scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB CHET TILLARINI O'QITISH

Manzura Ibragimova Marat qizi

Abstract

Chet tillarini oʻqitishga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotgan davrda, tilni oʻqitish va oʻrganishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻp darajali anglashni talab qiladi, bu esa eshitish,oʻqish, koʻrish va mulohaza yuritish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Ushbu maqolada, AKT vositalarining til oʻqitish jarayonidagi oʻrni tahlil qilinadi.

Full text

VOLUME-3, ISSUE-10 99 AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB CHET TILLARINI O’QITISH O’zbekistan ISFT (International School of Finance and Technology) International Relations Bachelor Manzura Ibragimova Marat qizi Annotatsiya: Chet tillarini oʻqitishga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotgan davrda, tilni oʻqitish va oʻrganishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻp darajali anglashni talab qiladi, bu esa eshitish,oʻqish, koʻrish va mulohaza yuritish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Ushbu maqolada, AKT vositalarining til oʻqitish jarayonidagi oʻrni tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: axborot texnologiyalari, interaktiv ta’lim, raqamli platforma, onlayn ta’lim, zamonaviy metodika. Annotation: At a time when the demand for language learning is increasing, the use of the internet and social media in language teaching and learning requires multi-level comprehension, which in turn develops skills in listening, reading, visual perception, and reasoning. This article analyzes the role of ICT tools in the process of language education. Keywords: information technologies, interactive education, digital platform, online education, modern methodology. Аннотатция: В период, когда потребность в обучении иностранным языкам продолжает расти, использование интернета и социальных сетей в процессе преподавания и изучения языка требует многогранного понимания, что, в свою очередь, развивает компетенции в аудировании, чтении, зрительном восприятии и рассуждении. В данной статье рассматривается роль ИКТ - средств в процессе обучения языкам в системе образования. Ключевые слова: информационные технологии, интерактивное обучение, цифровая платформа, онлайн-обучение, современная методика. Globalizatsiya davrida ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayoni tez sur‘at bilan rivojlanmoqda. Ushbu jarayon chet tillarini oʻqitish va oʻrganish sohasiga ham oʻz ta’sirini sezilarli darajada koʻrsatmoqda. Ayni vaqtda oʻquvchilar global tarmoqqa kirish boʻlmagan dunyoni bilmaydilar. Shuning uchun ham til oʻqitishni oʻrganayotgan koʻplab tadqiqotchilar Turula tomonidan taklif qilingan shiorga qoʻshilishadi: ” If you can’t beat them – join them,” pointing out that “ if our students – digital natives – already exist and function successfully in virtual reality, we should educate them in their natural environment instead of trying to invite them to lessons in our world”.[1] Axborot texnologiyalari til oʻrganishda faollikni va mustaqil izlanishni kuchaytiradi. Hozirgi davrda oʻqituvchilar va oʻquvchilar mobil ilovalar, sun’iy intellekt va onlayn platformalar kabi vositalardan keng foydalanishmoqda. Ulardan darslardagi mavzuni yoritishda foydalanilsa, darsning samaradorligi oshadi va o’quvchining darsga boʻlgan qiziqishi ortadi. Bunday vositalardan toʻgʻri va samarali foydalanish uchun albatta malaka va metodik yondashuv zarur. Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining chet tilini oʻqitishdagi oʻrni, afzalliklari va ijobiy, salbiy jihatlari koʻrib chiqamiz. VOLUME-3, ISSUE-10 100 Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) — bu axborotni yaratish,saqlash,uzatish va qayta ishlash kabi imkoniyatlarni beruvchi texnologiyalar yigʻindisi. Ta’lim sohasiga axborot texnologiyalarining kirib kelishi oʻqitish jarayonini yanada interaktiv, qiziqarli va samarali boʻlishiga xizmat qilada. Ayniqsa,chet tillarini oʻqitishda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib, darslarni audio va video materiallar bilan boyitish orqali oʻquvchilarning mustaqil ishlashini kuchaytirib, ragʻbatlantirish mumkin. Multimedia vositalari — video,audio,animatsiyalar,slaydlar orqali oʻrgatish. Bu vositalar koʻrish,eshitish orqali xotirada yaxshiroq saqlanadigan bilimlarni shakllantirishga yordam beradi.[3] Internet resurslari — onlayn darsliklar,interaktiv saytlar, ta’lim platformalari (masalan: BBC Learning English, Duolingo, Memrise, Kahoot, Quizlet) chet tilini mustaqil oʻrganishga yordam beradi.[4] Mobil ilovalar — til oʻrganish uchun yaratilgan maxsus mobil dasturlar (Duolingo, HelloTalk, LingQ va boshqalar) oʻquvchini har qanday joyda va vaqtda oʻqish imkoniyati bilan ta’minlaydi.[5] Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar — masalan ChatGPT yoki Grammarly kabi vositalar yordamida matn yozish,tuzatish, tarjima qilish, muomala ko’nikmalarini rivojlantirish mumkin.[6] LMS (Learning Management System) — Google Classroom, Moodle kabi tizimlar orqali dars materiallarini tarqatish,baholash,aloqa qilish kabi faoliyatlar tartibga solinadi.[7] Axborot texnologiyalarining chet tilini oʻqitishdagi eng birinchi afzalliklaridan biri bumoslashuvchanlikdir. Istalgan vaqtda, istalgan joyda oʻquvchilar oʻzlarining boʻsh vaqtlarida bilim olishlari mumkin. Matn, video, audio, test va oʻyinlar orqali darslarni oʻzlashtirish koʻp formatlilik imkonini beradi. Shuningdek yana interaktivlik ham oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida muloqotni shakllantiradi. Axborot texnologiyalari orqali til o’rganish individuallikni ta’minlaydi ya’ni o’quvchi oʻzining oʻrganish darajasi va uslubidan kelib chiqib, eshitish, koʻrish, yozish va oʻqish orqali oʻziga qulay uslubda ta’lim oladi. Qoʻshimcha ravishda xalqaro resurslardan foydalanish imkoniyati ham mavjud. Oʻquvchi mahalliy darsliklar bilan cheklanibgina qolmay, balki butun dunyodagi ilg’or va zamonaviy til oʻrganish resurslaridan foydalanishi mumkin. Bu esa albatta dunyo darajasidagi sifatli ta’limga yoʻl ochadi. Axborot texnologiyalarining ijobiy tomoni oʻquvchilarni til oʻrganishga boʻlgan qiziqishini uygʻotadi va darslarni zerikarli boʻlishini oldini oladi. Til oʻrganish uchun ishlab chiqilgan har xil interaktiv oʻyinlar orqali oʻquvchi darsga oʻyin sifatida qaraydi va yanada faol ishtirok etishga harakat qiladi. Axborot texnologiyalari orqali chet tilini oʻrganish oʻquvchiga o’z yutuqlarini kuzatib borish imkonini beradi va oʻquvchi oʻzidagi oʻsishni ko’rib, ishtiyoqi yanada ortadi. Oʻzoʻzini baholash koʻnikmasini shakllantiradi ya’ni, oʻquvchi onlayn bajargan testlar va mashqlarini darhol tekshiradi va xatolari ustida ishlaydi. Chet tilini oʻrganishda koʻproq gapirish va tinglash boʻyicha muammolar uchraydi. Ayniqsa, ingliz, fransuz va nemis tili kabi talaffuzi qiyin boʻlgan tillarni oʻrganishda video va audio resurslar yordamida toʻgʻri talaffuzni eshitadi va uni takrorlaydi. Misol uchun ElsaSpeak oʻquvchi aytgan soʻzni eshitib uni tahlil qiladi va toʻgʻrilaydi. Shu yoʻsinda oʻquvchi oʻz talaffuzi ustida mustaqil ishlaydi. Yozma nutqni rivojlantirishda esa oʻquvchilar ishtimoiy tarmoqlar orqali bloglar, forumlar, onlayn muhokamalar, elektron pochta va chatlar orqali har xil auditoriyaga murojaat qilishni, oʻz fikrlarini aniq va tushunarli bayon qilishni oʻrganishadi. VOLUME-3, ISSUE-10 101 Axborot texnologiyalari orqali chet tillarini oʻqitishning ijobiy va afzal tomonlari boʻlsa-da, ayrim salbiy tomonlari ham bor. Eng avvalo internet aloqasi,zamonaviy qurilmalar va dasturiy ta’minot boʻlishi shart. Ayniqsa chekka hududlarda yashovchi oʻquvchilar yoki iqtisodiy imkoniyati cheklangan oilalar uchun bular doim ham mavjud emas. Bu esa ta’limda tengsizlikka olib keladi va ba’zi oʻquvchilarning raqamli ta’limda orqada qolish xavfini tugʻdiradi. Oʻzbekiston umumta’lim maktablarida AKT infratuzilmasi: statistika va xalqaro taqqoslash:[8] Koʻrsatgich O‘zbekiston Taqqoslash (boshqa davlatlar) Har bir o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan kompyutera soni 0.03 (qishloqlarda 0.04) Qozog‘iston – 0.72, Ozarbayjon – 0.55, Belarus – 0.55, Turkiya – 0.25, OECD – 0.85 Kompyuterlarning internetga ulanish darajasi 71.6% (qishloqlarda 69.4%) Turkiya – 92%, Ozarbayjon – 80%, Belarus – 85% Kompyuter sinflariga ajratilgan mablag‘ (2023) 220mlrd so‘m (~17.5 mln USD) Nomaʼlum Diqqatsizlik.Oʻquvchining e’tibori onlayn dars jarayonida atrof-muhit va telefondagi har xil ilovalar orqali chalgʻishi mumkin. Bu esa ta’lim sifatining pasayishiga olib keladi. Ekran qarshisida uzoq vaqt qolish esa charchoq va ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Chet tilini oʻrganishda tirik suhbat,tana tili va yuz ifodalari muhim hisoblanadi. Ammo onlayn darslarda bu jihatlar chegaralangan boʻladi va real kommunikatsiya muhitini yetarlicha aks ettirmaydi. Masofaviy ta’limda oʻquvchi topshiriqlarni oʻzi bajaryaptimi yoki boshqa birov yordami bilanmi aniqlash qiyin. Bu vaziyat oʻzlashtirish darajasini aniq koʻra olmaslik va baholashda adolatsizlik boʻlishiga olib keladi. Bugungi kunda o‘quvchi - talabalar orasida sun’iy intellekt, ya’ni Chatgptdan foydalanish va unga haddan tashqari suyanib qolish holatlari kuzatilmoqda. Aslida, uning ham yetarlicha salbiy tomonlari mavjud. ChatGPT — grammatikani tekshiruvchi,tarjima qiluvchi va matn yozuvchi sun’iy intellekt hisoblanib. ChatGPT va boshqa AI yordamchilar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun ularni o‘qitishda pedagogik nazorat va akademik halollik qoidalari qo‘llanishi lozim. Tayyor yechimlarga tayanib qolgan oʻquvchi mustaqil oʻrganish, izlanish odatidan uzoqlashadi. Ba’zida undan raqamlar yoki faktlar haqida soʻralganda notoʻgʻri, chalkash ma’lumotlar berishi mumkin. Bunday notoʻgʻri va yolgʻon ma’lumotlarni oʻquvchi - talabalar ilmiy ishlarida qoʻllab yuborishlari mumkin. Koʻrib chiqqaimizdek, har bir innovatsion texnologiya oʻziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi hamkorlik, oʻquvchining ta’lim VOLUME-3, ISSUE-10 102 jarayonidagi faol harakati koʻzda tutiladi. Axborot texnologiyalari chet tilini oʻqitishda katta imkoniyatlar ochib bermoqda. Bu vositalar orqali dars jarayonlari yanada qiziqarli, interaktiv va samarali boʻlib bormoqda. Shu bilan birga texnologiyalarni qoʻllay bilish uchun muayyan sharoit va metodik yondashuv talab etiladi. Oʻqituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish, yaxshilash va raqamli ta’lim resurslarini kengaytirish orqali bu sohadagi muammolar bartaraf etilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Prizel-Kania, A. (2015). Surfing the global network! How to incorporate ICT and social media in teaching and learning foreign languages. Procedia – Social and Behavioral Sciences, 174, 2777–2782. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2015.01.967 2. Beatty, K. (2013). Teaching and researching computer-assisted language learning (2nd ed.). Routledge. 3. Warschauer, M. (1996). Computer-assisted language learning: An introduction. In S. Fotos (Ed.), Multimedia language teaching (pp. 28–29). Tokyo: Logos International. 4. Khasanova, G. (2021). Mobil ilovalar orqali ingliz tilini o‘rganish: imkoniyatlar va afzalliklar. Filologiya va tillarni o‘qitish, 1(2), 78–82. 5. Liu, Q., & Xu, Y. (2023). AI-based writing tools in ESL classrooms: A case study of Grammarly and ChatGPT. Journal of Language Learning Technologies, 10(1), 46–47. 6. UNESCO. (2020). Distance learning strategies during COVID-19 school closures. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000373305 7. Raqamli texnologiyalar vaziri maktablardagi internet va kompyuterlar soni bo‘yicha ma’lumot berdi. (2024, 14-mart). Gazeta.uz. https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/internet/ 8. Hoshimov, O., & Yoqubov, I. (2003). Ingliz tili o‘qitish metodikasi: O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Sharq nashriyoti.