OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH SINOVLARIDA FOYDALANILADIGAN TESTLARNING VALIDLIGI
Abstract
Ushbu maqolada oliy o‘quv muassasalariga kirish imtihonlarida foydalaniladigan testlarning validligi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ona tili fanidan olinadigan testlarning validligining ta’lim sifatiga ta’siri haqida so‘z boradi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1938 OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH SINOVLARIDA FOYDALANILADIGAN TESTLARNING VALIDLIGI Durdona Abduraimova ToshDO‘TAU magistranti Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy o‘quv muassasalariga kirish imtihonlarida foydalaniladigan testlarning validligi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ona tili fanidan olinadigan testlarning validligining ta’lim sifatiga ta’siri haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: oliy ta’limga kirish sinovlari, validlik, ona tili, kompetensiya, imtihon, test. Annotation. This article discusses the validity of the tests used in entrance examinations to higher educational institutions. It also touches upon the validity of the tests in the native language subject and their influence on the quality of education. Keywords: university, entrance exams, validity, native language, competence, exam, test. Ma’lumki, bugungi kunga qadar Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida munosib nomzodlarni saralash jarayonida turli ko‘rinishdagi imtihon shakllaridan foydalanilgan. Va bularning eng samaralisi sifatida test tizimi tanlangan. Buning sababi ushbu topshiriq tizimi boshqa sinov turlaridan bir qancha jihatlari bilan qulaydir. Jumladan, testlar quyidagi tomonlari bilan boshqa sinov turlaridan afzal hisoblanadi: -bir vaqtning o‘zida ko‘plab abituriyentlar sinovdan o‘tkaziladi; -vaqt teng taqsimlanadi va tejaladi; -sinov jarayoniga shaxs omilining aralashuvi cheklanadi. Kirish imtihonlarida foydalaniladigan testlarning maqsadi – har jihatdan eng maqbul nomzodni saralashdir. Bizning test sinovlarida foydalaniladigan topshiriqlar mazmuniga qo‘yadigan talablarimiz o‘qitadigan predmetimizning ta’lim maqsadiga mos bo‘lishi zarur. Testologiyada bu mazmun va maqsadning birligi validlik termini bilan ifodalanadi. “Valid – so‘zi lotincha “validus” so‘zidan olingan bo‘lib, “kuchli; samarali; yaroqli; qonuniy” ma’nolarini bildiradi. Testalogiyada bu atama tarjima qilinmagan holda ishlatiladi” [3. 37b]. Ya’ni “validlik – testing sifatini belgilaydigan eng asosiy tushuncha. Validlik deganda testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va emperik jihatdan asosli ekanligi tushuniladi” [3. 38b]. Shunday ekan Oliy ta’limga kirish imtihonlarida foydalaniladigan testlarning natijalari maqsad va mazmunga mos bo‘lishi kerak. Hozirgi kundagi test sinovlari validlimi? degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Biz validlik masalasini ona tili fanidan olinadigan test sinovlari misolida o‘rganishga harakat qildik.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1939 “Ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’limtarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 2020yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga muvofiq amaldagi davlat talim standartlarini umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi ona tili va adabiyot faniga oid o‘quv dasturlari, ta’limning vakolatli davlat organlari tomonidan tavsiya etilgan hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida amalda qo‘llanilayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarga tayangan holda shakllantiriladi” [5. 2b]. Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda test toshiruvchilar, xususan umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilar Milliy o‘quv dasturida qayd etilganidek quyidagi kompitensiyalar shakllangan bo‘lishi zarur: – nutqiy kompetensiyalar: og‘zaki nutq, yozma nutq, anglash malakalari; –lingvistik kompetesiyalar: fonetika, imlo me’yorlari, leksikologiya, morfologiya, sintaksis. Ushbu kompetensiyalarning ona tili fanidan Davlat test markazi tomondan 2024-2025-yil qabul sinovlari uchun namunaviy test savollarida qay darajada aks etganligini ko‘rib chiqdik. Ona tili va adabiyot fanlari uchun namunaviy variantda o‘ttizta topshiriq keltirilgan. Ushbu varintdagi topshiriqlardan o‘n yettita test savoli til malakalarini tekshirishga va baholashga xizmat qiladi. Unda: – imloviy savodxonlikdan bitta; – punktuatsiyadan bitta, – morfemika bo‘limidan ikkita; – leksikologiya bo‘limidan ikkita; – morfologiya bo‘limidan uchta; – sinktaksis bo‘limidan to‘rta; – atamalarga oid bitta; – fonetika bo‘limiga oid bitta; – o‘qib tushunishdan uchta savol kiritilgan. Yuqoridagi savollar asosan ikkilamchi ko‘nikma – nutq parchasini lingvistik tahlil qila olishni tekshirishga qaratilganligi ko‘rinadi. Og‘zaki va yozma nutq malakasini, anglash hamda tinglab tushunish malakasini o‘z ichiga olgan nutqiy kompetensiyalarni baholovchi test savollari esa namunaviy variantdan o‘rin olmagan. Bu esa ta’lim maqsadining baholash mazmuniga mos emasligidan dalolatdir.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1940 Xulosa qilib aytganda, bizning ta’lim tizimimizda amal qilayotgan test savollarini tahlil qilib shunga amin bo‘ldik: oliy ta’limga kirish test sinovlarida umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini tekshirishda foydalanilayotgan test topshiriqlari “valid emas” desak, xato qilmaymiz. Bu holat esa davlat kirish imtihonlari bilimli, nutqiy kompetensiyasi yaxshi rivojlangan, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda erkin ifodalay oladigan, o‘zgalarni nutq vaziyatidan kelib chiqib tushuna oladigan ijodiy tafakkur sohiblarini aniqlash imkonini bermaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdiraimov Sh.S. Ona tili taʼlimida o‘qib tushunish malakasini baholashning nazariy asoslari // Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 119-123-betlar 2. Abdiraimov Sh.S.Ona tili fanidan savodxonlikni tekshirishda turli test topshiriqlarining ahamiyati // Davlat test markazi. Axborotnoma. – Toshkent, 2019 №4. 10-15-betlar. 3. Davlat test markazi 2024-yilgi namunaviy test savollari. – Toshkent, 2024. 4. Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari [Matn]. – Toshkent: Akademnashr, 2020. –256 b. 5. Oliy ta’lim muassasalari bakalaviriyatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlari tafsiloti. 6. Zakirova M Sh, Ermatova N N. Test tuzish metodikasi va ekspertiza. –Toshkent, 2018. – 41b.