SURXON VOHASI DEHQONCHILIK MADANIYATINING ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI (1960–1980-YILLAR MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada 1960–1980-yillarda Surxon vohasida shakllangan dehqonchilik madaniyatining etnografik xususiyatlari, urf-odatlar, mehnat jarayonlari va ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda sovet modernizatsiyasi davrida dehqonchilikning xalq hayotidagi o‘rni, qadimiy mehnat an’analari va ularning o‘zgarish jarayonlari ilmiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 116 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17490477 SURXON VOHASI DEHQONCHILIK MADANIYATINING ETNOGRAFIK XUSUSIYATLARI (1960–1980-YILLAR MISOLIDA) Amirqulov Muhiddin G‘ulomovich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi ami[email protected] ANNONTATSIYA Mazkur maqolada 1960–1980-yillarda Surxon vohasida shakllangan dehqonchilik madaniyatining etnografik xususiyatlari, urf-odatlar, mehnat jarayonlari va ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda sovet modernizatsiyasi davrida dehqonchilikning xalq hayotidagi o‘rni, qadimiy mehnat an’analari va ularning o‘zgarish jarayonlari ilmiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Surxon vohasi, dehqonchilik madaniyati, etnografiya, sovet davri, urf-odatlar, mehnat an’analari, ijtimoiy hayot, 1960–1980-yillar, xirmon. ANNONTATION This article analyzes the ethnographic features, customs, labor processes, and changes in social life of the agricultural culture formed in the Surkhan Oasis in the 1960s-1980s. The study examines, based on a scientific approach, the role of agriculture in the life of the people during the period of Soviet modernization, ancient labor traditions, and the processes of their transformation. Keywords: Surkhan Oasis, agricultural culture, ethnography, Soviet period, customs, labor traditions, social life, 1960-1980, harvest.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 117 KIRISH. Surxon vohasi O‘zbekistonning eng qadimiy madaniy o‘choqlaridan biri bo‘lib, bu hudud aholisi azaldan dehqonchilik bilan shug‘ullanib keladi. XX asrning 60–80yillari voha hayotida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarning jadallashgan davri bo‘ldi. Sovet davlati siyosati asosida qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish, sug‘orish tizimlarini kengaytirish, yangi ekin turlarini joriy etish jarayonlari nafaqat xo‘jalik tuzilmasiga, balki xalqning turmush tarzi, urf-odatlari va mehnat madaniyatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur maqolada 1960–1980-yillarda Surxon vohasi aholisi orasida shakllangan dehqonchilik madaniyatining etnografik xususiyatlari tahlil qilinadi. ASOSIY QISM. Surxon vohasi tabiiy jihatdan qulay iqlimi, unumdor yerlari va sug‘orish imkoniyatlari bilan ajralib turgan hududdir. Amudaryo, Surxon va Sherobod daryolari, shuningdek, ko‘plab ariqlar, kanallar voha dehqonchiligining asosi hisoblangan. 1960– 1980-yillarda “Surxon-Sherobod”, “Qiziriq”, “Bandixon” singari yirik sug‘orish tarmoqlarining qurilishi voha dehqonchiligini yanada rivojlantirdi. Aynan shu davrda voha aholisi orasida qadimiy suv taqsimoti an’analari — ariq oqsoqoli, mirab, mehnat hasharlari kabi institutlar saqlanib qoldi. Bu an’analar mahalliy boshqaruv tizimining etnografik ko‘rinishi bo‘lib, mehnat jamoasining birdamligini ifodalagan. Pishgan donli ekinlar o‘roq bilan o‘rilgan. O‘roqlar ishlovchining talabiga ko‘ra katta-kichik qilib yasalgan. Yosh o‘spirinlar, qizlar, ayollar kichik va yengil o‘roqlarni ishlatishgan. Maxsus o‘roqchilarning o‘rog‘i solbarli, tig‘li kismi uzun va enli bo‘lgan. Mahalliy o‘roqlar deyarli bir xil, fakat katta-kichikligi va tig‘ining shakli bilan farklangan. Xorazm o‘rog‘i o‘ziga xos shakli va tishining maydaligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda voha aholisi lalmikor maydonlarga qovun, tarvuz ekkan. Sug‘oriladigan yerlarda esa oshqovoq (kadi), bodring yetishtirilgan. XX asrning boshlaridan e’tiboran esa vohada kartoshka, rediska, karam, pomidor, baqlajon kabi ekinlar ekila boshlagan. Buxoro, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarining qovunlari
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 118 singari Surxondaryo qovunlari xam o‘zining xushbo‘yligi, shirinligi bilan mashhur bo‘lgan. Shuningdek, Bandixon, Istara, Gilambob, Bobotog‘, Beshqo‘ton qovuntarvuzlari, Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Denov sabziyu, sholg‘omlari, Dashnobod anorlari, Boysun, Xonjiza, Sangardak olxo‘ri-yu olmalari, Machay, Kengtala, Shalqon pistalari, Oltinsoy uzumlari qo‘shni shaharlar bozorlarining ko‘rki bo‘lgan. Voha ziroatchilari «oq piyoz» va «qizil piyoz»ni muntazam ravishda ekib kelishgan. Erta bahorda yerga qadaladigan bosh ko‘kpiyoz juda ko‘p iste’molda bo‘lgan, Mushtumi, mirzoyi kabi sabzi navlari serhosil bo‘lgani uchun jamoa yerlariga, tomorqalarga ekilgan. Vohaning Boysun, Sherobod, Denov kabi bekliklari xududlarida tut daraxtlari xam parvarish qilingan. Joylarda balxitut, shotut, marvarid tutlarni ko‘proq uchratish mumkin bo‘lgan. Shuningdek, olmaning erta pishar va kuzgi pishar, novlari, nokning gulobi, noshvoti kabi turlari hovlilarda parvarishlangan Denov, Yurchi, Mirshodi, Sherobod bozorlarida uzumning charos, kora kishmish, husayni, maska, sultoni, shakarak kabi turlarini, qovunning handalak, ko‘kcha, buxori, ko‘kkalavash, bo‘rikalla, zariftolli, tarvuzning olatarvuz, qoratarvuz, chinnitarvuz, qirqkunlik tarvuz, olmaning kizil olma, ok, olma, nok olma, tiramoyi olma singari turlarini uchratish mumkin ekan. Shuni ta’kidlash mumkinki, voha dehqonlari jonbozlik ko‘rsatib ishlashmasin, tuprog‘i qanchalik unumdor bo‘lmasin, ekin oralariga ishlov beradigan texnikalarning oddiyligi xo‘jaliklarning qaddini tiklashga, boyishiga imkon bermagan. Barcha bekliklar hududida 150-200 yil ilgarigiga o‘xshab natural xo‘jalik, ya’ni mahsulotni bozorga chiqarib sotish uchun emas, balki o‘z a’zolarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqaradigan xo‘jalik tarzi ustunlik qilardi. Yashash sharoiti qanchalik og‘ir bo‘lmasin voha ziroatchilari bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Ariq ochish, tozalash ishlari kuzning oxiri - qish davri hamda erta bahorda hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, xirmondagi donni asratish, g‘o‘za chopish, ko‘sak chuvish, tok, anor, anjirlarni ko‘mish va ochish, daraxtlarga ishlov va shakl berish kabi ishlarni ham dehqonlar hamjihat bo‘lib bajarishgan.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 119 NATIJALAR. O‘troq dehqon xo‘jaliklarida an’anaviy pillachilik rivojlangan. Ilgari pilla yetkazish yordamchi xo‘jalik sohasi hisoblanib, unda faqat xotinlar band bo‘lgan. Hatto ipak urug‘i (qurti)ni ayollar qo‘ltig‘ida xaltachada saqlab parvarish qilgan. Pilla yetkazadigan xonalar jihozlanmagan zarur issiqlik va havo yetishmagan. Oqibatda ipak qurti yaxshi parparish qilinmaganligidan pilla o‘z vaqtida pishib yetilmagan va sifati past bo‘lgan. Ipak qurti urug‘ini olish korxonalari kam mahsulot bergan. Urug‘ yetmasligidan uni Italiya va Turkiyadan yuqori narxda sotib olishga majbur bo‘lganlar. Hozir jamoa xo‘jaliklarida ipakchilik zamonaviy agrotexnikaga asoslangan. Ko‘pchiligi katta daromadli xo‘jalik sohasiga aylangan. Bu ishda hozir ham ayollar asosiy rolni o‘ynaydilar. Erkaklar ishxona va taxtasupalarni tayyorlaydilar, ozuqa (yaproq) yetkazib beradilar. Ipak qurti tayyorlaydigan maxsus korxonalar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mavjud. Jamoa xo‘jaliklarida ipakchilik uchun maxsus ro‘zg‘orlar shug‘ullangan. An’anaviy dehqonchilik bilan bog‘liq ishlarda ajdodlardan meros qilib qoldirilgan turli-tuman urf-odatlar, marosim va udumlarga amal qilib kelishgan. Ijtimoiy hayotga singib ketgan bu marosimlarda xalq qarashlari va ishonchlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, shuningdek, islomgacha bo‘lgan e’tiqodiy qarashlar bilan islomiy qarashlar qorishib ketgan. Dala yozuvlarining tasdiqlashicha, xirmon yanchish ishlari ba’zan bir necha kunga cho‘zilib ketgan. Shuning uchun dehqonlar og‘ir ishni qo‘shiq aytib bajarishgan. Yanchish vaqtida «xo‘p hayda» «maydayo-mayda» singari an’anaviy termalar ijro etilgan. Yanchilgan xirmon shoxa yoki kurak bilan tashlanib, doni ajratilgandan keyin don «payxon» qilingan. Bu Surxon vohasining qo‘ng‘irot o‘zbeklarida «payxin», tojiklarida «payxot» deb atalgan. Payxonda hali yanchilmagan boshoq chori (qobiqdan chiqmagan donlar) ko‘p bo‘lgan. Chori ko‘p bug‘doy, yana xirmonga yoyilib galagov qilingan. Shundan so‘ng xirmon to‘dalanib, kurak bilan shamolga sovurilgach, chig‘ildan (oshlangan teri ipidan to‘qilgan, tEshigidan bug‘doy o‘tadigan asbob) o‘tkazilgan. Tozalanib, to‘dalab qo‘yilgan bug‘doy chosh deb atalgan. Choshni
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 120 “halollash” udumi ham o‘tkazilgan. Xirmon egasi choshdan bir g‘alvir bug‘doy olib, piri yoki mullaga halollatgan. Buning ma’nosi shundaki, toki bug‘doy yanchilib, chosh qilingunicha, uning ustida yurgan har xil harom hayvon, kemiruvchi va jonivorlardan poklash bo‘lgan. Bu bilan butun chosh halollangan. Surxon vohasining dehqonlar hayotida xalq og‘zaki ijodi muhim o‘rin tutgan. 1960–1980-yillarda mehnat mavzusidagi maqollar (“Yerga mehr – ro‘zg‘orga Baraka”), qo‘shiqlar, ertaklar dehqonning tabiat bilan uyg‘un yashash falsafasini ifoda etgan. Sovet davrida esa bu folklor namunalariga “mehnat qahramonligi”, “paxtakorlik faxri” kabi ideologik mazmun qo‘shilgan. XULOSA. 1960–1980-yillarda Surxon vohasi dehqonchilik madaniyati qadimiy an’analar bilan zamonaviy sovet modernizatsiyasining o‘ziga xos sintezini namoyon etdi. Etnografik jihatdan bu davr xalqning mehnat qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari va kundalik turmushining yangi shakllarini shakllantirdi. Shunday qilib, Surxon vohasi dehqonlari o‘z tarixiy merosini saqlagan holda, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga moslashgan xalq qatlamini tashkil etdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Karimov A. O‘zbekiston etnografiyasi. – Toshkent: Fan, 1987. 2. G‘ulomov X. Surxon vohasi tarixi va madaniyati. – Termiz: Surxon, 1982. 3. Abdullaev A. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida sotsialistik o‘zgarishlar tarixi. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 1975. 4. Zohidov Sh. O‘zbekiston xalqining mehnat madaniyati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.