YUQORI SINF O'QUVCHILARIGA KIMYO FANINI O'QITISH USULLARI
Abstract
Kimyo fani o‘quvchilarga atrof-muhit, moddalar va ularning o‘zaro ta'siri haqida chuqur tushuncha beruvchi muhim fanlardan biridir. Yuqori sinf o‘quvchilariga kimyoni o‘qitishda samarali usullarni tanlash, ularning qiziqishini oshirish va ilmiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilariga kimyo fanini o‘qitishning eng samarali usullari ko‘rib chiqiladi.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 426 YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA KIMYO FANINI O‘QITISH USULLARI Yuldashova Mavluda Ibrohimjon qizi Muhammad alXorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Guliston filiali kimyo fani o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17488213 Annotatsiya. Kimyo fani o‘quvchilarga atrof-muhit, moddalar va ularning o‘zaro ta'siri haqida chuqur tushuncha beruvchi muhim fanlardan biridir. Yuqori sinf o‘quvchilariga kimyoni o‘qitishda samarali usullarni tanlash, ularning qiziqishini oshirish va ilmiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilariga kimyo fanini o‘qitishning eng samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: kimyoviy modda, tafakkur, yondashuv,tajriba, amaliy mashg‘ulot, texnologiya, didaktika, metodika, usul, o‘quvchi, o‘qituvchi. Аннотация. Химия — один из важных предметов, который формирует у учащихся глубокое понимание окружающей среды, веществ и их взаимодействия. Выбор эффективных методов обучения химии старшеклассникам важен для повышения их интереса и развития научного мышления. В данной статье рассматриваются наиболее эффективные методы обучения химии старшеклассникам. Ключевые слова: химическое вещество, мышление, подход, эксперимент, практическое обучение, технология, дидактика, методика, метод, студент, учитель. Abstract. Chemistry is one of the important subjects that provides students with a deep understanding of the environment, substances and their interactions. Choosing effective methods in teaching chemistry to senior students is important in increasing their interest and developing their scientific thinking. This article reviews the most effective methods of teaching chemistry to senior students. Keywords: chemical substance, thinking, approach, experiment, practical training, technology, didactics, methodology, method, student, teacher. Hozirgi kun ta'lim jarayonida yuksak intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish-har tomonlama barkamol, yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllanlantirishning istiqbolli yo'llarini izlab topishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Kimyoni o'qitishning eng muhim omillaridan biri, uzluksiz o'quv tizimida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan ilg'or va boy tajribalarni dars jarayonlarida qo'llash, jumladan, kimyo fanini o'qitishda o’quvchilarning fanni chuqur bilishlariga erishishning muhim omillaridan biri, ma'ruzalarda kimyoviy jarayonlarni aks ettiruvchi turli sxema va jadvallardan, ko'rgazmali qurollardan, maket va kimyoviy moddalardan hamda interfaol usullardan keng foydalanishdir. Pedagogik texnologiya bu o'qitishga o'ziga xos bo'lgan yangichayo'ndashuvdir. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish ko'rsatmalarini amalga oshirish maqsadida pedagog-olim o'z o’quvchilarining fanni chuqur va puxta o'zlashtirishlari uchun ma'ruza matnlarini bayon qilishda dars jarayonini tushunarli, oson va qulay usullarda olib borsa, ularning faolligi va fanga bo'lgan qiziqishi ortadi. Buning uchun ma'ruzalarda butun guruhning barcha o’quvchilari diqqatini jalb qiluvchi yangicha yondashish, yangi didaktik materiallar kompleksidan keng foydalanish muhim rol o'ynaydi.
Oktabr, 2025-Yil 427 Kimyo darslarida o`quvchilarda juda ko'p tajribaviy ko'nikmalar shakllanadi. Kimyo o’qitishning metodlari, shakllari, manbalari o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o’qitish nazariyasining eng muhim bo’limlari sanaladi. O’qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta’lim jarayonida ta’lim mazmunini harakatlantirish shakli bo’lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo’lib hisoblansa, o’qitish metodlari o’rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo’lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e’tibor berish kerak. 1) O’qitishning qonuniyatlari va prinsiplari. 2) O’qitishning maqsad va vazifalari. 3) Shu fan mazmu nining hamda o’rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi. 4) Maktab o’quvchilarning o’qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari). 5) Tashqi sharoitning o’ziga xosligi. 6) O’qituvchining o’z imkoniyatlari. O’qitish metodlarining tuzilishi har xil bo’lib, ular ma’lum jarayonning takomillashuvi bilan to’xtovsiz ravishda o’sib boradi. Bu o’sish jamiyatda madaniyat darajasini o’sishiga bog’liq. Shu sababli o’qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Kimyo o’qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin. O’qitishning dogmatik metodi – o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat o’quvchilarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O’qitishning ilyustrativ metodi – o’qituvchi o’quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo’llaydi. Ular: o’qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko’rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo’llanmalari tablisalardan foydalaniladi. O’qituvchi laboratoriya tajribalarini ko’rsatib tushuntirib beradi. Ilyustrativ metodda o’qituvchi ayrim amaliy mashg’ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo’llaganda ham foydalanadi. Bu metod o’quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig’ilgach kengroq qo’llaniladi. O’quvchilarda amaliy o’quv ko’nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko’rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko’rsatish amalga oshiriladi. O’qitishning illyustrativ metodi – kimyo kursining boshlang’ich qismida ko’p qo’llanadi. Bu davrda o’quvchilarda ko’nikma va malakalar yetarli bo’lmaydi. Shu davrda o’qituvchi tajribalarni o’zi ko’rsatib tushintirib beradi. Bu metoddan o’quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar. O’qitishning evristik metodi - o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, o`quvchilar bevosita o’qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo’ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini qo’shsak yana rang o’zgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qo’shib aralashtirsak kraxmal ko’k tusga kiradi. Sababini esa o’quvchilar o’zlari izohlab berishlsri lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir. Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo’lib hisoblanadi. O’quvchi nazariy bilimlar to’g’riligini amalda sinab ko’radi. Masalan, eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.
Oktabr, 2025-Yil 428 Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o’zaro bog’liqlikka ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi. Quyida yuqori sinf kimyo darslarida qo‘llashda eng samarali bo’lgan usullarini keltirmoqchimiz: 1. Amaliy mashg‘ulotlar kimyo darslarida o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Laboratoriya ishlarini o‘tkazish orqali o‘quvchilar kimyoviy reaksiyalarni ko‘rishadi, tajribalar o‘tkazadilar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar. Bu usul, shuningdek, xavfsizlik qoidalarini tushuntirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham muhimdir. 2. Interaktiv darslar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi. O‘yinlar, guruhli muhokamalar va rol o‘yinlari orqali o‘quvchilar kimyo fanining asosiy tushunchalarini qiziqarli shaklda o‘zlashtiradilar. Masalan, kimyoviy elementlar yoki birikmalar haqida ma'lumot berishda interaktiv taqdimotlar va vizual materiallardan foydalanish samarali bo‘ladi. 3. Proyekt asosidagi o‘qitish o‘quvchilarga muayyan kimyoviy muammolarni hal qilish yoki tadqiqotlar olib borish imkonini beradi. O‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlashadi, ilmiy tadqiqotlar olib boradilar va natijalarni taqdim etadilar. Bu usul o‘quvchilarning ijodkorligini, muammolarni hal qilish qobiliyatini va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 4. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va onlayn resurslar kimyo darslarini yanada qiziqarli va samarali qiladi. O‘quvchilar internet orqali turli xil tajribalarni ko‘rishlari yoki simulyatsiyalar yordamida kimyoviy jarayonlarni o‘rganishlari mumkin. Bu usul, ayniqsa, laboratoriya sharoitlari cheklangan bo‘lgan holatlarda foydalidir. 5. Kontekstual o‘qitish usuli o‘quvchilarga kimyo fanining kundalik hayotdagi ahamiyatini tushuntirishga yordam beradi. Misol uchun, kimyoviy reaktsiyalarni oziq-ovqat, toza suv yoki atrof-muhit masalalari bilan bog‘lab tushuntirish, o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va ularning bilimlarini amaliyotga tatbiq etishga imkon beradi. 6. Har bir o‘quvchi o‘ziga xos tarzda o‘rganadi, shuning uchun darslarni turli darajadagi qobiliyatlar va qiziqishlarga moslashtirish muhimdir. Differensial o‘qitish usuli orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchining ehtiyojlariga qarab turli xil materiallar va faoliyatlarni taklif etishi mumkin. Bu usul barcha o‘quvchilar uchun muvaffaqiyatli ta'lim olish imkoniyatini yaratadi. XULOSA. Yuqori sinf o‘quvchilariga kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy va interaktiv usullarni qo‘llash muhimdir. Amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv darslar, loyiha asosidagi o‘qitish, texnologiyalarni qo‘llash, kontekstual o‘qitish va differensial yondashuvlar orqali o‘quvchilarning qiziqishi oshadi va ularning ilmiy tafakkuri rivojlanadi. O'qituvchilar bu usullarni birlashtirib, talabalar uchun qiziqarli va samarali ta'lim jarayonini yaratishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Abdullaev SH.V., Muxitdinova D.X. «Kimyo o’qitish metodikasi»dan metodik qo’llanma. - Namangan, 2003. 2. Umumiy O’rta ta'lim davlat ta'lim standarti va o’quv dasturi. Toshkеnt, 1999, 3-son 3. N. Borisov. Ximiya o’qitish mеtodikasi. Toshkеnt, 1958. 4. Z.Azimova. “Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya bеrish” T.: 1995.
Oktabr, 2025-Yil 429 5. X.T.Omonov., M.N.Mirvoxidova. “Kimyo o’qitish mеtodikasi” ma'ruzalar matni. 2001. 6. Mamajanov SH.A. Pedagogika ta’lim muassasalari«Kimyo va uni o’qitish metodikasi» bosqichining tuzilishi va mazmuni.: Avtoref. dis. … kand. ped. nauk. – Farg’ona: FDU, 2003. – B. 22