scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIMDA VIRTUAL SAYOHATLARNING FOYDASI

Bazarova Nafisa Asrarjonovna

Abstract

Ushbu ilmiy tezisda maktabgacha ta’lim jarayonida virtual sayohat texnologiyasidan foydalanishning nazariy asoslari hamda kelajakda qo‘llash istiqbollari yoritilgan. Virtual sayohatlar bolalarning bilish, tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi muhim vosita sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish uchun zarur ilmiy-amaliy asos yaratishini ko‘rsatadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 179 MAKTABGACHA TA’LIMDA VIRTUAL SAYOHATLARNING FOYDASI Bazarova Nafisa Asrarjonovna 354-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.17485932 Annotatsiya. Ushbu ilmiy tezisda maktabgacha ta’lim jarayonida virtual sayohat texnologiyasidan foydalanishning nazariy asoslari hamda kelajakda qo‘llash istiqbollari yoritilgan. Virtual sayohatlar bolalarning bilish, tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi muhim vosita sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish uchun zarur ilmiy-amaliy asos yaratishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: virtual sayohat, maktabgacha ta’lim, bilish jarayoni, innovatsion texnologiya, raqamli ta’lim, tafakkur rivoji. Kirish Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichida virtual sayohatlar bolalarning bilish faoliyati shakllanishi asosida rivojlanishi, ularni yangi muhit va jarayonlar bilan tanishtirishda samarali vosita sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda mamalakatimizda olib borilayotgan islohatlar shuni ko`rsatadiki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim berishda eng samarali usullarni tanlash asosida bolalarga sifatli ta’lim berish ustivor vazifa qilib qo‘yilmoqda. Buning uchun biz tarbiyalanuvchi bolalarga o‘z vaqtida ta’lim muhitini tog‘ri tanlab tarbiyalanuvchi bolalarni har tomonlama rivojlantirib borish vazifasi dolzarbligicha qolmoqda. Bu muammolarni yechish uchun Axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishimiz mumkin. Shunday ekan Virtual sayohatlardan foydalanish bu muammolarni hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Virtual sayohatlar vositasi orqali bolalar o‘zlari bevosita borib ko‘ra olmaydigan joylar, ishlab chiqarish jarayonlari, tabiat hodisalari yoki kasb egalari faoliyatini interfaol muhitda kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning kuzatuvchanlik, mantiqiy fikrlash, sabab-oqibatni aniqlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Kelajakda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga virtual sayohatlarni tizimli tatbiq etish quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi: • bolalarda bilish jarayonlari va tafakkur faoliyatining takomillashuvi; • raqamli savodxonlikning oshishi; • o‘quv jarayonida mustaqillik va ijodkorlikning kuchayishi; • tarbiyachilarda innovatsion yondashuv ko‘nikmalarining rivojlanishi. Virtual sayohatlar yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bolalarda bilim olishga qiziqish, motivatsiya va ijobiy emotsional holatni shakllantiradi. Shu bilan birga, bunday innovatsion yondashuv bolalarda atrof-muhitga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, ularning bilish faoliyatini faollashtiradi, tafakkur va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Natijada, bolalar o‘z fikrini mustaqil ifoda etish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu esa ta’lim jarayonining samaradorligini oshirib, ularni faol, izlanuvchan va ijodkor REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 180 shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Shu o‘rinda, buyuk pedagog Yan Amos Komenskiy ta’kidlaganidek: “Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalarning tasviri bolalar ongiga chuqurroq singadi” 1 . Ushbu fikr virtual sayohatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini yanada yaqqol tasdiqlaydi. Xulosa Maktabgacha ta’limda virtual sayohatlar — bu bolalarning bilish, emotsional va ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. Uni ta’lim jarayoniga bosqichmabosqich joriy etish orqali bolalarda tafakkur, kuzatuvchanlik, tahliliy fikrlash va raqamli kompetensiyalarni shakllantirish mumkin. Kelgusida bu yo‘nalishda metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tajriba-sinov mashg‘ulotlarini kengaytirish dolzarb hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son 2. Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.09.2024 yildagi PF-152-son 3. Ochildiyeva, N. (2021). “Interfaol metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish yo‘llari”. Ta’lim taraqqiyoti jurnali, №3, 45–50-betlar. 4. Mustafayeva N. A. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni. – Toshkent: TDPU, 2022. 1 Komenskiy Ya. A. Buyuk didaktika. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 184-bet.