BOLANING MAKTABGA PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY TAYYORGARLIGIDA HAMKORLIKNING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada Oilada tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara berilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 174 BOLANING MAKTABGA PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY TAYYORGARLIGIDA HAMKORLIKNING O‘RNI Aminova Munira Abdulxayevna Qoʻqon shahar 57-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17485690 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oilada tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara berilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi, ota-ona, mehr-muruvvat, rahm-shafqat, hamdardlik, muomala madaniyati, burch va sadoqat. Аннотация. В статье представлена информация об эффективности комплексного семейного воспитания, включающего духовно-нравственное, интеллектуальное, эстетическое, физическое и трудовое воспитание. Ключевые слова: Духовное, нравственное, интеллектуальное, эстетическое, физическое и трудовое воспитание, родители, доброта, сострадание, сочувствие, культура поведения, долг и верность. Annotation. This article provides information on the effectiveness of comprehensive education in the family, including spiritual, moral, intellectual, aesthetic, physical and labor education. Key words: Spiritual, moral, intellectual, aesthetic, physical and labor education, parents, kindness, compassion, empathy, culture of behavior, duty and loyalty. O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, shuningdek qisqa muddatli guruhlar yoki markazlarda oladi. Bolalar tarbiyasidagi muntazamlik va izchillikning asosiy sharti oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o'rtasida muntazam aloqa o‘rnatishdir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oilada tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo'lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an’analarimizni o'rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki, boshqa hech qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruwat, rahm-shafqat, hamdardlik, muomala madaniyati, burch va sadoqat, minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo‘shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asami oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino kurish va tahlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hokazolar bolaning estetik tarbiyasini
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 175 shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badantarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish, vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ulaming qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalaming mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o'rgatishga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjomsarishtalikni tarbiyalash, shuningdek, maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari pedagogik omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning muhim vazifasidir. Bolalarni tarbiyalashda davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks yondashishga tarbiyaviy muassasalaming, oila va jamiyatchilikning to'liq o'zaro ta’siri va harakatlaming birligiga bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani maktabgacha ta'lim tashkilotida yoki uyda maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan ta'limiy faoliyat jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o'rtoqlari bilan gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o'rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda qancha ta'limiy faoliyat o‘tkazish maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya dasturida belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi ta'limiy faoliyatlar jarayonida yangi pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanadi, bolaning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning samaradorligi oshadi. Tarbiyachi har bir bolaning imkoniyatlarini aniqlab olishi kerak, bolalar o‘zi yashayotgan jamoaga munosabatiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi: 1-guruh: Ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ular tez do‘stlashadilar. Ularni jamoa a’zolari hurmat qiladi. Bu toifadagi bolalar jamoaning faollari bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi. 2-guruh: Faol tashabbusga qo‘shiladi, ammo beqaror bo‘ladi. 3-guruh: Tortinchoq bo‘lib o‘yinda qatnashmaydilar, ta'limiy faoliyatlarda sust bo‘ladilar. Bunday bolalarga alohida e’tibor zarur. Tarbiyachi har bir guruh bolalari bilan individual yondashib, ulami bir-biri bilan o‘zaro munosabatga kirishib, do‘stlashishga yordam beradi. maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy pedagogik vazifasi - bolalami yuksak ma’naviyaxloqiy ruhda tarbiyalash va ularni maktabda o'qishga har tomonlama tayyorlashda ota-onalarga muntazam ravishda yordam ko‘rsatishdan iborat. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining eng birinchi vazifasi - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari va
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 176 oilasining boshqa a’zolari ongida bola tarbiyasida oila birinchi darajali ahamiyatga egaligi va har bir oila bolalarining faollashuvida oilaviy va ijtimoiy tarbiyaning birligiga erishilgandagina kutilgan natijaga olib kelishiga chuqur ishonch uyg'otishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalarda pedagogik bilimlar asosini yaratadi. Ularda tarbiya haqidagi fanga qiziqish uyg'otadi. O‘z bilimlarini doimo kengaytirish istagini va unga intilish hissini uyg‘otadi. Keyinchalik esa maktab pedagogik umumta’limiga kirishib ketish hissini uyg'otadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani har tomonlama, jumladan, ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalari birgalikda olib borilib, bola maktabga chiqariladi. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida olgan bilimlarini maktabda davom ettirishga shundagina qiynalmaydi. Aql keng ma’noda sezish, idrok etishdan boshlanadigan tafakkur va xayolni o‘z ichiga oladigan jarayondir. Bolalami maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning o‘rni katta. Bilimlar zahirasini kengaytirish, aqliy faollikni va mustakillikni rivojlantirish. maktabda yaxshi o‘qish keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartidir. Bola 6-7 yoshdan maktabga o‘tishi, ulari maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish yetarli bo'Iishini ta’minlash tarbiyachidan katta mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib boradi, boyib boradi. Nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng ta'limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Tevarak-atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga, ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil boiadi. Sezgi bolalarda ayrim xossalami bilib olishga yordam beradi (issiq-sovuq, g‘adir-budir). Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bolalaming bilimlami egallab olishlari, ulaming aqliy faolligini rivojlantirish ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalami aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 2. Bilimga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlami rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir. 3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. 4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari predmetlami tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishga yordam beradi. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmay, ulami olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga foydalanishga o'rgatish. Oilada tarbiyani har tomonlama, jumladan mafkuraviy, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Masalan: Mafkuraviy tarbiyani bolaga o'tmishimizda vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi, va farovonligi yo'lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 177 belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, vatan haqidagi she’r va qo'shiqlarni yod oldirish orqali singdirish mumkin. Shuningdek farzandlarimizda Vatan himoyasiga har doim tayyorlik tuyg'usini shakllantirishdan iborat. Ota-onalarni maktabgacha yoshdagi bolalami maktabga tayyorlash masalasi qiziqtiradi. Bu tushunarli, chunki o‘quv mehnati zo‘r berishni, harakatni, qat’iylikni, natijaga erisha bilishni talab qiladi. Maktabgacha yoshdagi bola mehnatning bu yangi turiga faqat ta'limiy faoliyatlar jarayonidagina emas, balki istalgan mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida tayyorlanadi. maktabgacha ta’lim tashkilotilarning oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va yakkamayakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan otaonalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz. Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalami bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi. Ota-onalar bilan iamoa tarzida tashkil ailinadigan ishlar. Bular otaonalaming guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savoljavob kechalari. Ko‘rsatmali ishlar: - ishning bu turi ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalaming ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish. - bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish. - ota-onalar pedagogik ta’lim berish va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Xulosa qilib, bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar ekanmiz, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalami oilada tarbiyaning ota-onalar bilan hamkorlikda, bundan keyin yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining, pedagogik olimlaming, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchi va metodistlaming o‘mi juda ham kattadir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi: > bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish; > ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish; > ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); > bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi na’munalarini o‘rganish va ommalashtirish FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “О‘zbekistоn”, 2017.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 178 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son 3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. – 464 bet 4. AZ Baxodirovna, XDY Qizi, RKE Qizi, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati”- Science and innovation, 2024 Special Issue 31 34-37 b 5. AZ Bahodirovna, SCQ Qizi, ADD Qizi BОLALARNING MAKTABGA PSIXОLОGIK TAYYORGARLIGI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 194-196 2024 6. Muminova, G. "HONORARY WOMEN IN UZBEK ART." Science and Innovation 1.6 (2022): 244-247.b 7. NG Malikovna, V Gulshoda JISMONIY HARAKATLAR TEATRI VOSITASIDA MOTORIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUVLAR Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. GM Nazirova, E Nazorat, S Sug’Diyona BO ‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Science and innovation 3 (Special Issue 31), 107-110b 9. GM Nazirova, G Xilola TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 111-117b 10. З.Б. Азизова. IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDITMODULE SYSTEM. Актуальные научные исследования в современном мире, 209212.2021 11. AZ Bahodirovna.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING IJTIMOIY VA SHAXSIY TA'LIMITafakkur manzili, 2023 52-58 b 12. AZ Baxodirovna, ADE Qizi, JXI Qizi TA’LIMIGA TAYYORLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARScience and innovation, 2024 187-193 b 13. Азизова Зироат. «КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЕ» Журнал молодого исследователя 1 (5) 404-410, 2022 14. Азизова Зироат Баходировна «ЗНАЧЕНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕТЕЙ ПРИ ПОДГОТОВКЕ К ШКОЛЕ». Репозиторий открытого доступа 9.11 (2022): 236-240. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ В МИРОВОЙ НАУКЕ 2022 Бостон, США 53 15. З. Азизова, З. Абдуразакова «Правовые и педагогические основы подготовки детей к осуществлению социальной защиты» Журнал молодых ученых 1(5) 395-403.2022