MILLIY TIL VA YOSHLAR MANAVIYATI
Full text
32 MILLIY TIL VA YOSHLAR MANAVIYATI Go‘zaloy Mamedova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oliy toifali o‘qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17488610 Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy tilning o‘rni masalasi tahlil qilindi va uning ahamiyati o‘rganildi. Asosiy e‘tibor milliy tilga qaratilib, uni rivojlantirish uchun muhim taklif va tavsiyalar berildi. Kalit so‘zlar: ona tili, milliy til, renessans, Yangi O‘zbekiston, ta’lim-tarbiya. Jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy sohalarda tubdan o‘zgarishlar xalqimiz uchun imkoniyat eshiklarini ochib berdi. Yangi O‘zbekiston o‘zbek jamiyatida yangi davrni boshlab, xalqni yangicha fikrlashga, yangi g‘oya va maqsadlarni ilgari surib, III Renessansga – Uyg‘onish davriga tamal toshini qo‘ydi. Bu esa xalqimizning farovon, emin-erkin yashashi, dunyoga yuz tutishi, orzu-maqsadlarini amalga oshirishi, yaratilgan shartsharoitlardan unumli foydalanish hissini berdi. Bu, albatta, til siyosatida ham o‘z aksini topib, xalqimizning bo‘ybastini to‘la-to‘kis namoyon etishida muhim omil sanalmoqda. Atoqli mutafakkir Abdulla Avloniy : “ Har bir davlatning dunyoga ko‘rsatadigan oynayi hayoti bu uning tilidir” degan fikrlari halihanuz o‘z ahamiyatini yoqotgan emas. Haqiqatan ham, til bu xalqning ma’naviy boyligi, ijtimoiy quroli hisoblanadi. Til bor ekan, xalq bor. Xalq uning sofligi, taraqqiyoti uchun hamda uni kelajak avlodga bus-butun yetkazishida mas’uldir. Shunday ekan, avlodlarimiz ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrab kelgan muqaddas tilimiz uchun biz javobgarmiz. Tarixsiz kelajak yo‘q, degan ibora aynan tilga nisbat berilgan bo‘lsa ajabmas. Tilimiz o‘z taraqqiyoti davomida qanchaqancha suronli davrlarni boshidan o‘tkazganiga tarix guvoh. Darhaqiqat, eramizning 7-asrida fanga ma’lum bo‘lgan nodir yodgorliklar: O‘rxun-Enasoy bitiklaridan “Tunyuquq”, “ Kultigin”, “ Bilgahoqon”, “Irq” bitiklari eng qadimgi turkiy til namunaridir. Ularning til xususiyatining fonetik, leksik hamda morfologik, sintaktik jihatidan hozirgi tildan farqlanishi tabiiy. Tilning gap qurilishidagi soddalik, lo‘ndalik, aniqlik o‘sha davr xususiyatiga xos, ya’ni xoqonlikdagi jangjadallar, xalqning ozodlik uchun kurashi, turmush tarzi, urfodatlarning o‘ziga xosligi tilda o‘z aksini topgan. Shunday ekan, tilni tarixdan, tarixni tildan ayri tasavvur qilish aslo mumkin emas. Tarixda tilimizning mavqeyi yuksalishiga yuz berayotgan ijtimoiysiyosiy vaziyatlar uncha ham yo‘l qo‘ymasdi. Arablar istilosi tilimizning yuksalishiga barqarorlashishiga rahna solib, yaratilajak
33 asarlar ham faqat shu tilda bolishini taqozo etdi. Natijada til asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotib, qo‘llanish doirasi pasaya boshladi-olomon tiliga aylandi. Asl asarlar arab tilida yaratilib, xalqning bu tilni o‘rganishiga da’vat kuchaydi. Tarix maydoniga Qoraxoniylarning kelishi turkiy tilimizning “o‘lgan ruhi”ga jon kirgizdi. Tilimiz qaddini rostlab, mavqeyini tikladi hamda “Qadimgi turkiy adabiy til”da misli ko‘rilmagan asarlar birin-ketin yuzaga kela boshladi. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg‘u bilik”, Yuganakiyning” Hibbatul haqoyiq” asarlari shular jumlasudandir. Tibbiyot, fiqh, adabiyot, til kabi fanlarning gullab yashanashi ham aynan shu davrdan boshlanib tarixda II Renessansga asos soldi. Albatta, bunga erishish oson ish emas. Tarixda til siyosati doimo munozaralarga mavzu sanaladi. Tillarning maqomga ega bo‘lish masalasi har doim ham oson yo‘l bilan hal bo‘lmaydi. Bunga tarix guvoh. Turkiy tilimiz ham bundan mustasno emas. Forstojik tilining mavqeyi yuksalib, barcha nodir asarlar ushbu tilda yaratilishi go‘yo “ikki uloqchi otning poygasi”da kimning g‘olib bo‘lishidek muhim bir masala edi. XV asrga kelib turkiy tilning “Eski o‘zbek tili ” deb nomlanishi tilimiz tarixida tub burilish yasadi. Bu tilda Navoiy, Bobur, Furqat, Nodira, Uvaysiylar ijod namunalarini yaratib, II Renessans poydevorini qurdilar, O‘rta Osiyoni sivilizatsiya markaziga aylantirdilar. Bugungi Yangi davr avlodining buyuk tarix oldidagi asosiy burchi ma’naviy merosni lisoniy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdir. Yoshlarning yuksalish hamda taraqqiyot asrida fan, madaniyat, texnika bilan birga turli tillarni o‘rganish borasida qilayotgan sa’yharakatlari yurt rivoji uchun katta ahamiyatga ega. Atoqli adibimiz M.Behbudining “Ikki emas, to‘rt til kerak” maqolasi ham bugungi yoshlarga haqiqiy dasturul amal bolishi tabiiy. Axborot asrida tilning qudrati nechog‘lik muhim bo‘lsa, unga bo‘lgan qiziqish ham shuncha ortadi. Darhaqiqat, bugungi yoshlarimizning til ilmini o‘rganishga bo‘lgan e’tibori, ishtiyoqi ancha yuqori, ular kelajakda o‘z tilining mukammal egasi bo‘lishiga ishonamiz. Ular Navoiy, Bobur, qolaversa, o‘tmishda o‘tgan ota-bobolarining bebaho xazinasidan bahramand bo‘lmoqdalar, ona tiliga bo‘lgan cheksiz muhabbatlarini o‘z qarashlarida, ijodiy ishlarida namoyon qilmoqdalar. Til bo‘yicha yangi loyihalar ustida ishlab, bilimlarini oshirmoqdalar. Xususan, “O‘zbek tilini o‘rganamiz”, “Tingla va o‘rgan” podkast loyihasi tilimizni tinglab, grammatikani mustaqil o‘zlashtirish, talaffuz normalariga rioya qilib so‘zlash kabi mashqlarni o‘rganishga qaratilgan. Ularning o‘z tillarini o‘rganishda turli innovatsion usullardan foydalanib o‘z bilimlarini boyitib borishlari, albatta, kelajakda Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonchimiz komil. O‘zbek tilining jahon minbarlarda yangrash orzusini ro‘yobga chiqaruvchi iste’dodli til bilimdonlari
34 ko‘paysa, tilimiz aslo zavol topmaydi. Zero, ular – tilimiz egalari, kelajagimiz ertasidir! Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahmudov N.M. Til va yozuv. – Toshkent: O‘zbekiston,1987. 2. Mahmudov N.M. Til tilsimi tadqiqi. –Toshkent, 2017. 3. Kuchimov Sh.N. Diplomatik til asoslari. –Toshkent: JIDU, 2002.