"DISKRET-LOGIC" MOBIL ILOVASINI YARATISH
Abstract
“DISKRET-LOGIC” mobil ilovasi diskret mantiqning nazariy asoslarini amaliy mashqlar, interaktiv vizualizatsiya va avtomatik hisoblash vositalari orqali o‘rgatish uchun ishlab chiqiladi. Ilova foydalanuvchilarga mantiqiy ifodalarni kiritish, rostlik jadvallarini avtomatik hosil qilish, Boolean ifodalarni soddalashtirish, hamda mantiqiy sxemalarni blok-diagramma ko‘rinishida qurish va emulyatsiya qilish imkonini beradi. Ta’lim modulida nazariya qisqacha taqdim etilib, qadam-boshqich misollar, interaktiv mashqlar va baholash testlari bilan mustahkamlanadi.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 60 DOI: https://10.5281/zenodo.17489115 “DISKRET-LOGIC” MOBIL ILOVASINI YARATISH Turg‘unov Abrorjon Maxamatsolievich PhD, dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti E-mail: [email protected] Xudoyqulov Quvondiq Oybek o‘g‘li FullStack Software Engineer E-mail: [email protected] Amonqulov Bekzod Orzumurod o‘g‘li Qahhorov Afro‘z Faxriddin o‘g‘li Talaba, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ANNOTATSIYA “DISKRET-LOGIC” mobil ilovasi diskret mantiqning nazariy asoslarini amaliy mashqlar, interaktiv vizualizatsiya va avtomatik hisoblash vositalari orqali o‘rgatish uchun ishlab chiqiladi. Ilova foydalanuvchilarga mantiqiy ifodalarni kiritish, rostlik jadvallarini avtomatik hosil qilish, Boolean ifodalarni soddalashtirish, hamda mantiqiy sxemalarni blok-diagramma ko‘rinishida qurish va emulyatsiya qilish imkonini beradi. Ta’lim modulida nazariya qisqacha taqdim etilib, qadam-boshqich misollar, interaktiv mashqlar va baholash testlari bilan mustahkamlanadi. Kalit so‘zlar: diskret mantiq, Boolean algebra, rostlik jadvali, mantiqiy sxema, mobil ilova, interaktiv ta’lim. АННОТАЦИЯ Мобильное приложение «DISKRET-LOGIC» разработано для изучения теоретических основ дискретной логики посредством практических упражнений, интерактивной визуализации и автоматических вычислительных инструментов. Приложение позволяет пользователям вводить логические выражения, автоматически генерировать таблицы истинности, выполнять упрощение булевых выражений, а также проектировать и эмулировать логические схемы в виде блок-диаграмм. В учебном модуле теория представлена в краткой и наглядной форме, сопровождается пошаговыми примерами, интерактивными упражнениями и оценочными тестами. Ключевые слова: дискретная логика, булева алгебра, таблица истинности, логическая схема, мобильное приложение, интерактивное обучение.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 61 ABSTRACT The “DISKRET-LOGIC” mobile application is designed to teach the theoretical foundations of discrete logic through practical exercises, interactive visualization, and automated computation tools. The application enables users to input logical expressions, automatically generate truth tables, simplify Boolean expressions, and design as well as emulate logic circuits in block-diagram form. The educational module presents theoretical material in a concise and visual manner, supported by step-by-step examples, interactive exercises, and evaluation tests. Keywords: discrete logic, Boolean algebra, truth table, logic circuit, mobile application, interactive learning. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan tizimlar va sun’iy intellekt sohalarining jadal rivojlanishi diskret mantiqni o‘rganishni yanada dolzarb masalaga aylantirdi. Diskret mantiq — bu mantiqiy ifodalar, rostlik qiymatlari (0 va 1) va ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, u raqamli tizimlar, dasturlash va kompyuter arxitekturasining nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarga mantiqiy fikrlashni shakllantirish va mantiqiy amallarni interaktiv tarzda o‘rganish imkonini beruvchi vositalarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu sababli, diskret mantiqni o‘rganishga mo‘ljallangan dasturiy mobil ilova ishlab chiqish ilmiy va amaliy jihatdan muhim hisoblanadi. Diskret mantiqning nazariy asoslari Diskret mantiqning asosiy g‘oyalari Aristotel davridan boshlangan bo‘lib, keyinchalik Jorj Bul (George Boole) tomonidan matematik shaklga keltirildi. Bul algebrasi yordamida mantiqiy ifodalar matematik tilda yozilib, ular ustida amallar bajarish mumkin bo‘ldi. Mantiqiy amallar quyidagilardan iborat: • NOT (¬) – inkor, • AND (∧) – mantiqiy “va”, • OR (∨) – mantiqiy “yoki”, • XOR (⊕) – “eksklyuziv yoki (halqali yig‘indi)”. Ushbu amallar yordamida har qanday raqamli sxema yoki mantiqiy qaror qabul qilish tizimi modellashtiriladi. Tadqiqot maqsadi: diskret mantiq fanini o‘rganishni soddalashtiruvchi va interaktiv tarzda amalga oshiruvchi mobil ilova ishlab chiqishdan iborat. “DISKRET-LOGIC” mobil ilovasining asosiy oyna ko‘’rinishi quyidagicha:
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 62 1-rasm. Ilovaning bosh oyna ko‘rinishi Ushbu oynada mantiq o‘garuvchilarini kiritish, mantirq o‘zgaruvchilarini tanlash va mantiq amallari qismlaridan iborat. MantiqiyJadvalPage - Asosiy funksional sahifa. class MantiqiyJadvalPage extends StatefulWidget { ... } Bu sahifada foydalanuvchi formulani tuzadi va chinlik jadvalini ko‘radi. Mantiq o‘zgaruvchilari bilan ishlash uchun: final List<String> harflar = [‘A’,’B’,’C’, ...]; 2-rasm. Mantiq o‘zgaruvchilarini kiritish Mantiq amallari bilan ishlash uchun: final List<String> belgilar = [‘¬’,’∧’,’∨’,’→’,’<->‘,’⊕’,’↑’,’↓’,’(‘,’)’, ‘Go‘,’Clear’];
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 63 3-rasm. Mantiq amallarini tanlash “Tugmabos” funksiyasi - Tugmalar bosilganda belgilangan amal bajarilishini belgilaydi. void tugmaBos(String belgi) { if (belgi == ‘⌫’) { // Bitta belgi o‘chiradi } else if (belgi == ‘Clear’) { // Hamma narsani tozalaydi } else if (belgi == ‘Go‘) { // Hisoblashni boshlaydi final formula = _controller.text.replaceAll(‘ ‘, ‘‘); final table = hisoblashJadval(formula); final shakl = aniqlashShakl(formula); Navigator.push(...NatijaPage...); } else { // Bosilgan belgini formula maydoniga qo‘shadi } } Foydalanuvchi tugmani bosganda shunga mos harakat bajariladi. hisoblashJadval - Chinlik jadvalini yaratish. List<Map<String, String>> hisoblashJadval(String formula) Bu funksiya formuladagi barcha harflarni, ya’ni mantiq o‘zgaruvchilarini topadi (masalan, A, B, C). 4-rasm. Mantiq formulasini kiritish oynasi
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 64 Ular uchun barcha 0 va 1 kombinatsiyalarni hisoblaydi (2^n ta). Har bir satr uchun formula natijasini hisoblaydi. Natijada chinlik jadvali (truth table) hosil bo‘ladi. 5-rasm. Chinlik jadvali Chinlik jadvali List<Map<String, String>> hisoblashJadval(String formula) { final ozgaruvchilar = RegExp(r’[A-Z]’, ).allMatches(formula).map((m) => m.group(0)!).toSet().toList()..sort(); final n = ozgaruvchilar.length; final satrlar = pow(2, n).toInt(); List<Map<String, String>> jadval = []; final rpn = toRPN(formula); for (int i = 0; i < satrlar; i++) { final bin = i.toRadixString(2).padLeft(n, ‘0’); Map<String, bool> qiymatlar = {}; for (int j = 0; j < n; j++) { qiymatlar[ozgaruvchilar[j]] = bin[j] == ‘1’; } final natija = hisoblaRPN(rpn, qiymatlar); Map<String, String> qator = {}; for (var o in ozgaruvchilar) { qator[o] = qiymatlar[o]! ? ‘1’ : ‘0’;
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 65 } qator[‘F=‘] = natija ? ‘1’ : ‘0’; jadval.add(qator); } return jadval; } aniqlashShakl - Formulaning shaklini aniqlash if (formula.contains(‘∧’) && formula.contains(‘∨’)) return ‘MKNSH’; else if (formula.contains(‘∧’)) return ‘KNSH’; else if (formula.contains(‘∨’)) return ‘DNSH’; Bu funksiya formulani qaysi shaklga (KNSH / DNSH) kirishini ko‘rsatadi. 6-rasm. MDNSH va MKNSH ni aniqlash Formula shaklini aniqlash String aniqlashShakl(String formula) { if (formula.contains(‘∧’) && formula.contains(‘∨’)) { final andIdx = formula.indexOf(‘∧’);
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 66 final orIdx = formula.indexOf(‘∨’); return (andIdx > orIdx) ? ‘MKNSH ‘ : ‘MDNSH ‘; } else if (formula.contains(‘∧’)) { return ‘KNSH’; } else if (formula.contains(‘∨’)) { return ‘DNSH’; } else { return ‘Oddiy formula’; } } Menyu qismi Importlar import ‘package:flutter/material.dart’; import ‘package:url_launcher/url_launcher.dart’; import ‘package:flutter/services.dart’; flutter/material.dart → UI komponentlar uchun. url_launcher → telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Telegram havolasini ochish uchun. flutter/services.dart → SystemNavigator.pop() yordamida ilovadan chiqish uchun. Ushbu “DISKRET-LOGIC” mobil ilovasini yaratish natijasida diskret mantiq fanini o‘qitishda zamonaviy, interaktiv va samarali o‘quv vositasi ishlab chiqildi. Ilova nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki foydalanuvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. XULOSA Shunday qilib, “DISKRET-LOGIC” mobil ilovasini ishlab chiqish natijasida diskret mantiq fanini o‘qitishda yangi, zamonaviy va interaktiv yondashuv yaratildi. Ushbu ilova foydalanuvchilarga mantiqiy ifodalarni amaliy tarzda o‘rganish, rostlik jadvallarini tuzish, Boolean ifodalarni soddalashtirish va mantiqiy sxemalarni vizual tarzda qurish imkonini beradi. Natijada, nazariy bilimlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlanadi, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, tahliliy tafakkuri va muammolarni algoritmik hal etish ko‘nikmalari rivojlanadi. Ilovaning qo‘llanilishi ta’lim jarayonining interaktivligini oshiradi, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi va o‘qituvchilar uchun dars jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. “DISKRET-LOGIC” loyihasi raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish,
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 13 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 67 o‘quv jarayonini avtomatlashtirish hamda mustaqil o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Б. М. Гуревич, Дискретная математика и логика для программистов, Москва: Академия, 2019. 2. Thomas L. Floyd, Digital Fundamentals, 12th Edition, Pearson Education, 2019. 3. Patterson D., Hennessy J., Computer Organization and Design: The Hardware/Software Interface, Morgan Kaufmann, 2021. 4. С. С. Абдурахмонов, Diskret matematika va mantiq asoslari, Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.