scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"QISSASI RABG'UZIY" ASARI – MA'NAVIYAT KO'ZGUSI

Rakhimjanova Dilrabo Ulug'bek qizi

Abstract

Muallif “Qissasi Rabg‘uziy” asarida Islom va axloq qoidalarini Payg‘ambarlar hayoti orqali yoritib, zulmga qarshi adolat g‘oyasini, shukr va sabr fazilatlarini, ilm hamda ma’naviyatning inson tarbiyasidagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Asarda o‘quvchini ezgulik, iymon, mehr-oqibat va insoniylik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy barkamollikka yetaklash masalalari badiiy-obrazli tarzda ifodalangan. Ushbu asar o‘z mazmuni bilan chinakam tarbiya manbasi sifatida e’tirof etiladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Rakhimjanova Dilrabo Ulug‘bek qizi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-bosqich magistranti e-mail: [email protected] “QISSASI RABG‘UZIY” ASARI – MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI Annotatsiya: Muallif “Qissasi Rabg‘uziy” asarida Islom va axloq qoidalarini Payg‘ambarlar hayoti orqali yoritib, zulmga qarshi adolat g‘oyasini, shukr va sabr fazilatlarini, ilm hamda ma’naviyatning inson tarbiyasidagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Asarda o‘quvchini ezgulik, iymon, mehr-oqibat va insoniylik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy barkamollikka yetaklash masalalari badiiy-obrazli tarzda ifodalangan. Ushbu asar o‘z mazmuni bilan chinakam tarbiya manbasi sifatida e’tirof etiladi. Kalit so‘zlar: Qissasi Rabg‘uziy, mehr-oqibat, ma’rifat, insoniylik, adolat, tarbiya. «ПРОИЗВЕДЕНИЕ “КИССАСИ РАБГУЗИ” — ЗЕРКАЛО ДУХОВНОСТИ Аннотация. В произведении «Киссаси Рабгузи» автор раскрывает исламские и нравственные принципы через историю жизни пророков, глубоко анализируя идею справедливости против зла, добродетели благодарности и терпения, а также роль знаний и духовности в воспитании человека. В произведении художественно отражены вопросы воспитания читателя в духе добра, веры, милосердия и человечности, а также достижения духовно-нравственного совершенства. Данное произведение признано подлинным источником нравственного воспитания благодаря своему глубокому содержанию. Ключевые слова: Киссаси Рабгузи, милосердие, просвещение, человечность, справедливость, воспитание. “QISSASI RABG‘UZIY” – THE MIRROR OF SPIRITUALITY Abstract. In the work “Qissasi Rabg‘uziy”, the author explores the principles of Islam and morality through the lives of the Prophets, deeply analyzing the idea of justice against oppression, the virtues of gratitude and patience, and the significance of knowledge and spirituality in human education. The work artistically expresses the themes of nurturing readers in the spirit of goodness, faith, compassion, and humanity, as well as guiding them toward moral and spiritual perfection. Due to its profound content, this work is recognized as a true source of ethical and spiritual education. Keywords: Qissasi Rabg‘uziy, compassion, enlightenment, humanity, justice, education. Kirish. Insoniyat tarixida shunday yozuvchi va allomalar bo‘lgan-ki, ularning asarlari nafaqat bir davrga, balki butun avlodlarga saboq bo‘lgan. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri Nosiruddin Burhoniddin Rabg‘uziydir. Uning eng mashhur asari “Qissasi Rabg‘uziy” bo‘lib, asar o‘z davridan to bugungi kun uchun ham ibrat manbasi hisoblanib kelmoqda. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Nosiruddin Burhoniddin Rabg‘uziy XIII asrda yashagan, mo‘g‘ullar istilosi davrida ilmma’rifatni saqlab qolgan, xalq orasida tarqatgan islomiy va axloqiy qissalar muallifi edi. U Xorazm hududidagi Rabg‘uz degan joyda yashaganligi uchun “Rabg‘uziy” taxallusini olgan. Rabg‘uziy o‘z asarlarini oddiy xalq tushunadigan tilda yozgan. U zamonasining diniy bilimdonlari, axloqshunoslari va xalq ma’rifatparvarlaridan biri edi. Ayniqsa, uning “Qissasi Rabg‘uziy” asari turkiy yozma adabiyotning ilk yirik namunalaridan biri sifatida qadrlanadi. Tahlil va muhokama. Bu asar o‘zida qadimgi payg‘ambarlar hayoti, ularning sabr-toqati, adolatparvarligi va xalq xizmatida bo‘lganlarini hikoya qiladi. Asarda har bir voqea orqasida bir haqiqat, har bir qissa ortida bir saboq bor. Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarining eng qadimgi qo‘lyozma nusxasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanib kelmoqda. Ushbu nusxaning faksimeliyasi matnshunos olim Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan. Asarning bugungi kungacha 10 dan ortiq qo‘lyozma va toshbosma nusxalari dunyoning ko‘pgina muzeylarida saqlanadi. Ushbu nusxalar haqida turk adabiyotshunos olimlari tomonidan atroflicha ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida asarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari 1025, 7397, 1874 inv.raqamlarda saqlanadi. XVII asrga oid jami 7 nusxasi aniqlangan. Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarining nisbatan to‘liq nusxalari bo‘yicha o‘zbek va xorijiy olimlari tomonidan atroflicha tadqiqotlar olib borilgan. Xorijiy turkolog olimlardan N. I Ilminiskiy 1859-yilda ushbu asar bo‘yicha birinchi tadqiqotni amalga oshirdi[1]. Asarning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, Rabg‘uziy o‘z asarini soddaligi, ma’rifatga boyligi va tarbiyaviy kuchi bilan yozgan. U xalqni qo‘rqitmaydi, balki ishontiradi, tushuntiradi, yurakka yo‘l topadi. Qissalar orasida Hazrati Muso, Iso, Muhammad (s.a.v.), Yusuf, Ibrohim kabi payg‘ambarlar hayoti o‘ziga xos tarzda bayon qilingan. Rabg‘uziy bu shaxslarni tarixiy emas, ma’naviy ibrat timsollari sifatida ko‘rsatadi. Zamonlar o‘tadi, texnologiyalar yangilanadi, jamiyat o‘zgaradi. Lekin ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoj hech qachon yo‘qolmaydi. Bugungi kunda axloqiy inqiroz, ommaviy madaniyat bosimi, milliy qadriyatlarda sabrdan uzoqlashish kabi xavfli holatlar fonida Rabg‘uziyning asari yanada dolzarbroq tus oladi. U mehr-oqibat, sabr, rostgo‘ylik, bag‘rikenglik kabi qadriyatlarni tarannum etadi. Zulmga qarshi adolat, jaholatga qarshi bilim, johillikka qarshi sabr bilan javob berishni o‘rgatadi. Qissalarning har biri bugungi yoshlar uchun ham yo‘ldosh, ham tarbiya maktabidir. Menimcha, Rabg‘uziy asarini o‘qigan har bir inson bu hayotda kim bo‘lishi kerakligini o‘ylaydi: adolat tarafdori, rostgo‘y inson, sadoqatli farzandmi – bularning barchasi “Qissasi Rabg‘uziy”da bor. Bu kitob o‘rgatmaydi – uyg‘otadi. Bu kitob ogohlantirmaydi, balki ma’rifat beradi. Bu kitob o‘tmishni gapirmaydi, kelajakni o‘ylashga da’vat qiladi. Bugungi kunda yosh avlod uchun bunday asarlar ruhiy immunitetdir. Asarni yurak bilan o‘qisangiz, har bir qissa sizni o‘zingizga qaytaradi. Bu esa haqiqiy adabiyotning kuchidir. Nosiruddin Rabg‘uziy o‘z asarini eski o‘g‘uz turkiy tilida yozgan bo‘lib, bu til tarixan hozirgi o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa turkiy xalqlar tiliga yaqin bo‘lgan. Shu sababli, “Qissasi Rabg‘uziy” nafaqat diniy va axloqiy manba, balki turkiy tillarning rivojlanishida muhim manba sifatida qadrlanadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Asarda samarali badiiy usullar xalqona til, rivoyatlar, ramzlar, dialoglar va hikmatlar ustalik bilan qo‘llaniladi. Bu Rabg‘uziyni nafaqat olim, balki iste’dodli adib sifatida ham tanitadi. Asar orqali ko‘rish mumkinki, Rabg‘uziy xalqqa diniy bilimni quruq shaklda emas, san’atli, hayotiy, ta’sirchan shaklda etkazgan. “Qissasi Rabg‘uziy” asarining eng katta xizmati axloqiy va diniy tarbiya berishidir. Asarda ko‘rsatilgan har bir qahramon (payg‘ambarlar, mo‘minlar, zolimlar, sabrli insonlar) insoniy fazilatlar va yomon illatlarni timsollab beradi. Qissalarda quyidagi asosiy g‘oyalar ilgari suriladi: Sabr-toqat — eng buyuk kuch. Adolat — har qanday kuchdan baland. Iymon — inson qalbining qal’asidir. Gunoh va jazoni muqaddas matnlar asosida tushuntiradi. Yaxshi-yomonning farqi hayotiy misollar orqali aniq ko‘rsatiladi. Xulosa. Bugungi kunda, ayniqsa yoshlar orasida ruhiy bo‘shliq, ma’naviy yo‘qotishlar kuzatilayotgan bir paytda, bu kabi asarlar ichki ruhiy tarbiya vositasi bo‘la oladi. Zamonaviy o‘quvchi uchun “Qissasi Rabg‘uziy”ning qiymati nihoyatda yuqori. Qadimiy diniy qissalarni o‘qish har kimga ham oson emas. Ammo “Qissasi Rabg‘uziy” ana shunday murakkab mavzularni oddiy, xalqona tilda tushuntirgani uchun bugungi yosh avlod ham undan bemalol ibrat olishi mumkin. Zamonaviy kontekstda quyidagilarni aytish mumkin: o‘zlikni anglash, milliy va diniy identitetni saqlash uchun muhim manbadir. adabiyot, tarix, tilshunoslik, dinshunoslik fanlarini integratsiyalashgan holda o‘qitish uchun zamonaviy ta’limda foydalanish mumkin. Shu sababli, bugungi kunda “Qissasi Rabg‘uziy”dan maktablarda axloqiy tarbiya darslarida, OTMda esa, adabiyot, madaniyatshunoslik, tarbiya darslarida foydalanish mumkin. Oilaviy tarbiyada esa ota-onalarning bolalariga hikoya qilib berish orqali, foydali tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bugun global axborot, yolg‘on ideologiyalar, ma’naviy xurujlar davrida Rabg‘uziy bizga qudratli qalqon – ma’naviyat va haqiqatni taqdim etadigan asardir. Bu asar xalq, el va insoniyat uchun ma’naviy manba bo‘lib xizmat qilaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Quljanova, To‘lganoy Shodiyor Qizi Burhoniddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asarining o‘rganilishi va manbaalari haqida ayrim mulohazalar // orienss. 2023. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/burhoniddin-rabg-uziyning-qissasi-rabg-uziy-asarining-organilishi-va-manbaalari-haqida-ayrim-mulohazalar (дата обращения: 26.10.2025). 2. “Qissasi Rabg‘uziy” qo‘lyozmasi haqida ma’lumot.(2023).Vikipediya [uz.wikipedia.org]. 3. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov. "Mufassal mushohadalar me'moridan mufassal mushohadalar meroji." Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon-2022. https://scholar. google. com (2022). 4. Eldor o‘g‘li, J. Z., & Tolibjonovna, B. G. (2025). TALABALARDA TAʼLIMIY MOBILLIK SHAROITIDA JAHON ADABIYOTI ORQALI KROSS-MADANIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH. ACUMEN: International journal of multidisciplinary research, 2(6), 99-104. 5. Kholmuminov, Muminmirzo, and Asilbek Qolqanatov. "The Formation of the First Libraries in Uzbekistan and the Role of Increasing the Cultural and Educational Awareness of the Population." image 4.12 (2021): 146-151. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 6. Zokirovich, Muminmirzo Kholmuminov, and Asilbek Kolkanatov Nazarbaevich. "A Look at the History of Club Establishments and Cultural and Educational Process in Uzbekistan." JournalNX 8.2 (2022): 9-15. 7. VA, INSONGA E’TIBOR, and SIFATLI TA’LIM YILI. "Imom Buxoriy saboqlari." 8. Ganieva, E. R. (2015). Prospects of development and modernization of cinema reproduction channels in Uzbekistan. in the world of science and art: questions of Philology, art criticism and cultural studies. no. 43. 9. Rustаmov, M. (2025). The importance of cultural and art institutions in the development of the tourism sector (on the example of the activities of theaters and cultural centers). Academic Journal of Science, Technology and Education, 1(6), 70-74. 10. Юсупалиева, Д. К. (2020). Понятие и функции политической элиты. Вестник науки и образования, (14-2 (92)), 67-69. 11. Yusupalieva, D. K. (2020). Development of mutually beneficial cooperation of Uzbekistan within the SCO. ISJ Theoretical & Applied Science, 5(85), 901-903.