ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 9 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17486138 DINIY TASHKILOTLAR FAOLIYATINING QONUNIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Rashidov Firuz Tuyg‘unovich O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dots.v.b.
[email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar chuqur tahlil qilingan hamda ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqot davomida qiyosiy-huquqiy, normativ-huquqiy va xalqaro-huquqiy tahlil usullari qo‘llanilgan bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligi “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari, shuningdek BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti tamoyillari bilan solishtirilgan. Maqolada ekstremizmni moliyalashtirish uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish, diniy mazmundagi materiallarni tarqatish bilan bog‘liq normalarni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish, hamda blanket dispozitsiya usulini milliy qonunchilikka tatbiq etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari diniy tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: diniy tashkilotlar, vijdon erkinligi, dunyoviylik, huquqiy tartibga solish, ekstremizm, xalqaro huquq, BMT pakti, blanket dispozitsiya, diniy materiallar, milliy qonunchilik.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 10 Introduction. Davlat va din munosabatlarini konstruktiv rivojlantirish muammosi zamonaviy dunyoviy davlatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda din o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda jamiyatning muhim ijtimoiy instituti sifatida namoyon bo‘lib, diniy qadriyatlar dunyoviy davlat doirasida jamiyat faoliyatining turli sohalariga integratsiyalashgan. Zamonaviy dunyoviy davlatlarning siyosiy, ijtimoiy va madaniy institutlari ruhiyma’naviy kuch bilan faol hamkorlikda bo‘lib, ko‘p jihatdan diniy etika tamoyillari va ma’naviy qadriyatlarga tayanadi. Zamonaviy demokratik jamiyatda ijtimoiy munosabatlarda manfaatlar muvozanatini ta’minlovchi kafolat sifatida davlat va yetakchi konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamkorlikka asoslangan faol muloqot namoyon bo‘ladi. Shu sababli, dunyoviy davlatda davlat va din munosabatlarini takomillashtirish va rivojlantirish masalasi doimo dolzarbligini saqlab kelmoqda. Bu esa ushbu sohadagi xorijiy va milliy tajribani ilmiy tadqiq etishni taqozo etadi. Methods. Uzoq yillar davom etgan sovet ateistik merosidan so‘ng davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi tamoyillarini shakllantirish jarayonini boshidan kechirayotgan O‘zbekiston uchun dunyoviy davlatlarda davlat va din munosabatlarini konstruktiv rivojlantirish tajribasi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ushbu tadqiqot doirasida Yevropa mamlakatlaridagi, jumladan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Fransiyadagi davlat va din munosabatlari modellari o‘rganish uchun tanlab olindi. Xorijiy tajriba davlat va din hamkorligining zamonaviy shakl va uslublarining xilma-xilligini, uni takomillashtirishning yangi yo‘llari va texnologiyalarini turli mamlakatlar misolida ko‘rish imkonini beradi. Shu bilan birga, xorijiy tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mumkin emas: har bir mamlakatda ushbu murakkab ijtimoiy munosabatlar sohasida shakllangan o‘ziga xos an’analar va xususiyatlar mavjud bo‘lib, ularni ehtiyotkorlik bilan asrash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 11 Mamlakatimiz har doim ko‘p konfessiyali jamiyat bo‘lib kelgan, shu bilan birga O‘zbekistondagi eng nufuzli diniy konfessiya an’anaviy ravishda O‘zbekiston musulmonlari boshqarmasi bo‘lib kelgan va islom uzoq tarixiy davr davlat dini maqomiga ega bo‘lgan. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, unda din dunyoviy hokimiyatdan ajralib turadi va barcha diniy konfessiyalar Konstitutsiyaga muvofiq teng huquqlarga ega. Ammo aksariyat o‘zbeklar uchun islom milliy davlat o‘ziga xosligining so‘zsiz elementi bo‘lib, u dunyoviy davlat konseptsiyasiga to‘liq mos keladi va dunyoviy davlatning boshqa barcha tamoyillariga rioya qilgan holda etakchi konfessiyalar va hatto davlat dinlari mavjud bo‘lgan ko‘plab dunyoviy Yevropa davlatlariga xosdir. Shuni ta’kidlash kerakki, postsovet davrida o‘zbek jamiyatida davlat va diniy tashkilotlarning turli sohalardagi, ayniqsa madaniyat, ta’lim va ijtimoiy siyosat sohasidagi pozitsiyalari ma’lum darajada yaqinlashdi. Agar sovet davrida ko‘plab tadqiqotchilar zamonaviy jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyoti va siyosiy modernizatsiyasi muqarrar ravishda uning sekulyarizatsiyasiga olib keladi degan tezisdan kelib chiqqan bo‘lsa, bugungi kunda, aksincha, biz dinga jamiyatning eng muhim ijtimoiy va madaniy instituti sifatida qiziqish ortib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Bundan tashqari, diniy etika, so‘nggi yillardagi amaliyot shuni ko‘rsatadiki, “o‘zbek jamiyati”ning an’anaviy qadriyatlarini, shu jumladan davlatga hurmat va Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, dinlararo tinchlik va hamjihatlik, oilaviy qadriyatlarni jamoat ongida mustahkamlashga yordam beradi. Jamiyatimizda dinning ijtimoiy ahamiyatining oshishi ijtimoiy rivojlanishning muhim tendensiyasiga aylanmoqda. Shuning uchun dunyoviy davlatda davlat-diniy munosabatlarning konstruktiv o‘zaro ta’sirini rivojlantirish istiqbollari ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lishi, dunyoviy davlat konsepsiyasini amalga oshirish doirasida ko‘p konfessiyali jamiyatlarimizning barqarorligi va bag‘rikengligini mustahkamlash nuqtai nazaridan o‘rganilishi kerak. Diniy konfessiyalar va jamoalar odamlarning ongi va xulq-atvoriga, ularning zamonaviy dunyodagi qarashlari va g‘oyalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ularning roli va
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 12 ta’siri asosan diniy urf-odatlarga, diniy tashkilotlarning soniga va jamiyatdagi hukmronlik darajasiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash kerakki, diniy jamoalarning roli monoreligioz mamlakatlarda sezilarli darajada katta, poliereligioz mamlakatlarda esa ancha kam. Shuni ta’kidlash kerakki, davlat aktlarida vijdon erkinligi va dunyoviy davlat tamoyillarini me’yoriy birlashtirish hali ularning haqiqiy bajarilishiga kafolat bermaydi. Davlatning vazifalariga kundalik hayotda fuqarolarning huquq va erkinliklarini har kuni qat’iy ta’minlash kiradi. Shu boisdan ham diniy tashkilotlar faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Results. Bizning nazarimizda diniy tashkilotlar faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu shubhasiz diniy tashkilot yoki unga mansub a’zolarni yuridik javobgarlikka tortishning mezonlarini aniqlashtirish sanaladi. “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lsa, o‘sha tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy vebsaytlarida e’lon qilinishi lozim. Ushbu ro‘yxat tarkibi o‘zgarib turishi munosabati bilan, ya’ni Bosh prokuror tomonidan berilgan arizaga muvofiq ro‘yxatga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritib borilishini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 244²-moddasini blanket dispozitsiya ko‘rinishiga keltirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodekslarida ushbu turdagi jinoyatni nazarda tutuvchi moddalar ham blanket dispozitsiya ko‘rinishida bo‘lib, faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 13 qarori mavjud bo‘lgan ekstremistik tashkilotni tuzganlik yoki uning faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik belgilangan. “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida “ekstremizmni moliyalashtirish” tushunchasiga ta’rif berilgan va ushbu faoliyat taqiqlanishi belgilangan. Biroq ekstremizmni moliyalashtirish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmagan. Rivojlangan davlatlarning mazkur sohadagi tajribasini o‘rganish jarayonida Ozarbayjon (167-1-m.), Rossiya (282-3-m.), Belorussiya (361.2-m.), Qozog‘iston (258-m.), Turkmaniston (177-2-m.), Qirg‘iziston (315-1-m.) va boshqa davlatlarda mazkur toifadagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Strategiyaning vazifalari sifatida quyidagilar nazarda tutilgan: ekstremizm va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish; ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini tushuntirish orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, javobgarlik va qonun oldida tenglik hissini tarbiyalash; ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish; Ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun ta’qib qilish va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirishning asosiy vazifalari esa quyidagilar hisoblanadi: ekstremistik va terrorchilik faoliyatini amalga oshirganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ro‘yobga chiqarish; ekstremistik va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish manbalari va kanallarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1842-moddasida diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 14 hududiga olib kirish yoki tarqatish 1 ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Xuddi shuningdek, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2443moddasida diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan 2 . Unga ko‘ra diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish 3 ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lganidan so ‘ng qilmishni bir yil ichida takroran sodir etish jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi. Discussion. Diqqatga sazovor jihat shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning -bandiga asosan diniy mazmundagi materiallar deganda diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek, alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele, kino va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilar (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) 4 tushuniladi. Xuddi shu Nizomda “tarqatish” O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘i, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari orqali materiallarni sotish, yetkazib berish, tarqatish, yuborish va ularga obuna bo‘lish tushunilishi belgilangan. Bundan 1 O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 03/25/1050/0276-son https://lex.uz/docs/-97664 2 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 03/25/1051/0278-son. https://lex.uz/docs/-111453 3 O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 03/25/1050/0276-son https://lex.uz/docs/-97664 4 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom https://lex.uz/ru/docs/-5957921
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 15 shunday xulosa qilish mumkinki, diniy tashkilotning rasmiy boshqaruv organi ruxsat bergan shaxsning diniy mazmundagi chiqishlarini tarqatish ham ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu esa, BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktining 1 xususan 18 (fikr, vijdon va din erkinligi) va 22 (uyushish erkinligi) moddalarida va ushbu ikki huquq bilan bog‘liq holda, 2-moddada (har qanday ajratishlarga yo‘l qo‘ymagan holda huquqlarni hurmat qilish va ta’minlash majburiyati) keltirilgan. Qonun loyihasi ta’sir doirasiga kirishi mumkinligi sababli e’tiborga loyiq bo‘lgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning boshqa qoidalari – bular 19-moddaning 20-bandi (so‘z erkinligi), 2 (kamsitish, dushmanlik yoki zo‘ravonlikni qo‘zg‘atadigan milliy, irqiy yoki diniy adovatni targ‘ib qilishni taqiqlash), 17 (shaxsiy hayotga daxlsizlik huquqi), 3 (erkaklar va ayollar o‘rtasida tenglik huquqi), 27 (etnik, diniy yoki lingvistik ozchiliklar), 26 (qonun oldida tenglik) va 21-moddalaridir (tinch yig‘ilishlar erkinligi). Bundan tashqari, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 14-moddasida bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqi kafolatlangan, 30-moddada esa diniy ozchilikka mansub bolaning “o‘z guruhining boshqa a’zolari bilan […] o‘z diniga e’tiqod qilish va amal qilish huquqi rad etilmasligi 2 »ga zid keladi. Yuqoridagi holatga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, amaldagi jinoyatprotsessual qonunchilikka ko‘ra ham dalillar oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Shunga ko‘ra Oliy sud internetda diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlarning 3 tarqatilishi javobgarlik keltirib chiqarishi ham huquqiy, ham mantiqiy sanaladi. Xuddi shuningdek, yuqorida qayd etilgan diniy mazmundagi materiallarni 1 Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пакт (бундан буён матнда – ФСҲХП), БМТ Бош Ассамблеясининг 1966 йил 16 декабрдаги 2200А (ХХИ) қарори билан қабул қилинган. Ўзбекистон Республикаси ФСҲХПга 1995 йил 28 сентябрда қўшилган. 2 БМТ 1989 йил 20 ноябрдаги 44/25 қарори билан қабул қилинган БМТнинг Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенцияси. Ўзбекистон Республикаси ушбу Конвенцияга 1994 йил 29 июнда қўшилган. 3 https://sud.uz/wp-content/uploads/2025/01/taqiq.pdf
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Oktabr, 2025 volume 2 issue 9 16 qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanishi ushbu materiallar sud tomonidan ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilganidan hamda ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlanganidan keyin amalga oshirganlik uchun javobgarlik kelib chiqishi lozim. REFERENCES (ADABIYOTLAR RO‘YXATI) 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: 2023. 2. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 3. “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. — T.: 2024. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. — T.: 2024. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: “2021—2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya”, 2021-yil. 7. BMT Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti, 1966-yil. 8. BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, 1989-yil. 9. RF Jinoyat kodeksi. — M.: 2023. 10. Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi. — Ostona: 2023. 11. Azizxo‘jayeva N. “Davlat va din munosabatlari: nazariya va amaliyot”. — T.: 2021. 12. Rashidov F.T. Davlat-din munosabatlarining huquqiy asoslari // Ilmiy axborot, 2023.