scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTONNING YUNESKO DOIRASIDAGI ILK LOYIHALARI VA DASTLABKI HAMKORLIK YOʻNALISHLARI

Safarov Maqsud Kenja o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO bilan hamkorligi, bu jarayonning tarixiy bosqichlari hamda dastlabki loyihalarining mazmuni yoritilgan. Unda Oʻzbekistonning mustaqillikdan keyingi davrda xalqaro maydondagi faolligi, YUNESKO dasturlari orqali madaniyat, ta'lim va fan sohalarida amalga oshirilgan ishlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatning tarixiy merosni saqlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va milliy qadriyatlarni targʻib etish borasidagi tashabbuslari yoritib berilgan.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 279 OʻZBEKISTONNING YUNESKO DOIRASIDAGI ILK LOYIHALARI VA DASTLABKI HAMKORLIK YOʻNALISHLARI Safarov Maqsud Kenja o’g’li Qarshi davlat universiteti magistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO bilan hamkorligi, bu jarayonning tarixiy bosqichlari hamda dastlabki loyihalarining mazmuni yoritilgan. Unda Oʻzbekistonning mustaqillikdan keyingi davrda xalqaro maydondagi faolligi, YUNESKO dasturlari orqali madaniyat, taʼlim va fan sohalarida amalga oshirilgan ishlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatning tarixiy merosni saqlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va milliy qadriyatlarni targʻib etish borasidagi tashabbuslari yoritib berilgan. Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, YUNESKO, xalqaro hamkorlik, madaniy meros, taʼlim, ilm-fan, tarixiy yodgorliklar, milliy komissiya. Аннотация. В статье рассматривается сотрудничество Республики Узбекистан с ЮНЕСКО, его исторические этапы и первые проекты. Особое внимание уделено активизации международных связей Узбекистана после обретения независимости, реализации программ ЮНЕСКО в сферах культуры, образования и науки. Освещены инициативы страны по сохранению исторического наследия, развитию научного сотрудничества и популяризации национальных ценностей. Ключевые слова: Узбекистан, ЮНЕСКО, международное сотрудничество, культурное наследие, образование, наука, исторические памятники, национальная комиссия. Abstract. This article explores the cooperation between the Republic of Uzbekistan and UNESCO, focusing on its historical stages and initial projects. It highlights Uzbekistan’s active engagement in international relations after gaining independence and the implementation of UNESCO programs in the fields of culture, education, and science. The paper also discusses the country’s initiatives aimed at preserving historical heritage, expanding international scientific cooperation, and promoting national values. Keywords: Uzbekistan, UNESCO, international cooperation, cultural heritage, education, science, historical monuments, national commission. Oʻzbekistonning YUNESKO doirasidagi ilk loyihalari va dastlabki hamkorlik yoʻnalishlari mamlakatning xalqaro hamkorlikda faol ishtirok etish istagini hamda madaniyat, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi yuksak maqsadlarini amalga oshirishga boʻlgan intilishini aks ettiradi. YUNESKO bilan hamkorlikning dastlabki bosqichlarida, asosan, madaniy merosni asrash, taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 280 ilgari surish kabi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratilgan edi. Ushbu dasturlar orqali Oʻzbekiston dunyo miqyosida oʻzining madaniy va ilmiy yutuqlarini namoyish etib, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga erishdi. Oʻzbekistonning YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29oktyabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Oʻzbekiston ushbu tashkilotga aʼzo etib qabul qilindi. Oʻsha kuni Ulugʻbek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktyabr oyida Parijda Ulugʻbek haftaligi tantanali tarzda oʻtkazildi. Xiva va Buxoro shaharlari YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritildi. 1994-yil dekabr oyida “YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi” tashkil etildi. U idoralararo muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi va tarkibiga taʼlim, fan, madaniyat hamda axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 nafar aʼzo kiritilgan. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini oʻrganish, tiklash va ommalashtirishga alohida ahamiyat beradi. “Ipak yoʻli — muloqot yoʻli” nomli yirik xalqaro tadqiqot loyihasida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor oʻrin ajratilgan. 1995-yil iyul oyida YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor tashabbusi bilan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. Shu munosabat bilan Parijda va Shahrisabzda xalqaro anjumanlar oʻtkazildi hamda Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy meros roʻyxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalari sanalgan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileylari Parijda keng nishonlandi. Bu tadbirlar Oʻzbekiston bilan YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlikning yorqin ifodasi boʻldi. Oʻzbekiston BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassasalar — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, YUNISEF, Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon meteorologiya tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan ham faol hamkorlik qilmoqda. YUNESKOning asosiy maqsadi insoniyatning aql-zakovati va axloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni taʼminlashdan iborat. Tashkilot dunyo madaniyatini rivojlantirish, barqaror taraqqiyot uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzish, milliy madaniyatlarni asrash va targʻib etishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston YUNESKO doirasidagi xalqaro hujjatlarga qoʻshilish orqali oʻzining boy madaniy merosini xalqaro huquqiy himoya ostiga olgan, ilmiy va maʼnaviy salohiyatini keng namoyon etgan. Bu hamkorlik milliy qonunchilikni takomillashtirishga, taʼlim, fan, madaniyat, informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojiga xizmat qilmoqda. YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi 1994-yil 29dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining №629-son qarori asosida tashkil etilgan. Komissiya YUNESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi hamda milliy, mintaqaviy va xalqaro darajada hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Komissiya taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya yoʻnalishlarida “Taʼlim barchaga”, Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 281 “Inson va biosfera”, “MOST”, “Jahon xotirasi” kabi xalqaro dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, xalqaro hamjamiyat bilan faol integratsiyalashuv yoʻlini tanladi. YUNESKO doirasidagi dastlabki loyihalar esa nafaqat mamlakatning madaniy merosini asrashga, balki xalqaro ilmiy va taʼlimiy hamkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qildi. ADABIYOTLAR: 1. Международное право в документах: Учеб. пособие / Сост. Н.Т. Влапова, Г.М. Мелков. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Инфра, 1997. — С. 103. 2. Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova. Oʻzbekiston tarixi (Darslik). — T.: Iqtisodmoliya, 2006. — 460 b. 3. Ibrohimova O. 4-noyabr — YUNESKO tashkil topgan kun. // Yangi Oʻzbekiston, 2021yil 4-noyabr. 4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. — Toshkent, 2011. — 176–177-bet. 5. Oʻzbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil Oʻzbekiston tarixi. — T.: Sharq, 2000.