scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING INNOVATSION TRANSORMATSIYASI

Xudoyqulova, Dilora

Abstract

This scientific article presents innovative methodological approaches and tools for organizing the accounting of fixed assets for enterprises engaged in production activities.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1073 ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING INNOVATSION TRANSORMATSIYASI Xudoyqulova Dilora Dilmurodovna ProfiUnivesity “Aniq va iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada ishlab chiqarish faoliyati uchun korxonalarga asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning innovatsion metodik usul va vositalari keltirilgan. Kalit so’zlar: asosiy vositalar hisobi (AVH), Innovatsion, Utilizatsiya, hisob. Аннотация: В данной научной статье приведены инновационные методические подходы и инструменты организации учета основных средств для предприятий производственной деятельности. Ключевые слова: учет основных средств (УОС), инновационный, утилизация, учет. Abstract: This scientific article presents innovative methodological approaches and tools for organizing the accounting of fixed assets for enterprises engaged in production activities. Keywords: fixed assets accounting (FAA), innovative, utilization, accounting. Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi, xalq faravonligi, ilimli yoshlarni tarbiyalash, ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali xalq manfatlarini va iqtisodiy turmish tarzini yuqori darajaga olib chiqish. Ishlab chiqarish faoliyati uchun korxonalarga asosiy vositalar (mehnat vositalari) kerak, ular ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishtirok etadilar, natural-moddiy va tabiiy shaklini o‘zgartirmagan holda o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Asosiy vositalar – bu korxona tomonidan uzoq muddat (bir yildan ortiq) davomida mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy vazifalarni bajarish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Ular quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: • Xizmat muddati: Bir yildan ortiq. • Qiymati: O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan yuqori bo‘lishi kerak. • Maqsadi: Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy faoliyatda ishlatilishi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2004-yil 20-yanvarda 1299 raqamli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti” (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida buyrug’iga 1 “Asosiy vositalar”da asosiy vositalarga quyidagicha tarif berilgan: “asosiy vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”. Soliq solish maqsadlarida esa asosiy vositalar deyilganda tovarlar ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tashkilotni boshqarish uchun mehnat vositalari sifatida foydalaniladigan mol-mulkning bir qismi tushuniladi. 5-sonli BHMSga muvofiq, asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi. 1 https://lex.uz/mact/-821041 . O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2004-yil 20-yanvarda 1299 raqamli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti” to’grisidagi buyrug’i. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1074 a) bir yildan ortiq xizmat muddati; b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar. Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”da alohida hisobvaraqlar bo‘yicha foydalanishda, zahirada, konservatsiyada yoki oddiy (ishlab chiqarish) ijaraga berilgan asosiy vositalar hisobini yuritiladi. 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag‘larida asosiy vositalarning ular joylashgan joylardagi (tsexlar, ishlab chiqarishlar va h.k.) har bir ob’yekt bo‘yicha analitik hisobi yuritiladi. Asosiy vositalar ob’yektlari buxgalteriya hisobida statistik hisobot talablariga muvofiq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bo‘yicha guruhlanadi (masalan, noishlab chiqarish bo‘yicha tarmoqlarga bo‘linadi: sog‘liqni saqlash, uy-joy, kommunal xo‘jaligi va boshqalar.) va bundan tashqari funktsional guruhlar bo‘yicha: binolar, inshootlar, ishchi mashina va asbob-uskunalar va boshqalar). Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: a) maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asbob-uskunalar va moslamalar); b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; c) ko‘rpa-to‘shak anjomlari; d) kantselyariya anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan jihozlar va boshqalar); e) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon va sochiqlar; f) tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; g) bir yildan kam foydalanish muddatiga ega almashinadigan asbob-uskunalar; h) ov qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar). Asosiy vositalar tarkibida shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. Ko‘p yillik ko‘chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’yektlariga kapital qo‘yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’yekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar ob’yekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo‘lgan ob’yekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui – umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o‘z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli maqsadlarga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir. Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil ob’yektlar mavjud bo‘lganda, har bir bunday ob’yekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar ob’yekt sifatida tan olinadi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1075 Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa; b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa. Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy vazifalari: 1) sotib olingan paytdan boshlab to hisobdan chiqarguncha ularning mavjudligi aniqlash va butligini nazorat qilish; 2) eskirishni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblash; 3) byudjetga to‘lanadigan mol-mulk solig‘ini to‘g‘ri hisoblash uchun ma’lumot olish; 4) asosiy vositalarni rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni nazorat qilish; 5) asosiy fondlardan vaqti va quvvati bo‘yicha samarali foydalanishni nazorat qilish; Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risida hisobot uchun ma’lumotlar olish. Asosiy vositalar hisobini to‘g‘ri tashkil etishning bazasini asosiy vositalarning tasdiqlangan standart tasnifi va ularni buxgalteriya hisobida baholashning yagona tamoyilini tashkil etishdan iboratdir. Asosiy vositalar tarkibi xilma-xil bo‘lib, ma’lum tasniflash mezonlari bo‘yicha guruhlanadi. Namunali tasnifiga muvofiq asosiy vositalar quyidagicha turlarga bo‘linadi: 1) binolar; 2) inshootlar; 3) uzatish qurilmalar; 4) mashina va asbob-uskunalar (shu jumladan, quvvatli mashinalar va asbob-uskunalar; ishchi mashinalar va asbob-uskunalar; o‘lchov va tartibga soluvchi qurilmalar, qurilmalar va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, boshqa mashinalar va asbob-uskunalar); 5) transport vositalari; 6) instrumentlar; 7) ishlab chiqarish asbob-uskunalari va aksessuarlari; 8) xo‘jalik inventarlari; 9) ishchi va mahsuldor hayvonlar; 10) ko‘p yillik o‘simliklar; 11) yerlarni obodonlashtirishga uchun kapital xarajatlar; 12) boshqa asosiy vositalar. Mulkchilikka ko‘ra asosiy vositalar o‘z va ijaraga olinganlarga bo‘linadi. Birinchisi korxonaga tegishli bo‘lib, uning balansida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ikkinchisi boshqa korxona va tashkilotlardan vaqtincha foydalanish uchun haq to‘lash orqali olingan. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish xususiyatiga ko‘ra harakatdagi va harakatsiz (zahirada yoki konservatsiyada bo‘lish) asosiy vositalar, maqsadga ko‘ra – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (uy-joy kommunal va ijtimoiy-madaniy ob’yektlarning asosiy vositalari) mavjud. Ishlab chiqarish asosiy fondlariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish maqsadlaridagi bino va inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, dastgoh va mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, kompyuter texnikasi, asboblar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, ular ishlab chiqarish jarayonida mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun bevosita ishtirok etadilar. Ular korxonaning ishlab chiqarish (tsexlar, uchastkalar) va funktsional (bo‘limlar, xizmatlar) bo‘linmalarida bo‘lib, ularga foydalanish uchun beriladi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1076 Ishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibida ularning faol qismi – mashina, asbob-uskuna, transport vositalariga alohida ajratiladi. Noishlab chiqarish asosiy vositalari – korxona mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va maishiy xizmati uchun mo‘ljallangan asosiy vositalardir. Bularga: korxona balansida ro‘yxatga olingan turar-joy binolari, maishiy xizmatlar ob’yektlari (hammomlar, sartaroshxonalar, kirxonalar va boshqalar), ijtimoiy (klinika, dam olish maskanlari, ovqatlanish xonasi va boshqalar.) va madaniy (kutubxona va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalarini quyidagilarga ajratish mumkin: a) amaldagi (foydalanishdagi); b) faoliyat ko‘rsatmayotgan (uch oydan ortiq muddatga konservatsiya qilingan); c) zahirada bo‘lgan. Asosiy vositalarni baholash. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2004-yil 20-yanvarda 1299 raqamli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti” (5-sonli BHMS) buyrug’iga muvofiq asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymat – to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymatidir. Asosiy vositalar korxona balansiga sotib olish qiymati (yetkazib beruvchiga to‘langan summa) va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z ichiga olgan boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kiritilishi lozim. Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: - ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo‘lgan huquqni sotib olish bo‘yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; - bojxona bojlari va yig‘imlari; - asosiy vositalar ob’yektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); - asosiy vositalar ob’yektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summalar; - asosiy vositalar ob’yektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; - asosiy vositalar ob’yektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan mukofotlar; - asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; - aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi. Sotib olingan asosiy vositalar haqini to‘lash bilan bog‘liq bank xizmatlari, akkreditiv ochish, xorijiy valyutani o‘tkazganligi va konvertatsiya qilganligi uchun bankka vositachilik haqi to‘lash bo‘yicha xarajatlarni qo‘shgan holda, shuningdek shartnomani tayyorlash va ro‘yxatga olish xarajatlari asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. Agar shartnoma shartlarida sotib olingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki bo‘libbo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, unda mazkur asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki bo‘lib- ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1077 bo‘lib to‘lashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati bo‘yicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va to‘lovning umumiy summasi o‘rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo‘libbo‘lib to‘lash davri davomida joriy to‘lovning kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og‘irligiga bog‘liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo‘yicha xarajatlar)ga kiradi. Korxonaning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb mazkur asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi. Aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uning tegishli ishini tekshirish jarayonida olingan mahsulot sof sotish qiymati bo‘yicha kirim qilinadi va asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati shakllantirilganda kapital qo‘yilmalar summasidan ayiriladi. Chet el valyutasida xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi O‘zR Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek 5-sonli BHMSning 11bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, aniqlanadi. Korxona ustav sarmoyasiga ulush hisobidan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi tan olinadi. Xo‘jalik jamiyati ta’sischilar tarkibidan chiqqanida yoki tugatilayotgan xo‘jalik jamiyatining mulki ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanganda kelib tushgan asosiy vositalarning asosiy qiymati bo‘lib asosiy vositalarning qabul qilingan qabul qilish-topshirish hujjatlarida 5-sonli BHMSning 11-bandida ko‘zda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan qiymat tan olinadi. Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb 5-sonli BHMSning 11-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi. Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’yektlarning boshlang‘ich qiymati O‘zR Vazirlar Mahkamasining belgilangan qarorlariga muvofiq ishlab chiqarish tannarxi belgilanadi. Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan (tayyor mahsulotdan tashqari) asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’yektlarning boshlang‘ich qiymati 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar”ga muvofiq belgilanadigan ularning balans qiymatiga teng bo‘ladi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayirboshlash yo‘li bilan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati berilgan asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga teng. Asosiy vositalar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yo‘li bilan olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati berilgan asosiy vositalarning ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb korxona tomonidan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mavjud boyliklarning qiymati korxona qiyosiy holatlarda shunga o‘xshash boyliklar qiymatini aniqlaydigan narxdan kelib chiqib belgilanadi. Korxona tomonidan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boyliklar qiymatini belgilashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha korxona olgan asosiy ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1078 vositalarning qiymati qiyosiy holatlarda shunga o‘xshash asosiy vositalar sotib olinadigan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi. Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan mustaqil ob’yektlarga ega asosiy vositalar bo‘yicha boshlang‘ich qiymat ushbu summani alohida ob’yektning joriy qiymatiga proportsional ravishda taqsimlagan holda aniqlanadi. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati O‘zR qonun hujjatlarida va 5-sonli BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda o‘zgartirilmaydi. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga tegishli asosiy vositalar qurib bitkazilgan, qo‘shimcha jihozlangan, rekonstruktsiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, texnik qayta qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayta baholangan holatlarda yo‘l qo‘yiladi. Qurib bitkazish, qo‘shimcha jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalarning texnologik yoki xizmat maqsadining o‘zgarishi, og‘irlikning oshishi va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa sifatlar tufayli yuzaga kelgan ishlar kiritiladi. Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalarni qayta qurish kiradi. Texnik qayta qurollantirishga ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan asbobuskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo‘lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi. Asosiy vositalarni qayta baholash – asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Foydalanish sharoitlarining o‘zgarishiga qarab, tashqi omillar, xususan inflyatsiyaning ta’siri, asosiy vositalar qayta tiklanishi va qayta tiklash qiymatiga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, 1 yanvar 2023 yilgacha kompaniya tomonidan sotib olingan mol-mulkning boshlang‘ich qiymati, 1 yanvar 2023 yil kuni qayta baholash natijalari asosida asosiy vositalarning qayta tiklash qiymati hisoblanadi. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymat hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalar indeksatsiya yo‘li bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi ortgan summasi qayta baholash natijasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘iga rezerv kapitali tarkibiga hisoblanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi kamayish summasi qayta baholash natijasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i rezerv kapitalining mazkur ob’yektning avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan baholashdagi ortgan summasi atrofida kamayishiga tegishlidir. Asosiy vositalarni qayta baholash natijalari moliyaviy hisobotda asosiy vositalarni qayta baholash o‘tkazilgan joriy davrda aks ettiriladi. Hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari avvalgi hisobot yilidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlariga kiritilmaydi hamda hisobot yili boshiga moliyaviy hisobot ma’lumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 1079 o‘tgan yil yakuni va hisobot yili boshidagi ma’lumotlarning mos kelmasligi hisobot yilining dastlabki sanasidagi holatga ko‘ra o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijasi sifatida tushuntiriladi hamda joriy davrdagi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bayon etiladi. Joriy qiymat – ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa. Qoldiq (balans) qiymat – asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda. Tugatish qiymati – asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Amortizatsiyalaydigan qiymat – boshlang‘ich (tiklash) va tugatish qiymati o‘rtasidagi farq. Masalan, yuk mashinasining boshlang‘ich qiymati 100 million so‘m va tugatish qiymati - 7 million so‘m bo‘lsa, uning amortizatsiyalanadigan qiymati 93 mln. so‘mni tashkil etadi. Asosiy vositalarning taxminiy foydali hayoti – yillar davomida foydalaniladigan ob’yekt ishlash muddati. Bu ko‘rsatkichni hisoblashda buxgalter quyidagi ma’lumotlarni hisobga olishi kerak: 1) bunday aktivlar bilan to‘plangan boylik; 2) ob’yektning joriy holati; 3) asbob-uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari; 4) texnologiya va ishlab chiqarishning joriy holati; 5) mahalliy ob-havo sharoitlari. Xulosa Asosiy vositalar hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari va BHMSlarga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Bu jarayon korxonaning moliyaviy holatini to‘g‘ri aks ettirish, aktivlardan samarali foydalanish va qonunchilik talablariga rioya qilish uchun muhimdir. Hisobni avtomatlashtirish uchun Manager.io kabi dasturlardan foydalanish tavsiya etiladi, bu esa jarayonni soddalashtiradi va xatolarni kamaytiradi. REFERENCES 1. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2004-yil 20-yanvarda 1299 raqamli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti” to’grisidagi buyrug’i. 1. Муҳаметов, А., Абдувахидов, А., Матрасулов, Б., & Саматқулов, М. (2021). ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ТУРКУМЛАШ ВА УЛАРНИНГ ҲИСОБИ. Iqtisodiyot va taʼlim, (5), 351-358. 2. Мухаметов А. Б., Маткулиева С. И., Матрасулов Б. Э. УЧЕТ ЗАПАСОВ ПО МСФО //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 1-9. 3. Мухаметов А., Матрасулов Б., Абдувохидов А. Практические аспекты учета основных средств в Узбекистане //Экономика И Образование. – 2020. – Т. 1. – №. 4. – С. 111-114. 4. Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023. 5. Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61. 6. Rakhimov, D., et al. "Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.