scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMA JARAYONIDA DIPLOMATIK TERMINLARNING EKVIVALENT TANLOVI

Mirzamurodova Maxfuza

Abstract

Mazkur tezisda diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayonida ekvivalent tanlash muammosi tahlil qilinadi. Diplomatik leksika o‘zining yuqori darajadagi aniqligi, neytralligi va konnotativ nozikligi bilan boshqa terminlardan farqlanadi. Hindiy tilidan ingliz yoki o‘zbek tiliga tarjima jarayonida semantik moslik, madaniy kontekst va siyosiy neytrallikni saqlab qolish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot diplomatik terminlarning ekvivalent tanlovi jarayonida uchraydigan asosiy qiyinchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 231 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us TARJIMA JARAYONIDA DIPLOMATIK TERMINLARNING EKVIVALENT TANLOVI Mirzamurodova Maxfuza Furqat qizi Lal Bahadur Shastri nomidagi 24-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, Toshkent Hindiy tili o‘qituvchisi Tel: +998935466668 email: maxfuzamirzamurodova2000gmail.com Annotatsiya Mazkur tezisda diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayonida ekvivalent tanlash muammosi tahlil qilinadi. Diplomatik leksika o‘zining yuqori darajadagi aniqligi, neytralligi va konnotativ nozikligi bilan boshqa terminlardan farqlanadi. Hindiy tilidan ingliz yoki o‘zbek tiliga tarjima jarayonida semantik moslik, madaniy kontekst va siyosiy neytrallikni saqlab qolish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot diplomatik terminlarning ekvivalent tanlovi jarayonida uchraydigan asosiy qiyinchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: diplomatik termin, tarjima, ekvivalentlik, semantika, kommunikativ adekvatlik. KIRISH Diplomatik til xalqaro muloqot va siyosiy bayonotlarning eng muhim vositalaridan biridir. Har bir so‘zning ma’nosi nafaqat lingvistik, balki siyosiy jihatdan ham aniq bo‘lishi talab etiladi. Shu bois diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayoni oddiy lingvistik almashtirish emas, balki mazmuniy, uslubiy va madaniy ekvivalentlikni topish jarayonidir. Hindiy tili va ingliz tili diplomatik sohada faol ishlatiladigan tillar bo‘lib, Hindistonning xalqaro tashkilotlardagi o‘rni ortgani sari hindiy diplomatik leksikasining tarjimasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarjimada eng asosiy masala - terminning semantik va pragmatik ekvivalentini aniqlashdir. Asosiy qism Diplomatik terminlar odatda aniqlik, neytrallik, rasmiy uslub va kontekstga bog‘liqlik xususiyatlariga ega. Masalan, hindiy tilidagi  so‘zi ingliz tilidagi “agreement” bilan ma’nodosh, lekin hind madaniyatida u “murosa” ma’nosini ham o‘zida mujassam etadi. Shu sababli uni “bitim” yoki “kelishuv” sifatida tarjima qilish kontekstga qarab farqlanadi. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 232 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Tarjima jarayonida diplomatik terminlar uchun ekvivalent tanlashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent mavjud bo‘lmagan holatlar, semantik maydon farqlari va madaniy konnotatsiya mavjud terminlar muammosi kuzatiladi. Masalan,  (Shāntiprakriyā) — ingliz tilidagi peace processning to’g’ridan-to’g’ri ekvivalentidir, ammo o’zbek tilida “tinchlik jarayoni” iborasi bu ma’noni toʻliq ifodalaydi, ammo konnotativ yumshoqlik yo‘qoladi.  so‘zi inglizcha ambassador bilan bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin hindiy tilida u shuningdek “vakil”, “xabar yetkazuvchi” ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. Shuning uchun ayrim kontekstlarda bu so‘zga “elchi” emas, “vakil” ekvivalenti tanlanadi. Shuningdek,  so‘zi “do‘stlik” ma’nosini bildiradi, lekin hind falsafasida bu so‘z “ruhiy hamjihatlik” yoki “tinchlik ruhi” kabi chuqur madaniy ma’noga ega. Shuning uchun uni diplomatik nutqda “strategic partnership” emas, balki “friendly cooperation” sifatida tarjima qilish ko‘proq mos keladi. Diplomatik terminlarni tarjima qilishda ekvivalent tanlash uch asosiy tamoyilga tayanadi: semantik adekvatlik, pragmatik adekvatlik va madaniy adekvatlik. Masalan,  (Sandhi) – “bitim” so‘ziga teng keladi,  – murojaat so‘zi ba’zan, chaqiriq sifatida tarjima qilinadi, ammo diplomatik matnda “bayonot” shaklida ifodalanadi. Madaniy adekvatlikda esa hind madaniyatidagi milliy konnotatsiya yo‘qolmasligi kerak.   (Vishva Guru) - "Dunyo rahnamosi" deb tarjima qilinadi, lekin bu iboraning madaniy konteksti Hindistonning o‘zini “ma’naviy yetakchi” sifatida tasvirlaydi. Diplomatik terminlarning tarjimasida ekvivalent tanlash jarayoni ko‘p hollarda til tizimining strukturasigina emas, balki madaniy, siyosiy va tarixiy omillar bilan ham belgilanadi. Chunki diplomatik nutqda ishlatiladigan terminlar mamlakatlarning o‘zaro siyosiy munosabatlarini, ularning diplomatik an’analari va qadriyatlarini ham aks ettiradi. Shuning uchun tarjimon faqat til bilimigagina emas, balki xalqaro diplomatiya kontekstini chuqur tushunishga ham ega bo‘lishi zarur. Diplomatik terminlar ko‘pincha evfemistik yoki neytral ohangda ishlatiladi. Masalan, “” so‘zi bevosita “aralashuv” deb tarjima qilinishi mumkin, ammo diplomatik matnda bu so‘z “ishtirok” yoki “qo‘llab-quvvatlash” shaklida yumshoqroq ifoda topadi. Bu holat pragmatik adekvatlik tamoyiliga asoslanadi, ya’ni tarjimon so‘zning ma’nosidan tashqari, uning kommunikativ maqsadini ham hisobga oladi. Ba’zi hollarda hindiy diplomatik terminlar polisemantik (ko‘p ma’noli) xususiyatga ega bo‘lib, ularning ma’nosi qo‘llanilgan kontekstga qarab o‘zgaradi. Masalan,  (Mission) so‘zi diplomatik nutqda turlicha ma’nolarda ishlatiladi: u “elchixona”, PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 233 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us “delegatsiya”, “vazifa” yoki “tashabbus” ma’nolarini ifodalashi mumkin. Shu sababli tarjimon har bir holatda kontekstual tahlilni chuqur amalga oshirib, mazkur termin uchun eng adekvat ekvivalentni tanlashi lozim. Xususan, rasmiy diplomatik hujjatlarda  “elchixona” yoki “vakolatxona” sifatida tarjima qilinsa, hukumat tashabbuslarini ifodalovchi matnlarda “dastur” yoki “tashabbus” shaklida berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, hindiy diplomatik leksikonda uchraydigan ayrim terminlar kontekstga qarab turli ma’nolarni ifodalaydi. Masalan,  (Sambandh) so‘zi bevosita “aloqa” yoki “munosabat” ma’nosini bildiradi, biroq diplomatik matnlarda bu termin “diplomatik aloqalar”, “hamkorlik munosabatlari” yoki “strategik sheriklik” ma’nosida ishlatiladi. Tarjimon bu atamani oddiy “bog‘lanish” sifatida emas, balki davlatlar o‘rtasidagi rasmiy siyosiy munosabatlarni anglatadigan birlik sifatida talqin qilishi kerak. Yana bir ko‘p ma’noli termin —  (Sahyog). U odatda “hamkorlik” deb tarjima qilinadi, biroq kontekstga qarab “qo‘llab-quvvatlash”, “yordam”, yoki “strategik hamkorlik” ma’nolarini ifodalashi mumkin. Masalan, “-  ” iborasi “Hindiston–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligi” deb tarjima qilinadi, lekin ba’zan u “iqtisodiy sheriklik” shaklida ham qo‘llanadi. Shuning uchun tarjimon ushbu terminning diplomatik og‘irligini, ya’ni hamkorlik darajasini to‘g‘ri aniqlashi lozim. Bundan tashqari,  (Neeti) termini ham diplomatik matnlarda keng ishlatiladi va u o‘zining polisemantik tabiati bilan ajralib turadi. Leksik jihatdan u “siyosat”, “tamoyil” yoki “yo‘nalish” ma’nolarini bildiradi. Ammo diplomatik kontekstda   (Videsh Neeti) “tashqi siyosat”,   (Shantipoorna Neeti) esa “tinchlikparvar siyosat” tarzida tarjima qilinadi. Shu bois tarjimon bu terminni umumiy “siyosat” so‘zi bilan cheklamay, uning mazmuniy yuklamasini va kontekstual maqsadini hisobga olgan holda ekvivalent tanlashi lozim. Shuningdek, diplomatik terminlarni ekvivalentlashda idiomatik birliklar va metaforik ifodalarni to‘g‘ri talqin qilish ham muhim. Masalan, hind diplomatik nutqida uchraydigan “  (soft power)” atamasi faqat “yumshoq kuch” deb tarjima qilinmay, balki “madaniy ta’sir qudrati” sifatida izohli tarzda ifodalanadi. Bunday yondashuv terminning madaniy-ma’naviy mazmunini to‘liq ochishga yordam beradi. Ekvivalent tanlashda yana bir muhim jihat — stabil terminologik tizimni saqlashdir. Diplomatik matnlar ko‘p hollarda xalqaro hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, bir PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 234 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us termin uchun turli kontekstlarda turlicha ekvivalent tanlash matnning izchilligini buzadi. Shu bois tarjimon doimo bir xil terminologik moslikni saqlashi kerak. XULOSA Diplomatik terminlarni tarjima qilishda ekvivalent tanlash - faqat til masalasi emas, balki siyosiy va madaniy masala hamdir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, diplomatik terminlar har doim kontekstga bog‘liq ravishda tarjima qilinishi lozim. To‘g‘ridanto‘g‘ri ekvivalent mavjud bo‘lmagan hollarda semantik mos so‘z tanlanadi. Tarjimada neytrallik, ehtiyotkorlik va madaniy sezgirlik muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, diplomatik terminlarni ekvivalent asosida tarjima qilishda semantik to‘g‘rilik, pragmatik moslik va madaniy sezgirlik bir-birini to‘ldiruvchi uch asosiy mezon sifatida qaraladi Bundan tashqari, diplomatik terminlarni tarjima qilishda madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya tarjimon uchun muhim omil hisoblanadi. Har bir diplomatik termin ortida nafaqat siyosiy ma’no, balki milliy dunyoqarash, qadriyatlar va tarixiy tajriba ham mujassamdir. Shu bois tarjimon nafaqat lingvistik jihatdan, balki madaniy va konnotativ ma’nolarni ham to‘g‘ri anglay olishi lozim. Shuningdek, tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, diplomatik terminlar ko‘pincha universal tushunchalarni milliy talqinlar bilan uyg‘unlashtiradi. Bu holatda tarjimon kontekstga qarab so‘zning global va milliy komponentlari orasida muvozanatni saqlashi kerak. Aks holda, ma’no yo‘qotilishi yoki siyosiy noaniqlik yuzaga kelishi mumkin. Diplomatik terminlarni tarjima qilish jarayoni faqat so‘zma-so‘z o‘girish bilan chegaralanmay, mantiqiy tahlil, semantik moslikni aniqlash va konnotativ qatlamni saqlashni ham talab qiladi. Bu esa tarjimonning kasbiy mas’uliyatini oshiradi va uni siyosiy nutqning nozik jihatlariga e’tiborli bo‘lishga undaydi. Umuman olganda, diplomatik terminlarning ekvivalent asosida tarjimasi til, siyosat va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiradi. Shu bois, har bir tarjima nafaqat lingvistik, balki diplomatik madaniyatni ifodalovchi vosita sifatida qaralishi kerak. Shunday yondashuvgina tarjimaning aniqligi, neytralligi va xalqaro darajadagi adekvatligini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. E. Nida, E.J. Brill, Toward a Science of Translating. – New Delhi: Rohtak, 1964. – P. 76 2. M. Baker, In Other Words: A Coursebook on Translation. – Routledge, 2011. – P. 95 3. R. Bhargava, Rajneetik Hindi Shabdavali. – New Delhi: Motilal Banarsidass. 2019, – P. 53 4.   :   (Indian Foreign Policy Studies). – New Delhi: National Book Trust, 2021. – P. 69