Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Jahongir Qosimov Axmatova Asila “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatisyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti UDK: 371.035.3:371.3 ZAMONAVIY GRAFIK DASTURLAR ORQALI TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH Annotatsiya: Maqolada grafik darsturlar orqali ta’lim tizimida xususan texnika Oliy ta’lim muassalarida muhandislik fanlarida grafik dasturlar roli ular orqali bugungi kun talabi bo’lgan Build Art texnologiylar bilan bog’liq masalalar o’z yechimini oson va qulay erishilganligini ko’rishimiz mumkun bo‘ladi. Predmetlarning fazoviy xossalarini va vazifalarini tahlil qilish ko‘nikma, malakalari talabalarni grafik tayyorgarligining muhim tarkibiy qismidir. Grafik ta’lim sohasida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, fazoviy obrazlarni hayolan tahlil qilish, talabalarning aqliy va bilish faoliyatini faollashtirish, fazoviy tafakkurini, tasavurini rivojlantirish, fazoviy hodisalarni, shakllarni hayolan kuzatish, qabul qilish hamda barcha garfik bilim va malakalarni o‘zlashtirish, xotirada saqlab qolish kabi ijodiy fazilatlarni tarkib topdirishga salmoqli ulush qo‘shib kelmoqda. Kalit so’zlar: Grafik dasturlar, ta’lim, suv saqlash inshootlari, 3D model Аннотация: В статье рассматривается роль графических программ по инженерным наукам в системе образования, особенно в технических вузах, через них мы видим, что вопросы, связанные с востребованными сегодня технологиями Build Art, могут быть легко решены. и удобно решается. Умение анализировать пространственные свойства и задачи предметов является важной составляющей графической подготовки учащихся. В области графического образования развитие пространственного воображения учащихся, образный анализ пространственных образов, активизация мыслительной и познавательной деятельности учащихся, развитие пространственного мышления и воображения, образное наблюдение и восприятие пространственных явлений, форм, усвоение всего графические знания и навыки, сохраняя в памяти творческие качества, такие как стойкость, вносят существенный вклад в создание контента. Ключевые слова: Графические программы, обучение, водохранилища, 3D-модель. Kirish. Predmetlarning fazoviy xossalarini va vazifalarini tahlil qilish ko‘nikma, malakalari talabalarnigrafik tayyorgarligining muhim tarkibiy qismidir. Grafik ta’lim sohasida bolalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, fazoviy obrazlarni hayolan tahlil qilish, bo‘laklarga ajratish, sirtlar va shakllarni ularning ongiga singdirish kabi mavzular bo‘yicha bir qator psixolog olimlar: B.F.Lomov, B.G.Ananev, M.D.Aleksandrova, Y.N.Kobanova-Meller, K.I.Veresoskaya, V.A.Klimenko, N.N.Anisimov va boshqalar tomonidan yig‘ilgan ish tajribalar o‘quvchilarning aqliy va bilish faoliyatini faollashtirish, fazoviy tafakkurini, tasavurini rivojlantirish, fazoviy
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL hodisalarni, shakllarni hayolan kuzatish, qabul qilish hamda barcha garfik bilim va malakalarni o‘zlashtirish, xotirada saqlab qolish kabi ijodiy fazilatlarni tarkib topdirishga salmoqli ulush qo‘shib kelmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan muammoning hozirgi holati. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ta’lim mazmunini yangilash, tubdan isloh qilish maqsadida "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun [3], ‘‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ qabul qilinib [1], uni amaliyotga joriy qilishga kirishildi. Bunga javoban boshqa fanlar qatori grafik ta’lim sohasida ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, umumta’lim maktablarining chizmachilik dasturi va darsliklari qaytadan tahlildan o‘tkazilib, ularning yangi avlodi yaratilmoqda. Lekin, shunga qaramay grafik ta’lim sohasida yana bir qator muammolar bor-ki, ularning bartaraf qilish maqsadida hanuzgacha ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar yetarli darajada emas. Masalan, bularning eng muhimlaridan biri o‘quchilarni grafik savodxonlikka o‘rgatishda nazariy bilimlar saviyasini oshirish muammosi bo‘lib, keyingi chorak asr davomida mazkur mavzu yuzasidan hech qanday tadqiqot ishlari o‘tkazilmagan. Agar biz bundan o‘ttiz yillar oldin o‘tkazilgan tadqiqot ishlarini tahlil qilib ko‘rsak, L.M.Gosudarskiyning, grafik ta’lim bo‘yicha o‘quvchilarning nazariy bilimlar saviyasini oshirishga alohida e’tibor bergan. Mazkur mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan. Uning ta’kidlashicha-"o‘quvchilar grafik bilimlarni to‘la o‘zlashtirishlari uchun birinchi navbatda ular, chizmachilikning nazariy asoslari bo‘lgan proeksion chizmachilikni chuqur o‘zlashtirishlari zarur [8]. Ishlab chiqarish sohasida to‘g‘ri burchakli proeksiyalar tizimidagi chizmalar ko‘proq qo‘llanadi. Shuning uchun ham o‘quvchilarga ana shunday chizmalarni o‘qish va bajarishni chuqur o‘rgatilishi nihoyatda zarurdir. Aksonometrik proeksiyalar qurish qoidalariga va ularning bajarish usullariga, kompleks chizmalarni o‘qishga yordamlashuvchi metodlar sifatida qaralmog‘i lozim. O‘quvchilar proeksion chizmachilikdan olgan bilimlaridan butun chizmachilik kursini o‘rganishi davomida muntazam tizimli ravishda foydalanib boradilar." Haqiqatdan ham L.M.Gosudarskiy grafik savodxonlikning asosi sifatida proeksion chizmachilik bo‘limini to‘g‘ri ko‘rsatgan edi. Chunki, mazkur bo‘lim chizmachilik kursini nazariy asosini tashkil etadi. Lekin, u o‘sha davr talabidan kelib chiqib, chizma teometriyaning ayrim elementlaridan foydalanishni tavsiya eta oldi. Bu albatta, bugungi kun talablarini, ko‘zlangan maqsadlarni bera olmaydi. Negaki, bugungi kunimizda grafik ta’lim o‘qituvchilardan, proeksion chizmachilik mavzulari orqali o‘quvchilarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish, ixtirochilik va ijodiy faoliyatini faollashtirishni talab qilmoqda [11]. Sobiq Sovet tizimi davrida umumta’lim maktablarning grafik ta’lim sohasini rivojlantirishda professor A.D.Botvinnikovdan ko‘proq ijobiy ish olib borgan tadqiqotchini ko‘rsatish qiyin. A.D.Botvinnikov olib borgan ilmiy tadqiqotlarida, proyeksiyalash asosida o‘qitish mazmuniga keng o‘rin bergan bo‘lib, o‘quvchilarda grafik savodxonlikni tarkib toptirishning asosi proeksion chizmachilik ekanligi haqidagi xulosaga u ham kelgan. U proeksion chizmachilik mavzularini chuqur tahlil qilib, ular tarkibidan o‘rin olgan nazariy va amaliy bilimlarni bir-biridan ajralib qolganligini salbiy baholaydi. O‘quvchilarga grafik savodxonlikni chuqur o‘rgatilishida nazariy va amaliy bilimlar bir-birini to‘ldirib borishi zarurligini isbotlab beradi [15]. Bu borada u S.M. Kolotov, K.A. Yankovskiy, A.I. Ostrovskiy, P.Y. Galperin, B.F. Lomov, Ye. N. KabonovaMeller kabi bir qator metodist-olimlarning ish tajribalari va fikr mulohazalariga suyanadi. Shu bilan birga rivojlangan xorijiy mamlakatlar Amerika, Germaniya, Ruminiyalarning ish tajribalaridan misollar keltirib, ular yaratgan darsliklarda proeksion chizmachilik mavzulari nazariy va amaliy bilimlar integrasiyasidan tarkib topganligini ko‘rsatib beradi. Umumta’lim maktablarida grafik ta’lim samaradorligini oshirishda proeksion chizmachilik muhim ahamiyatga ega ekanligini bayon etib, mazkur bo‘lim mavzularini o‘rganish orqali o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish va fazoviy tafakkurini rivojlantirish kabi bir qator ijobiy fazilatlarini shakllantirish mumkinligini ta’kidlaydi [4].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Darhaqiqat, proeksion chizmachilik bo‘limi chizmachilik kursining negizi-yadrosi ekanligi haqidagi fikrlarni juda ko‘plab mutaxassis o‘qituvchilardan eshitish mumkin. Shuning uchun ham ko‘proq chizmachilikdan olimpiada topshiriqlari mazmuni proeksion chizmachilik bo‘limidan olinadi. Ma’lumki, barcha fanlar bo‘yicha dastur tarkibidan o‘rin olgan birmuncha murakkab bo‘limlar va mavzularni chuqur o‘zlashtirilishi fakultativ mashg‘ulotlar hisobiga amalga oshiriladi. Chizmachilikdan fakultativ mashg‘ulotlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishdan oldin umuman fakultativ mashg‘ulotlarning o‘quv tarbiyaviy jarayonida tutgan o‘rni haqidagi mulohazalar va ish tajribalariga to‘xtalib o‘sak. Bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borilgan olimlar quyidagi fikrlarni bayon etadi. Masalaning quyilishi. Demak, komyuterda modellashtirish yordamida tajriba qilmasdan avval ma’lum bir tizimlar uchun eng qulay modelni tuzib chiqish va sinab olish tajriba uchun ketadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Modellar yordamida tajriba uchun sarflanadigan xarajatlarni tejash o‘z navbatida katta iqtisodiy samaradorlikka ham olib keladi [1]. 3D modellash nima? 3D modellashtirish bu – biron bir chizilgan rasm yoki chizma asosida3 o‘lchamli loyihani yaratishdir. Obyektlarning 3D modelini yaratish uchun maxsus pragramalar qurilmalardan foydalaniladi [9], misol uchun Planshetlar, kompyuterlar kabilardir. Madellashtirish jarayonida Render qilish muhum etaplardan biridir. Zamonaviy 3 tomonlamali Muhandislik kompyuter grafikasi biron bir obyekning yoki insoning modelini maksimal darajada haqiqiy ko‘rinishini, haqiqiy insondan yoki obyektdan ajratish qiyin bo‘ladigan 3D model yaratilishini imkonini beradi. Prafissional darajada modellashtirilgan maxsulotni bemalol klientlarga, investrlarga yoki hamkorlarga prezintasiya qilish mumkin. 3D modellash dasturi uch o‘lchamli raqamli effektlarni ishlab chiqaradi [9]. Bu dunyodagi jonzotlar va tuzilmalar bilan to‘ldirilgan kino, animasiya va video o‘yinlarda 3D modellash natijalarini ko‘rdingiz. 3D modellash simulyasiya qilingan 3D makonda ko‘pburchaklarni, qirralarni va vertikalarni boshqarish orqali har qanday sirt yoki ob’ektning 3D ko‘rinishini yaratish jarayonidir. 3D modellashni maxsus 3D ishlab chiqarish dasturi bilan qo‘lda qo‘lga kiritish mumkin, bu esa rassomning polygonal sirtlarni yaratishi va deformasiyalashiga yoki real ob’ektni ob’ektlarni raqamli shaklda ifodalash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar majmui to‘plamiga skanirovkalashga imkon beradi. 3D modellash dasturi. 3D modellash dasturi sizga belgi yoki ob’ektlarning asosiy 3D modellarini yaratishga imkon beradi. To‘liq moslashtirilgan dasturlarda siz o‘zingizning dizaynerlaringizni aniq tafsilotlar bilan to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan vositalarni taqdim etasiz [9]. Bozorda ko‘plab 3D modellash dasturlari mavjud. Eng yuqori reyting bahosi orasida bu erda ko‘rsatilgan: AutoCAD ommabop bo‘lishidan avval 3D-ni ishlaydi. Ushbu professional savdo dastur 1982 yildan buyon atrofida bo‘lib, ko‘pgina dizaynerlar tomonidan oltin standart hisoblanadi. Windows va Mac operasion tizimlarida mavjud. Xulosa Talabalardagi modellashtirish haqidagi bilimlar atrof-muhitdagi voqelikni, chizmalarni o‘zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Oliy ta’limda talabalarga real dunyoning eng muhim uch o‘lchamli tomonlari va xususiyatlari – ikki o‘lchov va uch o‘lchamli, chizmachilik va grafik dasturning asosiy mezonlarini egallash hamda tushunishlari, bir qator malaka va ko‘nikmalarni egallash, amaliyotda ularga rioya qilish, o‘z his-tuyg‘ularini shunga muvofiq ifodalash uchun lozim bo‘lgan bilimlarini o‘zlashtirib olishlari uchun eng qulay sharoit mavjud.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Muhandislik kompyuter grafikasi fanini o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali talabalarni ta’lim-tarbiyasida o‘qituvchi mas’uliyatini oshirish, ularga pedagogik va psixologik tomondan bilim berish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy - pedagogik muammolaridan biridir. Muhandislik kompyuter grafikasifanini o‘qitishda uch o‘lchamli modellashtirish vositasidan foydalanishga layoqatli bo‘lib boradilar. Tadqiqot natijalarining ilmiy tahlili asosida ishlab chiqilgan va amaliyotda sinab ko‘rilgan metodik ishlanmalar, topshiriqlar majmuasi, multimediali elektron qo‘llanmani respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilsa, grafik dasturlarni o‘qitishga extiyoj ortib borayotgan sharoitda, ular talabalarga nafaqat, Muhandislik kompyuter grafikasi fanida balki uch o‘lchamli modellashtirishdan foyalaniladigan bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladilar. № Адабиётлар 1. J.A. Qosimov. Muhandislik kompyuter grafikasi., Navro‘z nashriyoti Toshkent-2021. Darslik. 325 b 2. J.A. Qosimov Muhandislik grafikasidan grafik ishlar tizimi., Navro‘z nashriyoti Toshkent2021. O‘quv qo‘llanma. 225 b 3. J.A. Qosimov Muhandislik kompyuter grafikasi., Navro‘z nashriyoti Toshkent-2022. Elektron darslik 4. Nasritdinova U.A. Kompyuter grafikasi fanini o’qitishda uch o’lchamli modellashtirish vositasidan foydalanish metodikasi: ped.fanl. bo’yicha fals.dokt. ... dis. – T.: 2018. – 160 b. 5. Nasritdinova U.A, Satimxo’jaev M. Kompyuter grafikasi fanini o’qitishga zamonaviy yondashuv// Kompyuter grafikasi fanini o’qitishga zamonaviy yondashuv// “Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy, ommabop j. – T.: 2013. - №9. – 38-41-b. 6. Xamrakulov A., Xaydarov A. «Chizma geometriya» fanini o’qitishda Power Roint prezentasiya dasturidan foydalanish ⁄⁄ Muhandislik-pedagogika ta’limida innovasion texnologiyalar. Xalqaro ilmiy-amaliy konf.mat. – Namangan: 2004. – B. 5-6. 7. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedmahorat. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2003 – 176 b 8. Kompyuterda modellashtirish: bu qanchalik muhim va u haqda nimalarni bilamiz? https://kun.uz/uz/news/2020/04/19/kompyuterda-modellashtirish-bu-qanchalik-muhim-va-uhaqda-nimalarni-bilamiz 9. Муродов Ш.К, Кучкарова Д.Ф, Жўраев М, Хайитов Б.У. Муҳандислик графикаси. Ўқув қўлланма. Т. Саноат стандартлари, 2006. - Б. 35-36. 10. Морев И.А. Образователные нформасионные технологии «Педагогические измерения». - Владивосток, 2004. - 174 с. 11. Муслимов Н.А., Абдуллаева Қ.М., Мирсолиева М. «Педагогик маҳорат» фанидан ўқув-методик мажмуа // Ўқув-услуб.қўлл. – Т.: «Фан технологиялари», 2011. – 322 б. 12. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педмаҳорат. Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2003 – 176 б. 13. Арефева О.В. Профессионалная подготовка студентов-дизайнеров в просессе обучения компютерной графике. Автореф. Дисс. канд. пед. наук. – Магнитогорск, 2007. – 174 c. 14. Анарова Н.В. Информасионные технологии в школном образовании – Москва: Просвещение, 1994 - 126 с. 15. Абдуллаев У. Чизма геометрия ва муҳандислик графикаси асослари. Дарслик. ҳ Т.: Ўқитувчи, - 1999. - 215 б. 16. Абдурахманов Ш. «Чизма геометрия» курсини ўқитиш маҳсулдорлиги оширишнинг илмий-методик асослари. - Н, 2006. - 172 б. 17. Алимов Ф., Рихсибоев У., Касимова С., Халилова Х. Муҳандислик Муҳандислик компютер графикасива уни ўқитиш методикаси. - Тошкент, 2009. - 123 б.