TASVIRIY SAN'AT VOSITALARIDA SIRDARYO VILOYATI OBIDALARINING BADIIY TALQINI VA ESTETIK IFODASI
Abstract
Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining tarixiy-madaniy obidalarini tasviriy san’at vositalari orqali targ‘ib etishning ahamiyati yoritilgan. Viloyatdagi qadimiy yodgorliklar, ularning tarixiy va madaniy qiymati, shuningdek, san’at orqali yosh avlodda tarixiy ong va estetik didni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar, san’at ko‘rgazmalari va ta’limiy yondashuvlar orqali tarixiy merosni ommalashtirishning dolzarbligi ta’kidlangan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xudoyorov Shodiyor Ziyodullo o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti magistranti e-mail: [email protected], Xayrov Rasim Zolimxon o‘g‘li Guliston davlat pedagogika instituti, “San’atshunoslik” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) e-mail: [email protected] TASVIRIY SAN’AT VOSITALARIDA SIRDARYO VILOYATI OBIDALARINING BADIIY TALQINI VA ESTETIK IFODASI Annotatsiya: mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining tarixiy-madaniy obidalarini tasviriy san’at vositalari orqali targ‘ib etishning ahamiyati yoritilgan. Viloyatdagi qadimiy yodgorliklar, ularning tarixiy va madaniy qiymati, shuningdek, san’at orqali yosh avlodda tarixiy ong va estetik didni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar, san’at ko‘rgazmalari va ta’limiy yondashuvlar orqali tarixiy merosni ommalashtirishning dolzarbligi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Sirdaryo viloyati, tarixiy obidalar, tasviriy san’at, madaniy meros, raqamli texnologiyalar, yoshlar tarbiyasi, tarixiy ong, san’at orqali targ‘ibot. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ И ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ОТРАЖЕНИЕ ПАМЯТНИКОВ СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ В СРЕДСТВАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА Аннотация: в данной статье раскрывается значение продвижения историко-культурных памятников Сырдарьинской области посредством изобразительного искусства. Рассматриваются древние памятники региона, их историческая и культурная ценность, а также роль искусства в формировании исторического сознания и эстетического вкуса у молодёжи. Особое внимание уделяется актуальности популяризации культурного наследия с помощью цифровых технологий, художественных выставок и образовательных подходов. Ключевые слова: Сырдарьинская область, исторические памятники, изобразительное искусство, культурное наследие, цифровые технологии, воспитание молодёжи, историческое сознание, продвижение через искусство. ARTISTIC INTERPRETATION AND AESTHETIC REPRESENTATION OF HISTORICAL MONUMENTS OF SIRDARYO REGION THROUGH VISUAL ARTS
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Abstract: This article explores the significance of promoting the historical and cultural monuments of the Sirdaryo region through the means of visual arts. The paper discusses the ancient sites of the region, their historical and cultural value, and how visual art can contribute to fostering historical awareness and aesthetic taste among the younger generation. The relevance of popularizing cultural heritage through digital technologies, art exhibitions, and educational approaches is also emphasized. Keywords: Sirdaryo region, historical monuments, visual arts, cultural heritage, digital technologies, youth education, historical consciousness, promotion through art. Sirdaryo viloyati O‘zbekistonning tarixiy jihatdan qadimiy hududlaridan biri bo‘lib, ko‘plab arxeologik yodgorliklar, me’moriy obidalar va madaniy meros namunalariga boydir. Ushbu tarixiy-madaniy obidalarni asrash, o‘rganish va keng jamoatchilikka tanishtirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir. Tasviriy san’at esa bu borada samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Sirdaryo viloyati Oʻzbekistonning markaziy qismida joylashgan va uning tarixi koʻp asrlar davomida shakllangan. Bu hudud qadimda Buyuk Ipak yoʻlining muhim qismi boʻlib, savdo va madaniyat almashinuvi markazi sifatida rivojlangan. Bu viloyatda o‘ziga hos urf-odat va qatriyatlari mavjuddir [1]. Sirdaryo viloyati 1936-yilda tashkil etilgan bo‘lib Sovet davrida viloyat iqtisodiyotining asosiy qismi qishloq xo‘jaligiga qaratilgan edi. Sirdaryo viloyatining tarixiy obidalari insonga o‘zgacha o‘ziga hos go‘zallik va nafislik bag‘ishlaydi. Sirdaryo viloyatining asosiy tarixiy obodalaridan biri bu – Yogʻochli sardoba (Ogʻoch sardoba, Xudoysera sardobasi) – Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Gumbaz qishlogʻida, Toshkent – Samarqand shaharlarini bog‘lovchi M39 avtomagistral yo‘li yoqasida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. U shuningdek, Mirzachoʻlda mavjud boʻlgan 3 ta sardobadan biri va viloyatda shu turdagi yagona inshootdir [2]. Sirdaryo viloyatida joylashgan yana ba'zi tarixiy-madaniy obidalar quyidagilardir: Ko‘hna Xovos: Bu qadimiy shahar xarobalari miloddan avvalgi I asrga oid boʻlib, Buyuk Ipak yo‘li boʻyida joylashgan. Arxeologik qazishmalar natijasida bu hududda qadimiy shahar madaniyati va me’moriy inshootlar mavjudligi aniqlangan. 1-rasm. 1-rasm. Ko‘hna Xovos tepaligi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yog‘ochli Sardoba: XVI asrda qurilgan bu gidrotexnik inshoot Buxoro xoni Abdullaxon II davriga tegishli boʻlib, me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi bilan ajralib turadi. Sardoba nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham oʻziga xos namuna sifatida namoyon etadi. 2-rasm. Qadimgi Ustrushona davlati: Sirdaryo viloyati hududi qadimda Ustrushona davlati tarkibiga kirgan boʻlib, bu hududda turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar shakllangan. Ushbu davlatchilik tarixi haqida ma’lumotlar yozma manbalarda uchraydi [3]. Ushbu obidalar nafaqat hududning o‘tgan asrlar madaniyatini aks ettiradi, balki uning tarixiy rivojlanishining guvohi hisoblanadi. Bugungi kunda tariximizni anglashda tasviriy san’atning o‘zi yetarli hisoblanmoqda chunki san’at asarlari orqali tushunish anglash targ‘ib qila olish juda qulaydir. 2-rasm. Yog‘ochli Sardoba Bugungi globallashuv sharoitida bu obidalarni oddiygina saqlab qolish yetarli emas: balki ularni zamonaviy san’at orqali keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlod qalbida tarixga muhabbat uyg‘otish zarur. Shu nuqtai nazardan tasviriy san’at obidalarni targ‘ib etishning eng kuchli va estetik vositasidir. Tasviriy san’at vositalaridan foydalanish orqali viloyat tarixiy-madaniy obidalarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish katta ahamiyatga ega. Hozirgi kundagi olayotgan bilim ko‘nikmalarimizni negizida tasviriy san’at asosiy ro‘lni o‘ynaydi. Rassomlar va san’atkorlar tarixiy obidalarni o‘zlarining asarlarida aks ettirib, ularning ahamiyatini ko‘rsatishadi. Bu nafaqat madaniy xabardorlikni oshirishga, balki yosh avlodni o‘z tarixiga mehr qo‘yishga undaydi. Bundan tashqari, tasviriy san’at ko‘rgazmalari, san’at darslari va raqamli platformalar orqali tarixiy obidalarni targ‘ib qilish viloyat madaniy merosini saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, tarixiy-madaniy obidalar nafaqat saqlanib qoladi, balki ular jamoatchilikning e’tiborida bo‘lib, madaniy merosning qadriyatlari yanada keng tarqaladi [4]. Raqamli texnologiyalar yordamida tarixiy obidalarni 3D modellashtirish, virtual ekskursiyalar tashkil etish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish kabi usullar yanada samarali natija beradi. Ushbu yondashuv nafaqat hudud ichida, balki xalqaro miqyosda Sirdaryo viloyatining madaniy merosini tanitishda muhim ahamiyatga ega [5]. Tarixiy obidalarni san’at yordamida targ‘ib qilish yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga undaydi, madaniy xotirani mustahkamlaydi va turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon hududning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sirdaryo viloyatining tarixiy-madaniy obidalarini tasviriy san’at orqali targ‘ib qilish mamlakat madaniyatini boyitish, yosh avlodda tarixiy ongni shakllantirish va milliy g‘ururni oshirishda muhim omildir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Zamonaviy texnologiyalar va san’at vositalaridan samarali foydalanish orqali bu jarayon yanada kengroq auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, sharq mutafakkirlarining axloqiyestetik qarashlari asosida shakllangan yondashuvlar san’at va ta’lim uyg‘unligini mustahkamlab, tarixiy merosni anglashda chuqurroq falsafiy va ma’naviy asos yaratadi [6]. Shu sababli, madaniyat va san’at sohasidagi mutaxassislar, rassomlar hamda davlat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, ushbu qadriyatlarni zamonaviy ta’lim va san’at orqali targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega. Xususan, Sharq mutafakkirlarining estetik qarashlarini ta’lim jarayonlariga tatbiq etish nafaqat san’atga, balki tarixiy merosga ham chuqur ma’naviy va axloqiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi [7]. Bu yondashuv orqali san’at asarlari vositasida tarixiy obidalar faqatgina vizual obraz sifatida emas, balki ma’naviy tarbiyaning manbai sifatida qaraladi. Sirdaryo viloyatining tarixiy-madaniy obidalarini tasviriy san’at orqali targ‘ib qilish viloyat madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodda estetik dunyoqarashni shakllantirish va tarixiy merosni asrab-avaylashda muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kundagi bino va inshootlarni kelajak avlod uchun esdalik sifatida qoldirishda ham tasviriy san’at asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etilishi zarur. Bu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, tarixiy obidalarni faqatgina saqlab qolish emas, balki ularni madaniy hayotga qayta olib kirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tasviriy san’at bu borada ko‘p qirrali imkoniyatlarga ega bo‘lib, nafaqat estetik zavq ulashadi, balki ma’naviy-ma’rifiy vazifani ham bajaradi. San’at asarlari orqali tarixiy obidalarning badiiy ifodasi yaratiladi, ular bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar, shaxslar va ijtimoiy hayot tasviriy vositalar orqali qayta jonlantiriladi. Masalan, mahalliy rassomlar tomonidan chizilgan Yog‘ochli sardoba tasvirlari ushbu inshootning me’moriy tuzilishini keng jamoatchilikka yetkazishda xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, yosh ijodkorlarni tarixiy mavzudagi asarlar yaratishga yo‘naltirish orqali ular orasida milliy g‘urur va tarixga bo‘lgan hurmat hissi mustahkamlanadi [8]. Ta’lim tizimida ham tasviriy san’atni tarixiy obidalarni o‘rganish bilan uyg‘unlashtirish muhim: dars mashg‘ulotlarida obidalar tasvirlarini ishlatish, loyiha ishlari doirasida tarixiy joylar bo‘yicha rasm va maketlar tayyorlash yoshlar ongini tarixiy ildizlar bilan bog‘laydi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar bu jarayonda yana-da kengroq imkoniyatlar ochadi. Masalan, 3D model asosida yaratilgan virtual tarixiy obidalar maktab va oliygohlarda dars vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin [9]. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda obidalarni vizual tasvirlar orqali targ‘ib qilish, ko‘rgazmalar uyushtirish va san’at asarlarini raqamli kataloglarga kiritish orqali ular keng auditoriyaga yetkaziladi. Bu esa nafaqat tarixiy obidalar haqida xabardorlikni oshiradi, balki viloyatning madaniy salohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatining turizm salohiyatini oshirishda ham aynan tarixiy obidalar asosiy vositalardan biri sifatida qaralmoqda. Obidalarni san’at asarlari orqali ko‘rsatish, viloyatning o‘ziga xos madaniy qiyofasini yaratadi. Bu esa mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Rassomlar tomonidan chizilgan tarixiy obidalar tasvirlari suvenirlar, kitob muqovalari, plakatlar, raqamli galereyalar uchun asos sifatida ishlatilsa, bu viloyatning brendiga aylanishi mumkin. Shu o‘rinda, davlat va jamoatchilik tashkilotlari ham ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etishi lozim. Tasviriy san’at darslarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish, ijodiy tanlovlar, ko‘rgazmalar hamda seminar-treninglar orqali o‘quvchilarda tarixiy obidalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish muhim sanaladi [10]. Bunday integratsiyalashgan yondashuv madaniy merosni nafaqat saqlashga, balki uni yosh avlod tafakkurida zamonaviy san’at orqali jonlantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, Sirdaryo viloyatining tarixiy-madaniy obidalarini tasviriy san’at orqali targ‘ib qilish nafaqat badiiy faoliyat, balki ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy va ijtimoiy jihatdan ham ahamiyatli jarayondir. Bu ishda mahalliy rassomlar, o‘qituvchilar, san’atshunoslar va madaniyat
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL sohasi mutaxassislari o‘zaro hamkorlikda harakat qilgan taqdirda, viloyatning madaniy merosi yanada keng jamoatchilik tomonidan qadrlanadi va kelajak avlodga munosib ravishda yetkaziladi. Xulosa qilib aytganda, Sirdaryo viloyatining tarixiy-madaniy obidalarini tasviriy san’at orqali targ‘ib qilish – bu nafaqat badiiy faoliyat, balki ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy va ijtimoiy jihatdan ham ahamiyatli jarayondir. Bu ishda mahalliy rassomlar, o‘qituvchilar, san’atshunoslar va madaniyat sohasi mutaxassislari o‘zaro hamkorlikda harakat qilgan taqdirda, viloyatning madaniy merosi yanada keng jamoatchilik tomonidan qadrlanadi va kelajak avlodga munosib ravishda yetkaziladi. Ayniqsa, tasviriy san’at ta’limida individual yondashuv [11] va kompozitsion vositalardan samarali foydalanish [12] orqali o‘quvchilarda tarixiy obidalarga nisbatan estetik qiziqish va ijodiy fikrlashni rivojlantirish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 846son qarori. 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xovos_tumani 3. Sirdaryo viloyatida madaniyat va san’atmuassasalari faoliyati 2023-yilda. https://sirstat.uz/uploads/press_reliz/2023%20yil/IJTIMY/Madaniyat.pdf?utm_source=chatg pt.com 4. Sirdaryoning ham qadim tarixi bor. “Xalq so‘zi” onlayn rasmiy kanali. 04.07.2022. https://xs.uz/uz/post/sirdaryoning-ham-qadim-tarikhi-bor?utm_source=chatgpt.com 5. State of Cultural Heritage Sites of Uzbekistan in the Soviet Period. (2023). Eurasian Journal of History, Geography and Economics, 24, 48-51. https://geniusjournals.org/index.php/ejhge/article/view/4967 6. MORAL AND AESTHETIC PRINCIPLES OF EASTERN THINKERS: APPLICATION IN MODERN EDUCATION. (2025). International Journal of Artificial Intelligence, 5(05), 1489-1494. https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai/article/view/4677 7. Жумабоев, Наби. "THЕ NЕЕD TO USЕ AЕSTHЕTIC VIЕWS OF ЕASTЕRN THINKЕRS IN THЕ ЕDUCATIONAL SYSTЕM." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences 4 (2024). 8. Ахмедов M.-U. . (2023). Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shartsharoitlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 90–95. https://doi.org/10.47689/.STARS.university-pp90-95 9. Inoyatov, O. (2025). TEKISLIKLARNING OʻZARO PARALLELLIGI. Ижтимоийгуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социальногуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5(S/1), 495–500. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5SI1Y2025N76 10. Pardaboevich, Jumaboev Nabi. "ORGANIZING VISUAL ARTS LESSONS AND ENHANCING THEIR EFFECTIVENESS BASED ON MODERN PEDAGOGICAL REQUIREMENTS." CONFERENCE OF MODERN SCIENCE & PEDAGOGY. Vol. 1. No. 5. 2025. 11. Хайров Расим. ИНДИВИДУАЛЬНЫЙ ПОДХОД И СОЗДАНИЕ СИТУАЦИИ УСПЕХА НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. В International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS) Volume. 7, Issue 02, February (2024) Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10778131 12. Alimjanovna Y. S. TOOLS AND CRITERIA OF COMPOSITION IN THE CREATIVE PROCESS OF FINE ARTS CLASSES OF UNIVERSITY SCHOOLS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2024. – Т. 5. – №. 02. – С. 48-58.