scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NUTQIY JANRLAR NAZARIYASIDA "OILA" KONSEPTINING LINGVOMADANIY TALQINI

Dilnavoz JUMANOVA

Full text

143 NUTQIY JANRLAR NAZARIYASIDA “OILA” KONSEPTINING LINGVOMADANIY TALQINI Dilnavoz JUMANOVA, Jizzax davlat pedagogika universitet mustaqil izlanuvchi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17488804 Annotatsiya. Ushbu maqolada nutqiy janrlar nazariyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va o‘zbek tilshunosligida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘zbek xalqining madaniy tafakkurida “oila” konseptining nutqiy ifodalanish shakllari – maqol, nasihat, duo, so‘zlashuv janrlari misolida yoritiladi. Maqola nutqiy janrni lingvomadaniyat bilan bog‘liq ijtimoiy hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. Kalit so‘zlar: nutqiy janr, konsept, oila, madaniyat, til va tafakkur, muloqot, lingvomadaniyat. Ijtimoiy hodisa bo‘lgan til insoniyatning eng katta yutuqlaridandir. Uning paydo bo‘lishi, tabiati, rivojlanish qonuniyatlari, tilning “hayot tarzi” asrlar davomida olimlar e’tiborini tortib kelgan. Til va madaniyat, til va tafakkur o‘rtasidagi aloqa masalasi o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalardan hisoblanadi. Til tadqiqining tadriji tavsiflashdan tortib o‘ta mavhumlashtirish, qoliplashtirishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Har bir davrda tilshunoslik metodologiyasida sodir bo‘lgan burilish obyektning u yoki bu tomoniga qiziqishning ortishi bilan shartlangan. Hozirda “paradigma” atamasi ostida ilmiy muammoni qo‘yish va hal qilishning mutaxassislar e’tirof etgan yaxlit andazasi, fan obyektiga umumiy nazar, nazariy qoidalar, metodlar tizimi tushunilib, tilshunoslikda uchta: qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik paradigmalar ajratiladi. Tilshunoslik ilmida antroposentrik paradigma ustuvorlik kasb etmoqda. Mazkur jarayonda nutqiy janrlar tobora ommaviylashib borayotgan o‘ziga xos ilmiy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Nutqiy janrlar nazariyasi xususida so‘z borganda uning markaziy masalasi nutqiy aktlarning janr xususiyatlarini aniqlash hamda nutqiy janrlarning lingvistik va pragmatik aspektlarini tekshirishdan iborat ekanini ta’kidlash joiz. Adabiyotshunoslik va lingvistika chegarasidagi muammolar M.M.Baxtinni avvaldan qiziqtirib kelgan. 1951-1952-yillar davomida yozilgan ishlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikki muammo – dialog va nutqiy janrga bag‘ishlangan edi. Nutq zanjiridagi alohida aytimlarning bir-biriga munosabatini M.M.Baxtin dialogik deb tushungan: “Har bir konkret nutqiy muloqot birligi sifatidagi aytimning chegarasi nutqiy subyektlarning almashishi, so‘zlovchining o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Har qanday aytim – qisqa bir so‘zdan iborat bo‘lgan ijtimoiy dialog murojaatidan tortib, katta hajmdagi roman yoki ilmiy risola – absolyut boshlanish va absolyut yakunga ega: uning boshlanishiga qadar – boshqalarning aytimi, uning yakunidan keyin – boshqalarning javoblari (hech bo‘lmasa, boshqani to‘liq tushunganlik belgisi bo‘lgan 144 sukut)” [Baxtin M.M., 1986: 188]. Demak, aytimda navbat va sukut ham muhim ahamiyatga ega. Avvaliga dialogga ko‘p e’tibor berilgan bo‘lsa, keyinchalik ijodning markazini nutqiy janrlar egallab olgan [Alpatov va Baxtin, 2001: 123-137]. Dastlabki ishlarida olim nutqni funksiya va janrlar bo‘yicha tasnif qilishga urinadi. Bunda funksiya tushunchasi ostida funksional uslublarni nazarda tutgan olim keyinchalik bu fikrdan voz kechadi. Dastlabki qo‘lyozmalarida ishlatilgan janr so‘zi keyinchalik nutqiy janr va nutqiy muloqot terminlari bilan o‘zgargan. M.M.Baxtin fanda faqat adabiy janrlar nazariyasi ishlab chiqilganligini, uslub va janr muammosi to‘liq ishlanmaganligini, maishiy dialoglar tasnifi haligacha mavjud emasligini ta’kidlaydi[Baxtin,1986: 428-472]. Ammo bu tadqiqotlarda janrlar sistemasi, ularning boshqalardan farqli chegarasi berilmagan. Nutq janri kompozitsiyasi bir butunlik bo‘lib, M.M.Baxtinning ta’rificha, u 1) butunning dastlabki qurilish tiplari; 2) uning yakuniy tiplari; 3) so‘zlovchining nutq muloqotining boshqa qatnashchilariga munosabati tiplari kabi turlarga ajraladi [Baxtin, 1996: 179]. M.Baxtin fikriga ko‘ra, nutq janrlari aytimning tipik shakli bo‘lib, ular nutq zanjirining alohida xalqalarini tashkil qiladi: “Har qanday aytim – nutqiy muloqot zanjirining halqasi. Bu so‘zlovchining ma’lum predmet-mazmuniy sferadagi faol pozitsiyasidir. Til vositalari va nutqiy janrlar tanlovi predmetmazmuniy topshiriqlari orqali aniqlanadi”[Baxtin, 1996: 187]. F.de Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi” asariga M.Baxtin katta baho beradi: “Til sistema sifatida, so‘zlovchining emotsional-baho pozitsiyasini ifodalash uchun boy til vositalariga (leksik, morfologik va sintaktik) ega” [Baxtin, 1996: 188]. XX asrning 50-yillariga kelib F.de Sosyur va uning izdoshlari tomonidan til nazariyasi ishlab chiqilgan, lekin til janrlari nazariyasi tushunchasi hali fanda yo‘q edi. M.Baxtin til va nutq lingvistikasini bir-biridan farqlash uchun aytimlar nazariyasini mentalingvistika deb atagan holda, aytimni nutqiy muloqot birligi deb biladi va uning F. de Sossyur qayd etganidek, individual emas, balki ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlaydi hamda bunday xulosaga kelishining sababini aytimlarning nutq jarayonida ikki faol ishtirokchining (so‘zlovchi va tinglovchi) o‘zaro muloqoti natijasida hosil bo‘lishi bilan asoslaydi. Olim muloqot jarayonining ikkinchi ishtirokchisini hisobga olmaganligi uchun F.de Sossyurni tanqid qiladi: “Дается схема активных процессов речи у говарящего и соответсвующих пассивных процессов восприятия и понимания речи и слушающего” [Baxtin, 1940: 169]. M.Baxtin janr deganda jamoa ichidagi muloqotning samarali vositasini tushunadi: uni o‘zlashtirish orqali inson qabul qilingan janrlar tizimidan foydalanishni o‘rganadi va, aksincha, janrlar tizimi va ular nazarda tutgan kommunikativ maqsadlarni o‘zlashtirish orqali u jamoada yashaydi. Shubhasiz, turli jamoalar ham turli janr repertuarlariga ega. 145 M.M.Baxtin ta’kidlaganidek, tilni mukammal o‘rganish mumkin, lekin u yoki bu nutqiy janrni bilmaslik insonni xijolat qilib qo‘yadi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, so‘zlovchi tomonidan me’yoriy tushunchalar yaratilmaydi, balki unga tayyor holda taqdim etiladi: “Речевые жанры даны нам почти так же, как дан родной язык… Научиться говорить – значит научиться строить высказывания. Речевая воля говорящего осуществляется прежде всего в выборе определенного речевого жанра” [Baxtin, 1960: 181]. V.V.Dementyev nutqiy janr yuzasidan uchta asosiy konsepsiyani farqlaydi: 1) Aristotelning falsafiy qarashlari (klassik); 2) kollokvializm (nutqshunoslik); 3) Baxtinning qarashlari (janrshunoslik)[Dementyev, 2016: 103-121]. M.M.Baxtin izdoshlari bo‘lgan rus tilshunoslari nutqiy janrlarga oid tadqiqotlarini ikki asosiy yo‘nalishda bajargan [Dementyev, 2013: 126-135]. Ular semantika-sintaktika-pragmatika semiotik paradigma elementlariga tayanib tadqiq qilishgan. Ko‘rinadiki, birinchi yo‘nalish semantika-sintaktika yo‘nalishida tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish sintaktika-pragmatika yo‘nalishida nutqiy janrlarni o‘rganishgan. Semantika sintaktikaga tayanib ish ko‘rsa, sintaktikadan pragmatikaga o‘tiladi. Shu sababdan V.V.Dementyev ushbu yo‘nalishlarni genristika va janristika deb nomlaydi va ularning o‘rganish obyektini ham ko‘rsatib o‘tadi. Ya’ni nutqiy janrlarni lingvistik jihatdan o‘rganadigan genristika yo‘nalishida nutqiy aktlar nazariyasi asosiy o‘rganish obyekti ekanligini, nutqiy janrlarni pragmatik jihatdan o‘rganadigan janristika yo‘nalishida esa asosiy o‘rganish obyekti adresat va adresantning o‘zaro ta’siri, uzatilayotgan hamda qabul qilinayotgan kommunikativ mazmundir, deb ko‘rsatadi. O‘zbek tilshunosligida ham nutqiy janrlarga ma’lum darajada lingvistik yondashilgan tadqiqotlar yaratildi [Chiniqulov, 2007:133]. Ijtimoiy hayotimizning qaysi bir sohasiga kirib bormaylik, soha vakillari o‘rtasidagi muloqotning rangbarangligiga, muloqot jarayonida jumla qurilishining o‘ziga xos tiplari mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Buni og‘zaki so‘zlashuv nutqi xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahlili misolida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek tilshunosligida bevosita “nutqiy janr” deb baholanmasa-da, xoslangan nutq xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ularda o‘zbek lingvomadaniy muhitida muloqot odobi, nutqiy etiket masalalariga e’tibor qaratilgan. Xususan, B.O‘rinboyev o‘zbek so‘zlashuv nutqi xususiyatlarini tizimli tahlil etish jarayonida so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos stilistik, fonetik, leksik, grammatik va semantik imkoniyatlarini ajratgani holda vokativlik kategoriyasiga alohida e’tibor qaratdi [Hazratqulov, 1966: 146]. Ushbu dissertatsiyalarda peshlavha, dastxat, gazeta janrlari, xat (epistolyar), tasvir nutq tiplari o‘rganilgan, ana shu nutq tiplarini ajratish, 146 ularni farqlash, chegarasini aniqlashning o‘zi ularda nutqiy janr termini ishlatilmagan bo‘lsa ham nutqiy janrlarni ifodalaydi. Ularda nutqiy janrning morfosintaktik, leksikgrammatik xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Bu esa nutqiy janrning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning samarali usullaridan biri sifatida dunyo tilshunosligida tan olingan [Kibrik, 2009: 11]. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligida ham lingvistik matnlarni kommunikativ maqsad asosida, ya’ni nutqdagi xususiyatlarini o‘rganishda uni nutqiy janr sifatida nomlash maqsadga muvofiq. Yangi ilmiy yo‘nalishda tilning kommunikativ vazifasini o‘rganish birinchi vazifa sifatida belgilanadi va u ogʻzaki matnlar orqali reallashadi. Og‘zaki janrlarda xalqning kognitiv tafakkuri (ma’rifati, madaniyati, tarixi, urfodatlari) namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, ijtimoiy kommunikativ muloqotda og‘zaki nutq muhim rol o‘ynaydi. Bu holat esa ijtimoiy kommunikativ muloqotda nutqiy janrning dominantligini ko‘rsatadi. Shu sababdan nutqiy janrlarni o‘rganish olamni tanishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy lingvistikaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Nutqiy janr tadqiqotining kommunikativ va pragmatik strategiyasi F.de Sossyurning “mavhum obyektivizm”ini va M.M.Baxtinning til-nutq haqidagi g‘oyalarining haqiqiy haqiqat sifatida bartaraf etishga yordam beradi. Olim shunday hukm chiqaradi: “Til-nutqning haqiqiy haqiqati – bu til shakllarining mavhum tizimi emas, balki so‘z va so‘zlar bilan amalga oshiradigan nutq shovqinining ijtimoiy voqeligidir” [Baxtin, 1996: 113]. A.Nurmonov axborot uzatish va uni qabul qilib olish qo‘shimcha ma’no (fikr) ifoda etishini, bu holat tilshunoslikning ichki tuzilishidan tashqari holatda yuz berishini aytib o‘tadi. “Har qanday gapning semantikasida … so‘zlovchining kommunikativ niyati va modallik aks etgan bo‘lishi kerak” [Nurmonov, 1986: 4245]ligini ta’kidlab o‘tadi. M.Hakimov nutqiy akt tushunchasi, unda so‘zlovchining kommunikativ niyat aks etishini aytib, uning nutqiy aktlarning ko‘rinishlari sifatida nutqda namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. So‘zlovchining munosabati esa nutqiy aktlar vositasida shakllanadi [Hakimov, 2013: 6]. Shakllangan nutqiy aktlar nutqiy janr turlarini hosil qiladi. Ma’lumki, inson muloqoti jarayonida ko‘p harakat qiladi, nutqiy verbal hamda nutqiy bo‘lmagan noverbal vositalarning birgalikdagi faoliyati natijasida tushuntirish osonlashadi. Bunday muloqot paralingvistika (para – yaqin, yondosh demakdir) tomonidan o‘rganila boshlandi. Nutq turlicha ishoralar, mimikalar, ohanglar bilan olib boriladi. Shunga ko‘ra, nutq odobi masalalari xususida so‘z yuritish paralingvistika bilan bog‘liq holatda olib borilishi fikrning to‘laqonli ochilishi uchun asos bo‘ladi. O‘zbek xalqida nutqiy muloqotda ishtirok etuvchi paralingvistik vositalar juda katta ahamiyatga ega. Chunki turli yoshdagilar, tanish-notanishlar, 147 erkak va ayollar muloqotida so‘zlash ohangining o‘zgarib turishi, qo‘l, bosh va tananing boshqa a’zolarining adresatga qarab tanlab harakat ettirilishi, ayniqsa, O‘rta Osiyo xalqlarida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Intonatsiya yordamida ham ayrim hollarda adresantning qaysi millatga mansubligi, qaysi joyda yashashi, shu qatori, ba’zan unga xos insoniy xislatlar to‘g‘risida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Nutq odobi me’yoriga muvofiq ohang adresantning qaysi ijtimoiy guruhga xosligini ham belgilaydi. Nutqiy janr tadqiqotining kommunikativ va pragmatik strategiyasi F.de Sossyurning “mavhum obyektivizm”iga va M.M.Baxtinning til-nutq haqidagi g‘oyalariga tayanadi. Olim shunday hukm chiqaradi: “Til-nutqning haqiqati – bu til shakllarining mavhum tizimi emas, balki so‘z va so‘zlar bilan amalga oshiradigan nutq jarayonining ijtimoiy voqeligidir” [Baxtin, 1996: 113]. M.M.Baxtin g‘oyalari tilnutqning sotsiolingvistik va lingvopragmatik tadqiqoti shaklida ancha samarali rivojlandi. Birinchi yo‘nalish tilning funksional xususiyatlarini: muayyan nutqiy vaziyatlarda tildan foydalanish, muayyan etnolingvistik jamoaning kommunikativ kompetentligi ta’sirini o‘rganadi. Ikkinchi yo‘nalishda esa tilning pragmatik salohiyati – nutq, kommunikativ vaziyatlar va tilning ta’sir etish yo‘llariga e’tibor qaratiladi. Muayyan nutqiy vaziyat doirasida tilning illokutsion va perlokutsion funksiyalari va ularning nutqiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlashi ko‘rib chiqiladi: ijrochilar, presuppozitsiyalar, takliflar va boshqalar. Bularning barchasi, albatta, nutq janrlari nazariyasi uchun juda muhimdir, ammo tizim integratsiyasidan tashqarida qolib, ular bilan bilvosita bog‘liq. Nutq va nutq janrining o‘zaro ta’sirining ichki stimullarini tushunish uchun nutq janrining o‘ziga xos tarixiy, madaniy, pragmatik va lingvistik jihatlarini bog‘lovchi yashirin diskursiv qirralarini topish muhimdir. Xulosa qilib aytganda, nutq janrlari dialogik hodisa sifatida invariant-variant modeli sifatida sintagmatik va paradigmatik munosabatlar tizimi orqali o‘rganiladi. Nutq janri so‘zlovchining turli tipik intensiyalari nutq janrining bir logik-intensional aspekti sifatida ko‘riladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алпатов В.М. Вопросы лингвистики в работах М.М. Бахтина 40-60-х гг. // Вопросы языкознания, № 6, 2001. 2. А.Нурмонов, Кўмакчили конструкциялар пресуппозицияси // O‘ТА. 1986, 6, 42-45-б.; Shu muallif. Tасдиқ ва инкорнинг паралингвистик воситалар ёрдамида ифодаланиши // O‘ТА. 1978, 1. – Б.31-34; Shu muallif. Лингвистик прагматиканинг назарий шаклланиши // O‘ТА.2001, 4. –Б.54-57; Shu muallif. Синтактик бирликларнинг прагматик томони // O‘ТА. 2000. 5.22-24-б.) 3. Бахтин М.М. Проблема речевых жанров. Литературно-критические статьи. – М., 1986. 4. Бахтин М.М. Проблема речевых жанров. Литературно-критические статьи. – М., 1986. 5. Бахтин M.M. Проблема речевых жанров // Бахтин M.M. Собр. соч. – M., 1996. 6. Бахтин М.М. Собр. соч.: В 5 т. М., 1996. Т. 5. Работы 1940-х – начала 1960-х годов. 148 7. Дементьев В.В. Жанры речи и дискурс: Местожанроведческих исследований в парадигме дискурс анализа. Вестник РУДН. – №3. Серия: Лингвистика. – М., 2016. 8. Дементьев В.В. Ko‘rsatilgan асар; Воробьева Н.В. О понятии “жанр” в современной лингвистике. Вестник МГЛУ. Выпуск 17 (677). – М., 2013. 9. Кибрик А.А. Модус, жанр, и другие параметры классификации дискурсов // Вопросы языкознания. – №2. – М., 2009. 10. М.Ҳакимов. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари. – Тошкент: Akademnashr. 2013. 11. Чиниқулов Н. Пешлавҳаларнинг лисоний хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... дис. – Тошкент, 2007. 12. Хазратқулов А. Диалагическая речь в современном узбекском литературном языке. – Самарканд: АКД, 1966.