scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM VILOYATI URGANCH SHAHAR YO'LOVCHI TRANSPORTI TIZIMIDA ZAMONAVIY PIYODALAR O'TISH KO'PRIKLARINI REJALASHTIRISH BO'YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR

Ashurova Maxfuza Ikrombayevna, Quromboyev Suxrob Yo'ldosh o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Urganch shahar yo‘lovchi transporti tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar haqida umumiy va qisqacha ma’lumot berilgan. Urganch shahar yo‘lovchi transporti tizimida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va Urganch shahar yo‘lovchi transporti tizimi muammolariga yechimlar ko’rib chiqilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1949 XORAZM VILOYATI URGANCH SHAHAR YO‘LOVCHI TRANSPORTI TIZIMIDA ZAMONAVIY PIYODALAR O’TISH KO’PRIKLARINI REJALASHTIRISH BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR Ashurova Maxfuza Ikrombayevna, Quromboyev Suxrob Yo’ldosh o’g’li Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Qurilish” kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Urganch shahar yo‘lovchi transporti tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar haqida umumiy va qisqacha ma’lumot berilgan. Urganch shahar yo‘lovchi transporti tizimida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va Urganch shahar yo‘lovchi transporti tizimi muammolariga yechimlar ko’rib chiqilgan. Аннотация: В статье даны общие и краткие сведения о предложениях и рекомендациях по развитию пассажирского транспорта города Ургенча. Рассматриваются вопросы применения современных технологий в пассажирском транспорте города Ургенча и пути решения проблем пассажирского транспорта города Ургенча. Annotation: This article provides general and brief information on proposals and recommendations for the Urgench city passenger transport system. The application of modern technologies in the Urgench city passenger transport system and solutions to the problems of the Urgench city passenger transport system are considered. Kalit so’zlar: Bilim va ko’nikmalar, zamonaviy texnologiyalar,transport tizimi. Ключевые слова: Знания и навыки, современные технологии, транспортная система. Keywords: Knowledge and skills, modern technologies, transportation system. Hozirda shahar transport tizimlarining holati zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga javob bermaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish shahar transport tizimlarining ishini o’zgartirishga olib keldi. Katta shaharlardagi transport muammolari eng keskin bo’lib, bu yerda avtomashinalarning ko’payishi natijasida yo’lovchilarning harakatlanish vaqtini yo‘qotishlari ruxsat etilgan me’yorlardan sezilarli darajada oshib ketadi, shahar yo’lovchi transportining tashish qobiliyati muqarrar ravishda pasayib bormoqda . Shahar transport tizimlarining samaradorligini oshirishga tizimni rejalashtirish, tashkil etish va faoliyatini ta’minlaydigan barcha bo‘g‘inlarning oqilona va yaxshi muvofiqlashtirilgan ishlashi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik manfaatlarini ham o’zaro, ham tashqi muhit bilan to‘liq muvofiqlashtirish orqali erishiladi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1950 Shahar transport tizimlarining eng oqilona varianti quyidagi mezonlar bilan belgilanadi: sayohat vaqti, yuk tashish qobiliyati, almashinuv, iqtisodiy ko‘rsatkichlar; transport tizimining transport turlari bo‘yicha xususiyatlari, ularning tashish qobiliyati, masofasi, transport vositalarining tezligi, yo‘lovchi va yuk tashish hajmining taqsimlanishi; yo‘l tarmog‘ining xususiyatlarini ham o‘z ichiga olgan yig‘ma tushuncha sifatida foydalanish mumkin . Jamiyatning shahar transport tizimlarining ishidan qoniqish darajasi butun tizim sifatining asosiy ko’rsatkichidir, ammo bu ko’rsatkich amalda o’rganilmagan. Shubhasiz, shahar transport tizimlarining barcha quyi tizimlari birgalikda ko’rib chiqilishi kerak, jumladan: shahar yo’lovchi va yuk tashishni boshqarish amaliyoti, harakatni tashkil etish, shu bilan birga ekologik mezonlarni hisobga olish kerak. Shahar transport tizimlari sohasidagi har qanday yechim yo’lovchi-yuk kommunikatsiyalarini o’rganish va transport tarmog’ini rivojlantirishni loyihalashga asoslangan bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan yirik iqtisodiy rayonlarda shaharlar transportini rejalashtirish bo’yicha ilmiy markazlarni munitsipal-xususiy aralash kooperatsiya asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Xorazm viloyati “Transport boshqarmasi” ga kelib tushgan murojatlar, taklif va tavsiyalar hamda mutahasislar tomonidan ishlab chiqilgan yangi yo‘nalishlar sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan. Ushbu 3.1-rasmda ishlab chiqilgan tavsiyalar yetarli darajada Urganch shahar ichki yo‘nalishlarni modernizatsiya qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan, shuningdek, bu taklifda shaharning halqa yo‘li qismida 2 ta yangi yo‘nalishni ochish zarurligi bu yerdagi yo‘lovchi oqimini hisobga olgan holda aniqlangan hamda Urganch tumani Oq-oltin va G‘oyvu mahallararida shaharning markaziy Dehqon bozori atrofiga yangi yo‘nalishlarni ochish orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi ortishi kutilmoqda, 19-avtobus yo‘nalishida to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar oqimlarini hisoblash intervalining ishonchililigi pastki chegarasi 21 va yuqorgi chegarasi 37 ni tashkil qilar ekan. Ushbu avtobus yo‘nalishining teskari yo‘nalishida esa, pastki ishonchlilik chegarasi 24 va yuqorgi chegarasi 31 ni tashkil qiladi. Natijada to‘g‘ri yo‘nalishda 5 ta, teskari yo‘nalishda 3 ta bekatlar samarasiz va to‘g‘ri yo‘nalishda 3 ta, teskari yo‘nalishda 4 ta bekatlar ortiqcha kuchlanish bilan ishlayotganligi aniqlandi. Samarasiz ishlayotgan bekatlarni yopish hamda yuqori chegaradan katta qiymatga ega bo‘lgan bekatlar katta kuchlashish bilan ishayotganligi sababli ularni ajratish masalasini ko‘rib chiqilishi lozim. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1951 3.1-rasm. Urganch shahrida yangi ochiladigan yo‘nalishlarning taklif loyihasi Tadqiqot ishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, olingan natijalar bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqarildi: 1. 2032 yilda xar ming kishiga to‘g‘ri keluvchi avtombilizatsiya miqdori 310 ta bo‘lishi prognoz qilindi. Bu esa o‘z navbatida, 2022 yilga nisbatan taxminan 1.7 barobarga oshishi prognoz natijalari asosida aniqlandi. 2. 19-avtobus yo‘nalishi bo‘yicha eksperimental tadqiqot natijalariga asosan eng ko‘p xizmat ko‘rsatilgan bekatlar orasida to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha 53 ta aholiga xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi. 3. Shahar ichi yo‘nalishlaridagi yo‘nalishlar uzunligi bo‘yicha tahlil qilindi va 2.3-rasmda ko‘rsatilgan tahlillar natijasida ko‘rinib turibdiki shahar aholisi shahar ichi yo‘nalishlaridan o‘zlarining ehtiyojlarini qondirishda yo‘nalish bo‘ylab 0-3 km. oralig‘ida o‘rtacha 22% aholi sayohat qilishi aniqlandi, 3-6 km. oralig‘ida esa tahminan o‘rtacha 30% aholi sayohat ulushini tashkil etishi aniqlandi. 4. 19-avtobus yo‘nalishida to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar oqimlarini hisoblash intervalining ishonchililigi pastki chegarasi 21 va yuqorgi chegarasi 37 ni tashkil qilar ekan. Ushbu avtobus yo‘nalishining teskari yo‘nalishida esa, pastki ishonchlilik chegarasi 24 va yuqorgi chegarasi 31 ni tashkil qiladi. Natijada to‘g‘ri yo‘nalishda 5 ta, teskari yo‘nalishda 3 ta bekatlar samarasiz va to‘g‘ri yo‘nalishda 3 ta, teskari yo‘nalishda 4 ta bekatlar ortiqcha kuchlanish bilan ishlayotganligi aniqlandi. Samarasiz ishlayotgan bekatlarni yopish hamda ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1952 yuqori chegaradan katta qiymatga ega bo‘lgan bekatlar katta kuchlashish bilan ishayotganligi sababli ularni ajratish masalasini ko‘rib chiqilishi lozim. 5. Urganch shahridagi jamoat transporti yo‘nalishlariga zamonaviy piyoda o’tish ko’priklari loyihalash taklif va tavsiyalari ishlab chiqildi. Adabiyotlar ro’yhati: 1.www.gov.uz. (O‘zbeksiton Respublikasi xukumatining rasmiy sayti) 2.www.mjko.uz (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi) 3.www.minstroy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi)