TIJORAT SIRI HAMDA NOU-XAUNING OSHKOR ETILISHI – INSOFSIZ RAQOBATNING KO'RINISHI SIFATIDA
Abstract
Ushbu maqolada tijorat siri hamda nou-xauning oshkor etilishi insofsiz raqobatning bir ko‘rinishi ekanligi hamda tijorat siri hamda nou-xauning o‘ziga xos jihatlari va unga doir bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1919 TIJORAT SIRI HAMDA NOU-XAUNING OSHKOR ETILISHI – INSOFSIZ RAQOBATNING KO‘RINISHI SIFATIDA Mamadaliyeva Farangiz To‘lqinjon qizi Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat siri hamda nou-xauning oshkor etilishi insofsiz raqobatning bir ko‘rinishi ekanligi hamda tijorat siri hamda nou-xauning o‘ziga xos jihatlari va unga doir bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: tijorat siri, nou-xau, tijoriy qiymat, litsenziya shartnomasi, kompleks tadbirkorlik shartnomasi. Tijorat siri hamda nou-xau intellekual mulk obyektlarining o‘zgacha hamda o‘ziga xos obyektlaridan biridir. Tijorat siri hamda nou-xauning boshqa intellektual mulk obyektlaridan asosiy ajralib turuvchi farqi tijoriy qiymatga egaligida va uchinchi shaxslarga nisbatan maxfiyligidadir. Tijorat siri intellektual mulk obyektlarining eng muhim va shu bilan bir qatorda tijoriy qiymati yuqori bo‘lgan obyektlaridan biri hisoblanadi. Tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot. Tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak: 1.Uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli oʻz mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlishi; 2.Qonunchilikka muvofiq hammaga maʼlum yoki hamma uchun ochiq boʻlmasligi; 3.Uning maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlangan boʻlishi; 4.Davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir belgilariga ega boʻlmasligi. Quyidagi maʼlumotlar tijorat sirini tashkil etishi mumkin emas: 1.Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkka doir huquqlar va bu huquqlar boʻyicha bitimlar toʻgʻrisidagi; 2.Yuridik shaxsning taʼsis hujjatlaridagi, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaliklari haqidagi yozuvlar tegishli davlat reyestrlariga kiritilganligi faktini tasdiqlaydigan hujjatlardagi; 3.Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlardagi; davlat muassasasining mol-mulki tarkibi toʻgʻrisidagi va ular tomonidan tegishli budjet mablagʻlaridan foydalanilishi haqidagi; 4.Atrof muhitning ifloslanishi, yongʻin xavfsizligining holati, sanitariya-epidemiologik va radiatsiyaviy vaziyat, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hamda ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz faoliyat koʻrsatishini, har bir fuqaroning va butun aholining xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillar haqidagi;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1920 5.Xodimlarning soni va tarkibi, mehnatga haq toʻlash tizimi va mehnat sharoitlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklari koʻrsatkichlari, shuningdek boʻsh ish oʻrinlari bor-yoʻqligi haqidagi; 6.Ish beruvchilarning ish haqi toʻlash va ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi toʻgʻrisidagi; 7.Qonunchilik buzilishlari va bunday buzilishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish faktlari toʻgʻrisidagi; 8.Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish boʻyicha tanlovlarning yoki kimoshdi savdolarining shartlari haqidagi; 9.Notijorat tashkilotlar daromadlarining miqdorlari va tuzilishi, ushbu tashkilotlarning molmulki miqdorlari va tarkibi haqidagi, ularning xarajatlari, bu tashkilotlar xodimlarining (aʼzolarining) soni va mehnatiga haq toʻlash, notijorat tashkilotning faoliyatida fuqarolarning tekin mehnatidan foydalanilishi toʻgʻrisidagi; 10.Yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz ish yuritish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati haqidagi; 11.Davlat statistika hisoboti sifatida taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar1. Tijorat siriga quyidagilarni misol sifatida keltirishimiz mumkin: Coca Cola ichimligining retsepti, KFC taomining 11 xil ziravorlar aralashmasi, Head and Shoulders shampunidagi faol modda tarkibi, UzAuto Motors zavodida avtomobil detallarini yig‘ish texnologik ketma-ketligi, korxonalardagi yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha marketing rejasi, mijozlar ro‘yxati, korxonaning ichki foyda hamda xarajatlar tuzilmasi, dori ishlab chiqarishda ishlatiladigan maxsus eritma hamda aralashma formulasi va boshqalar. Tijorat sirining boshqa shaxslarga oshkor bo‘lib ketishi uning maxfiyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda unga katta zarar keltiruvchi sabablardan biri. Misol tariqasida, Coca Cola ichimligining tarkibi butun dunyoga tarqalib ketdi. To‘g‘ri, hozirgi kunda Coca Cola ichimligini jamiyatimizda ishlab chiqaruvchilar topiladi, ammo haqiqiy Coca Cola ichimligning mazasini bera olmaydi. Coca Cola ichimligining tarkibining oshkor bo‘lishi Coca Cola kompaniyasiga juda katta zarar yetkazishi va sotuv hajmining pasayishiga olib kelishi mumkin. Tijorat sirining oshkor etilishi aynan insofsiz raqobatning ko‘rinishlaridan biridir. Ko‘pgina tashkilotlar mashhur kompaniyalarning xodimlari ishdan bo‘shashini kutib turishadi. Bunga asosiy sabab esa ularninmg xodimlarini katta daromad taklif qilib, o‘ziga og‘dirib olishadi hamda kompaniyadagi maxfiy ma’lumotlarni aytishga undashadi. Ushbu holat ham aynan insofsiz raqobatdir. Insofsiz raqobat bog‘liq muammoli vaziyatlar jahon mamlakatlarida ko‘plab topiladi. Geely va WM Motor — Xitoyning ikki yirik elektr avtomobil ishlab chiqaruvchilari. Ularning o‘rtasida 2018-yilda sud jarayoni boshlangan, unda Geely WM Motorni o‘zining texnologik sirlarini noqonuniy ravishda o‘g‘irlashda ayblagan. Sudda ko‘rsatilishicha, WM Motor Geelyning ba’zi maxfiy texnologiyalari va bilimlarini noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan. Bu texnologiyalar kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega edi. Xitoy Oliy Xalq Sudi ushbu da’voni qanoatlantirib, WM Motorni 640 million yuanga teng kompensatsiya to‘lashga majbur qildi. Bu sud ishi ikki kompaniya o‘rtasidagi raqobatning qanchalik kuchli ekanligini va intellektual mulk himoyasining muhimligini ko‘rsatadi. Geely o‘zining texnologik afzalliklarini himoya qilish uchun qonuniy 1“Tijorat siri to‘g‘risida”gi qonun
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1921 choralar ko‘rgan, bu esa bozor adolatini saqlashda katta ahamiyat kasb etdi. Sud jarayonlari WM Motorga jiddiy moliyaviy zarar yetkazdi va uning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa kompaniyaning kelajakdagi rivojlanish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Umuman olganda, bu ish Xitoy elektr avtomobil sanoatidagi raqobat va texnologik intellektual mulk masalalarining qanchalik dolzarb ekanligini namoyish etdi2. Nou-xau esa tijorat siridan farq qilgan holda ko‘proq texnika va texnologiya sohasidagi bilim, tajriba hamda ko‘nikmalar tizimi hisoblanadi. Tijorat siri esa ko‘proq tadbirkorlik sohasidagi maxfiy ma’umotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Tijorat siri nisbatan kengroq tushuncha hisoblanib, nou-xau esa nisbatan torroqdir. Tijorat siri o‘zida har xil axborot turlari jumladan texnik, tashiliy hamda tijorat bian bog‘liq ma’lumotlar qamrab olsa, nou-xau esa aksincha texnik hamda texnologik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Nou-xauga misol sifatida, avtomobil kompaniyalarining ishlab chiqarish tizimi, sun’iy intellekt tizimlari uchun modelni o‘qitish usullari yoki ma’lumotlarni filtrlash algoritmlari, Artel kompaniyasining maishiy texnika yig‘ish texnologiyasi va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nou-xau atamasiga rasmiy ta’rif berilmagan. O‘zbekiston qonunchiligida “nou-xau” tushunchasi “ishlab chiqarish sirlari” bilan birgalikda ishlatiladi va u intellektual mulk obyekti hamda tijorat siri rejimida himoya qilinadigan e’lon qilinmagan ma’lumotlar turiga kiradi va intellektual faoliyat natijasi sifatida tan olinadi. Tijorat siri hamda nou-xau ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va patentlanmaydi. Ushbu maxfiy ma’lumotlarga bo‘lgan egalik huquqi shaxsga yoki kompaniyaga tegishli bo‘ladi. Nou-xau hamda tijorat sirini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxslarga foydalanish uchun berilishi mumkin. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan holatlardan biri tijorat siri hamda nou-xauni kompleks tadbirkorlik shartnomasi asosida beriladi. Kompleks tadbirkorlik shartnomasi – tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan bir nechta intellektual mulk obyektlaridan (tovar belgisi, patent, nou-xau, tijorat siri) kompleks tarzda foydalanish huquqini beruvchi shartnoma hisoblanadi. McDonald’s, KFC, Domino’s Pizza, Gloria Jeans Coffee, Korzinka Go hamda MyTaxi kompaniyalari boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzgan holda ishlaydi. Aynan o‘zganing tijorat siri hamda nou-xausidan insofsiz raqobat sifatida foydalanish kompaniyaga quyidagi zararlarni olib kelishi mumkin: 1. Raqobatbardoshlikning yo‘qolishi — noyob texnologiya, ishlab chiqarish jarayoni yoki mijozlar bazasini yo‘qotish. 2. Moliyaviy zararlar — daromadning kamayishi, bozor ulushini yo‘qotish, sud xarajatlari va kompensatsiyalar. 3. Obro‘ga zarar — mijozlar, sheriklar va investorlar ishonchini yo‘qotish. 4. Ichki tizimlar va ish faoliyatida buzilish — ichki tekshiruvlar, qayta tashkil etish Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tjorat siri hamda nou-xau tijoriy qiymatga ega bo‘lgan, uchinchi shaxslardan himoya qilish uchun zarur choralar ko‘rilishi lozimligini anglatuvchi intellektual mulk obyektlaridandan hisoblanib, undan foydalanishga bo‘lgan huquq 2https://www.mondaq.com/china/trade-secrets/
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1922 litsenziya shartnomasi hamda kompleks tadbirkorlik shartnomasi asosida o‘tkazilishi mumkin. Umuman olganda, tijorat sirining oshkor etilishi kompaniyaning moliyaviy holatiga zarar yetkazuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida” gi qonuni 2. 03.12.2018-yildagi 979-sonli “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 3. Intellektual mulk Darslik.2020 4. https://www.mondaq.com/china/trade-secrets/