"TARBIYA" FANINI O'QITISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada tarbiyaning fan sifatida o’qitilishi, uning mazmun, mohiyati, sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikr va mulohazalari yoritib o’tilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1911 “TARBIYA” FANINI O’QITISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI. Boltayeva Marjona Oybek qizi Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. Sh.Mirziyoyev Annotatsiya KIRISH: Ushbu maqolada tarbiyaning fan sifatida o’qitilishi, uning mazmun, mohiyati, sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikr va mulohazalari yoritib o’tilgan. MAQSAD: Zamonaviy shaxs tarbiyasi, o’quvchilarning ma’naviy – axloqiy tarbiya tizimini to’g’ri yo’lga qo’ya olish orqali ularni bugungi kun talablariga mos ravishda tarbiyalash. MATERIALLAR VA NATIJALAR: Ushbu maqolada “Tarbiya” fanini o’qitishda tarbiya metodlari va interfaol metodlardan tarbiyaviy faoliyatda foydalanish orqali o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini oshirish uchun qo’llanildi: adabiyotlarni tahlil qilish, suhbat, so’rovnoma metodlaridan samarali foydalanildi. XULOSA: Tabiya masalasiga qadimdan e’tibor qaratilgan bo’lsa-da lekin uning fan sifatida o’qitilishida tarbiyachi (pedagog) ning tarbiyaviy ta’siri, ota-ona hamkorligi masalalari bo’yicha pedagogik tadqiqotlar olib borish zarur. Kalit so’zlar: Tarbiya, shaxs, pedagog, faoliyat, qadriyat, ma’naviyat, jamiyat, rivojlanish, taraqqiyot, axloq, metod, innovatsiya, bilim, ko’nikma, ijtimoiy muhit. Ilm-fan taraqqiyotida, shaxsning kamolotida tarbiya singari insonga hech bir ta’sirli narsa yo’q. Abu ali ibn Sino shaxsga tarbiya berishda bolani dunyoga kelishi bilan boshlash joizligini ta’kidlagan bo’lsa, Umar Xayyom esa bolani ona qornidagi davridan boshlab tarbiyalash lozimligini uqtiradi. Tarbiya avlodlar o’rtasida ijtimoiy-tarixiy, madaniy-ma’rifiy, axloqiyhayotiy tajribani uzatishga xizmat qiladigan, oila, mahalla, ta’lim muassasalari, tashkilotlar va boshqalarning ta’siri natijasida jismonan sog’lom, ma’nan yetuk va salohiyatli shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik jarayon hisoblanadi. Yosh avlodni tarbiyalashda asosan oila va ijtimoiy muhitning ta’siri alohida ahamiyatga ega. Bola dastlabki tarbiyani oiladan, oilaviy muhitdan o’rganadi va o’zlashtiradi. Kattalarning har bir xatti-harakati farzandga o’rnak vazifasini bajaradi. Bolaga tarbiya berishda ota-onaning tarbiyalanganlik darajasi ham muhim o’rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim tizimida o’quvchi shaxsini tarbiyalashda pedagog, do’stlar ta’siri tarbiyalanuvchiga muntazam va tizimli ta’sir ko’rsatadi. Tarbiya jarayoni insonda aniq muddat va davrda shakllanmaydi. U insonning butun umri davomida rivojlanib boradi. Aynan shuning uchun bugungi kunda tarbiya masalasi dolzabr ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-sonli qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1912 bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1 — 9-sinflarda — 2020-2021 o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 20212022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boʻyicha qaror imzolandi. Mana shu qaror asosida umumiy o’rta ta’lim maktablarida 2020-yildan boshlab tarbiya jarayoni alohida fan sifatida o’quvchilarga o’qita boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (31.12.2019) 1059-sonli Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida to’xtalib o’tiladi. Yoshlar oldida turgan asosiy masala esa tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga “Tarbiya” fanida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri inobatga olingan holda, voqea va hodisalarning mohiyatini to’g’ri tushunishga, hamda amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olish va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan. Tarbiyasiz alohida shaxs hech qayerda shakllanmaydi. Erishilgan va erishmochi bo’lgan yutuqlarimiz zamiri ostida albatta tarbiya yotadi. Tarbiya jarayoni juda murakkab va uzoq, uzluksiz va tizimli tashkil etiladigan jarayondir. Tarbiya jarayonida insonda turli qobiliyatlarning rivojanishi: axloqiy, g’oyaviy, estetik, irodaviy sifatlarni yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Bolaning yoshi ulg’aygani sari unda mustaqillik, erkin fikrlash, mushohada yuritish, mustaqil qaror qabul qilish ko’nikma va malakasi ham orta boradi. Bolaning ertangi kuni, kelajagi esa biz bugun o’quvchi yoshlarga beradigan tarbiya jaroniga bevosita aloqador. Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon ekanligi, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini bera olishi mumkinligini ushbu olimlarning qarashlarida o’z aksini topadi. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda tarbiya metodlariga rioya qilish lozim. Tarbiya metodlari quyidagi guruhga bo’linadi: Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar (hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza, savol-javob); Ijtimoiy ongni tarkib toptiruvchi va faoliyatni yo’lga qo’yuvchi metodlar (o’quvchilarni istiqbolga chorlash, pedagogik talab, ishontirish, maslahat va ko’mak); Axloqiy uyg’unlashgan tarbiya metodlari (musobaqalar tashkil etish, rag’batlantirish, jazolash) metodlaridan foydalaniladi. Bu metodlar tarbiyalanuvchining yosh davrlari, uning individual-tipologik xususiyati, ma’lumotni qabul qila olish darajasi, o’quvchining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo’llaniladi. “Tarbiya” fanini o’qitish jarayonida ta’lim oluvchilar bilan o’quv jarayonida tarbiyaning hikoya, suhbat, ishontirish, maslahat berish kabi metodlardan foydalanib tarbiya jarayonini tashkil etish orqali o’quvchilarda fanga bo’lgan, ilmga bo’lgan qiziqish, layoqatni yanada mustahkamlanishiga asos bo’ladi. Tarbiyaning quyidagi turlari mavjud: Aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tarbiya, estetik tarbiya (nafosat), mehnat tarbiyasi, fuqarolik tarbiya, ekologik tarbiya, diniy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya kabilar. Har bir tarbiya o’quvchi shaxsidagi ma’lum fazilat, xususiyatni shakllanishiga xizmat qiladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1913 Tarbiya jarayoni nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. Kamolga yetib kelayotgan farzandalarimizning tarbiyasi barchamiz uchun birdek ahamiyatga molik masala hisoblanadi. Bolani yoshligidan boshlab tarbiyalab borish, unda ijobiy xulq-atvor xususiyatlarini rivojlantirish bolani ertangi kun kamolini ta’minlashga zamin bo’ladi. Vatanning ertangi kuni, uning ravnaqi biz bugun tarbiyalayotgan farzandlarga bog’liq. Bugun fan va taraqqiyotning jadal sur’atda rivojlanib borayotgani barchamizga sir emas. Dunyo hamjamiyatida barcha sohada rivojlanish bo’lgani kabi ta’lim va tarbiya tizimida ham tubdan islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilib kelmoqda. Ta’lim jarayoni har doim tarbiya bilan bir umumiylikda olib boriladi. Ta’limni tarbiyadan ajratib bo’lmaganidek tarbiyani ham ta’limdan alohida tashkil etib bo’lmaydi. A.Avloniy ham tarbiya haqida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o’tgan: “Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir”. [A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent. “O’zbekiston milliy nashriyoti2004 -y.6-b] Bundan ko’rib turibmizki tarbiya insonning shaxs sifatida shakllanishi uchun, uning rivojlanishi uchun zarur. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “ Odob as-solixin” ya’ni yaxshi kishilar odobi “ asarida ham axloq-odob qoidalari ifodalangan bo’lib, bunda har bir shaxsning odobi botiniy va zohiriy (tashqi va ichki) xulq-odob qoidalari haqida to’xtalib, bu qoidalarga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu odob-axloq qoidalari insonning barkamol shaxs bo’lib kamolga yetishida, kundalik turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etadi. Salomlashish odobi, ijozat so’rash, muloqot qilish madaniyati, jamoa a’zolari yonida o’zini tutish odobi, ozodalikka, tozalikka rioya qilish, mehmon kutish, mehmonga borish qoidalari, dasturxon atrofida ovqatlanish madaniyati haqida bayon etiladi. Bu asar XIX asrda madrasalarda ta’lim jarayonida qo’llanma sifatida foydalanib kelingan. Ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat tarbiya jarayoniga( oila, mahalla, maktab) ta’sirini birinchi o’ringa qo’yadi. Fitrat bola shaxsini suvga qiyoslaydi. Suvni qaysi rangdagi, qanday shakldagi idishga solinsa o’sha idishning rangidek tovlanadi. Xuddi shunday bolani ham qanday muhitda tarbiyalasangiz , o’sha muhitning odat va axloqini qabul qiladi. Tarbiyaning eng muhim sharti shundan iboratki, bolalar ko’proq yaxshi va yomon tarbiyani o’z uyidan, ko’chadagi o’rtoqlaridan, maktabdagi tengdoshlaridan o’rganadilar, - deb yozadi adib asarlarida. Adib bolalarni tarbiyalashda avvalo, maktabdagi ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yish zarurligini qayd etadi. Buyuk mutafakkir Kaykovusning “Qobusnoma” asari ham farzandlar ta’lim-tarbiyasiga oid pedagogik qarashlari pand-nasihat, o’git tarzida bayon etilgan. Kaykovus Farzand tarbiyasiga kasb-hunar, ilm o’rganishga otaonaning ta’lim jarayoniga xalaqit bermasligi, agar muallim tarbiyalanuvchini kalkatlasa, ota-ona bunga qarshilik ko’rsatmasligini aytadi. Sababi kichik yoshda bola o’z ixtiyori bilan ilmni o’rganishni istamaydi. Ammo farzandingiz beodob bo’lsa, gap-so’zlaringizga quloq solmay, sizni jahlingizni chiqarsa bolangizni o’z qo’lingiz bilan jazolamang, uni faqat muallimning tayog’i bilan qo’rqiting. Farzandingizga bilim va hunarni o’rganishni o’zingizga meros deb biling, bolalaringizga muallimlar ilmdan saboq bersinlar, deya ta’kidlaydi. Shunday ekan bugun zamon shiddat bilan rivojlanayotgan davrda avvalo farzandlarimiz tarbiyasi, ularning ta’limi biz uchun yuksak ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayt etilgan fikrlarga tayangan holda “Tarbiya” fani o’z oldiga juda katta vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan. Yoshlar ma’naviyati, dunyoqarashini kengaytirish, ularda tanqidiy fikrlash, vatanga munosib farzand sifatida tarbiyalash, yoshlar madaniyati va salohiyatini o’stirish, har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash, voyaga yetkazish –“Tarbiya” fanining maqsadini tashkil etadi. Ta’lim bilan birga tarbiyaning to’g’ri yo’lga qo’yilishi shaxsning har tomonlama yetuk, ma’naviyatli bo’lib rivojlanishini ta’min etadi. Tarbiyaumumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarida o’rganilgan nazariy tarbiyaviy bilimlar asosida shaxs faoliyatini tashkil etish bo’yicha ko’nikma
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1914 va malakalarni shakllantirish, axloqiy sifatlarni hosil qilish, xulq-odob normalariga amal qilishga odatlantirib boriladigan pedagogik jarayondir. Bunda insoniy qadr-qimmatning asosi bo’lgan fuqarolik burchi, mas’uliyatini anglatishga e’tibor qaratish masalasi mujassam etadi. Tarbiyasiz alohida shaxs hech qayerda shakllanmaydi. Erishilgan va erishmochi bo’lgan yutuqlarimiz zamiri ostida albatta tarbiya yotadi. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 06.07.2020 yildagi 422-son qarori. 2.A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent. “O’zbekiston milliy nashriyoti-2004 -y.6b] 3. Ashurov M.O. O’zbek xalqi tarbiya tizimi-Samarqand Ziyokor, 2003-y. 6-son, 16-24-b. 4. Pedagogika. Pedagogika nazariyasi va tarixi I qism. Pedagogika nazariyasi.Prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. O’zbekiston faylasuflar1 milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent – 2010 5. A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma'naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y. 6.N.P.Jumaboyev ―Sharq mutafakkirlarining ta‘lim-tarbiyaga oid ma‘naviy va axloqiy qarashlari‖ . Науки об образовании. 2021. 7.www.lex.uz 8. www.ziyonet.uz. 9. www.google.com