O'SMIR KIBOKSCHILARNI MUSOBAQAOLDI TAYORGARLIGIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada o‘smir kikboksing sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Sportchining yuksak sport natijalariga erishishida jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati, ayniqsa, maxsus jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning o‘rni tahlil qilinadi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 706 O‘SMIR KIBOKSCHILARNI MUSOBAQAOLDI TAYORGARLIGIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH Sadirxonov Obidjon Akramovich Mustaqil izlanuvchi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17491856 Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘smir kikboksing sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Sportchining yuksak sport natijalariga erishishida jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati, ayniqsa, maxsus jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning o‘rni tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: O‘smir kikbokschilar, jismoniy tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik rejasi. ПЛАНИРОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ЮНОШЕСКИХ КИБОКСЕРОВ В ПРЕДСОРЕВНОВАТЕЛЬНОЙ ПОДГОТОВКЕ Аннотация. В данной статье рассматриваются пути планирование общей и специальной физической подготовки спортсменов, занимающихся кикбоксингом. Анализируется значение физической подготовки для достижения высоких спортивных результатов, особенно роль правильного подбора и применения комплекса специальных физических упражнений. Ключевые слова: Юнoши кикбоксеры, физическая подготовка, общая подготовка, специальный тренировочный план. PLANNING GENERAL AND SPECIFIC PHYSICAL TRAINING IN PRE-COMPETITION PREPARATION OF YOUTH BOXERS Abstract. This article examines the ways to improve the general and specific physical training of athletes engaged in kickboxing. The importance of physical preparation in achieving high athletic performance is analyzed, with particular emphasis on the correct selection and application of a complex of specific physical exercises. Key words: Young men kickboxers, physical training, general training, special training plan Kirish Hozirgi kunda sport sohasi jadal rivojlanib, dunyo miqyosida turli yo‘nalishlardagi musobaqalar, turnirlar va chempionatlar orqali sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etishmoqda. Xususan, jangovar san’atlar - boks, taekvondo, dzyudo va kikboksing sport turlari keng ommalashmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida kikboksing sport turiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini kuzatish mumkin. Bu esa ushbu sport turi bo‘yicha samarali mashg‘ulot tizimini ishlab chiqish, sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 707 Kikboksing yuqori intensivlikdagi, qisqa vaqt ichida ko‘p energiya sarflanadigan, sportchidan katta kuch, chaqqonlik, chidamlilik, koordinatsiya va ruhiy barqarorlikni talab qiladigan murakkab sport turi hisoblanadi. Unda sportchining jismoniy tayyorgarlik darajasi uning texnik mahoratini, taktik yondashuvini va musobaqadagi natijalarini bevosita belgilab beradi. Shu sababli, kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini har tomonlama rivojlantirish ularning sport karerasida muhim bosqich sanaladi. Kikboksingda umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) sportchining sog‘lomlashtiruvchi va funksional imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqaga tayyorlanishda texnik va kuch kuchaytirilgan elementlarni takomillashtirishga qaratilgan. Bu ikki yo‘nalish o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab yosh sportchilarda kuchli texnika bo‘lishiga qaramasdan, etarli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bo‘lmagani sababli, jang davomida kuchni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik, sustlik va chidamsizlik kabi holatlar yuzaga keladi. Bugungi kunda ko‘plab trenerlar tomonidan tayyorgarlik jarayonida maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlariga yetarli e’tibor berilmayotgani kuzatilmoqda. Bu esa sportchilarning musobaqalarda yaxshi natijalarga erishmasligiga olib kelmoqda. Chunki faqatgina umumiy tayyorgarlikka asoslangan mashg‘ulotlar sportchining texnika va taktikasiga mos kelmaydi. Shu nuqtai nazardan, kikboksingchilarni har tomonlama tayyorlashda umumiy va maxsus tayyorgarlikni kompleks tarzda olib borish juda muhim. Tadqiqot maqsadi: Kikbokschilarni musobaqaoldi tayorgarligida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini dinamikasini aniqlash. Tadqiqot vazifasi: Kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish. Tadqiqot usullari: Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik testlash, matematik-statistik usullar va kikbokschilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini ESPANDER-5 trenajoridan foydalanish orqali rivojlantirish Ilmiy adabiyotlar va metodik qo‘llanmalar tahliliga ko‘ra, kuch, tezlik, chaqqonlik, reaksiya tezligi va chidamlilikni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar tizimi sportchining funksional tayyorgarligini oshiradi. Shu bilan birga, kuch bilan bir vaqtda to‘g‘ri texnik harakatlarni bajara olish qobiliyati, sportchining nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarligini ham mustahkamlaydi. Bu holat musobaqa jarayonida sportchining bosim ostida o‘z harakatlarini nazorat qila olishiga imkon yaratadi. Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini takomillashtirish, mashg‘ulotlar tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida qayta ko‘rib chiqish, sportchilarga individual yondashuv asosida mashg‘ulotlar rejalarini tuzish, sportda yuqori natijalarga erishish uchun muhim omil sanaladi. 1-jadval Kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatkich % da
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 708 Izoh: O‘smir kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar qancha foizga oshganligi ko‘rsatilgan. Ushbu ilmiy maqola kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning asosiy tamoyillarini aniqlash, samarali mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini yoritishga qaratilgan. 1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) – bu sportchining har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan mashqlar tizimidir. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi mashqlar (yugurish, suzish, velosiped); Kuch va chidamlilikni oshiruvchi mashqlar (og‘irlik bilan mashqlar, plyometrik mashqlar); Harakatchanlik va muvozanatni rivojlantirish mashqlari (streching, koordinatsion to‘siqlar bilan ishlash). UJT kikboksingchilar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, chunki umumiy tayyorgarlik yuqori darajada bo‘lmagan sportchi texnik jihatdan kuchli bo‘lsa ham, uzoq jangda kuchini to‘g‘ri taqsimlay olmaydi. 2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa kikboksingga xos bo‘lgan harakatlarni mukammallashtirishga qaratilgan. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Zarba kuchi va tezligini oshirish mashqlari (qop bilan ishlash, soyada jang, partnyor bilan sparring); Reaksiya tezligini oshirish mashqlari (ko‘zni va mushaklarni muvofiqlashtirish); Nafas olish tizimini mashq qilish (intervallar asosida yuqori intensivlikdagi mashqlar). MJT sportchining texnik harakatlarni tez, kuchli va samarali bajarishiga yordam beradi. 3. Mashg‘ulotlar tizimi Kikboksingchilar uchun mashg‘ulotlar rejalashtirilganda quyidagi tamoyillar inobatga olinadi: Bosqichma-bosqichlik: jismoniy yuklamalar asta-sekin oshiriladi. Individuallik: har bir sportchining yoshi, jismoniy holati va sport darajasi
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 709 O‘smir kikbokschilar uchun haftalik mashg‘ulotlar rejasi Kun Mashg‘ulot turi Asosiy yo‘nalish Davomiyligi Dushanba Umumiy jismoniy tayyorgarlik Yugurish (5–8 km), kuchli mashqlar 90 daqiqa Seshanba Texnika va maxsus tayyorgarlik Zarba texnikasi, qop bilan mashqlar 90 daqiqa Chorshanba Koordinatsiya va chidamlilik Plyometrika, reaksiya tezligi 60–75 daqiqa Payshanba Sparring va taktika ishlari Juftlikda ishlash, jang simulyatsiyasi 90–100 daqiqa Juma Maxsus jismoniy tayyorgarlik Qop bilan intensiv ishlash, HIIT 75–90 daqiqa Shanba Ko‘p qirrali mashg‘ulotlar Kombinatsiyalangan yuklamalar 60–75 daqiqa Yakshanba Tiklanish va passiv faoliyat Yengil yugurish, yoga, massaj 30–45 daqiqa Izoh: Har bir mashg‘ulot oldidan 10–15 daqiqa isinish va mashg‘ulotdan so‘ng 5–10 daqiqa sovuqlash mashqlari bajarilishi tavsiya etiladi. Xulosa Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – bu o‘smir kikbokschilarining musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishida asosiy omillardan biridir. Har ikki tayyorgarlik turi bir-birini to‘ldiradi va sportchining texnik, taktika hamda psixologik tayyorgarligini kuchaytiradi. Shu sababli, mashg‘ulotlar rejasi puxta o‘ylangan bo‘lishi, muntazam nazorat qilinib, individual yondashuv asosida olib borilishi lozim. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilish mumkinki, kikboksing sport turida sportchilarning yuqori sport natijalariga erishishida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik alohida o‘rin egallaydi. Har ikki tayyorgarlik turi sportchining texnik, taktik, ruhiy va funksional imkoniyatlarini kompleks shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarining individual yondashuv asosida tuzilishi sportchining musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari orqali sportchilarda chidamlilik, kuch, tezlik va moslashuvchanlik rivojlanadi, bu esa ularning umumiy sport bazasini shakllantiradi. Maxsus tayyorgarlik esa bevosita kikboksingga xos bo‘lgan harakatlarni takomillashtirish, zarba kuchi, reaksiya tezligi va jangovar texnikalarni mukammal bajarishga yo‘naltiriladi. Ushbu ikki yo‘nalish o‘zaro uyg‘unlikda olib borilgandagina maksimal natijaga erishish mumkin. Shu sababli mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishda bosqichma-bosqichlik, uzluksizlik va individual yondashuv tamoyillariga rioya qilish muhimdir. Sportchilarning yoshi, jismoniy holati, tajribasi va sport darajasi hisobga olingan holda mashqlar kompleksini tanlash zarur. Trenerlar tomonidan muntazam nazorat, test sinovlari va monitoring asosida mashg‘ulotlarga tuzatishlar kiritib borilishi maqsadga muvofiqdir. O‘smir kikbokschilarning umumiy tayorgarligi 9-10 % ga oshgan bolsa maxsus jismoniy tayyorgarligi 12-14 % ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘smir kikbokschilar ESPANDER-5 trenajyorida mashg‘ulotlar vaxtida doimiy foydalanishsa xamda ilmiy asoslangan va tizimli ish olib borilsa, ularning sportdagi muvaffaqiyat darajasi sezilarli darajada oshadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 710 Bu esa nafaqat individual sportchilar, balki jamoaviy natijalar va mamlakat sport salohiyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Amaliy tavsiyalar sifatida, o‘smir kikbokschilarning tayyorgarligida quyidagilarni yo‘lga qo‘yish muhim: umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun haftalik yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish; maxsus mashqlarni musobaqa oldi tayyorgarligiga muvofiqlashtirish; individual reabilitatsiya va tiklanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish; sportchilarning psixologik tayyorgarligini jismoniy tayyorgarlik bilan birgalikda olib borish. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati 1. «O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmon. 2. Шитов В.К КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное пособие. ФКиС, М. 2004.- 244 с. 3. Цинис А. В. Тайский бокс: программа для высших учебных заведений по тайскому боксу/ А. В. Цинис - МОО "Межрегиональная общественная организация "Академия безопасности и выживания"", 2014 180с. 4. Қосимбеков З.Т. ЁШ СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ (бокс, кикбоксинг, муайтай). Ўқув қўлланма. Тошкент.-2008. – 245 б. 5. Ширяев А.Г., Филимонов В.И. Бокс и кикбокс:. Учебное пособие. Издателский сентр. -М, 2007, - 128c. 6. Головкин Е.В. Программа по кикибоксингу (Семи-контакт, лайт кик, фулл-контакт, лоу-кик, К-1) Ўқув қўлланма. Уляновск-2009. 89с 7. Umarov.Q.A. «Kikboksing atamalarining izohli lug‘ati». Uslubiy qo‘llanma. Toshkent2016 y. -148 b. 8. Xalmuxamedov R.D., S.S.Tajibaevlar modifikatsiya qilgan “Yuqori malakali bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash” (SPUDERG-4) kompyuter dasturi O‘zbekiston Respublikasi elektron mashinalari uchun dasturlar davlat reestirida 14.03.2013 yilda Toshkent shahrida ro‘yihatdan o‘tkazilgan, talabnoma raqami DGU 2013 0032. 9. Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2024 y.-150 bet. 10. Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans nashiriyoti” 11. Q.A.Umarov. Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar “Sportda ilmiy tadqiqotlar” ilmiy-nazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq. 12. Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va funksional tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy jurnal 4/2024 QOQON. DPI 293-299 bet.