota-onaning ta’lim-tarbiyadagi roli kattadir. Ota-onalar – bolaning birinchi murabbiylari. Farzandga beriladigan tarbiya avvalo oilada boshlanadi. Quyidagi jihatlar ota-onaning ta’limdagi roli va mas’uliyatini belgilab beradi: Ota-ona farzandining rivojiga doimiy e’tibor qaratishi, uy sharoitida ta’limiy muhit yaratishi,maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan aloqada bo‘lishi muhim sanaladi.Shu nuqtai nazardan pedagogik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Agar ota-onalar tarbiyachilar bilan yaqindan hamkorlikda ishlasa, bola uchun yagona, uzviy ta’lim-tarbiya muhitini
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 173 shakllantirish mumkin bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-ona hamkorligi masalalari quyidagilardan iborat. Ota-ona va tarbiyachi o‘rtasidagi samarali hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Yig‘ilishlar va suhbatlar, Pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish.Ochiq mashg‘ulotlar o’tkazish ,Ota-onalarning ta’lim jarayonida ishtirok etishini ta’minlash.Seminar va treninglar o’tkazish, ota-onalarni pedagogik bilimlar bilan tanishtirish, bolaning rivojlanishini birgalikda baholash maqsadga muvofiq bo’ladi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, bayram, ko‘rgazma, sport musobaqalari orqali ota-onani jalb etish.Bu shakllar orqali ota-onalar farzandlarining rivojlanishidagi ishtirokini chuqurroq his qiladi va muassasa faoliyatiga bevosita aralashadi. Hamkorlikda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, ota-onalar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish muhim .Ba’zi ota-onalarning befarqligi yoki bandligi oqibatida yuzaga keladigan tafovutlar yuzaga keladi.Bunga sabab ayrim ota-onalarning ijtimoiy-ma’naviy saviyaning pastligi, pedagogik bilimlarning yetishmasligi. Bu muammolarni hal qilish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin: Ota-onalar bilan individual ishlash; Ularni jalb etuvchi innovatsion metodlar qo‘llash; Rag‘batlantirish tizimini joriy etish; Ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi. Natijada ota-ona va tarbiyachi hamkorligi bola tarbiyasi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Tashkil etilgan samarali hamkorlik quyidagi natijalarni beradi: Bola har tomonlama rivojlanadi, ota-onaning ta’limga nisbatan mas’uliyati ortadi, tarbiyachi va ota-ona o‘rtasida ishonchli aloqa shakllanadi, yagona tarbiyaviy muhit yuzaga keladi,bolaning maktabga tayyorgarligi yuqori bo‘ladi. Maktabgacha ta’limda tarbiyachilar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlik – farzand kelajagi uchun muhim zamin yaratadi. Bu hamkorlik samarali tashkil etilganda, bola ijtimoiy, psixologik va intellektual jihatdan maktabga tayyor holda yetishib chiqadi. Shu sababli, otaonalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zaro bir maqsad sari harakat qilishi zarur. Ota-ona va tarbiyachi o‘rtasidagi samarali hamkorlik bola shaxsining to‘laqonli shakllanishiga xizmat qiladi. Bu esa – sog‘lom jamiyat poydevoridir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr). 2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni (2019yil 16-dekabr). 3. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standartining 1-ilovasi. Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari. 2020-yil 22-dekabr. 4. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat oʻquv dasturi. – T.: YUNISЕF, 2022 5. Nazirova G.M., Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi, darslik, “BOOKMANY PRINT”, Toshkent-2024 6. Achilova S. Physiological qualities of preschool children // International Conference On Higher Education Teaching Published. Volume 1, No. 8. Date of publication:5.08. 2023.– P. 25-27.