scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DIFFERENSIAL YONDASHUV ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Axmedova Farangiz Mahmud qizi

Abstract

Ushbu tezisda differensial yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1015 DIFFERENSIAL YONDASHUV ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Axmedova Farangiz Mahmud qizi [email protected] Annotatsiya: Ushbu tezisda differensial yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar.Bolalarning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi Asosiy qism:Maktabgacha ta’lim tizimida bolaning intellektual rivojlanishi — bu uning tafakkuri, xotirasi, diqqat-e’tibori, muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashuvi hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonidir. Differensial yondashuv bu pedagogika va psixologiyada qo‘llaniladigan ilmiy-uslubiy yondashuv bo‘lib, u har bir bolaning individual (shaxsiy) xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan. differensial yondashuv o‘quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik, intellektual va individual farqlarini hisobga olib, ularning har biri uchun mos sharoit va usullarni tanlash demakdir. Bu yondashuv o‘qituvchi yoki tarbiyachidan bolalarning psixologik va fiziologik farqlarini chuqur tahlil qilishni, shuningdek, ular uchun individual metodik yo‘llarni tanlashni talab etadi. Differensial yondashuvning ilmiy asoslari. 1.Differensial yondashuvning nazariy asoslari quyidagi fanlar bilan bog‘liq: 2;Psixologiya — bolalarning shaxsiy farqlarini (temperament, xarakter, tafakkur) o‘rganadi. 3.Pedagogika — o‘quv jarayonida bu farqlarni qanday inobatga olishni o‘rgatadi. 4. Didaktika — differensial o‘qitishning uslub va shakllarini ishlab chiqadi. Differensial yondashuvning ilmiy asosi shundan iboratki, barcha bolalar bir xil tezlikda o‘rganmaydi, shuning uchun ta’limda individual rivojlanish sur’atini hisobga olish zarur. Ya’ni, har bir bola turlicha o‘rganadi, shuning uchun ularni bir xil talablar bilan emas, balki farqlangan yondashuv bilan o‘qitish zarur. — bu har bir bolaning yosh, psixologik, individual va qobiliyatlardagi farqlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyilidir. Bunday yondashuv bolaning tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga, intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi: 1. Individual yondashuvni ta’minlash – har bir bolaning bilish darajasini, qiziqishini va o‘zlashtirish tezligini hisobga olish. 2. O‘yin faoliyati asosida o‘qitish – o‘yin jarayonida bola mustaqil fikrlaydi, muammoli vaziyatlarni hal etadi va muloqot madaniyatini rivojlantiradi. 3. Rivojlantiruvchi muhit yaratish – didaktik materiallar, interaktiv vositalar, rang-barang o‘yinchoqlar, vizual ko‘rsatmalar orqali bilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 1016 4. Tarbiyachi malakasi va metodik tayyorgarligi – pedagog differensial yondashuvni to‘g‘ri qo‘llashi uchun metodik kompetensiyaga ega bo‘lishi zarur. 5. Oilaviy muhitning qo‘llab-quvvatlovi – ota-onalarning bolaga e’tibori, muloqoti va qo‘llabquvvatlashi bolaning intellektual rivojlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shuningdek, didaktik o‘yinlar, muammoli topshiriqlar, ijodiy mashg‘ulotlar differensial yondashuvning samaradorligini oshiruvchi asosiy vositalardir. Xulosa: Differensial yondashuv orqali ta’lim jarayonini tashkil etish maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish imkonini beradi. Bu yondashuv bolalarning tabiiy salohiyatini ochish, mustaqil fikrlashni shakllantirish va keyingi bosqichdagi ta’limga tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019. 2. Vygotskiy L.S. “Bola psixologiyasi va rivojlanish nazariyasi”. – Moskva, 1984. 3. Davydova N.V. “Differensial yondashuv asosida bolalar ta’limi”. – Moskva, 2018. 4. G‘ulomova N., Xidirova X. “Maktabgacha ta’lim metodikasi”. – Toshkent, 2020. 5. Montessori M. “Bolalik siri”. – Toshkent, 2021.