O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI SAVDODA UNDIRILGAN SOLIQLAR DINAMIKASI TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilgan hamda hududidan olib chiqib ketilgan tovar, ish va xizmatlar uchun 2011-yildan 2023-yilgacha bo’lgan davrda undirilgan soliqlarning mohiyati , ularning o’zgarishi, bu soliqlarni hisoblab chiqarish hamda ma’lum bir xulosalar keltirib o’tilgan. Maqolada foydalanilgan ma’lumotlar Jahon bankining rasmiy internet sahifasidan olindi hamda muallif tomonidan tahlil qilindi. Kalit so’zlar: tashqi savdo, soliqlar, import, eksport, YaIM, soliq daromadlari
Full text
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 95 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI SAVDODA UNDIRILGAN SOLIQLAR DINAMIKASI TAHLILI Saidova O’g’iloy Rustamjon qizi PhD katta o’qituvchi, TDIU Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilgan hamda hududidan olib chiqib ketilgan tovar, ish va xizmatlar uchun 2011yildan 2023-yilgacha bo’lgan davrda undirilgan soliqlarning mohiyati , ularning o’zgarishi, bu soliqlarni hisoblab chiqarish hamda ma’lum bir xulosalar keltirib o’tilgan. Maqolada foydalanilgan ma’lumotlar Jahon bankining rasmiy internet sahifasidan olindi hamda muallif tomonidan tahlil qilindi. Kalit so’zlar: tashqi savdo, soliqlar, import, eksport, YaIM, soliq daromadlari. Bugungi jahon bozori integratsiyalashuvi sharoitida hech bir mamlakatni boshqa mamlakat iqtisodiyoti bilan tashqi savdo munosabatlariga kirishmasdan o’z iqtisodiyotini samarali o’sishiga erishish imkonsiz. Shu sababli, tashqi savdo operatsiyalari, bu operatsiyalar doirasida to’lanadigan soliqlar xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’rnatishda juda ahamiyatli hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yaxshilanishi o’z navbatida YaIM ga ham ijobiy ta’sir qiladi. Quyida O’zbekiston Respublikasining 2011-2023-yillar oralig’ida YaIM ning AQSh dollaridagi qiymatining dinamikasini ko’rishimiz mumkin:
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 96 1-diagramma. O’zbekiston Respublikasi YaIM ($ AQSh dollarida) 1 Yuqoridagi diagrammadan ko’rinib turibdiki, davr boshida 60 milliard $ AQSh dollarni tashkil qilgan. 2016-yilgacha YaIM da sezilarli o’sish kuzatilinib, 80 milliarddan oshgan. 2017-yilda o’tgan davrga nisbatan keskin pasayishni ko’rish mumkin. Buning asosiy sababi esa, 2017-yilda Markaziy bankning AQSh dollarining o’zbek so’miga nisbatan qiymatining bozor talab va taklif qonuniyatiga mos holda tenglashtirilishi bilan ifodalash mumkin. 2017-yildan davr oxirigacha o’suvchi trend kuzatilingan hamda 2023-yilda 100 milliard $AQSh dollaridan oshib ketgan. Endi tashqi savdo munosabatlarida undiriladigan soliqlar haqida gaplashadigan bo’lsak, ularning avvalo, ikki guruhga bo’lishimiz to’g’ri bo’ladi: import bo’yicha to’lanadigan soliqlar hamda eksport bo’yicha to’lanadigan soliqlar. Quyidagi jadvalda O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalarida undirilgan soliqlar dinamiksini ko’rish mumkin: 1 Jahon Banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. $0,0 $20000000000,0 $40000000000,0 $60000000000,0 $80000000000,0 $100000000000,0 $120000000000,0 YaIM ( $ AQSh dollarida)
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 97 Yilla r Tashqi savdoda undirilgan soliqlar (soliq daromadlaridagi ulushi, %da) Soliq daromadlari (YaIM dagi ulushi, % da) YAIM ($ AQSh dollarida) Tashqi savdodagi soliqlar ($ AQSh dollarida) 2011 6,70513161 4 12,3662 6 $60 178 909 297,2 $498 987 743,8 2012 7,86914705 2 13,1744 1 $67 517 349 212,1 $699 961 488,0 2013 10,9337745 7 13,8004 8 $73 180 037 914,9 $1 104 223 370,0 2014 10,3192224 3 13,4703 9 $80 845 385 809,5 $1 123 783 050,5 2015 15,2540939 8 13,5577 5 $86 196 264 755,3 $1 782 635 762,0 2016 15,2213577 1 13,4329 6 $86 138 288 644,2 $1 761 251 807,9 2017 4,86966100 4 10,3687 5 $69 703 222 282,7 $351 947 482,4 2018 3,55559571 5 12,6952 9 $58 695 899 092,1 $264 949 291,4 2019 2,70207479 2 11,3019 7 $67 293 639 798,4 $205 506 398,1 2020 3,11368154 2 13,4020 3 $66 443 265 418,3 $277 265 394,7 2021 3,14405359 3 13,3629 $77 340 060 003,0 $324 934 067,2
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 15–to’plam 2025 y. 98 2022 2,94930593 2 11,9887 4 $90 095 926 567,4 $318 565 347,0 2023 4,39685463 4 11,5297 $102 641 879 248,8 $520 336 789,0 1-jadval. O’zbekiston Respublikasida tashqi savdoda to’langan soliqlar dinamikasi ($ AQSh dollarida) 2 Yuqoridagi jadvalda tashqi savdo doirasida undirilgan soliqlarning AQSh dollaridagi qiymati keltirilgan. Xuddi yuqorida ko’rib chiqilgan diagrammadagi ma’lumotlar singari, 2016-yilgacha xalqaro savdodagi soliqlarda o’suvchan trend kuzatilingan. 2017-yilgi dollar rasmiy kursining bozor talab va taklifiga asosan belgilanishi oqibatida YaIM ning AQSh dollaridagi qiymatida keskin pasayish kuzatilingan (ammo haqiqatda yalpi ichki mahsulot real qiymatda o’sgan). Natijada, tashqi savdo bo’yicha undirilgan soliqlarda pasayish kuzatilingan. Biroq davr oxirigacha o’suvchan trend bo’lib, 2013-yilda xalqaro savdo bo’yicha to’langan soliqlar 520 million $ AQSh dollaridan oshgan. Xalqaro savdo bo’yicha soliqlar o’sishida 2019 yildan beri bir necha marta QQS stavkasining tushirilishi, eksportyor korxonalarga berilayotgan imkoniyatlar, tashqi savdodagi boshqa to’siqlarning olib tashlanishi bilan ifodalashimiz mumkin. Kelgusi yillarda ham tashqi savdo bo’yicha soliqlarning o’sishi hamda tadbirkorlarning faoliyatlari yanada kengayishi mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga muhim dastak bo’ladi deb hisoblayman. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. www.worldbank.org - Jahon Bankining rasmiy internet sahifasi 2 Jahon Banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.