scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA TERMINLARNING SHAKLLANISHI VA OMONIMLIK BILAN BOG'LIQ JARAYONLAR

Qarshiboyeva, Yulduz

Abstract

This article examines the process of term formation in the Uzbek language and its close relation to terminological homonymy. It analyzes how commonly used lexical units become specialized in various scientific fields, as well as how new terms emerge through word formation, translation, and borrowing. The study identifies full, partial, and contextual terminological homonyms and describes their structural and semantic characteristics. Special attention is given to the role of normative lexicography in regulating terminology and preventing ambiguity. The article concludes that the standardization of homonymous terms is essential to ensure accuracy and efficiency in scientific communication.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 226 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O‘ZBEK TILIDA TERMINLARNING SHAKLLANISHI VA OMONIMLIK BILAN BOG‘LIQ JARAYONLAR Qarshiboyeva Yulduz Baxtiyor qizi Mirzaobod tumani 35-maktab o‘qituvchisi yulduzqarshiboyeva0[email protected]om Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilida terminlarning shakllanish jarayoni hamda u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan omonimlik hodisasi lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Terminlarning umumxalq leksikasidan ixtisoslashuvi, so‘z yasash orqali hosil bo‘lishi, tarjima va o‘zlashmalar orqali kirib kelishi natijasida yuzaga keladigan omonim terminlar misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, omonim terminlarning to‘liq, qisman va kontekstual turlari farqlanadi. Maqolada terminologiya tizimida omonimlikning ilmiy-uslubiy muammolari va ularni tartibga solishning normativ-lug‘aviy asoslari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek tilida terminlarning kengayib borishi jarayonida omonim terminlarni aniq belgilash va standartlashtirish fan-texnika sohalarida samarali aloqa uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: termin, terminologiya, omonim termin, termin shakllanishi, leksiksemantik jarayon, so‘z yasash, tarjima, standartlashtirish, ilmiy uslub, semantik maydon Аннотация: В данной статье рассматривается процесс формирования терминов в узбекском языке и тесно связанное с ним явление омонимии. Анализируются случаи, когда общеупотребительная лексика специализируется в различных научных областях, а также когда новые термины появляются в результате словообразования, перевода или заимствования. Выделяются полные, частичные и контекстуальные омонимы-термины и раскрываются их структурносемантические особенности. Особое внимание уделяется нормативнолексикографическому регулированию терминологической системы и предотвращению терминологической неоднозначности. Сделан вывод о необходимости стандартизации омонимичных терминов для обеспечения точности научной коммуникации. Ключевые слова: термин, терминология, омонимы-термины, семантический процесс, словообразование, заимствование, стандартизация, научный стиль, семантическое поле PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 227 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Abstract: This article examines the process of term formation in the Uzbek language and its close relation to terminological homonymy. It analyzes how commonly used lexical units become specialized in various scientific fields, as well as how new terms emerge through word formation, translation, and borrowing. The study identifies full, partial, and contextual terminological homonyms and describes their structural and semantic characteristics. Special attention is given to the role of normative lexicography in regulating terminology and preventing ambiguity. The article concludes that the standardization of homonymous terms is essential to ensure accuracy and efficiency in scientific communication. Keywords: term, terminology, terminological homonymy, lexical-semantic process, word formation, borrowing, standardization, scientific style, semantic field Kirish. Terminlar tilning leksik tarkibida alohida qatlam bo‘lib, ular ilm-fan, texnika, madaniyat, huquq, tibbiyot va boshqa sohalarda aniq ilmiy tushunchalarni ifodalaydi. O‘zbek tilida terminlarning shakllanish jarayoni murakkab va ko‘p bosqichli bo‘lib, bu jarayon til taraqqiyoti, ijtimoiy ehtiyoj, madaniy aloqalar va tarjima amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur shakllanish jarayonida ba’zan bitta leksik birlik turli fan sohalarida mustaqil termin sifatida mustahkamlanadi. Natijada, omonim terminlar paydo bo‘ladi. O‘zbek tilidagi terminlar quyidagi yo‘llar bilan shakllanadi: 1. Mavjud so‘zlarning termin sifatida ixtisoslashuvi – bu usulda umumxalq leksikoniga oid so‘zlar ma’lum bir fanga xos tushunchani ifodalash uchun jalb qilinadi. Masalan, “maydon”, “tarmoq”, “tizim” kabi so‘zlar oddiy ma’nolaridan tashqari fizikada, sotsiologiyada, matematikada o‘ziga xos termin sifatida ishlatiladi. Bu holatda omonimlik shakllanadi, chunki so‘z shakli o‘zgarmaydi, lekin mazmuni har xil sohalarda turlicha tushuniladi. 2. So‘z yasash vositalari orqali yangi terminlar hosil qilish – bu yo‘ldan foydalanilganda, mavjud ildizlarga qo‘shimchalar qo‘shilib, yangi so‘zlar yasaladi. Ba’zida bu jarayonda shaklan bir xil, lekin semantik jihatdan ajralib turuvchi terminlar yuzaga keladi. Masalan, “yadro” so‘zidan hosil bo‘lgan “yadro energetikasi” (fizika sohasi) va “yadro” (biologik hujayra markazi) turlicha fanlar doirasida mavjud bo‘lsada, shakl birligi tufayli omonimlik hosil qiladi. 3. Qarindosh tillardan yoki xorijiy tillardan terminlarning kirib kelishi – bu holat ayniqsa zamonaviy davrda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha ingliz tilidan so‘z o‘zlashuvi orqali amalga oshmoqda. Masalan, “platforma” so‘zi dastlab geografik PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 228 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us tushuncha sifatida kirgan bo‘lsa, hozirgi kunda u IT sohasida “dasturiy asos”, siyosatda esa “g‘oyaviy tamoyillar majmui” ma’nolarida ham ishlatilmoqda. Bu ham omonimlik manbalaridan biridir. 4. Tarjima yo‘li bilan terminlarni o‘zlashtirish – tarjimada bitta so‘z bir necha kontekstda ishlatilgan bo‘lsa, u ko‘p ma’noli (polisemantik) yoki omonim termin sifatida shakllanadi. Misol uchun, ingliz tilidagi “network” so‘zi kompyuter tarmog‘i, ijtimoiy aloqalar tarmog‘i va biznesdagi hamkorlar tizimi kabi turli ma’nolarda o‘zbek tiliga “tarmoq” deb tarjima qilinadi. Bu tarjima orqali shakllangan terminlarning ko‘p ma’nolilik va omonimlikda qanday ajratilishini aniqlash muhim ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbek tilidagi termin shakllanish jarayonida til siyosati va normativ lug‘at tuzish amaliyoti ham muhim rol o‘ynaydi. 1990-yillardan keyingi bosqichda mustaqillik bilan birga milliy atamalar tizimini yaratish bo‘yicha jiddiy qadamlar qo‘yildi. Ammo shunga qaramay, ayrim hollarda bir xil shakldagi terminlarning turli fanlarda mustaqil ishlatilishi ularning omonimlik holatiga olib keldi. Bu esa terminlar tizimida tartibsizlik, chalkashlik va ayrim hollarda noto‘g‘ri talqinlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holatni tizimli tahlil qilish orqali, omonim terminlarning qanday leksiksemantik jarayonlar orqali yuzaga kelishini aniqlash, ularni sohalar bo‘yicha to‘g‘ri klassifikatsiyalash, ilmiy uslubda qo‘llash mezonlarini ishlab chiqish zarurdir. Ayniqsa, sohalararo terminlarda bu jarayon ancha murakkab kechadi. Masalan, “modul” so‘zi ta’lim, matematika, fizika, arxitektura va texnologiyada ishlatiladi. Har bir holatda u o‘ziga xos tushunchani ifodalaydi, lekin so‘z shakli o‘zgarmaydi – bu esa omonim terminlarning aniq belgisidir. O‘zbek tilida termin shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan omonimlik hodisasi o‘z mohiyati bilan lingvistik hodisa bo‘lishi bilan birga, ilmiy-amaliy muammo sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslik nazariyasida omonim terminlar struktur jihatdan uch guruhga bo‘linadi: To‘liq omonim terminlar – shakli va talaffuzi bir xil bo‘lgan, ma’naviy aloqasi mavjud bo‘lmagan, lekin ikki yoki undan ortiq fan sohalarida mustaqil atama sifatida ishlatiladigan so‘zlar. Masalan, “element” – kimyoda atom tarkibiy qismi, fizikada oddiy zarracha, didaktikada o‘quv mazmunining kichik bo‘lagi sifatida ishlatiladi. Qisman omonim terminlar – shakli bir xil, lekin grammatik yoki fonetik jihatdan biroz farq qiluvchi, lekin mohiyatda turli tushunchalarni bildiruvchi birliklardir. Masalan, “konsentratsiya” so‘zi kimyoda eritmadagi modda miqdorini anglatgan bo‘lsa, psixologiyada ruhiy diqqatning jamlanishi ma’nosida ishlatiladi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 229 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Kontekstual omonim terminlar – bu terminlar faqat kontekst orqali ajratiladi. Bunday hollarda terminologik birliklar leksik darajada emas, balki sintaktik va uslubiy muhitda o‘z ma’nosini ochadi. Misol uchun, “kadr” so‘zi texnikada – tasvirlar ketmaketligi (kino kadr), boshqaruvda – xodimlar, televiziyada – efir lavhasi sifatida turlicha kontekstlarda ishlatiladi. Bu turlarning har biri o‘zbek terminologik tizimida o‘ziga xos semantik va funksional yuklamaga ega bo‘lib, ularning mavjudligi sohalararo leksik birliklar oqimini ifodalashda samarali vosita bo‘la oladi. Ammo bu holatda sinonimiya va polisemiya bilan chalg‘ish xavfi mavjud bo‘lib, terminologik birliklar aniqligini buzadi. Aynan shu sababli omonim terminlar ilmiy nutqda juda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi talab qilinadi. Shuningdek, sohalararo terminlar oqimi ham omonimlikni kuchaytiradi. Masalan, “platforma” so‘zi texnikada – harakatlanuvchi asboblar joylashuvi, siyosatda – partiya tamoyillari, kompyuterda – dasturiy asos, transportda – poyezd chiqadigan qavat ma’nolarini bildiradi. Har bir sohada ushbu terminning funksional ahamiyati mavjud bo‘lsa-da, ularning umumiy shakli chalkashlikka sabab bo‘ladi. Bu kabi holatlar davlat til siyosati va standartlashtirish jarayonini muvofiqlashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Respublikamizda bu borada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim va ilmiytadqiqot institutlari tomonidan ma’lum ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yangi sohalar uchun atamalarni tanlash, ularni tasdiqlash va keng jamoatchilikka taqdim etish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, terminlar shakllanishida tarixiy-madaniy omillar ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida islom sivilizatsiyasi ta’siri bilan arabcha, forscha ilmiy terminlar qadimdan mavjud bo‘lgan. Masalan, “nisbat”, “miqdor”, “daraja”, “jadval” kabi so‘zlar avval diniy yoki amaliy fanlar tarkibida bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamonaviy texnik va matematik fanlarda ham termin sifatida ishlatilmoqda. Bunday holatda esa semantik yondashuv orqali omonimlikni tarixiy manba bilan bog‘lab tushunish lozim. Normativ hujjatlar va atamalar lug‘atida omonim terminlarning belgilanishi, izohlari va soha tavsifi keltirilishi muhim metodologik vositadir. Bu borada ilmiy izohli lug‘atlar, terminologik lug‘atlar, fan sohasiga ixtisoslashgan kataloglar tuzishda quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llaniladi: terminlar tasnifining qat’iy soha asosida berilishi; izoh berishda sinonimik yoki yaqin tushunchalar bilan solishtirish; PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 230 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us semantik maydon doirasida tahlil (masalan, “daraja” – matematik daraja, ilmiy daraja, harorat darajasi); tavsiflovchi metkalar va kontekstual misollar bilan boyitish. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilida terminlarning shakllanishi – bu til rivoji va fan taraqqiyotining uzviy mahsulidir. Omonimlik bu jarayonning yon mahsuloti bo‘lib, uni boshqarish, tartibga solish, izohlash va standartlashtirish hozirgi tilshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu bob doirasida omonim terminlarning kelib chiqish sabablari, shakllanish mexanizmlari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Suyunova M. Leksikologiya va semasiologiya masalalari. – Samarqand: SamDCHTI, 2019. – B. 104–106 2. Saidov M. Terminologik birliklar va ularning struktur-semantik xususiyatlari. – Toshkent: O‘zMU, 2018. – B. 84–87 3. Saidov B. Sun’iy intellekt va terminologiya boshqaruvi. – Toshkent: Yangi nashr, 2024. – B. 121–124 4. Rashidova G. Zamonaviy texnologiyalar va terminologik moslashuv. – Yangi tilshunoslik yo‘nalishlari jurnali, 2023, №3. – B. 35–39 5. Rasulov A. Ilmiy uslub va soha terminlari. – Toshkent: Fan, 2021. – B. 67–70 6. Komil o‘g, M. R. S. (2025, May). TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O ‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI. In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 343349). 7. Komil o‘g, M. R. S. (2025, May). TURK XOQONLIGI: DASTLABKI DAVLATLILIK SHAKLLARI VA ULARNING O ‘RTA OSIYO TARIXIDAGI ROLI. In International Conference on Modern Science and Scientific Studies (pp. 343349). 8. Komil o‘g, M. R. S., Hoshimjon o‘g‘li, R. I., Mamatkarimovna, A. Z., & Vildanovich, G. S. (2025, May). GERMANIYA IMPERIYASI 1870–1918 YILLARDAGI KOLONIAL REJALARIDA MARKAZIY OSIYONING O ‘RNI. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3, No. 31, pp. 277-280). 9. Komil o‘g, M. R. S., & Eshmurza oʻg‘li, Q. S. (2025). HISTORY OF COIN MILLING IN UZBEKISTAN: PERIODIC RESEARCH AND HISTORICALCULTURAL SIGNIFICANCE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 6(51), 620-623. 10. Komil o‘g, M. R. S., & Gʻofurjonovna, S. D. U. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DIPLOMATIYASI YANGI TADQIQOTLARDA. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(4), 172-181.