OROL DENGIZI MUAMMOSINI XALQARO MIQYOSGA OLIB CHIQISHDA O'ZBEKISTONNING TARIXIY ROLI (1991-2025)
Abstract
Mazkur maqolada O’zbekiston ekologiyasida SSSR davrida paydo bo'lgan eng katta muammolardan biri Orol dengizi fojiasini bartaraf etishda Mustaqillik yillaridan boshlab ko’rilgan chora tadbirlar haqida so’z etiladi. Bunda asosan suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik chora-taqbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va boshqalar haqida malumot beriladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 697 OROL DENGIZI MUAMMOSINI XALQARO MIQYOSGA OLIB CHIQISHDA O'ZBEKISTONNING TARIXIY ROLI (1991-2025) Sarsenbaeva Gulchehra Muratbay qızı Millat Umidi Universiteti Biznes boshqarish yo’nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17491779 Annotatsiya. Mazkur maqolada O’zbekiston ekologiyasida SSSR davrida paydo bo'lgan eng katta muammolardan biri Orol dengizi fojiasini bartaraf etishda Mustaqillik yillaridan boshlab ko’rilgan chora tadbirlar haqida so’z etiladi. Bunda asosan suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik chora-taqbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va boshqalar haqida malumot beriladi. Kalit so’zlar: Orol muammosi, BMT, Markaziy Osiyo, Jahon banki , Osiyo taraqqiyot banki , Yevropa Ittifoqi. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan biri – avvallari dunyodagi to’rtinchi yirik suv havzasi bo’lgan Orol dengizining qurishi yuz berdi. Bu bilan bog'liq biologik, ekologik, tuproq, iqlim hodisalarining birlashishi uning o’rnida 5.5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum cho’lining paydo bo’lishiga olib keldi. 1960yillarda Orol dengizi 68,900 kvadrat kilometr maydonni egallagan bo'lsa, 2021-yilga kelib bu ko'rsatkich atigi 7,352 kvadrat kilometrgacha qisqargan. Dengizning sho’rlanish darajasi 10-14g/l bo’lgan va bu ko’rsatkich 2020-2025 yil malumotlariga ko’ra 120-200 g/l ni ko’rsatgan. Har yili shamollar qurigan dengiz tubidan 100 million tonnadan ortiq tuz, chang va qumni olib yuradi. Bu massaning barchasi 1000 kilometrgacha bo’lgan masofaga tarqaladi. Sovet Ittifoqidan og’ir meros bo’lgan Orol fojiasini bartaraf etish yolg’iz va endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan O’zbekiton Respublikasiga oson emasdi. Shu sababli, Respublika prezidenti I.A.Karimov birinchi navbatda mustaqil Orta Oziya respublikalarining diqqatin shu masalaga qaratishni o’z oldiga oliy maqsad etib qo’ydi. 1993-yilning yanvar oyida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikiston hamkorligida Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi(IFAS)ning tashkil etilgani bu borada muhim voqea bo’ldi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ilk bor 1993-yil 28-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Orol dengizi fojiasini global miqyosda ko‘tardi. Shu yili mintaqa davlatlari hamkorligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi. Keyingi yillarda, xususan 1995-yilgi 50-sessiyada, Orolbo‘yi mamlakatlari jahon hamjamiyatidan ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatishda yordam so‘rab murojaat qildilar. Bu yerda 1997-yildan hozirgacha bo’lgan asosiy BMT va boshqada xalqaro tashkilotlardan kelgan yordamlar haqida so’z etilgan:
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 698 Yuz bergan sana Qatnashgan, qo’llab quvvatlagan davlatlar va tashkilotlar Asosiy maqsadi BTM va IFAS hamkorligi 2002-yil 6-oktyabr BMT Taraqqiyot Dasturi va Orolni qutqarish jamg’armasi Suv resurslarini barqaror boshqarish, Orolbo’yi aholisi uchun ijtimoiy yordam dasturini yaratish BTM hujjati A/63/770 2009-yil Markaziy Osiyo davlatlari, BMT , Yevropa Ittifoqi Orolbo‘yi mintaqasida ekologik inqirozni yumshatish, suv resurslarini adolatli taqsimlash Yangi Orol strategiyasi 2010-2015-yillar Markaziy Osiyo davlatlari, BMT, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, OSCE, UNESCO va GEF Quruq cho‘llanishga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va iqtisodiy tiklanish Sh.Mirziyoyevning BMTga chiqishi 2017-yil 19-sentyabr Asosan, Markaziy Osiya davlatlari va xalqaro tashkilotlar Orol fojiasi “eng katta ekologik inqirozlardan biri” sifatida tilga olindi va xalqaro yordam chaqiruvini bildirildi Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi anjumani 2019-yil oktyabr O’zbekiston hukumati va BMT Orolbo’yi mintaqasida holatni yaxshilash maxsus rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishishdi Saida Mirziyoyeva tomonidan BMTda nutq 2023-yil mart BMT, Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasi, Eron, Xitoy, Yaponiya Orolbo‘yi rasmiy ravishda ekologik innovatsiyalar hududi sifatida e’tirof etilishi BMTdagi so’ngi tashabbuslar 2023-yil Germaniya, Norway, Janubiy Korea, Finlandiya BMT rezolyutsiyasi asosida yangi xalqaro ilmiy markaz - “Aral Sea Region Innovation Center” tashkillashtirilishi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 699 1995–2012-yillar davomida Orolbo'yi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatish maqsadida xalqaro hamjamiyat tomonidan keng ko'lamli yordam ko'rsatildi. Bu davr mobaynida umumiy hajmi 1.1 milliard dollardan ortiq xalqarolik yordami ajratilgan. Ushbu mablag'lar asosan Orol dengizi havzasida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga yo'naltirilgan. Xususan, xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi, shuningdek, AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarning moliyaviy ko'magi natijasida amalga oshirilgan. Ushbu davrda Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi (OKXJ) faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etdi. Jamg'arma a'zo davlatlarning qo'shma sa'yharakatlari natijasida 2003– 2010-yillarda 2 milliard dollardan ortiq mablag' ekologik va ijtimoiy loyihalarga yo'naltirildi. Mazkur mablag'lar hisobiga Orolbo'yi hududida suv infratuzilmasi yangilandi, o'rmonzorlar barpo etildi, ichimlik suvi tizimlari yaxshilandi hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan bir qator dasturlar amalga oshirildi. Undan tashqari, ‘Yashil Orol dengizi’ kraudfanding platformasi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan 2020-yil 11-martda Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi mintaqasi ekotizimini tiklash va aholisining hayot sifatini yaxshilash maqsadida yaratilgan. Barcha xayriya mablag‘lari to‘g‘ridan to‘g‘ri Orol dengizining qurigan tubida saksovul ko‘chat-larini sotib olish va ekishga yo‘naltiriladi. Ushbu tashabbus Orol dengizi ekologik fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan va asosiy maqsad bu yerda o‘rmon barpo etishda saksovulning yashovchanlik darajasini oshirishning innovatsion usullarini joriy etish bo’lib topiladi. "Yashil Orol dengizi" kraudfanding tashabbusi boshlanganidan beri quyidagilar ekildi: 2020-yilda: 30 gektar maydonda 60 000 tup daraxt 2021-yilda: 130 gektar maydonda 260 000 tup daraxt 2022-yilda: 87,2 gektar maydonda 92 ming tup daraxt 2023-yilda: 131 gektar maydonda 131 ming tup daraxt 2024-yilda: 200 gektarda 200 ming tup daraxt 2025-yilda: 80 gektarda 80 000 ta daraxt Umuman olganda, loyihani amalga oshirishning besh yili davomida 658,2 gektar maydonda 823 ming tup daraxt ekildi, bu dastlab rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan yuqori. 2024yildan boshlab ildiz zonasida namlikni saqlaydigan yapon preparati SAP yordamida tajriba boshlandi. Buning uchun har bir ko‘chatga 15 grammdan preparat qo‘shib 1000 dona saksovul ko‘chati ekildi. Dastlabki kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu o‘simliklarning ildiz tizimi qurg‘oqchil sharoitda ham yuqori namlik to‘yinganligini saqlab qoladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 700 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-2017 yillarga mo’ljallangan qarori bilan O’zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha harakatlar dasturi tasdiqlangan. Dastur Orol dengizi mintaqasini ekologik yaxshilash ishiga bag’ishlangan choratadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu ishlarga dasturga muvofiq 89,39 milliard so’m, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro sarflandi. Bundan tashqari 500dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Orolni qutqarish jamg’armasining Nukus filiali 2014-yil Mo’ynoq tumanida yiliga 1500 gektar maydonda saksovul o’rmonlari yaratildi. ‘Uxantoy’ yer uchastkasi va ‘Oqqum’ yer uchastkasining 34 gertariga suv quyildi. Orol dengizining qurigan tubiga qariyb 350 ming gektar maydonga saksovul va boshqa sho’rga chidamli o’simliklar ekildi. 2017-2021 yillarda Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Orolbo’yida sharoit va aholi turmush sifatini yaxshilash bo’yicha Davlat dasturi tastiqlandi, dastur byudjeti 8,422 trillion so’m (1.08 milliard dollar) miqdorida bo’ldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Agency of IFAS . https://aral.uz/en/ 2. Dry Tears of the Aral / United Nations (2007) 3. https://share.google/POAm4zpMsuxnw3FWS 4. S.Temirkhanova, Orol fojiasi - jurnalistikaning dolzarb mintaqaviy ekologik muammosi.(2025) 5. O'zbekistonning eng yangi tarixi (o'quv qo'llanma) ''Lesson Press'' Tashkent (2022) https://share.google/ZUqVfuVkvUVSUmnPD 6. S. Abdullayev, Orol dengizi muammosi. O'rta Osiyoning ekologik barqarorligi uchun chora - tadbirlar (2024) 7. "Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg'armasi'' ma'lumotlari. https://share.google/q8nxZqW6trWOphf2U