scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KAMBAG'ALLIKKA QARSHI KURASH BORASIDA JAHON TAJRIBASIDAN UNUMLI FOYDALANISH

Isroilov Kamoliddin

Abstract

Hozirgi kunda dunyo bo’ylab ko’plab davlatlarni kambag’allik va ishsizlik kabi muammolar qiynab kelmoqda. Jahonning rivojlangan davlatlari bu borada o’ziga xos tajriba to’plagan. Masalan, Xitoy va Hindistonning bosib o’tgan yo’li va tajribalari boshqa davlatlar, xususan, yurtimiz uchun ham namuna bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu ilmiy ishda dunyoning rivojlangan davlatlari tutgan yo’l va uning samaralari, yurtimizda ushbu sohada qo’llanilayotgan tajribalar muhokama qilinadi.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1003 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KAMBAG‘ALLIKKA QARSHI KURASH BORASIDA JAHON TAJRIBASIDAN UNUMLI FOYDALANISH Isroilov Kamoliddin Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 45-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi [email protected] +998992012259 Annotatsiya: Hozirgi kunda dunyo bo’ylab ko’plab davlatlarni kambag’allik va ishsizlik kabi muammolar qiynab kelmoqda. Jahonning rivojlangan davlatlari bu borada o’ziga xos tajriba to’plagan. Masalan, Xitoy va Hindistonning bosib o’tgan yo’li va tajribalari boshqa davlatlar, xususan, yurtimiz uchun ham namuna bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu ilmiy ishda dunyoning rivojlangan davlatlari tutgan yo’l va uning samaralari, yurtimizda ushbu sohada qo’llanilayotgan tajribalar muhokama qilinadi. Kalit so’zlar: kambag’allik, qashshoqlik, sanoat, qishloq xo’jaligi, yashil iqtisodiyot Kambag‘allik, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida dolzarb muammo hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ham bu muammoga jiddiy yondashmoqda va kambag‘allikka qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24yanvardagi parlamentga Murojaatnomasida qashshoqlikka qarshi kurashish yo‘llari belgilab berilgan. Bu yo‘llar bugungi kunda ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.[1. 3] “Qashshoqlikni qisqartirish tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholining qobiliyat va salohiyatini safarbar etish, yangi ish o‘rinlari yaratishdan boshlab, keng qamrovli iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni taqozo etishi” qayd etildi. Kambag‘allikni kamaytirish uchun turli xil modellardan foydalanish, shu jumladan jahon tajribasidagi muvaffaqiyatli misollarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy islohotlari orqali kambag‘allikni sezilarli darajada kamaytirishga erishdilar.[2.45] Ushbu mamlakatlarning tajribasi O‘zbekiston uchun qimmatli saboqlarga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikka qarshi kurashda jahon tajribasidagi o‘ziga xos modellardan foydalanishning samarasi bir qancha omillarga bog‘liq. Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanishlari va ijtimoiy siyosatlari orqali bu borada muhim yutuqlarga erishdilar. Ularning tajribasidan foydalanish, O‘zbekiston uchun kambag‘allikni qisqartirishda samarali strategiyalarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Agar o’tgan o’n yillikka na’zar tashlaydigan bo’lsak, Hindiston bu borada misli ko’rilmagan natijalarga erishib kelmoqda. Masalan, shu davr ichida Hindiston 171 million kishini o’ta kambag’allikdan olib chiqdi. Jahon Banki bergan hisobotga ko’ra, o’ta qashshoqlikning xalqaro me’yori bo’lgan kuniga 2,15 AQSH dollaridan kam daromadga ega bo’lganlar ulushi 20112012-yillardagi 16,2 foizdan 2022-2023-yillardagi 2,3 foizgacha keskin kamaydi.[3. 2] Xitoy esa mamlakatimizning asrlar davomida iqtisodiy sherigi va savdo hamkori bo’lib kelgan davlatdir. Bu davlat bilan asriy an’analarimiz buyuk ipak yo’li tarmog’ining paydo bo’lishiga borib taqaladi. Xitoy bugunga kelib, hududida tabiiy boyliklar kam bo’lishiga qaramay, “Xitoy mo’jizasi”ni yarata olgan davlatdir.[5] Qolaversa, aholi soni eng ko’p davlatlardan biri hisoblansada, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi bo’yicha dunyoda yuqori o’rinlarda turadi va kambag’alikka qarshi kurash borasida o’ziga xos tajriba to’plagan davlat hamdir. Xitoyning iqtisodiy islohotlari va qishloq hududlaridagi rivojlanishni rag‘batlantiruvchi siyosatlari esa boshqa bir misol sifatida keltiriladi. Xitoyda davlat tomonidan qo‘llabquvvatlangan iqtisodiy o‘sish natijasida millionlab odamlar kambag‘allikdan chiqarildi. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1004 O‘zbekiston ham shunga o‘xshash strategiyalarni joriy etib, iqtisodni diversifikatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga e’tibor berishi kerak. Shu o’rinda bir mahalla misolida Xitoy tajribasiga e’tiborimizni qaratsak. Xaynan muzofotining Dunfan shahridagi Lemey mahallasida 118 ta uy xo’jaligida 600 ga yaqin kishi istiqomat qiladi. Xaynan universiteti kambag’allikdan qutqarishga ko’maklashish maqsadida bu yerda orxideya gullarini yetishtirishni rivojlantirishni faol qo’llab-quvvatladi. Orxideyaning yuqori haroratga chidamli navlarini yaratilishi tufayli uni tarqatish,sotish, ekskursiya va amaliyotni o’zida jamlagan kompleks bazaga asos solindi. Bundan tashqari, “partiya yacheykalari+universitetlar+kooperativlar+fermerlar” tizimi orqali kambag’allikka qarshi kurashning yangi yo’li o’rganildi. So’ngi besh yilda Lemey hududining orxideya bazasidagi savdodagi aylanma daromad hajmi 10 million yuandan oshdi. Shunday qilib, birgina orxideya ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali kichkina va abgor bir qishloq va uning aholisi hayoti tubdan o’zgartirildi. Bu qishloq hududi kichkina bo’lishiga qaramay, orxideyadan tashqari boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari: qalampir, kokos va boshqalar ham yetishtirilmoqda.[4. 3] Xulosa qiladigan bo’lsak, Xitoy o’zining “yashil iqtisodiyot” yo’li orqali ancha muvaffaqiyatlarga erishmoqda va bu tajribalardan bizning mamlakatimiz ham oqilona foydalanmoqda. Bularning samarasi o’laroq, O’zbekiston ham Xitoydek iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi dvlatlardan biriga aylanadi. Hindiston ham bu borada o’ziga xos tajriba to’plagan va boshqa davlatlardaushbu muammoni nhal etishda yordam berib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 24-yanvar. //https://president.uz/uz/lists/view/3324. (25.06.2021) 2.Mustafaqulov Sh.,Murodullayev N., Xamidov R. O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida/Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar.2020. №1. –B.- 80-81. 6. 3.Xalq so‘zi 2023-yil 17-iyun, №124. (8467) 4. Xalq so‘zi, 2023-yil 26-sentyabr, №201, (8549) 5.https://www.worldbank.org/en/news/feature/2010/03/19/results-profilechina-povertyreduction