scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YURIDIK SOHADAGI SUN'IY INTELLEKT NING QAROR QABUL QILISH JARAYONI; SHAFFOFLIK MASALALAR

Baxtiyorova Gulrux A'zam qizi Toshkent davlat yuridik uinversiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B-patok 1-guruh talabasi

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining yuridik sohalarda, xususan sud tizimida qo‘llanilishi, uning afzalliklari va yuzaga keladigan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Maqolada sun’iy intellektning tarafkashlik, shaffoflik yetishmasligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi kabi asosiy muammolari yoritilib, ularning xalqaro tajribadagi huquqiy tartibga solinishi o‘rganilgan. Yevropa Ittifoqining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonuni (AI Act), BMT Bosh Assambleyasining 2024-yilgi rezolyutsiyasi hamda Yevropa Kengashining “Sud tizimlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha axloqiy xartiyasi” asosida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston qonunchiligida sun’iy intellektdan foydalanish borasida mavjud bo‘shliqlar, javobgarlik masalalari hamda inson huquqlari va texnologiyalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada sun’iy intellektni sud jarayonlariga faqat yordamchi vosita sifatida tatbiq etish, inson omilining ustuvorligini saqlash va huquqiy kafolatlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 79 YURIDIK SOHADAGI SUN’IY INTELLEKT NING QAROR QABUL QILISH JARAYONI; SHAFFOFLIK MASALALAR. Baxtiyorova Gulrux A’zam qizi Toshkent davlat yuridik uinversiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B-patok 1-guruh talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining yuridik sohalarda, xususan sud tizimida qo‘llanilishi, uning afzalliklari va yuzaga keladigan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Maqolada sun’iy intellektning tarafkashlik, shaffoflik yetishmasligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi kabi asosiy muammolari yoritilib, ularning xalqaro tajribadagi huquqiy tartibga solinishi o‘rganilgan. Yevropa Ittifoqining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonuni (AI Act), BMT Bosh Assambleyasining 2024-yilgi rezolyutsiyasi hamda Yevropa Kengashining “Sud tizimlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha axloqiy xartiyasi” asosida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston qonunchiligida sun’iy intellektdan foydalanish borasida mavjud bo‘shliqlar, javobgarlik masalalari hamda inson huquqlari va texnologiyalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada sun’iy intellektni sud jarayonlariga faqat yordamchi vosita sifatida tatbiq etish, inson omilining ustuvorligini saqlash va huquqiy kafolatlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar:sun’iy intellekt, sud tizimi, yuridik soha, raqamli texnologiyalar, sud qarorlari, huquqiy javobgarlik, shaffoflik, tarafkashlik, algoritmik xatolik, ma’lumotlar himoyasi, inson huquqlari, axloqiy me’yorlar, Yevropa Ittifoqining AI Act qonuni, BMT rezolyutsiyasi, Yevropa Kengashining axloqiy xartiyasi, AQSH tajribasi, O‘zbekiston qonunchiligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, raqamli xavfsizlik. Kirish Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 80 XXI asrda texnologik taraqqiyotning eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’lgan sun’iy intellekt hayotimizning bir qismiga aylandi. Sun’iy intellekt o’zi nima?”sun’iy intellekt”atamasi birinchi bo’lib,1956-yilda axborot texnologiyalari sohasida funksional dasturlashni yaratgan mashhur olim Jon Makarti tomonidan fanga kiritilgan.Sun’iy intellekt-mantiqiy va izchil mulohaza yaratish,muammolarni hal etish,yangi vaziyatga moslashuvchan tizimni yaratish va mustaqil ravishda o’rganish qobiliyati hisoblanadi. 1 Ushbu texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanishi va hayotning deyarli barcha jabhalarida amaliy qo’llanayotganligi uni nafaqat texnik yoki iqtisodiy ,balki sun’iy intellekt texnologiyalari yildan-yilga huquqiy sohalarda ham kengroq qo‘llanilmoqda. Sud qarorlarini tahlil qilish, garov va jazoni aniqlash,hatto advokatlik maslahatlari berishgacha bo‘lgan jarayonlarda sun’iy intellekt vositalari ishtirok etmoqda. Ammo bu jarayonlar bilan birga uch asosiy xavf ham paydo bo‘lmoqda: tarafkashlik (bias), shaffoflik yetishmasligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi. 1. Tarafkashlik (Bias) muammosi Sun’iy intellekt tizimlari tarixiy ma’lumotlar asosida o‘rganadi. Agar bu ma’lumotlarda ilgari mavjud bo‘lgan diskriminatsion yoki noto‘g‘ri qarorlar mavjud bo‘lsa, sun’iy intellekt ham o‘sha xatolarni takrorlaydi. Masalan, AQShda sun’iy intellekt tizimi yordamida chiqarilgan garov qarorlarida qora tanli fuqarolarga nisbatan adolatsizliklar aniqlangan — ular oq tanlilarga qaraganda og‘irroq jazolangan, bu esa algoritmik tarafkashlikka yaqqol misoldir. 2. Shaffoflik yetishmasligi Ko‘plab sun’iy intellekt tizimlari “black box” – ya’ni qanday ishlayotgani noma’lum tizimlar sifatida qabul qilinmoqda. Masalan, ChatGPT yoki boshqa yirik til modellari qanday ma’lumotlar asosida qaror chiqarayotganini foydalanuvchi bilmaydi. Bu ayniqsa yuridik sohada muhim — agar bir fuqaro sud qarorini Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 81 tushunmasa yoki unga e’tiroz bildira olmasa, bu uning konstitutsion huquqlarini buzilishiga olib keladi. Yevropa Ittifoqi AI Act’ning 13-moddasida yuqori xavfli sun’iy intellekt tizimlari uchunquyidagi talablar belgilangan: 2 • Qanday ishlashi haqida aniq texnik hujjat bo‘lishi kerak. • Foydalanuvchi (sudya, advokat, fuqaro) sun’iy intellekt qanday qarorga kelgani haqida axborot olishi shart. • Chatbotlar, Deepfake yoki odam bilan muloqot qiladigan tizimlar foydalanuvchiga "Siz sun’iy intellekt bilan muloqot qilyapsiz" degan ogohlantirish berishi shartligi keltirib o’tilgan. 3. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi. Sun’iy intellekt tizimlari ko‘pincha yuz ma’lumotlari, ovoz, lokatsiya, biometriK ma’lumotlar kabi shaxsiy axborotlarni yig‘adi. Bu esa insonning shaxsiy hayotiga tajovuz qiladi. Yevropa Ittifoqi sun’iy intellekt tizimlariga faqatgina zarur va qonuniy asosda shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishi majburiyatini yuklash orqali, ya’ni yuzni aniqlash (facial recognition) faqat: · Sud qarori bilan, jinoyat oldini olish maqsadida, og‘ir jinoyatlarda ma’lumotlar adolatli, aniq va maqsadli yig‘ilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, 2026-yildan Yevropa Ittifoqi Yevropada butunlay taqiqlangan sun’iy ishlatish usullarini qayd qilib o‘tgan: • Jamoat joylarida jonli yuzni aniqlash • Hukumat tomonidan ijtimoiy reyting (social scoring) • Odamlarni manipulyatsiya qiluvchi SI • Maktablar va ish joylarida “emotion recognition” • Internetdan ruxsatsiz yuz ma’lumotlarini yig‘ish; Bundan tashqari AQSHda ham sun’iy intellekt regulatsiyasi bo’yicha yagona federal qonun mavjud emas.Ammo turli federal agentliklar va shtatlar tomonidan yondahduvlar mavjud.Masalan, “AI Risk Management Framework” sun’iy 2 https://uzreport.news/world/ai-shaffofligi-talablari-yevropa-ittifoqida-kuchga-kirdi Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 82 intellektning ishonchliligiga qaratilgan Yevropa Ittifoqining ushbu akti asosan yuqoridagi 3 ta holatni tartibga solgan .AQSH esa sun’iy intellektni huquqiy jihatdan tartibga solishga emas, balki ko’proq bozorni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Usullar O’zbekiston qonun tizimida esa, sun’iy intellekt tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoiy harakatlar uchun tegishli javobgarlikni belgilash masalasi ochiq turibdi. Shunga qaramay, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2025-yil 15-apreldagi majlisida sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. 3 Qonun loyihasini taqdim etgan deputat Shahnoza Xolmaxmatovaga ko’ra,2023-yilda O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida qayta ishlangan noqonuniy materiallarni tarqatish bo‘yicha 1129 ta, 2024-yilda 3553 ta holat qayd etilgan. 4 Fuqarolarning ishonchiga kirish uchun boshqa shaxslarning ovozlari va tasvirlaridan foydalanilgan. Bu esa sun’iy intellekt ustida qonunchilik hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. O‘zbekiston SI texnologiyalarini yuridik tizimga integratsiya qilishda asosiy o’rinni albatta, Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ358-son qarori turadi, unda 2030-yilga qadar ustuvor rivojlantirish 5 sohalari ajratilgan. Mutaxasislar,O’zbekiston huquq tizimi uchun Yevropa Ittifoqi singari 3 https://parliament.gov.uz/ru/news/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-qonunchilik-palatasining-2025-yil-15aprel-kuni-otkazilgan-majlisi 4 https://m.facebook.com/deputatlarminbari/photos/%D1%85%D0%B0%D0%BB%D2%9B_%D0%B4%D0%B5%D0%B C%D0%BE%D0%BA%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%B8%D0%BA_%D0%BF%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B8%D1% 8F%D1%81%D0%B8_33_%D1%91%D1%88%D0%B4%D0%B0%D1%88%D0%B0%D1%85%D0%BD%D0%BE%D0%B7 %D0%B0- %D1%85%D0%BE%D0%BB%D0%BC%D0%B0%D0%B7%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%82%D0%BE%D0%B2%D0%B 0prezidentimiz-qarori-bilan-/1111720693857023/ 5 https://lex.uz/ru/docs/-6600413 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 83 umumiy, majburiy qonun hujjati zarur emas deb hisoblaydi, lekin yuqoridagi 3 ta sun’iy intellektning xavfini nazorat qilish uchun quyidagi takliflarni beradi: • Yevropa Ittifoqi AI Act’ga o‘xshash tarzda yuqori xavfli sun’iy intellekt tizimlarini aniqlash va ular uchun qat’iy talablar belgilash. • Sun’iy intellekt tizimlarining ishlash mexanizmini tushunish va foydalanuvchilarga bu haqida ma’lumot berish majburiyatini joriy etish. • Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha aniq qoidalarni belgilash. Sun’iy intellekt tizimlari tomonidan yuzaga kelgan zararlar uchun javobgarlikni aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish. Natija Sun’iy intellekt texnologiyalarining yuridik sohalarda qo‘llanilishi katta imkoniyatlar bilan birga, muhim xavf-xatarlarni ham keltirib chiqaradi. Yevropa Ittifoqi va AQShning yondashuvlari O‘zbekiston uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini yuridik tizimga integratsiya qilishda ehtiyotkorlik va qonunchilik asosida harakat qilishi ham muhim. Shu sababdan, sun’iy intellektni sud jarayonlarida va prokuratura ish yurituvida qoʻllashda quyidagi xavf va cheklovlarga duch kelishimiz mumkin: 1. Oshkoralik (transparency) va hisobdorlikning (accountability) buzilishi xavfi, yaʼni sunʼiy intellekt algoritmlari qaror qabul qilish jarayoni murakkab boʻlgani bois, ularning qanday ishlashini tushunish yoki izohlash inson tomonidan qiyin boʻlishi mumkin. Bu sud qarorlari va prokuratura faoliyatining oshkoraligi va hisobdorligiga putur etkazishi mumkin.Negaki, sud qarorlari odatda ochiq sud majlislari orqali qabul qilinadi va ularning natijalari jamoatchilikka maʼlum qilinadi, oʻz navbatida prokuror va sudyalar oʻz qarorlari uchun javobgar boʻlishlari kerak. Bu borada algoritmik oshkoralikka doir qonunlar ishlab chiqish zarur. 2. Dasturiy xatoliklar va notoʻgʻri qarorlar xavfi, yaʼni sunʼiy intellekt vositalari notoʻgʻri,ishonchsiz yoki notoʻliq maʼlumotlar asosida qaror qabul qilishi Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 84 mumkin, bu sudlar va prokuratura faoliyatining adolatsiz yuritilishiga, yaʼni odillik tamoyillarining buzilishiga olib kelishi mumkin. 3.Sunʼiy intellektga haddan tashqari ishonish xavfi (avtomatlashtirilgan adolatsizlik),yaʼni bunda sudyalar yoki prokurorlar sunʼiy intellekt qarorlariga haddan tashqari tayanib,insoniy tekshiruvni chetlab oʻtishlari mumkin.Masalan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasida 6 sudlarga – fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish kabi asosiy vazifalar yuklangan. Shu sababli, sudyalar sud ishlarini koʻrib chiqib, adolatli qarorlar qabul qilishlarida sunʼiy intellektning imkoniyatlariga tayanib qolmasdan, asosiy masʼuliyatni oʻz zimmalariga olishlari lozim. Buning natijasida sudlar faoliyatining asosiy maqsadi hisoblangan “odil sudlov”ga erishiladi.Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonuni 14-moddasida 7 davlat xizmatchilarining masʼuliyati va shaxsiy qaror qabul qilish huquqi mustahkamlab qoʻyilgan. 4. Shaxsiy maʼlumotlarning himoya qilinmasligi xavfi, yaʼni sunʼiy intellekt tizimlaridan foydalanganda, shaxsiy maʼlumotlarning yigʻilishi va saqlanishi juda muhimdir. Sud va jinoyat ishi bilan bogʻliq yigʻilgan shaxsiy maʼlumotlar sunʼiy intellekt vositalari orqali notoʻgʻri qayta ishlanishi, qonunga zid tarzda yoki belgilangan maqsadlar uchun ishlatilmagan taqdirda,shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilish xavfi yuzaga keladi. Buning natijasida shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi qoidalari buziladi. Masalan, “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 28moddasida “Shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etish taqiqlana 8 di, qatʼiy qoida mustahkamlangan. Bu qonun shu kabi xavflarni kamaytirishga qaratilgan boʻlib, maʼlumotlarni faqatgina toʻgʻri maqsadlar uchun va qonun doirasida ishlatilishini taʼminlashni nazarda tutadi va axborot xavfsizligi, shaxsiy 6 https://lex.uz/docs/-5534923 7 https://lex.uz/uz/docs/-6145972 8 https://lex.uz/docs/-4396419 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 85 maʼlumotlarni himoya qilish, shaxsiy maʼlumotlarning yigʻilishi,saqlanishi va ishlatilishida maxfiylikni taʼminlashga qaratilgan qatʼiy talablarni oʻrnatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1412-moddasida 9 shaxsiy maʼlumotlarni egasining roziligisiz noqonuniy oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilangan. 5. Sunʼiy intellektning tartibsizlik, yaʼni noaniq yoki reprezentativ boʻlmagan oʻquv maʼlumotlari asosida algoritmik biryoqlama (tarafkashlik) munosabatlar (bias) xavfi, yaʼni sunʼiy intellekt algoritmlari mavjud maʼlumotlarga asoslangan holda notoʻgʻri yoki noxolis qarorlar chiqarishi mumkin, buning natijasida inson huquqlari va adolat tamoyillarini buzish xavfi yuzaga keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 23-moddasida 10 mustahkamlangan“aybsizlik prezumpsiyasi” qoidasi sunʼiy intellekt tizimlari tomonidan eʼtiborga olinishi kerak.Har qanday texnologik qarorlar shaxsni aybdor deb belgilashdan oldin yetarli asosga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, notoʻgʻri chiqarilgan qarorlar sudlanuvchi yoki daʼvogar huquqlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, notoʻgʻri aniqlangan yuz tanish texnologiyasi aybsiz s0haxsni jinoyat sodir etganlikda gumon qilishi yoki sunʼiy intellekt yordamida ishlab chiqilgan qarorlar baʼzida, diskriminatsiya asosida fuqarolarning irqi, yoshi yoki boshqa omillarga asoslanib, daʼvogarning talabini rad etishi ehtimoli mavjud va h.k. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi 11 boʻyicha sud qarorlari uchun sudyalar shaxsan javobgar hisoblanadi. Ammo sunʼiy intellekt asosida chiqarilgan qarorlar uchun kim javob berishi: dastur ishlab chiquvchilarimi, sud tizim yoki sudya javobgar boʻladimi kabi savollarga hozircha javob yoʻq va bu borada huquqiy boʻshliq mavjudligi yaqqol namoyon boʻlmoqda. 9 https://lex.uz/mact/-111460 10 https://lex.uz/mact/-111460 11 https://lex.uz/acts/-3517337 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 86 6. Notoʻgʻri qarorlar va texnik xatoliklar xavfi sababli, amaldagi protsessual kodekslar doirasida sunʼiy intellekt tizimlari murakkab nizolarni notoʻgʻri baholashi yoki notoʻgʻri qarorlar chiqarishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 30-moddasiga 12 koʻra, sunʼiy intellekt murakkab moliyaviy hujjatlarni notoʻgʻri tahlil qilib, iqtisodiy nizolarda notoʻgʻri qaror chiqarishi va bu korxonalarga katta moliyaviy zarar keltirishi ehtimoliyuqori hisoblanadi. Muhokama Konstitutsiyamizning 136-moddasida va uning asosida qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunining 9-moddasida “sudyalarning mustaqilligi prinsipi” belgilabqoʻyilgan. Bu moddalarda sudyalarning mustaqilligi, faqat Konstitutsiya va qonunga boʻysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi, sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi, ularning daxlsizlik kabi huquqlari qatʼiy qoida sifatida mustahkamlab qoʻyilgan. Masalan, sunʼiy intellekt nazorat qilinmasa, sudning xolisligi xavf ostida qoladi. Sudyalar har qanday tashqi bosimdan xoli qaror qabul qilishlari kerak. Sunʼiy intellekt esa faqatgina huquqiy tahlil, hujjatlarni tekshirish, murakkab sud jarayonlarida yordamchi vosita sifatida qaralishi mumkin, ammo uning hukm chiqarish jarayoniga bevosita aralashuvi sudlarning mustaqillik prinsipiga zid boʻladi.Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, sunʼiy intellektdan faqatgina yordamchi vosita sifatida foydalanishimiz mumkin, adolatli qarorni qabul qilishda inson omiliga tayanish lozimligini, yaʼni sudyalar bajarishi kerakligini nazarda tutamiz. Rivojlangan davlatlar tajribasi bu jarayonda muhim oʻrnak boʻla oladi.Bu borada sud-huquq tizimida sunʼiy intellektni tartibga solish boʻyicha axloqiy va huquqiy meʼyorlarni belgilab bergan, oʻz milliy modelimizni yaratishga zamin boʻladigan,xalqaro standartlardan biri hisoblangan Yevropa 12 https://lex.uz/mact/-3523891 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 87 kengashining 2018-yil 3–4–dekabrda qabul qilgan “Sud tizimlari va ularning muhitida sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha Yevropa axloqiy Xartiyasi”dir 13 . Bu Xartiya sunʼiy intellekt texnologiyalarini sudlar faoliyatida qoʻllashda inson huquqlari ustuvor boʻlishi kerakligini taʼkidlab, inson huquqlari, adolat va demokratik tamoyillarga muvofiq sunʼiy intellekt texnologiyalarini tartibga solish va joriy etish qoidalarini belgilaydi. Oʻzbekiston uchun ushbu Xartiya asosida sunʼiy intellekt texnologiyalarini sud tizimiga joriy etish nafaqat texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish, balki huquqiy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan muvozanatni taʼminlashda ham muhim ahamiyatga ega. Bu axloqiy Xartiya zamonaviy sud-huquq tizimida sunʼiy intellektdan faqatgina adolat samaradorligi va sifatiga erishishni maqsad qilgan holda barcha qoidalarini beshta asosiy prinsiplar asnosida ishlabchiqqan. Jumladan: Asosiy huquqlarga hurmat prinsipida sunʼiy intellekt vositalari va xizmatlarini loyihalash va joriy etishda asosiy huquqlarga muvofiqligini taʼminlashni nazarda tutadi. Bunda sunʼiy intellekt sud qarorlari va maʼlumotlarini qayta ishlayotganda, Yevropa Inson Huquqlari Konvensiyasi (ECHR) va Shaxsiy Maʼlumotlarni Himoya Qilish Konvensiyasi(CETS) tomonidan yoki inson huquqlarini hurmat qiladigan yondashuvlarga ustuvorlik berilishi kerakligini uqtirmoqda. Diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipida shaxslar va shaxslar guruhlari oʻrtasidagi har qanday kamsitishni rivojlantirish yoki kuchaytirishning oldini olish kerakligini taʼkidlaydi.“Hassas” maʼlumotlarga asoslangan (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita) irqiy yoki etnik kelib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy holat, siyosiy qarashlar, diniy yoki falsafiy eʼtiqodlar, kasaba uyushmalariga aʼzolik, genetik maʼlumotlar, biometrik maʼlumotlar, sogʻliq bilan bogʻliq maʼlumotlar.Sifat va xavfsizlik prinsipida sud qarorlari va maʼlumotlarini qayta ishlashdasertifikatlangan manbalar va ishonchli maʼlumotlardan, koʻp tarmoqli yondashuv asosida yaratilgan modellar va xavfsiz texnologik muhitdan foydalanishni nazarda tutadi. Shaffoflik, xolislik va 13 https://infocom.uz/articles/yevropa-ittifoqining-suniy-intellekt-togrisidagi-qonuning-tahlili