Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1923 O‘ZBEK XALQI AJDODLARINING MUSIQA NAMUNALARI Oqilov Karimjon Tirkash o ‘g‘li Musiqa ta’limi va san’at yo’nalishi magistranti Omonov Xasanxon Sulaymonovich JDPU Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Annotatsiya: Madaniy marosimlarimizni o‘rganish faqat ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etibgina qolmay, ayni vaqtda, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy xazinadan bahramand bo‘lishda hamda insonning barkamol bo‘lib shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Shunday ekan, beqiyos merosni asrash, avaylash, ularni har tomonlama jiddiy o‘rganish bilan bir qatorda, uni yoshlar ongi va qalbiga jo qilish masalasi eng muhim vazifalardan biridir. Ta’limdagi izlanishlar, turmushdagi yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilishda quyidagilar tayanch vazifasini bajaradi: -yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan birga ona yurtimizning buyuk allomalari asarlaridan ko‘proq foydalanishga imkon yaratish; -darslarda bir xillik, bayonchilikdan butunlay voz kechib, munozara, fikrlash sari borish, tinglovchining mustaqil fikrlovchi shaxsga aylanishiga ko‘makdosh bo‘lish va boshqalar kiradi. -Bugun milliy madaniyatimiz, ilm-fan, adabiyot va san’atimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan ma’rifatparvar ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib etish, uning mazmunmohiyatini yosh avlod ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ushbu maqola, buyuk ajdodlar merosi hamda milliy musiqiy qadriyatlarni ulug’lash mavzusi asosida yozildi. Abstract: The study of our cultural rituals is not only scientifically important, but at the same time, it is an important factor in enjoying the spiritual treasure created by our great ancestors and in the development of a person. Therefore, in addition to preserving and preserving the incomparable heritage, seriously studying it in every way, it is one of the most important tasks to instill it in the minds and hearts of young people. -The following serve as a basis for research in education and the implementation of new pedagogical technologies in life: -- to make it possible for young people to use the works of the great scholars of our motherland along with universal values; -- the lessons include uniformity, completely abandoning narrative and moving towards discussion, thinking, helping the listener to become an independent thinker, etc. -- Today, special attention is being paid to studying and promoting the rich heritage of our enlightened ancestors, who made a great contribution to the development of our national culture, science, literature and art, and to inculcate its essence into the consciousness of the young generation. This article was written on the theme of glorifying the heritage of great ancestors and national musical values. Аннотация: Изучение наших культурных обрядов имеет не только научное значение, но в то же время является важным фактором наслаждения духовным сокровищем, созданным
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1924 нашими великими предками, и развития человека. Поэтому, помимо сохранения и сохранения несравненного наследия, его всестороннего серьезного изучения, одной из важнейших задач является привитие его в умах и сердцах молодежи. -Основой для исследований в образовании и внедрения новых педагогических технологий в жизнь служат: -- дать возможность молодежи использовать труды великих ученых нашей Родины наряду с общечеловеческими ценностями; -- уроки включают в себя единообразие, полный отказ от повествования и переход к обсуждению, мышлению, помощь слушателю стать самостоятельным мыслителем и т. д. -- Сегодня особое внимание уделяется изучению и популяризации богатого наследия наших просвещенных предков, внесших большой вклад в развитие нашей национальной культуры, науки, литературы и искусства, и внедрению его сути в сознание молодых поколения Данная статья написана на тему прославления наследия великих предков и национальных музыкальных ценностей. Kalit so’zlar: Ajdodlar,Xalq, Osiyo, O’zbek, Dars, Musiqiy, Milliy, Ilm-fan, Meros, Avlod, Qadriyat, Pedagog, Ta’lim, Xonandalar, O’rta osiyo, Qadimgi, Avesto. Keywords: Ancestors, People, Asia, Uzbek, Lesson, Music, National, Science, Heritage, Generation, Value, Pedagogue, Education, Singers, Central Asia, Ancient, Avesta. Ключевые слова: Предки, Народ, Азия, Узбек, Урок, Музыка, Национальный, Наука, Наследие, Поколение, Ценность, Педагог, Образование, Певцы, Средняя Азия, Древний, Авеста. O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega. Bu haqda asrlar davomida sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan xalq og‘zaki ijodiyotidagi professional musiqa darak beradi. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa namunalari O‘rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda, tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog'liq. O‘rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy rivojlanish tahminan bizning eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. O‘rta Osiyo xalqlari va ular olib boradigan faoliyat va hayoti to‘g‘risida sharq mamlakatlari yodgorligi «Avesto» kitobida batafsil yoritib berilgan. Avestoda xalq poetik va musiqa san’atining mushtarakligi va shu asosda yaratilgan, musiqiy poetik asarlar, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlarining turmushi, ular olib borayotgan siyosat, ularning urf-odatlari, o‘tkaziladigan to‘y-tomoshalar va boshqalar arxeologik namunalarda o‘z aksini topgan. Dehqonlar o‘troqlashib, oila, jamoa tashkil etilishi va sinfiy jamiyatga o‘tilishi, asta-sekinlik bilan davlatlar birlashuvi natijalari, epik qo‘ shiqlar paydo bo‘lishi, devoriy naqshlar bundan dalolat beradi. O‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik uchun mardonavor kurashlari, bu yo‘lda o‘z jonini qurbon qilgan cho‘pon Shiroqning jasorati tarixda o‘z aksini topgan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1925 Shuningdek, sharq xalqlarining bebaho asari Firdavsiyning «Shohnoma»si, jumladan, qahramonlar Rustam, Suxrob, Siyovushlarning jasorati, go‘zallik ramzi bo‘lmish malika Taxminaning muhabbati va boshqa qahramonlar to‘g‘risida afsonalar yaratildi. Tarixiy manba hisoblanmish «Avesto»da xalqning qo‘shiq aytishi va turli marosimlarda jamoa bo‘lib qo‘shiq ijro etishi, xalqning olovga sig‘inib, olov atrofida qo‘shiq aytib, raqsga tushishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, XII-XV asr mutafakkirlarining aytishlaricha, xalqning asosiy bayrami bo‘lmish «Navro‘z»da o‘tkaziladigan turli urf-odatlar, qo‘shiqlarning ijro etilishi, raqsga tushilishi, xalqning musiqaga bo‘lgan munosabati yaqqol ko‘rsatilgan1. Oddiy xalqning musiqaga bo‘lgan munosabati, keyinchalik musiqaning rivojlanishi, ilmiy, nazariy tadqiqot o‘z o‘rnini asrlar davomida quyidagi asarlarda topdi: «Musiqa haqida risola» - Muhammad Nishopuriy, «Risolatush-Sharafiya» - Safiuddin Urmaviy, «Durat-ut toj-li g‘urrat yatDiboj» - Qutbiddin Sheroziy, «Nafois-ul-funun», «Li-arois-ulyunon» - Mahmud Omuliy, «Maholid-ul-ulum» - Mirsaid Alin Jurjoniy, «Maqosid-ul-alxon» - Abdulqodir Marogiy, «Musiqa haqida risola» - A. Jomiy, «Kitob-ul musiqa ulkabir» -al-Forobiy, «Donishnoma» - Ibn Sino, «Musiqa haqida risola» - Kamoliddin Binoiy, «Musiqaning ilmiy va amaliy qonuni» - Mahmud Husayniy, «Musiqa haqida risolalar» - Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy va boshqalar shular jumlasidandir. Qadimgi O‘rta Osiyodagi ko‘pgina xususiyatlarning mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ma’lumotlar devoriy naqshlarda, turli haykallarda o‘z aksini topgan. Sharq xalqlari orasida eramizning IV asridan boshlab siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Quldorlik asta-sekin feodal tuzum bilan almashdi. Sharq mamlakatlari ikki guruhga bo‘linib, turk va Sharqiy Eron xalqlariga qo‘shilib yashash jarayoni boshlandi. Qadimgi Panjakent shahridan topilgan yorqin naqshlarda aks ettirilgan turli ziyofat va marosimlar, kumush laganda ov manzarasi, raqqosaning haykali shundan dalolat beradiki, qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari orasida musiqa madaniyati yuqori baholangan.18 Musiqa merosida mahalliy turklarning ijro etgan ko‘nikmalari to‘g‘risida ,,Kitobi Qo‘rqut”da ko‘rsatilgan. Ushbu kitob turli xalqlarining yaratilgan qahramonlik eposlarining rivojlanishiga turtki bo‘lgan. VIII-IX asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari orasida islom dini qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy xalqlar shu diniy e’tiqod bilan yashay boshladi. Ayniqsa, shu davrda xalq orasida aholining mehnatkash tabaqalari manfaatlarini ifodalovchi Muqanna rahbarligida «Oq kiyimlilar» harakati tarixda asosiy o‘rin egalladi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyoda arab hukmronligi davri boshlandi. Mahalliy aholining va arab xalqining musiqa san’ati birlashib, ko‘proq mahalliy musiqachilar arab musiqasini o‘rganib, shu zayl yangi asarlar yaratildi. A.Mahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi» asariga murojaat qilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz: ya’ni birinchi arab qo‘shiqchisi Musadjik O‘rta Osiyoda bo‘lib, turli kuylarni tanlab oladi va ular asosida qo‘shiqlar ijrosi tizimini yaratdi. O‘rta Osiyolik qo‘shiqchilardan o‘rgangan mashhur hofiz ibn Muhriz arab baytlarini maromiga yetkazib kuylagan. O‘rta Osiyo xalqlarining rivojlanishi Somoniylar sulolasi (IX asr) bilan 1O'rta Osiyoda eramizning birinchi ming yillikdan boshlab o'troq dehqon lar (sug'diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1926 bog‘liq. Somoniylar sulolasining hukmdori Ismoil Somoniy o‘z davrida madaniyat va san'at sohasiga katta e’tibor berib, Buxoro shahrini madaniyat, san’at va iqtisod markazi deb tayinlagan. Shoirlar va musiqachilar, barcha madaniyat va san’at ahli ijodi uchun sharoit yaratib bergan. Bu davrda mashhur matematik va astronom Ahmad Farg'oniy, olim, algebra fanining asoschisi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, sharqning taniqli faylasufi, yirik olim, musiqashunos, asarlari keyinchalik musiqa sohasida barcha asarlar uchun asos bo‘lgan al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, olim va tibbiyot fanining asoschisi Ibn Sino, sharq klassik adabiyotining asoschisi A. Rudakiy, mashhur shoir A.Firdavsiy ijod qilib, o‘sha davrdagi musiqa madaniyati, adabiyot va san'atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. IX asrda Buxoro shahriga turli sharq mamlakatlaridan yirik shoir, xonandalar, sozandalar, raqqoslar kelib, shoh saroyida yashab ijod qilgan. Saroy shoirlar va musiqachilarning ijodida yangi asarlar yaratish g'oyasi paydo bo‘ladi. Ayniqsa. saroy xodimlari, hukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan mavzulardan iborat qasidalar alohida e’tiborga ega bo‘ldi. Qasidaning muqaddima qismiga (nasib) cholg‘u asbobi jo‘r bo‘Iar edi. Keyinchalik nasibdan musiqali poetik janr - g‘azal yaratildi. Qasida bilan bir qatorda hajviy qo‘shiqlar (amaldor shaxslarning salbiy 2 3 34xislatlari: xasislik, pastkashlik, ikki yuzlamachilik tomonlarini she'rda ta’rif etish) vujudga keldi. Ushbu qo‘shiqlar ko‘proq omma orasida keng tarqaldi. Hajviy qo‘shiqlar X asrning mashhur shoiri Abu Abdullo Rudakiy ijodida o‘rin olgan. Shoir asarlarida ko‘proq insoniylik xususiyatlari tarannum etilib, insoniyat erkinlikka, go‘zallikka da’vat etilgan. Saroy hayoti, to‘y-u tomoshalar hamda xalqning qahramonlik harakati sharqning buyuk shoiri Abulqosim Firdavsiyning shoh asari bo‘lmish «Shohnoma» da ko‘rsatilgan. Firdavsiy bu asarni 30 yil davomida yaratgan bo‘lib, unda xalqning hayoti va turmushi, xalq orasidan yetishib chiqqan qahramonlar - Rustam, Suxrob, Siyovush, Eraj orqali, go‘zallik, muhabbat timsoli esa ayollar obrazi - Tahmina, Sudobalar orqali aks ettirilgan. Firdavsiy «Shohnoma» asarida o‘sha davr musiqasi va musiqa asboblari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Torli va puflab chalinuvchi (nay, arfa, ud) musiqa asboblari to‘g‘risida yozgan. Al-Forobiyning ham musiqa sohasida qilingan ishlari bebahodir. Ayniqsa, «Kitob-ul-musiqa-ul kabir» asarida tovushning paydo bo‘iishidan tortib, usul, interval, uch tovushliklar (musiqa savodining turli qonun va qoidalari) to‘g‘risida, tovushlarining xarakteriga ko‘ra musiqa asboblari va ular to‘g‘risida ma’lumot beradi. Janglarga mo‘ljallangan cholg‘u asboblari ham mavjud bo‘lib, ularning ovozi baland va keskin, ziyofat va raqslar uchun, to‘y va quvnoq yig‘ilishlar uchun, muhabbat qo‘shiqlari uchun maxsus turlari bor, ayrimlarining tovushi keskin va xazin bo‘ladi, bir so‘z bilan aytganda, ularning turi juda ko‘p. Musiqa asboblari to‘g‘risida sharq musiqashunosi, yirik olim, XVII asming mutafakkiri Darvesh Ali Changiy o‘zining asarida keng ma’lumot berib, ud musiqa asbobini barcha musiqa asboblarining podshohi deb ta’riflagan. 2«O'zbek musiqa tarixi». Toshkent. 1981. 8-b. 3O'zbek musiqasi tarixi. Toshkent, 198L 5-b. ko'chmanchi (saklar, massagetlar) to'g'risida tarixiy manbalar ma'lumot beradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1927 Xasr oxirida turkiy qabilalar va mahalliy davlatlar o‘rtasida shiddatli kurash natijasida mamlakatda keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Somoniylar hukmronligiga barham berilib, taxt Sulton Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tdi. XI asming mashhur asari «Qobusnoma» ijod qilinib, bebaho yodgorlikka aylandi. Fors tili bilan bir qatorda turkiy til barqaror bo‘lib, ko‘p asrlar davomida shu tillarda asarlar yaratilgan.XI asrda turkiy tilda so‘zlashadigan xalqlarning mahalliy aholi bilan aralashib yashash jarayoni boshlandi. XI O‘n uchinchi asrda musiqa madaniyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. To‘xtovsiz kurashlar, mahalliy xalqning o‘zaro nizolari, ularning madaniyati, taraqqiyotiga zarar yetkazgan bo‘lsa-da, musiqa madaniyatiga ko‘p hissasini qo‘shgan Safiuddin Abulmo‘min. Urmaviy va uning shoh asarlari «Risolat ushSharafiya», «Kitobul-advor» shu davrda yaratildi (bu asarlar to‘g‘risida Urmaviy hayoti va ijodi qismida batafsil ma’lumot beriladi), XIV asming ikkinchi yarmida madaniyat va san’atda yangi yuksalish boshlandi. Temuriylar hukmronligida O‘rta Osiyo juda katta tashqi mavqega ega bo‘ldi. Me’morchilik san’ati rivojlandi, shaharlar paydo bo‘ldi, obodo nlashtirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, O‘sh shahri, «Kesh» (Shahrisabz) da ulkan qurilishlar paydo bo‘ldi. Xuroson, Eron va Arab mamlakatlaridan turli sozanda, xonanda, shoir va ijodkorlar ahlini Amir Temur o‘z saroyiga keltirib, madaniyat va san’at ma rkaziga aylantirdi. Bu ma’lumotlar tarixiy manbalarda zikr etilgan bo‘lib, bu to‘g‘risida hofizi Abro‘ quyidagicha yozadi: «Xushovoz hofizlar va sozandalar esa Fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo‘g‘ul ovozlari, xitoyliklar qonunlari, oltoyliklar o‘lchovlari asosida ko‘p qo‘shiq aytar edilar». “Zafarnoma” muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy o‘z asarida hunarmandlarning san’ati xilma-xilligi, ashula (musiqa), so‘z va raqsning mushtarakligini ko‘rsatib o‘tadi. Keyinchalik XV asrga kelib madaniyat va san’at markazi Hirot shahriga ko‘chdi. Ayniqsa, temuriylardan Mirzo Ulug‘bek saroyida musiqa madaniyati juda rivojlandi. XVII-XV asrlarda feodal tuzum tarqoqligi kuchaydi. Alohida xonliklar (Buxoro, Xiva, Qo‘qon) paydo bo‘lib, o‘zbek musiqa madaniyatiga katta ta’sir o‘tkazadi. O‘zbek xonlari saroyida musiqiy hayot rivojlanadi. Temuriylar davrida bo‘lgan an’analar xonlar davrida ham davom etib keladi, ayniqsa, tojik va o‘zbek xalqining aralash musiqali poetik yo‘nalishi an’ana tarzida yanada rivojlandi. XVI asr musiqa ilmi Najmiddin. Kavkabiy Buxoriy nomi bilan bog‘liq. Uning musiqa haqida risolasi keyinchalik barcha san’at ahli uchun musiqiy qo‘llanmaga aylangan edi. XVI asrda Darvesh Ali Changiy nomi san’atsevar xalq orasida mashhur bo‘lgan. Boshqa mualliflardan farqli o‘laroq Darvesh Ali Changiy o‘z risolasida musiqa san’atiga oid fikrlarida faqatgina musiqa nazariyasiga to‘xtalib o‘tmay, balki o‘z davrida yashab ijod qilgan bir qator musiqachilar hayoti va ijodi to‘g‘risida ham ma’lumot beradi. Darvesh Ali Changiy risolasida “bayoz”lar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1.O‘zbek musiqasi tarixi. Toshkent, 1981. 5-b. 2.«O‘zbek musiqa tarixi». Toshkent. 1981. 8-b.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1928 3.O‘rta Osiyoda eramizning birinchi ming yillikdan boshlab o‘ troq dehqonlar (sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) ko‘chmanchi (saklar, massagetlar) to‘g‘risida tarixiy manbalar ma’lumot beradi. 1. Ayritom Frizi — Termiz shahrida MMassoining Ayritom qal’asiga amalga oshirigan arxeologik ekspeditsiyasida topilgan devor parchasi shundan dalolat beradi. 2. Ushbu ma'iumotlar «O‘zbek musiqasi tared» kitobida keltirilgan. 9 -bet 3. Bayoz (arabcha so‘z bolib oqlik ma'nosini bildiradi) — she’riar to‘plami bolib, ikki va imdan ortiq shoirlar she’rlaridan tuziladi. Ilk bayozlar arab she’riyati rivojlangan davrda (7501055) yuzaga kelgan. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.- T.: 2005.1 bob, 579-b. 4. Marv shahri. Hozirgi Turkmaniston Respublikasida Marv shahri hisoblanadi. 5. Bayoz (arabcha so‘z bolib oqlik ma'nosim bildiradi) — she’riar to‘plami