SADOQAT" KONSEPTINI IFODALOVCHI LEKSIK VOSITALARNING MATNLARDAGI LISONIY TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada “Sadoqat” konseptining matnlardagi lisoniy tahlili o‘rganilgan. O‘zbek tilida “sadoqat” konsepti matnlarda ifodalananishi va o‘zbek xalqiga xos har bir qadriyat o‘z tarixiy taraqqiyoti, yo‘nalishi va ifoda usuliga ega ekanligi yoritilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1892 SADOQAT” KONSEPTINI IFODALOVCHI LEKSIK VOSITALARNING MATNLARDAGI LISONIY TAHLILI Qurbonov Elmurod Botiraliyevich Renessans ta’lim universiteti mustaqil tadqiqotchisi: [email protected] Telefon raqam: +998997200785 Annotatsiya. Ushbu maqolada “Sadoqat” konseptining matnlardagi lisoniy tahlili o‘rganilgan. O‘zbek tilida “sadoqat” konsepti matnlarda ifodalananishi va o‘zbek xalqiga xos har bir qadriyat o‘z tarixiy taraqqiyoti, yo‘nalishi va ifoda usuliga ega ekanligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: konsept, kognitiv tilshunoslik, leksik vosita, sadoqat, qadriyat Annotation. This article examines the linguistic analysis of the concept of “Loyalty” (“Sadoqat”) in texts. It highlights how the concept of “sadoqat” is expressed in the Uzbek language and explains that each value characteristic of the Uzbek people has its own historical development, orientation, and mode of expression. Keywords: concept, cognitive linguistics, lexical means, loyalty, value. Jahon tilshunosligida borliqning kognitiv manzarasini til birliklari orqali ifodalash, inson konseptosferasining lisoniy vositalarini shaxs omili, bahosi va qadriyat nuqtayi nazaridan tadqiq etish til va tafakkur aloqadorligining muhim masalalaridan biri sifatida amaliy qiymat kasb etmoqda. Inson tafakkuri, kishilik jamiyati mahsuli bo‘lgan baho va qadriyatning shakllanish omillari, lug‘aviy birliklar semantikasida aks etish darajasi aksiolingvistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarning asosiy predmetiga aylandi. Tabiiy voqelik, hodisalar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqidagi axborot, muloqot ishtirokchilari, til egalarining munosabati lug‘aviy birliklar semantikasida aks etadi. Konseptdajamlangan qadriyat va aksqadriyat, subyektiv baho – munosabat, xalq turmush tajribasi, aksiologik mazmunni ifodalashdagi psixolingvistik, lingvokulturologik, kognitiv xususiyatlar lug‘aviy birliklar semantikasida, ma’no taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi. Dunyo tilshunosligida til-inson-jamiyat, til-inson-tafakkur, til-insonmadaniyat, tilinson-qadriyat munosabatlari turli aspektlarda o‘rganilmoqda. Falsafa negizida yuzaga kelgan aksiologiya masalalarining lingvistika mezonlari asosida talqin qilinishi aksiolingvistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarga zamin yaratdi. Kognitiv konseptning ifoda vositalari bo‘lgan lug‘aviy birliklarning semantik taraqqiyoti, lingvokulturologik xususiyatlari, madaniy semalarini qadriyatlar negizida tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Konsept turlari, shakllanish omillari, voqelikni konseptuallashtirish, kategoriyalashtirish, tizimlashtirish, konseptlarning mental, kognitiv, lisoniy-madaniy, psixolingvistik xususiyatlari yuzasidan izlanishlar amalga oshirilmoqda. Konseptlarni qadriyatlar, milliy-madaniy taraqqiyot mahsuli sifatida tadqiq etishga bag‘ishlangan tadqiqotlar doirasi kengaymoqda. Mustaqillik umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tadqiq qilishga, o‘zbek tilshunosligidagi yangi qarashlar, yo‘nalishlarning rivojlanishiga imkon yaratdi. Lug‘aviy birliklar muloqot jarayonining asosiy vositalari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda insonning borliqqa, voqea-hodisalarga, ijtimoiy jarayonlarga munosabati, bahosini aks ettiradi. Qadriyatlar kognitiv xususiyatga ega bo‘lib, madaniy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi, o‘z navbatida har bir tarixiy-ijtimoiy davrning o‘ziga xos in’ikosi hamdir. O‘zbek tilshunosligida lug‘aviy birliklar semantikasining valentlik xususiyatlari,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1893 semalar tarkibi o‘rganilgan. Lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy va chog‘ishtirma aspektda tadqiq etilgan. Ammo lug‘aviy birliklar, so‘z birikmasi, barqaror birikmalar semantikasi baho, qadriyatni ifodalash nuqtayi nazaridan tadqiq etilmagan. Qadriyat tushunchasini inson omili va lug‘aviy birliklar, so‘z birikmalari, barqaror birikmalarning to‘plash vazifasi aloqadorligida yoritish: leksema semantikasidagi baholash kategoriyalarini aniqlash; qadriyat, aksiologik bahoni subyektiv munosabat shakli sifatida tahlil qilish til birliklarining ifoda imkoniyatlarini aks ettirishda muhim ahamiyatga ega. “Butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash ketayotgan bugungi kunda biz Markaziy Osiyoning kelajagi bo‘lmish yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz lozim”1. Shu nuqtayi nazardan, lug‘aviy birliklar, so‘z birikmalari, barqaror birikmalar semantikasining aksiolingvistik tahlili dolzarb ahamiyat kasb etadi. Antroposentrik yo‘nalishdagi tadqiqotlarda “konsept” tushunchasikeng ma’noda qo‘llangan. “Konsept – aqliy bilimga, ijtimoiy-siyosiy, lisoniy madaniy munosabatlarga, olamni mental tafakkur orqali anglashga asoslangan xotira, bilim majmuyi, til va nutqda namoyon bo‘luvchi olam manzarasidir”2. Konseptosfera idrok qilingan, kuzatilgan va anglangan tushunchalar mohiyatini ifoda etadi3. Z.D.Popova, I.A.Sterninlar konseptni lisoniy ong, tafakkur faoliyati mahsuli sifatida talqin qilganlar. Konseptning inson ongidagi tartibli tizimi konseptosferani yuzaga keltirishini ta’kidlaganlar4. Natijada kognitiv tilshunoslik mahsuli bo‘lgan konsept qadriyat nuqtayi nazaridan tadqiq etila boshladi. Konseptning maydon tarkibi Z.Popova, I.Sterninlar qarashlariga asoslangan holda uch asosiy tarkibiy qismdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan: nominativ, informatsion va interpretatsion maydon. Interpretatsion maydonning baholash, ensiklopedik, utilitar, regulyativ, sotsial-madaniy va paremiologik sohalarga bo‘linishi ko‘rsatib o‘tilgan. Konsept strukturasi dinamik xarakterga ega ekanligi qayd etilib, konsept hajmi yangi konseptual tavsiflar hisobiga kengayib borishi ta’kidlangan5. O‘zbek tilshunosligida D.Xudoyberganova konseptning uch turi – kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va psixolingvistikadagi konsept tushunchasining tavsifini keltirgan6. Lisoniy hodisalarni konseptual 1Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –Toshkent, 2021. –B.369. 2Муратходжаева Ф. Инглиз ва ўзбек тилларида сўз ва сўз бирикмалар маъноларининг когнитив-семантик таҳлили ва уларнинг таржима муаммолари. Филол. фан. б. фалс. док. (PhD)...дисс. –Тошкент, 2022. – B.14. 3Дербишева З.К. Язык и этнос. – М.: Флинта, Наука, 2017. – С.28. 4Попова З.Д., Стернин И.А. Семантико-когнитивный анализ языка. –Воронеж: Научное издание, 2007. – С.13. 5Абдулкадырова А.Б. Ценностный концепт loyalty/ преданность в английской и русской лингвокультурах (на материале современных медиатекстов)/ Филологические науки. Вопросы теории и практики. Philology. Theory & Practice. 2022. Tom 15. Выпуск 9. –С.2972-2978 / 2022. 6Худойберганова Д. Лингвокультурологик бирликларнинг қисқача изоҳли луғати. –Тошкент: Turon zamin ziyo, 2015. –Б.25.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1894 yondashuv asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda konseptning yana bir turi – aksiologik konsept haqida fikr yuritilgan7. F.Muratdxodjayeva tadqiqotlardagi “konsept” tushunchasi ta’rifi, tavsifini umumlashtirib, konseptning to‘rt turini keltiradi: 1. Kognitiv konsept. 2. Psixolingvistik konsept. 3. Lingvokulturologik konsept. 4. Aksiologik konsept. Aksiologik konseptni etik-estetik kategoriyalarning mahsuli sifatida derektiv xususiyatga ega bo‘lgan madaniy qadriyatlarni ifoda etuvchi konsept sifatida tavsiflagan. O‘zbek xalqiga xos har bir qadriyat o‘z tarixiy taraqqiyoti, yo‘nalishi va ifoda usuliga ega. Sadoqat arabcha do‘stlik, birdamlik; samimiylik ma’nolaridagi so‘z bo‘lib, сhin qalbdan berilganlik; sodiqlik, vafodorlikni aks ettiradi (O‘TIL, IV, 419)8. O‘zbek tilida “sadoqat” konsepti matnlarda ikki usulda ifodalanadi: 1. Bevosita – sadoqat va bu so‘zga asosdosh bo‘lgan sadoqatli, sodiq, sodiqlik, idqidil, shuningdek, vafo, vafodor, vafoli, vafosiz, bevafo birliklari orqali (eksplitsit usulda). 2. Bilvosita – so‘z birikmalari, barqaror birikmalar, presuppozitsiya orqali (implitsit usulda) ifodalanadi. “Sadoqat” konseptining sadoqat, unga asosdosh bo‘lgan sadoqatli, sodiq, sodiqlik, sidqidil hamda vafo, vafodor, vafoli, vafosiz, bevafo so‘zlari orqali ifodalanishi me’yoriyhuquqiy matnlarda, tarixiy-badiiy asarlarda, xalq og‘zaki ijodi namunalarida uchraydi. Sadoqat leksemasi bilan asosdosh bo‘lgan so‘zlar o‘zbek tiliga, dastavval, diniy mazmundagi manbalar, hadislar tarkibidagi antroponimlar orqali kirib kelgan (Abu Bakr Siddiq). Sadoqat, vafo leksemalari badiiy asar nomlari sifatida ham uchraydi (“Sadoqatnoma”, “Vafodor”). Hozirda Sadoqat, Sodiq, Siddiq antroponimlari mavjud. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar matnida “sadoqat” konseptini ifodalovchi 14 ta leksik vosita ishtirok etgan. Mazkur leksemalar orqali “sadoqat” konsepti 38 ta kognitiv sema, 35 xil birikma orqali namoyon bo‘lgan. Bu tipdagi matnlarda “vatanga sadoqat”, “xalqqa sadoqat” kognitiv semalarining qo‘llanish chastotasi yuqori ekanligi aniqlandi. “Sadoqat” konseptini ifodalovchi vafo, vafoli, vafodor, aksqadriyatni ifodalovchi vafosiz, bevafo leksemalari kuzatilmadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar soha mazmunidan kelib chiqib, “sadoqat” tushunchasining turli qirralarini o‘zida aks ettirgan. “Vatanga sadoqat” konseptning eng faol ko‘rinishi bo‘lib, ko‘pgina me’yoriy-huquqiy hujjatlar matnida kuzatiladi. Hujjatlar matnida “xalqqa sadoqat”, “Prezidentga sadoqat”, “qasamyodga sadoqat”, “burchga sadoqat”, “kasbga sadoqat”, “umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat”, “milliy qadriyatlarga 7Воркачев С. Концепт счастья: понятийный и образный компоненты // Известия РАН. 2001. № 6. –С. 47–58; Привалова И. В. Языковое сознание: этнокультурная маркированность. Автореф. дисс…канд. филол. наук. – М., 2006. –С.9-17; Форофонтова Ю.Л. Аксиологический концепт сквозь таксономическую призму (на примере концепта судьба)//Вестник ТГУ, 2008. –С.141-145; Карасик В.И. Языковые ключи. –М., Гнозис, 2009; Попова З. Д., Стернин И. А. Когнитивная лингвистика. –М., 2010. –314 с. 8Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли.–Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006–2008.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1895 sadoqat”, “istiqlol g‘oyasiga sadoqat” konseptlari keng ko‘lamda, turli semalar uyg‘unligida namoyon bo‘lgan. “Sadoqat” konsepti tarixiy-badiiy manbalarda, asosan, “Ollohga, “Yaratganga”, “e’tiqodga”, “xalqqa va yurtga sadoqat” mazmunini aks ettirgan. Tarixiy-badiiy matnlarda “sadoqat” qadriyati sadoqat, sodiq, sidq so‘zlari orqali ifodalangan. Sodiq leksemasi orqali o‘zbek xalqi madaniyati, qadriyatiga oid aksiosfera aks ettirilgan. Islom ahliga sodiq: Muqtadoyi zumrayi tahqiq ul. Sobiq islom ahlig‘a sodiq ul. “Haqiqatparastlar guruhining boshlig‘i udir va sobiq islom ahliga sodiq uldir”9. Tarixiy-badiiy matnlarda “sadoqat” konseptini ifodalovchi 16 ta leksik vosita ishtirok etgan. Mazkur leksemalar “sadoqat” konseptining 38 ta kognitiv semasini 38 xil birikma orqali namoyon qilgan. Tarixiy-badiiy matnlarda “sadoqat” konseptining ishqqa sadoqat, ishq da’vosiga sodiqlik, o‘z da’vosiga sodiqlik, ko‘ngil sodiqligi, so‘zga sadoqat, islom ahliga sodiqlik, ijodda sodiqlik, guvohlikka sodiqlik, talabda sodiqlik, istakka sodiqlik kognitiv semalari ifodalangan. Bu konseptlar konseptual mazmunni ifodalashning o‘zbek tiliga xos kognitiv semalari bo‘lib, boshqa madaniyatlarda kuzatilmaydi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, “sadoqat” konsepti o‘zbek tili va madaniyatida chuqur falsafiy-axloqiy mazmunga ega bo’lib, ijtimoiy qadriyat, madaniy norma va kommunikativ hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi. Sadoqat konsepti orqali o‘zbek adabiyoti insoniylik, vafodorlik, ishonch va fidoyilik g‘oyalarini estetik shaklda ifodalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –Toshkent, 2021. –B.369. 2. Муратходжаева Ф. Инглиз ва ўзбек тилларида сўз ва сўз бирикмалар маъноларининг когнитив-семантик таҳлили ва уларнинг таржима муаммолари. Филол. фан. б. фалс. док. (PhD)...дисс. –Тошкент, 2022.B.14. 3. Дербишева З.К. Язык и этнос. –М.: Флинта, Наука, 2017.–С.28. 4. Попова З.Д., Стернин И.А. Семантико-когнитивный анализ языка. –Воронеж: Научное издание, 2007. – С.13. 5. Абдулкадырова А.Б. Ценностный концепт loyalty/ преданность в английской и русской лингвокультурах (на материале современных медиатекстов)/ Филологические науки. Вопросы теории и практики. Philology. Theory & Practice. 2022. Tom 15. Выпуск 9. – С.2972-2978 /2022. 6. Худойберганова Д. Лингвокультурологик бирликларнинг қисқача изоҳли луғати. –Тошкент: Turon zamin ziyo, 2015. –Б.25. 7. Воркачев С. Концепт счастья: понятийный и образный компоненты // Известия РАН. 2001. № 6. –С. 47–58; 8. Привалова И. В. Языковое сознание: этнокультурная маркированность. Автореф. дисс…канд. филол. наук. – М., 2006. –С.9-17; 9Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. www.ziyouz.com kutubxonasi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1896 9. Форофонтова Ю.Л. Аксиологический концепт сквозь таксономическую призму (на примере концепта судьба)//Вестник ТГУ, 2008. –С.141-145; Карасик В.И. Языковые ключи. –М., Гнозис, 2009; Попова З. Д., Стернин И. А. Когнитивная лингвистика. –М., 2010. –314 с. 10. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли.–Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006–2008.